Buxoro davlat universiteti «Psixologiya» kafedrasi



Download 3,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/116
Sana19.08.2021
Hajmi3,52 Mb.
#151913
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Bog'liq
12.Бошкарув психологияси

Asosiy  tavsiya:  kiyim  elementlari  liniyalari  bir-biri  bilan  keskin 

kesishmasligi. bir-biriga qo’shilib xam ketmasligi kerak. 

Material  fakturasi,  erkaklar  uchun  «oliy  pilotaj»,  bir-birini  to’ldiradigan 

fakturali kiyimdir. M: Ip yoki jundan to’qilgan kostyum va yaltiroq ipak galstuk bir 

-birini to’ldiradi.  

Stil.

  Kiyim  elementlari  stillarining  muvofiqligi  juda  muhimdir.  M: 

konservativ, xizmat uchun kiyiladigan kostyum katak sport ko’ylagi bilan umuman 

qovushmaydi.  Keng  yoqali  kostyum  bilan  ingichka  galstuk  ham  qo’pol  ko’rinadi. 

Stilning  birligini  bir  hil  tus  orqali  yengilgina  ta’minlash  mumkin.  M:  to’q  ko’k 

kostyum, oq ko’ylak va to’q qizil galstuk yaxshi didni anglatadi.. SHuning uchun bir 

xil  tusdagi  kostyum  ishbilarmon  odam  kiyimining  asosiy  elementi  hisoblanadi. 

Bunday kostyumga ko’ylak va galstukni istagancha variatsiya qilish mumkin. Bir xil 

tusli  kostyum  mavzusiga  variatsiya  (turli  juz’iy  o’zgarishlar).  Bir  xil  tusli 

kostyumga  har  qanday  gulli  ko’ylak  mos  keladi.  Agar  bunga  bir  xil  tusli  galstuk 

ham  qo’shilsa,  eng  ajoyib  mutanosiblik  vujudga  keladi:  bir  xil  tus-gulli-bir  xil  tus. 

SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, bir xil gullar hech qachon mos kelmaydi, ularni 

har doim bir xil tus bilan ajratish kerak. M: bir xil tusli kulrang kostyum, tuq qizil 

yo’lli  och  rang  ko’ylak,  bir  xil  tusli  kulrang  galstuk  eng  yaxshi  mutanosiblikdir. 

Yoki  kulrang  kostyum,  moviy  rang  ko’ylak  va  to’q  qizil  galstuk.  Demak.  Bir  hil 

tusli kostyum uchun uchta variant mavjud: 

1. Bir xil tusli kuylak, bir xil tusli galstuk;  

2. Bir xil tusli ko’ylak, gulli galstuk; 

3. Gulli shaklli ko’ylak, bir xil tusli galstuk; 



 

46 


Yo’l-yo’l chiziqli kostyum bilan faqat bir xil tusli havo rang yoki oq ko’ylak 

kiyish mumkin. 

Yo’l-yo’l chiziqli kostyum bilan yo’l-yo’l izli ko’ylak mos kelmaydi, bunday 

kostyum va bir hil tusli ko’ylakka no’xat, rombik, uch burchak gulli galstuklar mos 

keladi.  Katak  kostyumga  ko’ylak  va  galstuk  tanlash  juda  murakkab.  Bunday 

kostyumga  faqat  bir  xil  tusli  ko’ylak,  rasmlari  aniq  yo’nalishli  bo’lmagan  bir  hil 

rangli  galstuk  mos  keladi.  Ish  uchun  hech  qachon  yorqin  rangli  kiyim  tanlamang, 

chunki  u  diqqatni  o’ziga  jalb  qiladi.  Galstukning  uzunligi  taqilgan  holatda  kamar 

darajasida bo’lishi lozim. Galstukning eng yaxshi materiali ipak, jun va ip. 

Galstuk  tanlashga  qiynalsangiz  yaxshisi  bir  xil  tusli  galstuk  oling,  u  har 

qanday  ko’ylak  va  kostyumga  mos  tushaveradi.  No’xat  gulli,  to’q  aniq  diagonal 

chiziqli  galstuklar  ham  yaxshi  ko’rinadi.  Hech  qachon  har  hil  emblemali,  ramzli, 

san’at asari tasviri tushirilgan, gazeta tekstlari yozilgan galstuk tanlamang. 

Kostyum  sotib  olmoqchi  bo’lsangiz  bisotingizdagi  eng  yaxshi  kostyum, 

ko’ylak  va  galstukda  boring.  SHunda  sotuvchi  sizga  yordam  beradi.  O’lchovni 

shimdan  boshlang.  SHimni  tufliga  o’lchanadi.  Yangi  shimning  cho’ntagiga  odatda 

cho’ntagingizda  nima  olib  yursangiz  hammasini  soling.  SHimning  kamari  oldida 

baland,  orqada  past  bo’lmasligi  kerak.  SHimning  belining  kengligi  kaft  bemalol 

kirib  chiqish  darajasida  bo’lishi  kerak.  Manjetsiz  shimning  etagining  orqasi  oldiga 

nisbatan  1,5-2  sm  uzun  bo’ladi,  manjetligi  pol  bilan  parallel  turadi.  Pidjakda  eng 

muhimi uning ichida o’zingizni qanday his qilishingiz. O’tirib, turib, yurib ko’ring. 

Uzunligi  qo’lingizni  tushirib    barmoqlaringizni  siqqaningizda    etagi    barmoqlar 

ichida qolarli darajada bo’lishi lozim. Yengining uzunligi katta barmoq uchidan 12-

13  sm  tepada  bo’lishi  kerak.  Ko’ylak  belingiz  atrofida  qatlanmasligi,  shishib 

qolmasligi,  kamar  tagidan  chiqib  ketmasligi  kerak.  Baland  bo’yli  va  to’la  erkaklar 

uchun  ko’ylakning  pastki  tugmasi  kamardan  8sm  pastda  bo’lishi  shart,  shunday 

bo’lmasa o’zingiz tugma qadab oling, bo’lmasa noqulay ahvolga tushib qolishingiz 

mumkin.  Ko’ylakning  yengi  1  sm  pidjak  yengidan  chiqib  turishi  kerak.  Agar  har 

doim  yaxshi  taassurot  uyg’otmokchi  bo’lsangiz  unda:  bir  hil  tusli  kostyumlarni, 

kulrang yoki och xavo rang ko’ylak va to’q qizil galstuk bilan; sutrang kostyum va 

ko’k ko’ylak; to’q xavo rang kostyum va och rang kuylak; sutrang va uncha yorqin 

bo’lmagan  jigarrang  tusli  katak  kostyumlar  kiying.  Aloxida  ajralib  turadigan,  o’ta 

yorqin kiyimlar, qora kostyumni oq ko’ylak bilan kiymang. 

Ko’pchilik oldida so’zga chiqmokchi bo’lsangiz to’q ko’k yoki to’q kulrang 

kostyum, albatta bir hil tusli, oq yoki och rang ko’ylak va galstukni kostyum rangiga 

moslab  tanlang.  Iloji  bo’lsa  orqangizda  nimalar  bo’lishini  oldindan  o’rganing.  Siz 

odamlar diqqatini boshqarishingiz kerak. Mikrofonni to’g’rilab oling. Televideniega 

chiqish  uchun  hech  qachon  yo’l-yo’l  izli  kostyum,  oq  ko’ylak  kiymang  va  mayda 

gulli galstuk taqmang. 


Download 3,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish