Diagnozni tasdiqlash uchun audiometriya o'tkaziladi. Ultratovushni idrok qilish bo'sag'alari past , kasallik uzoq davom qilganda juda sekin bo'ladi. Bir tomonlama zararlanishda ultratovush lateralizatsiyasi doimo yomonroq eshitadigan quloqqa yo'naltirilgan, qiyinchiliklar tug'dirmaydi. Bemor birinchi marta murojaat qilganida shikoyatlariga alohida e ’tibor berish, batafsil anamnez yig'ish, eshitish faoliyatini tekshirish zarur. Ixtisoslashgan muassasaga tekshiruv o'tkazish uchun mutaxassis (surdolog, otonevrolog, nevropatolog) ga yuborgan ma’qul. Vestibulyar funksiya tekshirilganda labirintning turli darajadagi gipofunksiyasi aniqlanadi. Erta bosqichda — giperfunksiya bo'lishi mumkin. Bu xastalik uchun arefleksiya xos emas. Degidratatsion testlarda (kalorik va aylantiradigan), ko'pincha, eshituv FUNG iga o'xshash vestibulyar FU NG aniqlanadi. Menyer kasalligi bo'lgan bemorlarda timpanometriya ko'rsatkichlari o'zgarmagan (o'rta quloqning ehtimol tutilgan kasalligidan tashqari kamdan-kam hollarda).
Quloqdagi og‘riq quloq kasalliklaridan hamda bosh va bo'yinning yaqin va uzoq sohalaridagi kasalliklardan bo'lishi mumkin. Quloqda og'riq uning yallig'lanish kasalliklarida quloq suprasida va tashqi eshituv yo'li devorida joylashgan og'riq retseptorlarining nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasining ekssudati va shishidan bosilishi natijasida paydo bo'ladi. Agar quloq tomonidan patologiyani topmasalar (quloqdagi og'riq shikoyatlarida) burun, halqum , hiqildoq va og'iz bo'shlig'ini qunt bilan tekshirish zarur. Uch shoxli nerv tarmoqlanishi sohasida yoki adashgan nerv ta’sirlanganda quloqda irradiatsiyalovchi og'riqlar bo'lishi hammaga ma’lum. Quloq sohasida og'riqlar quyidagi ta’sirlar hisobiga vujudga kelishi mumkin:
1) Uch shoxli nervning chakka-eshituv tarmog'i hisobiga, masalan, karioz tishlarda, molyarlar qiyinlik bilan yorib chiqqanda, chakka-yuqori jag‘ bo‘g‘imi yoki tilning har xil zararlanishlarida;
2) til-halqum nervining nog'ora bo‘shlig‘I tarmog'I hisobiga (tonzillektomiya, tonzillit, paratonzillyar abssess, ti ildizi karsinomasi, til -halqum nervi nevralgiyasi);
3) vagus sezuvchan tarmog'I hisobiga, masalan, gerpes-zoster bo'lganda;
4) n.vagus eshituv tarmog'I hisobiga, masalan, hiqildoq karsinomasi, noksimon chuqurcha karsinomasi yoki qalqonsimon bez orqasidagi karsinomada;
5) eshituv nervi va kichik ensa nervi hisobiga, masalan, bo'yin spondilyozida.
Quloqqa og'riq halqum va hiqildoqning pastki bo'limlaridan yaraga aylangan raklarda, sil yaralarida, hiqildoqning o'tkir perixondritlarida va boshqa kasalliklarda berilishi mumkin .
Surdologiya audiologiyaning garanglikni o'rganish bilan shug'ullanadigan bo'limi hisoblanadi. Biroq hozirgi vaqtda butermin aksariyat eshituvning og'irquloqlik ko'rinishidagi buzilishlarini belgilash uchun ishlatiladi.
Og'irquloqlik - atrofdagi kishilarning nutqi yaxshi eshitilmaydigan yoki yetarlicha aniq eshitishning pasayishi. Bunda bemor odatdagi nutqi yordamida kishilar bilan muloqotga qiyin kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |