Talabalarning olgan bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:
Chekli va cheksiz to’plamlar ustida amallar bajarishni bilish.
Berilgan moslik turini, xossalarini aniqlash, sonli funktsiyalarni tanish, to’g’ri va teskari proportsionallikni ajrata bilish.
Sodda kombinatorika masalalarini yecha olish.
Tushunchalarni ta'riflash usulini farqlay olish.
Fikrlar va predikatlar ustida logik amallarni bajara olish.
To’g’ri va noto’g’ri muhokamalarni farqlay olish.
Boshlang’ich maktabda qo’llanadigan algoritmlarni bilish, tuza olish.
Algebraik operatsiya, uning neytral, simmetrik yutuvchi elementlarini bilish. Berilgan algebraik operatsiyaga nisbatan yarim gruppa, gruppa, halqa va maydon tashkil etuvchi to’plamlarni ajrata olish.
Nomanfiy butun son tushunchasi va sonlar ustida bajariladigan amallarni to’plamlar nazariyasiga ko’ra sharhlay olish. Boshlang’ich maktab matematika darsligidagi matnli masalalarni yechishda bajariladigan amalni tanlashni asoslay bilish.
Nomanfiy butun sonlar to’plamini tuzishning aksiomatik usulini boshlang’ich matematika kursidan misollar bilan sharhlash.
Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma va og’zaki ratsional usulda bajarishni bilish. Matnli masalalarni turli usullarda yecha olish.
Bo’linish alomatlarini qo’llashni bilish, sonlar EKUBi va EKUKini topa bilish, yig’indi, ko’paytma va ayirmaning berilgan songa bo’linishini bo’lishni bajarmay aniqlay olish.
Ratsional sonlar ustida amallar bajarishni bilish.
Mikrokalkulyatorda hisoblashni bilish.
Sonli va harfiy ifodalarni farqlay olish, sonli tenglik, tenglama, sonli tengsizlik, tengsizliklarni tanish, tenglama va tengsizliklarni yechishni bilish. Ularning dizyunktsiyasi va konyunktsiyasi yechimini topa olish.
Elementar funktsiyalarning nomini, tenglamasini, xossalarini bilish va grafigini yasay olish.
Eng sodda limitlarni hisoblay olish.
Funktsiyalar hosilasini olishni bilish, hosilaning geometrik va mexanik ma'nosini tushunish, hosila yordamida funktsiyani tekshirishni bilish va grafigini yasash.
Aniqmas intgrallarni topa bilish.
Aniq integralni hisoblashni bilish. Aniq integral tatbiq qilib yechiladigan masalalarni yecha olish.
Geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay bilish, xossalarini bilish, hisoblashga doir geometrik masalalarni yecha olish.
Miqdorlarni o’lchashni bilish, matnli masalalarni yechishda miqdorlar orasidagi bog’lanishdan foydalana olish.
Matematikaning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay bilish.
Mustaqil-nazorat ishni bajarish bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |