Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan



Download 0,71 Mb.
bet29/114
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#432734
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
Bog'liq
ММ Мажмуа

Savol va topshiriqlar.

        1. Tovush, so`z va jumlaning vazifasi va mutolaa san'ati to`g`risida fikr yuriting.

        2. Jumla, so`zning psixologik funktsiyaga



7 -маvzu: Intonatsiya, temp va ritm ifodali o`qishning muhim vositalari sifatida (2 s.)
REJA:

  1. Intonatsiya va intonatsion vositalar haqida.

  2. Temp, nutq tempini belgilovchi vositalar. Urg`u, pauza.

  3. Ritorik murojaat. Parallelizm. Anafora.

  4. Ritm. Band ritmi. Alliteratsion ritm. Anafora ritm.



Tayanch tushunchalar. Sintaktik figuralar, sintaktik figuralar ko`rinishlari, takror va uning nutqdagi o`rni, emotsionallik, ritorik so`roq, badiiy nutq ta'sirchanligi.
Fonеtik akustika. Biror jismning boshqa bir jism ta'sirida tеbranishi va bu tеbranishning quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tеbranishi havoni to’lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo’ladi. Nutq to-vushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tеbranishidan nutq a'zolarida hosil bo’ladigan shovqindan iboratdir.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tеmbri va cho’ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tеbranishning miqdoriga bog’liq: tеbranish qancha ko’p bo’lsa, tovush ham shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tеbranish oz bo’lsa, tovush ham past bo’ladi. Tеbrangich qancha kichik bo’lsa, u shuncha tеz tеbranadi, binobarin, tovush ingichka chiqadi.
Urg’u ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u ta’kidlash, ayricha diqqat uchun zarurdir.Urg’u yordamida so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish ma’noni chuqurroq anglash mumkin. Ilmiy adabiyotlar ma’lumotiga ko`ra urg`u so’z urg’usi, gap urg’usi, dinamik urg’u, psixologik urg’u kabi turlarga bo’linadi. So’z urg’usi ma’no farqlashdek muhim ahamiyatga ega: “qo’shma” fe’l bo’lsa, birinchi bo’g’inni, sifat bo’lsa, ikkinchi bo’g’inni cho’zibroq aytish lozim. Akademik, bo’g’lama, bog’lar,etik, atlas, gulsiz,tugma singari so’zlar fikrimizni dalillaydi.
Mantiqiy urg’u ifodali o’qish uchun muhim, negaki matnda yashiringan bo’lib, uni aniqlash kitobxonning aql-idrokiga ham bog’liq. U qaysi so’zni alohida ta’kidlashni istasa, o’sha so’zhi alohida ajratib aytadi. Ayni damda, kitobxon mantiqiy urg’uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takroriy so’zlarga, ergash gaplardagi bir manzarani tasvirlovchi bir xil bo’laklarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berishi zarur. Odatda mantiqiy, ya’ni gap urg’usidan keyin qisqa pauza qilinadi:
Mening yuragimdan boshqa do’stim yo’q,
Yaqin yo’lolmagay g’anim yo malik.
Vale, bilib qo’ying – hech kim, hech qachon
Menga pand bermagan yuragimchalik.
Aytaylik, yuqoridagi to’rt satr doirasida “yuragimchalik” so’zini alohida ajratib aytish mumkin. Bunda shoir yuragidan astoydil og’ringani ta’kidlangan. Boshqa bir ijrochi “hech kim, hech qachon” so’zlarini alohida urg’u bilan aytishi mumkin.
Bunday holatda esa eng ko’p pand bergan yuragi ekanligi ta’kid qilinmaydi. Ayni choqda har bir satr uchun alohida bir so’zga mantiqiy urg’u qo’yish mumkin. Birinchi satrda “boshqa”, keyingi satrda “yo’lolmagay”, uchinchi satrda “hech kim, hech qachon” so’zlarini,oxirgi satrda “pand” so’zini alohida urg’u bilan aytish mumkin. Muhimi, mantiqiy urg’u duch kelgan so’zga qo’yilmaydi. Urg’u asarning mazmunli, jozibali chiqishiga yordam berishi lozim.
Pauza (gr. pausus-tugash, to’xtash so’zidan) – nutq davomida tin olish, bir nafas to’xtab o’tish. Badiiy asarlarni o’qish jarayonida pauzaning o’rni muhim. Pauzaning ko’rinishi uch xil:
1. Grammatik pauza.
2. Mantiqiy pauza.
3. Psixologik pauza.
Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asoslanib qilingan to’xtalish grammatik pauza deyiladi. Odatda so’roq, undov, nuqta, vergulga qilingan
to’xtalish grammatik pauza asosini tashqill qiladi.
Shoshilib kelganda allaqayerdan,
Qaygadir yo’l boshlab ketadi mani.
Esiga tushganga o’xshaydi birdan
Chorasiz umrimning tugab qolgani.
Nimadir izlayman
Yo’q bisotimdan,
Yana boramanmi
Xudoga yig’lab?
Onajon!
Onajon!!!
Nahot, ortimda-
Chirigan xazonlar qolar shivirlab?!
So’z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to’liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauza mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza so’zlar orasiga vertikal chiziq tortish bilan belgilanadi:
Qoshi yosinmu deyin, // ko’zi qarosinmu deyin,
Ko’nglima har birining // dard-u balosinmu deyin?!
Yoki:
Endi Sizga // gap navbati, // o’rtoq so’roq,
Ana chiqdi // so’roq belgi // misli o’roq.
Psihologik pauza – muallifning, asar qahramonining matnda yashiringan ruhiy holatini ifodalagan kuchli his-hayajon. Ruhiy pauza ifodali o’qish jarayonida asar ifodasining jonli, jozibali, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. “Intonatsiya” lotincha so’z bo’lib, “qattiq talaffuz qilish” degan ma’noni anglatadi.
Ovozning ko’tarilib tushishi, jumla yoki satrlarning tez yoxud sekin o’qilishi kabilar o’z me’yorida bo’lsa, ohang tinglovchini o’ziga jalb qiladi. Intonatsiya asar mazmunini, muallif maqsadini, qahramon kayfiyatini, his-tuyg’usini tinglovchiga yetkazib beruvchi muhim vositadir.
“Temp” lotincha so’z bo’lib, “sur’at”, tezlik”, “daraja”, “vaqt” degani. “Ritm” esa grekcha so’z bo’lib, “takt”, “ohangdosh” ma’nolarini anglatadi. She’riy nutqdagi muayyan bo’laklarning biror teng vaqt ichida izchil va bir o’lchovda takrorlanishiga ritm deyiladi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g’oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi, o’quvchi zavqini oshiradi.
Маълумки, нутқ тафаккур маҳсулидир. Киши фикри ёки мақсадини иккинчи бир кишига сўзлар воситасида етказиб, ўзаро фикр алмашади, алоқада бўлади ва кайфиятини ифода этади. Фикр-туйғулар, мақсад-интилишлар, ҳис-ҳаяжонлар бошқаларга овоз товланиши орқали ҳам етиб боради. Муайян истак, ният, интилиш, ҳаракат натижасида юзага келувчи ана шу овоз товланишларига интонация дейилади.
Ифодали ўқиш жараёнида интонациянинг аҳамияти катта.
Бадиий асарда интонация орқали қаҳрамонларнинг турли кайфияти, ички кечинмаси ифодаланади. Айниқса, поэтик асарларнинг ритмик оҳангдорлигини тингловчига етказишда интонация катта роль ўйнайди.
Интонациянинг муҳим хусусиятларидан бири шундаки, таъкидланганидек, у асар мазмуни, муаллиф мақсади, фикр-туйғуси ҳамда кайфиятидан табиий равишда келиб чиқади.
Машқ (бирорта бадиий асардан парча келтирилади).
Ҳаёт бор жойда қимирлаш, қимирлаш бор жойда эса темп, темп бор жойда ритм бор. Демак, ҳаёт ва меҳнатни маълум темп ва ритмсиз тасаввур этиш мумкин эмас. Меҳнат маълум бир меъёрда такрорланнса чарчатмайди. Шунинг учун ҳам меҳнат жараёнида айтиладиган ашулалар оҳанги иш-ҳаракатга ҳамоҳанг бўлади.
Бадиий адабиёт ҳаётни инъикос эттирар экан, унда ҳам темп ва ритм сақланади. Бу ёзувда тиниш белгилари орқали ифодаланади.
Бадиий адабиётда темп ва ритм асарнинг ғоявий-эстетик моҳиятини очишга хизмат қилади, нутқнинг эмоционал таъсирчанлигини кучайтиради, эстетик завқ уйғотади. Демак, темп ва ритм ифодали ўқишда муҳим аҳамият касб этади.
Ҳар қандай асарда ўзига хос темп ва ритм яширинган бўлади. Шунинг учун ўқувчи тўғридан-тўғри ифодали ўқишга киришмасдан, аввал асар билан пухта танишиб чиқиши лозим. Сўнгра асарнинг темп ва ритми ўзгарадиган ерларини қалам билан белгилаб олгач, ифодали ўқишга киришса, асар мазмуни, муаллиф мақсади тинговчига тўлиқ етиб боради.
Темп лотинча темпус сўзидан олинган бўлиб, суръат, даража, вақт деган маъноларни англатади.
Темп – ифодали ўқишнинг ҳис-ҳаяжон жиҳатдан интенсивлиги, унинг изтиробли, ҳаяжонли нафасидир. Асарда темп қаҳрамонларнинг ички кечинмалари, ҳис-ҳаяжон, воқеалар ривожининг кескинлиги даражасига кўра ўзгариб туради.
Ифодали ўқиш жараёнида темпни кўтариш ҳовлиқиш деган гап эмас, аксинча, жонлантириш демакдир.
Агар бирор ҳаракат маълум бир вақт меъёрида бажарилса, темпни кўтариш ўша вақтни қисқартиришга олиб келади, натижада яшаш (кечинма)ни ҳам, шу орада айтиладиган сўзни ҳам бир оз тезлаштириб, қисқартирилган вақт миқёсига жойлаштиришга тўғри келади.
Агар ифодали ўқиш жараёнида темп инобатга олинмаса, нутқ сўлғин, жонсиз бўлиб, таъсир кучи пасаяди.
Диалогик нутқда темп қаҳрамонларнинг характер-хусусиятидан келиб чиқади. Нутқ темпи асар мазмуни ва муаллиф мақсадига кўра гоҳ пасаяди, гоҳ кўтарилади. Бадиий асарларни ифодали ўқиганда ўқиш темпининг ўринсиз кўтарилиши ёки пасайиши асарнинг ғоявий-эстетик таъсир кучини сусайтиради.
Ритм грекча сўздан олинган бўлиб, вазндош, оҳангдош деган маъноларни англатади. Ритм ифодали ўқишда катта ўрин тутади.
Бадиий адабиётда, айниқса, шеъриятда мисрадаги кичик бўлакларнинг бир-бирига монанд равишда такрорланиб келиши ритмни ҳосил қилади. Масалан, бармоқ тизимидаги шеърларда ритм, туроқ, қофия, радифлар ёрдамида ва мисралардаги ҳижоларнинг бир текисда такрорланишидан майдонга келади. Аруз тизимига мансуб шеърларда эса ритм чўзиқ ва қисқа ҳижоларнинг бир хил тартибда такрорланишидан ҳосил бўлади. Эркин шеърларда ҳар бир сатр зинапоя шаклида бўлакларга бўлиб ёзилади ва уларни ўқиганда мазмунга қараб ритм сақланади.
Hаr qаndаy nutq sintаktik jihаtdаn to`g`ri tuzilgаn bo`lsа, u tа’sirchаn bo`lаdi. O`zbеk tili sintаksisidа jоzibаli nutqni yuzаgа kеltiruvchi imkоniyatlаrdаn biri invеrsiyadir. Invеrsiyadаn mе’yoridа fоydаlаnish nutq tа’sirchаnligini оshirаdi. Chоg`ishtiring: qo`lingni еlkаmdаn tоrt (so`rаsh, iltimоs), tоrt qo`lingni еlkаmdаn (qаt’iy tаlаb, buyruq) Аmmо invеrsiya qоidаlаrigа e’tibоr qilmаy, uni buzib yoki mе’yoridаn оrtiqchа qo`llаsh nutq sаviyasini pаsаytirаdi: Bir dаftаr ko`rsаtishdi mеngа Fаrg`оnа vоdiysidа yurgаnimdа bir kun uni vаrоqlаdim-u, qаytib оlоlmаdim bоshimni undаn, o`qib tugаtmаgunimchа. Muhаbbаt uyigа o`xshаrdi, bu dаftаr chiqib kеtgisi kеlmаsdi kishining. (T.To`lа. “Nаfоsаt”)
Nоtiq o`z nutqini ixchаm vа tа’sirchаn qilib ifоdаlаshidа turli xil sintаktik uslubiy figurаlаrdаn fоydаlаnishi mumkin. Bulаr оrаsidа sifаtlаsh, (epitеt), o`xshаtish, mubоlаg`а, jоnlаntirish, tаkrоrlаsh, аntitеzа kаbilаr nutqni bеzаydi, аytilgаn fikrni xоtirаdа uzоq sаqlаnib qоlishigа ko`mаklаshаdi. Bulаr hаqidа “Bаdiiy tаsvirning lеksik vоsitаlаri” T.:”Fаn”, 1982-yil mоnоgrаfiyamizdааtrоflichа fikr yuritilgаni uchun bu o`rindа to`xtаb turmаdik.
Tа’sirchаn nutq tuzishdа so`z vа grаmmаtik shаkllаrining tаkrоri sаlbiy hоdisа hisоblаnаdi. Аmmо uslubiy nuqtаi nаzаrdаn bа’zi gаplаr tаrkibidаgi bir o`zаkli so`zlаrning tаkrоr ishlаtilishi o`zini оqlаydi. Ulаrni qo`llаsh mа’nоni kuchаytirаdi: Bаrnоlаr bаrnоsi, ilg`оrlаr ilg`оri, chеvаrlаr chеvаri kаbi. Bundаy tаkrоrlаrning аyrimlаri frаzеоlоgik birliklаrgа hаm аylаnib qоlgаn: Аytgаni аytgаn, dеgаni dеgаn. qаt’iy fikrli dеmаk. Оdаtdа tаkrоrlаr аytilаyotgаn fikrni оydinlаshtirаdi, turmush vоqеаlаrini yanаdааniqrоq tаsvirlаsh imkоniyatini bеrаdi. Lеkin аyni bir so`zni ko`r-ko`rоnа tаkrоrlаsh fikrni xirаlаshtirаdi: Tаlаbаlаr yig`ilishigа yig`ildi; O`qituvchi o`quvchilаrgа tоpshiriq tоpshirdi kаbi.
So`zki tаkrоr o`ldi dilkаsh emаs, dеb ulug` bоbоmiz А.Nаvоiy bеjiz аytmаgаn edi. Оg`zаki nutqning mаzmuni, bаlki uning jаrаngdоrligi, hissiy tа’sirchаnligini yozmа nutqdа tinish bеlgilаri hаm ifоdаlаb kеlаdi. Tinish bеlgilаri hаr qаndаy yozmа nutqning nоtаsi bo`lib, o`quvchi vа yozuvchilаrning diqqаt mаrkаzidа bo`lishi kеrаk.
Sintaksisning stilistik imkoniyatlari. Sintaktik stilistika birliklarini belgilash bu sohaning predmetini belgilash demakdir. Ritorika, poetika, adabiyot nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari deb qaraladi. Bundan tashqari, o`rinli va original qo`llangan sintaktik qurilmalar ham stilistik vositalar bo`lib xizmat qiladi.
Antik ritorikadan boshlab sintaktik figuralar deb atalayotgan hodisalar (ritorik so`roq, ellips, gradatsiya, band, anafora, epifora, takror, antiteza kabilar) badiiy-poetik sintaksis birliklari hisoblanadi. O`zbek tili badiiy-poetik sintaksisi elementlari haqida fikr yuritilganda ham, shular tilga olinadi.Булардан айримларига қуйидагича қисқа таъриф бериш мумкин:

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish