Aristotel «Siyosat» kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson tug‘ilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intilpdigan mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, adolat, «umumiy foydani tuShunib etganligi»dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib ko‘rsatib berdi: oila – yashash manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Unga muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga bo‘linadi: kambag‘al, o‘rta qatlam va boy. Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik o‘rta qatlam ko‘proq bo‘lsa, u Shunchalik qudratli bo‘ladi, gullab-yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |