Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


Amir Temurning ma’anaviyat, ma’rifat va ta’lim-tarbiya haqidagi  ta’limoti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Amir Temurning ma’anaviyat, ma’rifat va ta’lim-tarbiya haqidagi  ta’limoti 
asoslari 
Amir  Temur  Ko’ragon
34
  ibn  Amir  Tarag’ay  (1336-1406)  “Temur  tuzuklari” 
asarining  ma’naviy  –  ma’rifiy  va  pedagogik  mazmuni  xususida  fikr  yuritishdan  oldin 
uning  ana  shu  ta’limoti  shakllanishining  zaminlari,  diniy-axloqiy  manba  va  ildizlari 
haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi. 
Amir  Temur  ulug’  davlat  arbobi  bo’lish  bilan  birga  zamonasining  komilu  fozil, 
benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat  va iste’dod egasi, ilm-fan 
va madaniyatning noyob sohibi edi. 
Buyuk  bobokalonimiz  yoshlik  kezlaridan  boshlab  Sharq  tarixi  va  falsafasiga, 
adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymon-
e’tiqod  bilan  qaragan.  U  xandasa,  falaqiyot,  mantiq,  ilohiyot,  fiqx,  falsafa,  tarix, 
axloqshunoslik,  jug’rofiya,  tibbiyot,  adabiyot  va  san’at  ilmlarini  teran  o’zlashtirgan. 
Zamonasining  rasmiy  uch  tili,  —  turkcha,  forscha  va  arabchani  chuqur  va  mukammal 
bilgan.  Temurning  shijoatli  ruhida  ilm  va  ilm  axdiga  hurmatu  e’zozi  favqulodda  kuchli 
bo’lgan.  "Tarag’ay  Bahodir  o’g’li  Amir  Temur  yoshlik  chog’idan  mard,  dovyurak, 
g’ururli,  o’tkir  zehn  va  aqlu  idrok  egasi  bo’lib  o’sdi.  Turli  dunyoviy  ilmlarni,  harbiy 
san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Imon-e’tiqodli, halol-
pok inson bo’lib etishdi"
35

Amir  Temur  yoshligida  olishuv-kurash,  ot  o’yinlari,  chavandozlik,  poyga, 
merganlik  (tirandozlik),  qilichbozlik,  nayzabochlik,  tosh  ko’tarish,  uzoqqa  chopish  kabi 
                                                
32
Қаранг. Абдулаҳад Муҳаммаджонов. Темур ва темурийлар салтанати (Тарихий очерк). Т.: Қомуслар бош 
таҳририяти, 1994,140-141-бетлар. 
33
Қаранг.  Ўзбекистон  Республикаси.  Энциклопедия.  Т.,  Қомуслар  Бош  таҳририяти,  1997,  575-бет.,  Буюк 
сиймолар, алломалар, 2-китоб. А.Қодирий номида халқ мероси нашриёти, -Т.: 1996, 8-бет. 
34
Изоҳ:  Ўтмишда  жаҳон  илм  аҳли,  машҳур  муаррихлар  ўз  асарларида  Амир  Темур  исмига  Кўрагон, 
Соҳибқирон  Қутбиддин,  Абулмансур  каби  унвонлар  қўшиб,  уни  эъзозлаб,  улуғлаб  ҳикоят,  ривоят  ва 
хотиротлар    битганлар.    Бу  сўзларга  шарҳ  берилганда  “Кўрагон”  атамасига  тўхталиш  лозим.  Кўп 
манбаларда  “Кўрагон”  сўзи  –  хон  куёви  деган  маънони  англатади.  Бундан  шу  нарса  изоҳланадики,  ўша 
даврда  Чингизхон  насл-насаби  билан  яқинлик  қилиш  ҳокимиятга  эгалик  қилган  амирлар  учун  афзал 
ҳисобланади.  Шу  каби  “Амир  Темур  ҳам  1370  йилда  Балхда  амир  Хусайнни  енгиб,  Қозонхоннинг  тул 
қолган  кизи”  Сарой  Мулкхонимга  уйланганлиги,  соҳибқиронга  “Кўрагон”  –  хон  куёви  лақабини  олиш 
имконини берган, деган маълумот берилади. Можор олими Херман Вамберининг “Мовароуннаҳр тарихи”да 
эса аксинча  “Темурнинг уруғи барлос бўлган, аммо оила тармоғи кўрагон, яъни кўркам, тоза уруғдандир”, 
дея  изоҳ  берилади.    Бу  билан  иккинчи  томондан  Мирхонд,  Шарафиддин,  Хоммер  каби    тарихчиларнинг 
“Амир  Темур  мўғул  наслидан  эди”,  деган  қарашларига  ҳам  чек  қўяди.  Ҳозирги  тадқиқотчиларнинг 
фикрларига қараганда Вамберининг бу маълумотлари анча ҳақиқатга эгадир. 
35
Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т.: "Ўзбекистон", 1996, 
360-бет. 


51 
 
musobaqalarda  qatnashib,  chiniqqan.  Yoshligidagi  bu  o’yin-mashqlar  keyinchalik 
sohibqironga juda asqotgan.  
O’zi  o’yin-mashqlarda  chiniqqan  Amir  Temur  xalq  o’yinlaridan  o’z  qo’shinini 
harbiy jihatdan tayyorlashda keng foydalangan. Jaxongir Amir Temur qo’shinini ruhiy va 
jismoniy bardam qilish uchun mashq, musobaqa, o’yinlar tizimini yaratgan. 
Amir Temur o’z sipohiylarining nihoyatda jasur, epchil va chaqqon bo’lishini talab 
etgan. O’z askarlarini qilichbozlik, nayza uloqtirish, merganlik, baland qoyadan arqonda 
chuqur  soyga  tushib  o’zi  bilan  yana    pastdan  tosh  olib  chiqish  va  hokazo  harbiy-
tayyorgarlik  mashqlaridan  foydanishga  o’rgangan.  Amir  Temur  qo’l,  qalqon,  pichoq, 
qilich,  yoy,  nayza    va  tig’  bilan  jang  qila  oladigan  jismoniy  va  ruhiy  baquvvat  polvon, 
mergan, qilichboz askarlar – mahoratli jangchilar tayyorlash maktabini yaratgan. 
Amir  Temur  ulug’ligining  zaminida  uning  ma’naviy  sifatlari  turadi.  Sohibqiron 
bobomiz  ma’naviyat,  diniy-axloqiy,  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari  markazida  islom 
ta’limoti,  Qur’oni  Karim,  Hadisi  Sharif,  tavhid,  tafsir,  fiqx,  tasavvuf  ilmi  va  falsafasi 
turganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi. 
Tasavvuf falsafasi Amir Temurga turonliklarning mo’g’ul istibdodiga qarshi erk va 
mustaqillik  uchun  boshlangan  harakatlarga  rahnomoligi  uchun  g’oyaviy  asos  bo’lib 
xizmat  qildi,  milliy  qahramonga  aylanishida  ma’naviy  asos  bo’ldi.  Tasavvuf  mohiyatini 
yoshligidanoq  teran  his  qilib,  anglab  etgan  bobomiz  yurt  mustaqilligi  uchun  muzaffar 
kurashga otlangan edi. U butun umri  mobaynida davrining ulug’  mutasavvuflari, pirlari 
bilan  suhbatdosh  bo’ldi,  ularning  pand-nasihatlari,  ma’naviy  yo’l-yo’riqlari  va 
ko’maklari sharofati bilan milliy davlat asoslarini yaratdi. 
Amir  Temur  naqshbandiya  tariqatining  asoschisi  Xoja  Baxouddin  va  u  yaratgan 
ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan. 
Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu 
Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan, 
ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan, 
buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan. 
Ilmiy  manbalarda  yozilishicha,  Amir  Temur  mudom,  saltanatda  erishgan  jamiki 
narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsuddin al-
Faxuriyning  duosi,  Shayx  Zaynuddin  al-Havofiyning  hikmati  tufayli  va  barcha  topgan 
barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan. 
Amir  Temur  islom  rahnamolari  —  sayyidlar,  shayxlar,  xo’jalarga  samimiyat  bilan 
munosabatda  bo’lgan.  Buyuk  jahongirning  islom  diniga  munosabati  va  tasavvuf  ahliga 
e’tiqodi  uning  "Tuzuklar"  va  unga  nisbat  berilgan  "Tarjimai  hol"  deb  nomlangan 
asarlarida,  Nizomiddin  Shomiy,  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”,  Ibn 
Arabshohning  “Amir  Temur  tarixi”  kitoblari  va  boshqa  ilmiy  manbalarda  o’z  ifodasini 
topgan. 
"Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar dinu oyin asosida 
qurilmas  ekan,  to’ra-tuzukka  bog’lanmas  ekan,  unday  saltanatning  shukuhi,  qudrati  va 
tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, 
nazarini  olib  qochadi.  Yoxud  kasu  nokas  tap  tortmay  kirib  chiqadigan  tomsiz,  eshigi-
to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra 
va tuzuk asosida mustahkamladim... O’z saltanatimni shariat bilan bezadim"
36

Amir  Temur  sayyidlarga  mehribonlik  qilib,  ularni  o’ziga  yaqin  tutgan.  Ulamo  va 
fozillarga  izzat-ikrom  ko’rsatib,  ularni  boshqalardan  ustun  va  ulug’,  deb  bilgan.  Diniy 
                                                
36
Темур тузуклари. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991 57- бет.  


52 
 
arboblar,  ulamo  va  shayxlar  bilan  mazmunli  bahslar  yuritgan,  martabalarini  har  doim 
oshirib,  sovg’a-salomlar  in’om  etib  turgan.  "Musulmonlarga  diniy  masalalardan  ta’lim 
berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har 
bir  shaharga  olimlar  va  mudarrislar  tayin  qildim.  Turli  mamlakatlardagi  sadrlar  va 
qozilarga  shariatning  asosiy  talablari  qanday  bajarilayotganligi  xususida  menga  xabar 
qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida 
urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini 
tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim"
37

Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur 
Qur’on  va  Hadis  talablariga  qatiy  amal  qilgan,  ularga  zid  ish  qilishga  zinhor  yo’l 
bermagan.  U  islom  dinini,  shariat  qonun-qoidalarini  xurofot,  bid’at,  mutaassiblik, 
johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan. 
Amir  Temur  diniy  ilmlar  bilan  bir  qatorda  dunyoviy  ilmlarni  ham  mukammal 
o’zlashtirgan.  Ilm-fan  va  madaniyatning  u  xabardor  bo’lmagan  biron-bir  sohasi 
bo’lmaganligiga  uning  keng  qamrovli,  mazmunan  nihoyatda  chuqur  "Temur  tuzuklari" 
misoldir. 
Ilmiy,  falsafiy,  tarixiy  manbalarda,  hozirgi  zamon  muarrixlarining  asarlari,  ilmiy 
tadqiqotlarida  Amir  Temurning  Movarounnahr,  Xurosonning  bir  necha  ming  yillik  ilm-
fan,  madaniyati,  tarixi,  urf-odatlari,  an’analari,  milliy  qadriyatlarini  chuqur  bilganligi  va 
astoydil  hurmat  qilganligi  haqida  aniq  ma’lumotlar  berilgan.  U  o’z  Vatani  tarixini, 
ayniqsa,  qadimiy  Turon  va  Turkiston  xalqlari  davlatchiligi  masalasida  keng  bilim  va 
ma’lumotga ega bo’lgan. 
Amir  Temur  mislsiz  yorqin  tarixiy  shaxs  sifatida  o’zini  tarbiyalagan,  o’ziga 
ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga 
katta  qiziqish  bilan  qaragan.  Ayniqsa,  Sharq  donishmandlari  -  Al-Xorazmiy,  Abu  Nasr 
Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning tabiiy-
ilmiy,  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy  ta’limotlaridan  to’la  xabardorligibugun  hech  kim  uchun 
sir emas. 
Amir  Temur  Sharqona  an’analarga  sodiq  qolib,  vaqti-vaqti  bilan  olimlar, 
faylasuflar,  hokimlar,  tabiblar,  munajjimlar,  muhaddislar,  amirlar,  vazirlar,  dongdor 
san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari bilan kengashib, ularning maslahatini olib 
ish yuritgan. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asarida Eron imomlarining ulug’lari 
va Turon sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo’lmish nomdor ulamolar va fozilu fuzalolar 
bilan Amir Temur o’tkazgan kengash haqida hikoya qilingan. Unda Amir Temur, "o’tgan 
asrlardagi  ulamolar  sultonlarga  yaxshilik  va  adolat  bobida  yo’l  ko’rsatganlar,  sizlar  esa 
menga  rahnomolik  qilmaysizlar  va  men  bajarishim  vojib  va  lozim  bo’lgan  narsalarni 
menga  aytmaysizlar...  Menga  tahsin  aytish  va  mening  mijozimga  muvofiq  gapirishingiz 
menga  xush  kelmaydi,  vazifa  shuki,  sizlar  har  toifa  har  tomondan  kelgansizlar,  u 
tomonning yaxshi ham yomon ahvolu avzoyini menga aytinglar va hech nimani mendan 
yashirmanglar.  Men  bu  so’zni  sizlar  menga  ishonch  bildiringlar  yoki  undan  mening 
mulkimga biror foyda etsin, deb aytayotganim yo’q"
38
, deydi. 
Ana shu fikrlarning o’zi ham Amir Temur o’z davlatini faqat harbiy kuchga suyanib 
emas,  balki  aql-zakovat,  dinu  diyonat,  ijtimoiy  adolat  qoidalariga  asoslanib  idora 
etganligini  isbotlab  turibdi.  “Adolat  kuchda  emas,  kuch-adolatdadir,”  degan  shior 
Amir Temur saltanatining ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qilgan. 
                                                
37
 Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриет-матбаа бирлашмаси, 1991, 58-бет. 
38
Низомиддин Шомий. Зафарнома. – Т.: "Ўзбекистон", 1996, 550-бет. 


53 
 
Olimu  fuzalolar,  diniy  ulamo  va  allomalar  boshini  doimo  silab  turganligi  o’laroq, 
firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan 
faylasuflar,  fiqxshunoslar,  tarixchilar,  musiqashunoslar,  munajjimlar,  muhaddislar, 
mutasavvuflar  maskani  bo’lgan.  Mavlono  Abdumalik,  Sayyid  Sharif  Jurjoniy,  Xoji 
Muhammad  Zohid  Buxoriy,  Mavlono    Ahmad,  Nizomidtsin  Shomiy,  Hofizi  Abru,  Ibn 
Arabshox,  Sa’diddin  bin  Umar  Taftazoniy  va  boshqa  allomalar  Amir  Temur 
rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga  munosib hissalarini 
qo’shganlar. 
Ushbu  dalillar  Amir  Temurning  dunyoqarashi,  din,  odob-axloq,  madaniyat, 
ma’naviyat,  ma’rifat  haqidagi  fikr  va  mulohazalari  zaminsiz  paydo  bo’lmaganligidan 
dalolat beradi. 
Shaxsan  Amir  Temurning  o’zi  odob-axloq,  iymon-e’tiqod,  ta’lim-tarbiya, 
madaniyat,  ma’naviyat  va  ma’rifat  bobida  yuksaklikka,  mukammallikka  erishgan 
siymolardan  biridir.  Uning  saltanati  yuksak  ma’naviyat  va  oliy  darajadagi  madaniyatga 
yo’g’rilgan saltanat edi. 
Ma’naviyat  va  ma’rifat,  din,  odob-axloq  haqidagi  Amir  Temur  ta’limotining 
mohiyatini chuqur va mukammalroq bilib olish uchun uning o’zlari tomonidan yaratilgan 
odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u hakda yozgan 
asarlarini ko’zdan kechirish kifoyadir. "Temur tuzuklari", "Amir Temur o’gitlari", "Amir 
Temur  vasiyati",  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  "Zafarnoma",  Ibn  Arabshohning  "Amir 
Temur  tarixi",  Salohiddin  Toshkandiyning  "Temurnoma",  B.Ahmedovning  "Tarihdan 
saboqlar"  va  "Amir  Temur",  Evgeniy  Berezikovning  "Buyuk  Temur",  Ashraf 
Ahmedovning sohibqiron tarjimai holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir. 
Sohibqironning  ma’naviyat  va  ma’rifat  haqidagi  ta’limoti  asoslari,  murakkab  va 
serqirra  hayoti  va  ijgimoiy-siyosiy  faoliyati  uning  "Tarjimai  holi"  da  va  "Tuzuklari"  da 
chuqur bayon etilgan. 
Amir  Temurning  insonparvarligi,  millatsevarligi,  ma’na-viyat  va  ma’rifatning 
jonkuyar  homiysi  sifatidagi  insoniy  fazilatlarini  uning  farzandlariga  qoldirgan  vasiyat 
so’zlarida  yaqqolroq  namoyon  etilgan:  "O’g’illarim,  millatning  ulug’  martaba-sini, 
saodatini  saqlamoq  uchun  Sizlarga  qoldirayotgan  vasiyat  va  "Tuzuklar"  imni  yaxshi 
o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. 
Millatning  dardlariga  darmon  bo’lmoq  vazifangiz.  Zaiflarni  qo’ring,  yo’qsillarni 
boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o’lsin. Men kabi 
uzun  saltanat  surmak  istasangiz  qilichingizni  yaxshi  o’ylab  chekingaz.  Bir  daf’a 
chekkanda  so’ngrada  uni  ustalikla  qo’llangiz.  Orangizda  nifoq  tuxumlari  ekilmasligi 
uchun  ko’p  diqqat  bo’ling.  Ba’zi  nodimlaringiz  va  dushmanlaringiz  nifoq  tuxumlari 
sochmakka,  bundan  foydalanmakka  chalishajaqdurlar.  Faqat  vasiyatimda  sizga  idora 
shaklini,  uning  ilkularini  ko’rsatdim.  Bularga  sodiq  qolsangaz  tosh  boshingizga 
tushmas".
39
 
Amir  Temurning  farzandlari-yu  nabiralariga  qilgan  o’gitlari  va  yo’l-yo’riqlariga 
uning  o’zi  umrbod  qat’iy  amal  qilgan.  Jamiyatda  ijtimoiy  adolat  tantanasi  uchun 
kurashda ikkilanish, chekinish nimaligini aslo bilmagan. 
U  kuch-qudrat  zo’rlik,  zo’ravonlikda  emas,  aksincha,  adolatda  ekanini  chuqur 
anglab  etdi.  Adolatni  kuch  bilan,  kuchni  esa  adolat  bilan  uyg’unlashtirdi.  Temur 
                                                
39
Қаранг:  Амир Темур  васияти.  –Т.:  Ғ.Ғулом  номидаги  нашриёт  –  матбаа  бирлашмаси,  1991, 4-бет.,  Амир 
Темур ўгитлари. –Т.: “Навўз”, 1992, 6-бет. 


54 
 
tamg’asining  naqshi  "Rosti-rusti"  bo’lib,  bu  "Haqgo’y  bo’lsang  –  najot  topasan"
demaqdir. 
Sohibqiron
40

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish