Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


-мавзу. Dramatik asarlarni ifodali o`qish (4 s.)



Download 0,71 Mb.
bet43/114
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#432734
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
Bog'liq
ММ Мажмуа

12-мавзу. Dramatik asarlarni ifodali o`qish (4 s.)
REJA:
1.Dramatik tur. Drama, tragediya, komediya.
2. Replika, remarka. Replikaning ifodali o`qilishi. Remarkaning ifodali o`qilishi.
3. Monolog va diologning ifodali o`qilishi.
IPT – sharhlovchi ma’ruza.
IAT vositasi – grafik organayzer, slayd.

Tayanch tushunchalar: Dramatik tur, dramatik tur tabiati, mutolaa san'ati, dramatik asarda ritm va ohang, monolog, muallif ovozi, badiiy g`oya, dialog, marom va sahna ijrosi.
Zamon bilan hamnafas bo`lishda, xalqimizning ma’naviy talablarini qondirishda dramaturgiya zimmasiga, uning so`z va sahna san’atlari bilan aloqador xosiyalariga muvofiq, alohida g`oyaviy- estetik vazifalar yuklangan. Ma’lumki, adabiyot va san’atning gullab yashnashi jamiyatning ma’naviy barkamolligi, muhit soglomligiga bog`liq, Ma’naviy sog`lom muhitni yaratishda adabiyot va san’atning roli beqiyosdir. Ijodkor hayot haqiqatini qanchalik to`g`ri anglay olsa, muammolar mohiyatini to`g`ri ochib bersa, uning asarlari xalqqa shunchalik ma’naviy naf keltiradi. Bu borada dramaturgiya ham alohida rol o`ynaydi. O`zbek dramaturgiyasida O`.Umarbekov, SH.Boshbekov, M.Boboyev, A.Ibrohimovning asarlari alohida urin tutadi. Ularning dramalarida sovet tuzumidagi o`zbek voqeligining muayyan tomonlari dramatik yo`sinda badiiy talqin qilingan.
O`lmas Umarbekovning dramalarida kommunistik mafkura hukmron davrda ham istiqlol ma’naviyati, axloqqa xizmat etuvchi muhim va asosiy sifatlar o`z ifodasini topgan. Dramaturg an’anaviy otalar va bolalar munosabatlari, o`zaro axloqii qarashlari zaminida istiqlol davri uchun uta zarur ma’naviy-axloqiy sifatlarini saqlash, asrab-avaylash yo`lida qat’iy o`zita xos yo`l tutganligi ham kuzatiladi. Xususan «Sud», «Kuzning birinchi kuni» kabi dramalari xarakterlidir. «Kuzning birinchi kuni» nomli pesasi shu jihatdan alohida ajrab turadi. Asarda uch oila boshiga tushgan fojianing sabab va mohiyati uch xil anglash, uch xil bahrlash tarzida umumlashtiriladi. Masalan professor Tohir To`laganovning o`g`li Ramz oilada erka o`sgan. Farhod esa otasiz, onasi Qumri opa voyaga yetkazgan yolg`iz farzand. Sobir bo`lsa uzoq yillar ichki ishlar sohasida samarali va halol mehnat qilgan va nafaqaga chiqqan SHokir Sultonovning kamtorona oilasi farzandi. Taqdir ularni institutda uchrashtirgan, Ular orasida Ramzning qo`li baland, qayerga cho`zsa yetadi. Sobir va Farhod ham uning ta’siriga tushib qolgan. Kunlardan birida fojia sodir bo`ladi. Ramz otgan miltiq o`qi ko`chadan ketayetgan odamning umriga zavol bo`ladk. Xuddi shu fojia uch oilaning bir - biridan ayrib turuvchi ma’naviy ahloqiy qarashlarini muhokama qilishga, dramatik talqinga va umumlashtirishga asos beradi. Pirovardi fojianing zamini ochilib, professor To`laganovning o`gli Ramz o`z gunohini bo`yniga olib: «Endi qilmayman, dada, - deganida ota o`g`liga qarata: «Dard bo`ladi. Yaramaslar. Itdan tarqaganlar. Xuliganlar. Banditlar. - deb haqorat qiladi. SHunda Ramzning onasi Barchin opa «endi qilmaydi, dadasi, rahm qiling» deb iltimos qiladi. Gazablangan ota jahl ustida oilada gazak olib kelgan ma’naviy-axloqiy nopoklikning sir-asrorini ochib tashlaydi.
To`laganov: «Rahm qilingmish? SHu nonko`r, shu tekinxo`rga-ya. Odam bo`lmadi u, dardisar bo`ldi. Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor... yo`q men bunga mutlaqo qushilmayman. Aksincha, bolali uy mozor. Sen mani ajalimdan besh kun burun mozorga tiqasan, yaramas. Ammo bilib qo`y. Men endi himoya qilmayman. SHuncha yordam qilgandim, himoya qilganim yetar, institutga kirolmading, shogirdimga rahmat.seni qabul qilishdi.. yiqilding, yana iltimos qildim, baholaringni tuzatib berishdi. Restoranda to`palon hilib, militsiyaga tushding. Bir yilga kesishmoqchi edi, olib qoldim. Mast bo`lib xushyorxonaga tushding. Yana olib kelib qo`yishdi. Endi o`n yilga kesishsa ham roziman. mani, otangking qadrini qamoqxonada bil zndi».
«Qiyomat qarz» dramasining bosh qahramoni Sulaymon ota. Uning psixologik holati ishonarli tasvirlab berilgan. CHunki muallif psixologik holatga kirishi uchun zarur bo`lgan muhitni yarata olgan.
Sulaymon ota halol, mehnatsevar, birovning haqidan qo`rqadigan, to`gri so`z nuroniy chol. Yolg`iz farzandidan ajrab qolgan ota, qishloqqa vrachlik qilish uchun kelgan No`monjon ismli yigitni o`z farzandi singari mehr qo`yib frontga jo`natadi, u ketayotib otaga ikkita qo`y olib beradi. Yillar o`tib qo`ylarning soni t5?rt yuztaga yetadi. Urush tugasa ham asrandi o`gildan darak bo`lmaydi, To`rt yuzta qo`yni «Qiyomat qarz»ni o`z egasiga topshirish Sulaymon otaning tinchini, oromini oladi, Psixologik tasvirning birksnchi bosqichi ruhiy vaziyat yaratildi. Shundan so`ng, bosh qahramon qator ruhiy -kechinmalarni boshidan kechiradi. Qo`ylarning egasiga topshirysh hissi, Zebining vasiyatini ado etish mas’uliyati dramada ruhiy tasvirni yuzaga kelishiga asos bo`ladi. «Zebi xola: No`monjonga atab oldim buniyam, Sulaymon ota», - Obbo , san-ey. YAxshi-yaxshi. -Zebo xola - siz bo`lsangiz, kimmiz unga deysiz. Urushdan keyin kelaman degan, sizlar bilan turaman degan. Kelmasa. . . kelmasa. . . Sizni kimga tashlab ketaman? Huvillagan hovlida bir o`zingiz.»
Muallif inson qalbidagi e’zozlanishi zarur bo`lgan qirralarni topgan. Sulaymon ota uchun Zebidan, uning vasiyatidan: ko`ra azizroq narsa bo`lmagan, xuddi SHU holatni dramada ishonarli ochib berilgan, Bu holatni hech bir tomoshabin befarq tomosha qilmaydi., o`zining huzur-halovatidan kechib, Sulaymon ota No`’monjonni qidirishga tushib ketadi.
Uzoq yo`l yurib, ham jismon, ham ruhan charchagan ota, No`’monni ko`rib butun charchoqlarini esidan chiqarib yubordi. Butun jismi bilan, quvonchu tashvishlari bilan unga talpindi. Biroq u otaning quvonchini, xursandchiligini cheksiz hayajonini sezishni, tushunishni xohlamaydi.
-Nazarov, xo`sh? keling? - Sulaymon ota. - Xo`shing nimasi? Meni tanidingmi? - Nazarov , Kimsiz? yo`q tanimadim. ~ Sulaymon ota: -Barakalla. O`zimam tanimaysan deb o`ylovdim. Men seni tanidim».
Sulaymon otaning xatti-harakatlarini erinibgina, mensimay kuzatib turgan Nazarov, otani tanimaslikka harakat qiladi, uni bag`riga bosib, o`zini tiyelmay yig`layotgan bosh qahramonga «o`zingizni bosing» deb buyruq beradi. O`zini yig`idan to`xtatolmagan ota «Qanday bosay, o`g`lim?! O`ttiz yil kutdim seni, Yo`lingda ko`zlarim to`rt bo`ldi. Ko`rmay o`lib ketamanmi qo`rquvdim, Zebi xolangga o`xshab. - Zebi xola kim? -Sulaymo* ota: - Ko`zing aytib turibdi, qo`rqib ketding. Qo`rqma. Qari bo`lsat^. ham, hali birovga tashvishim tushgani yo`q. Esingdami, urushge ketayotganingda menga ikkita qo`y tashlab ketuvding. Nazarov: - Qo`y?. Sulaymon ota; -Ha. Ikkita hisori qo`y. Nazarov: -E, bo`ldi, bo`ddi. Esimga tushdi. Xo`sh?. Sulaymon ota: - SHu qo`ylar to`rt yuztaga yetdi. Nazarov: - To`rt yuzta?».
Qo`ylarning daragini eshitgan No`’monjon endi butunlay o`zgaradi, «Obbo otaxon-ey. . . Obbo siz-ey! Qo`ylar hech xayolimga kelgani yo`q. Lekin ana boraman, mana boraman bilan vaqt o`tib ketarkan, shuncha yil o`tib ketibdi. Lekin baribir borardim. Sizni bir ko`rib kelardim.»
Qo`ylarning to`rt yuztaga yetganligini eshitgan No`monjon otaga soxta iltifot qilishiga utadi. No`’monjon: - Ota! To`xtang!. Sulaymon ota: - Men senga ota emasman, O`sha o`ttiz yil oldin mening oldimdan urushga ketgan yigitga otaman. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham. Senga emas».
O`ttiz yil bolam deb, qalbining eng tubida asrab kelgan, uning xayollari bilan, uning iztiroblari bilan ko`milib yashagan Sulaymon uchun bir lahzada hammasidan judo bo`lib qolish oson ish emas edi.
Ma’lumki, dramada qahramonning o`ziga xosligini belgilashda remarka muhim va asosiy omil hisoblanadi. Bu borada Sh. Boshbekov asarlari yaqqol misol bo`la oladi. Uning «Temir xotin» nomli jiddiy komediyasining bosh qahramoni Qo`chqorning xarakter sifatida shaklanishida remarka katta rol o`ynaydi, Qo`chqorning yashash sharoitining qanday ekanligi, u haqidagi dastlabki xarakteristika drama boshida berilgan remarkada beriladi: «Qishloqdagi oddiy kamtarona hovli. To`grida bir necha ustunli peshayvon, o`ngda pastgina peshayvon ko`cha eshik, oldiroqda yog`och karovat. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi. Eshik deraza romlari yarmi bo`yalgan, qolganining rangi o`chib ketgan, yog`och karovatning bitta og`i yo`q. O`rniga g`isht terib qo`yilgan, ko`rpa yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi o`chgan yoki chegaralangan, choynakning jumragiga tunika kiygizilgan va hakoza».
Keltirilgan remarkadan bosh qahramonning yashash sharoiti, uy jihozlarining ko`rimsizligi, tunu kun mehnat qilsa ham yaxshi yashamaganligining guvohi bo`lamiz.
Dramatik asar mutolaasi, Abdurauf Fitrat dramalari, “Abulfayzxon” dramasi, tragediya janri, dramatik nutq, emotsional pafos, personajlar ovozining o`ziga xosligi.
Fitratga qadar o`zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o`ziga yarasha o`rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g`oya bilan sug`orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o`zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Abdurauf Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko`rish dardini dramaturgiyada ham to`kib soldi. O`tgan asrning 20-yillari boshida yozgan “Chin sevish” dramasiga Hindiston hayotidagi voqealarni asos qilib oldi. Chunki, Turkiston hayoti misolida bosqinchilarga qarshi kurash g`oyasini ilgari surishning iloji yo`q edi.
Asar ko`proq ma’naviy-ishqiy yo`nalish asosiga qurildi. Lekin, unda ijtimoiy dard yetarlicha ko`rsatilmadi deb topdi, shekilli, muallif ko`p o`tmay shu yo`nalish kuchaytirilgan boshqa bir asar yozishga kirishdi. Natijada, avvalgi asardagi bosh g`oya va qahramonlar saqlab qolinib, milliy istiqlol ruhi kuchaytirilgan deyarli yangi drama – “Hind ixtilochilari” dramasi paydo bo`ldi. Asar markaziga vatanni bosqinchiliklardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnavoz obrazlari qo`yildi.
Abdusubbuh, Badrinad, Fayziahmat va Mahmudxon – Rahimbaxshining hammaslaklari. Kelishmovchilarni, diniy, irqiy, g`oyaviy, sinfiy va boshqa ixtiloflarni bir chekkaga yig`ishtirib qo`yib, birlashish va Ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil kerak, degan g`oya asarning asosini tashkil etadi.
Fitrat shu tariqa, o`z armonini Hindiston tasviri orqali ilgari surdi, yurtdoshlarini shu tarzda kurashga chorladi.
“Arslon” nomli besh pardali pyesasida (1925) Buxoro amirligidagi dehqonlarning og`ir hahoti va qismatini tasvirladi.
Arslon – dramaning bosh qahramoni. U to`yga yig`ib yurgan pulini sarflab, bir bechora kambag`al yigitning xonavayron bo`lishdan saqlab qoladi. To`lg`inoyni cheksiz sevishiga qaramay, endi to`y qilishning imkoni yo`q.
Fursatdan foydalanfan 50 yoshli sudxo`r Mansurboy 18 yoshli To`g`inoyga og`iz soladi. Qiz sevgisida qat’iy, lekin Arslonga yetishishga u ham chorasiz.
Drama shu muhabbat iztiroblarini va adolat uchun kurash jarayonlarini ko`rsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qat’iy amal qilish, boylarni butkul qoralab, kambag`allarni nuqul ulug`lash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy ko`rsatmalarga amal qilmadi. Realist san’atkor sifatida o`z e’tiqodiga sodiq qoldi.
Ziddiyatlarni sinflar aro emas, shaxslar aro bo`ladigan hayotiy qarama-qarshilik sifatida ko`rsatdi. Bek, Yasovulboshi, Darg`a singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi.
Qahramonlarning jonli, hayotiy, tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa, “Abulfayzxon” dramasida yorqin namoyon bo`ldi.
“Abulfayzxon” nainki Fitrat ijodi, balki umuman, o`zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.
Fitrat XX asr o`zbek adabiyoti taraqqiyotida alohida o`zrin tutadi. U milliy uyg`onish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, jadidchilik harakatining ulkan arbobidir. U yangi zamon she’riyatida barmoq vaznini mustahkamladi, erk va istiqlol g`oyalarini kuyladi. Vatan ozodligi, yurt istiqboliga bag`ishlangan maqollari bilan o`zbek publitsistikasining tamal toshini qo`ydi. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to`liq shakllanib ulgurmagan bir davrda “qiyomat” singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo`shdi. Dramalari bilan o`zbek adabiyotiga ko`plab yangi qahramonlar kirib keldi. Ular qatag`on davrining badiiy solnomalari sifatida adabiyotdan mustahkam o`rin egalladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish