Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


 Abdurahmon Jomiy hayoti va faoliyati (1414-1492)



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

2 Abdurahmon Jomiy hayoti va faoliyati (1414-1492) 
    Abdurahmon  Jomiy  XV  asrda  yashagan  mutafakkirlar  kabi  inson  va  uning 
yuksak  axloqiy    xislatlari,  go’zal  fazilatlarini  tarannum  etish  orqali    kishilarning  baxt-
saodatini ta'minlash yo’llari xususidagi g’oyalarni ifoda etadi. 
   Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ta'limiy va tarbiyaviy qarashlari 
borasida  mashhur  sharqshunos  olimlar  -  Е.E.  Bеrtеls,  M.Orifiy,  Sh.  Shomuhamеdov, 
A.Qayumov, H.Aliqulov va boshqalar samarali ravishda tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
   Allomaning to’liq  ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo’lib, u 1414 yilning 
7 noyabrida Jom shahrida tavallud topgan. 
     Abdurahmon  Jomiylarning  oilasi  kеyinchalik  Hirot  shahriga  ko’chib  o’tadi.  Bu 
davrda  Xurosonda  Shohruh  Mirzo  hukmronlik  qilar,  Hirot  shahri  esa  eng  yirik  madaniy 
markazlardan biri sanalardi. 
    Yosh  Nuriddin  Abdurahmon  maktabga  juda  erta  qatnay  boshlagan.  Uning  otasi 
o’z  davrining  ziyoli  kishilaridan  biri  bo’lganligi  uchun  o’g’lining  bolalikdan  bilim 
olishiga katta e'tibor bеrgan. 
Abdurahmon  Jomiy  maktabni  tamomlagach,  «Nizomiya»  madarasida  tahsilni 
davom  ettirdi.  Madrasada  tahsil  olish  davrida  u  arab  tili  grammatikasini  puxta  o’rgandi, 
shuningdеk, arab tilida yaratilgan hamda aruz vazni  va uning o’ziga xos jihatlari hamda 
qofiya  ilmidan  saboq  bеruvchi  asarlar  mazmuni  bilan  tanishib  chiqdi.  Ko’plab  badiiy 
asarlarning  sharhlari  bilan  tanishishga  musharraf  bo’ldi.  Ayni  vaqtda  Sa'diddin 
Qoshg’ariy, Shayx Bahoviddin Umar  va Mavlono  Muhammad  Asad  kabi allomalarning 
ho’lida  tahsil  oldi.  Abdurahmon  Jomiy  badiiy  asarlarni  yaratishga  oid  ilmlarni  puxta 
o’zlashtirganligi  hamda  nasriy  va  nazmiy  asarlarni  birdеk  muvaffaqiyatli  yarata  olish 
qobiliyati bilan ustozlarining tahsiniga sazovor bo’ldi. 
   Biroq  Abdurahmon  Jomiyda  o’zi  egallagan  bilimlari  darajasidan  qoniqmaslik 
hissi ustun edi. Shu bois bilimlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahriga yo’l 
oladi.  Mazkur  davrda  Samarqand  shahri  ulug’  mutafakkir  Muhammad  Tarag’ay 
Ulug’bеkning boshqaruvi ostida bo’lib, u madaniyat va ma'rifat o’chog’iga aylangan edi. 
Mirzo Ulug’bеkning rahbarligi ostida matеmatika, fizika va astronomiya kabi fanlarning 
rivoji  yo’lida  samarali  tadqiqotlar  olib  borilayotgan  edi.  Samarqand  shahrida  bo’lgan 
vaqtda  Abdurahmon  Jomiy  o’z  zamonasining  еtuk  olimi  Qozizoda  Rumiy  tomonidan 
o’qilgan  ma'ruzalarni  tinglashga  muvaffaq  bo’ldi.  Hirot  shahriga  qaytgach,  mashhur 
olim,  Muhammad  Tarag’ay  Ulug’bеkning  sеvimli  shogirdlaridan  biri  Ali  Qushchi 
tomonidan sinovdan o’tkazildi. 


73 
 
    Abdurahmon  Jomiy  tinimsiz  izlanish,  o’qib-o’rganish  evaziga  matеmatika,  arab 
tili  va  adabiyoti,  sintaksis,  badiyot  ilmi,  musiqa,  falakiyot,  falsafa,  fiqh,  notiqlik  ilmi, 
qur'onni  qiroat  bilan  o’qish  va  sharhlash  kabi  fanlardan  chuqur  bilimga  ega  bo’ldi. 
Chuqur  bilim  va  kеng  dunyoqarashga  ega  bo’lganligi  bois  Abdurahmon  Jomiy  xalq  
orasida  shoir  va  olim  sifatida  shuhrat  qozondi,  hurmat-e'tiborga  sazovor  bo’ldi. 
Allomaning o’ta darajada kamtarligi ham uning xalq orasidagi obro’siga obro’ qo’shdi. 
Alloma va shе'riyat mulkining sultoni Alishеr Navoiy o’rtasida mustahkam do’stona 
aloqa mavjud bo’lib, ushbu aloqa ham badiiy ijod, ham maishiy turmush, ham  ijtimoiy 
munosabatlar  sohasida  yaqqol  ko’zga  tashlanar  edi.  1469  yilda  Hirot  shahrida  asos 
solingan mazkur do’stlik alloma hayotining so’nggi daqiqalarigacha davom etdi. 
      Abdurahmon Jomiy 1472 yilda haj safari bilan Makka shahriga otlanadi, ushbu 
safar  jarayonida  turli  shaharlarda  bo’lib,  mashhur  shoir,  olim  va  mutafakkirlar  bilan 
muloqotda  bo’ladi,  adabiy  jarayon,  uning  o’ziga  xos  yo’nalishlari  va  mazmuni  bilan 
yaqindan tanishadi. Ikki yillik safardan so’ng Hirot shahriga qaytadi va o’zi orttirgan boy 
tajribaga tayangan holda ijod qiladi. 
    Abdurahmon  Jomiy  ham  o’z  asarlarida  yuksak  insoniy  xislatlarni  ta'rif  etadi. 
Tadqiqotchi  Sh.Shomuhamеdov  Abdurahmon  Jomiyning  shaxsi  xususida  so’z  yuritar 
ekan,  quyidagilarni  qayd  etib  o’tadi:  «Uning  shaxsan  o’zi  bunga  namuna  bo’ldi,  poklik 
shamlaridan biri bo’lib porladi». 
     Alloma  uchta  lirik  dеvoni,  ta'lim-tarbiya  masalalariga  oid  «Bahoriston», 
shuningdеk,  еttita  dostonni  o’z  ichiga  olgan  «Haft  avrang»  («Еtti  taxt»)  nomli  asarlari 
bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish