Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

ADOLF  DISTERVEG  (1790-1866)  pedagoglik  sohasida  samarali  ish  olib  borish 
bilan  bir  vaqtda,  matematika,  nemis  tili,  geografiya,  matematik  geografiya, 
astronomiyaga  doir  yigirmadan  ortiq  darslik  va  o’quv  qo’llanmalari  nashr  qildi;  bu 
darsliklar va o’quv qo’llanmalari Germaniyada va boshqa ko’pgina mamlakatlarda katta 
shuhrat  qozondi.  U  «Nemis  muallimlarining  muallimi»  degan  faxrli  unvonga  sazovor 
bo’ldi. 
Disterveg  ham  xuddi  Pestalotstsi  singari  tarbiyaning  eng  muhim  printsipi  -  uning 
tabiatga  uyg’un  bo’lishidir,  deb  hisobladi.  U  tarbiyaning  tabiatga  uyg’un  bo’lishini 
quyidagi  mazmunda  talqin  qildi,  ya’ni  tarbiya  odamning  tabiiy  kamol  topishiga  qarab 
olib borilishi, o’quvchining yoshi va o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. 
O’qituvchilar  o’quvchi-talabalar  diqqati,  xotirasi,  tafakkurining  o’ziga  xos  belgilarini 
sinchiklab o’rganishlari kerak, deb psixologiyani  «tarbiya to’g’risidagi fanning asosi» 
deb  bildi.  Uning  katta  xizmati  shundaki,  pedagoglik  tajribasini  pedagogikani  taraqqiy 
ettirishning  manbai  deb  hisobladi.  U  mohir  pedagoglarning  yoshlarni  tarbiyalash  va  bu 
sohadagi ish tajribalarini o’rganish zarurligini ta’kidlab o’tdi. 
Disterveg tabiatga uyg’un bo’lish printsipiga qo’shimcha ravishda tarbiya madaniy 
uyg’un xarakterda bo’lishi ham kerak, deb talab qildi. U ta’limning asosiy vazifasi ta’lim 
oluvchilarning  aqliy  kuchlarini  va  qobiliyatlarini  o’stirishdan  iboratdir,  deb  hisoblaydi. 
Lekin  u  formal  ta’lim  moddiy  ta’lim  bilan  chambarchas  bog’langanligini  ko’rsatib, 
Pestalotstsiga nisbatan olg’a tomon katta qadam qo’ydi. Disterveg, ta’lim oluvchining sof 
formal  ta’lim  bo’lmaydi,  lekin  ta’lim  oluvchining  o’zi  mustaqil  olgan    bilimlari  va 
malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi. 
Ta’lim  yosh  avlodning  har  tomonlama  kamolotga  etishiga  va  uning  axloqiy 
tarbiyasiga yordam berishi lozim. O’qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan qimmatga 
zga bo’lish bilan bir qatorda, axloqiy ahamiyatga ham egadir. 
Disterveg  takomillashib  boruvchi  ta’lim  didaktikasini  yaratdi,  bu  didaktikaning 
asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon qilib berdi. Disterveg 
avvalo  tabiatga  uyg’un  qilib,  bola  idrokining  xususiyatlariga  muvofiq  qilib,  o’qitishni 
talab  qildi.  U  misollardan  qoidalarga:  buyumlar  va  bu  buyumlar  to’g’risidagi  aniq 
tasavvurlardan  shu  buyumlarni  ifodalovchi  so’zlarga  o’tishni  taklif  qildi.  Disterveg 
o’quvchi-talabalarni  ularning  sezgi  organlari  bevosita  his  qila  oladigan  buyumlar  bilan 
tanishtirishga  juda  katta  ahamiyat  berish  bilan  bir  vaqtda,  shaxsning  o’z  sezgi  a’zolari 
bilan idrok qilayotgan butun materialni o’ylab ko’rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib 
o’tadi. Disterveg taklif qilgan ko’rsatmali ta’lim «yaqindan uzoqqa», «oddiy narsalardan 
murakkab narsalarga», «osonroq narsalardan qiyinroq narsa-larga», «ma’lum narsadan 
noma’lum narsaga» o’tish kerak, degan qoidalar bilan bog’langan ta’limdir.  
Disterveg  o’rganilayotgan  materialni  ongli  o’zlashtirishga  katta  ahamiyat  beradi. 
O’quvchi-talabalarning o’rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera 
oladigan  bo’lishi  shu  materialning  o’zlashtirilganligini  ko’rsatuvchi  belgilarning  biridir. 


195 
 
U  o’qitilayotgan  materialning  mustahkam  o’zlashtirilishiga  ko’p  e’tibor  beradi  va 
o’tilgan  material  esdan  chiqib  qolmasligi  uchun  uni  tez-tez  takrorlab  turishni  maslahat 
beradi.  
Distervegning  haqqoniy  ravishda  ta’kidlashicha,  muvaffaqiyatli  ta’lim  hamisha 
tarbiyalovchi      xarakterda  bo’ladi.  Bunday  ta’lim  o’quvchi-talabalarning  aqliy  
kuchlarinigina      o’stirib      qolmay,  balki  uning  shaxsini,  irodasini,  sezgilarini,  xulq-
atvorini ham kamol toptiradi. 
Distervegning fikricha, o’qitish chog’ida o’quvchi-talabalarning tashabbuskorligini 
o’stirish,  ularni  bilimlar  bilan  qurollantirish  o’qituvchi  rahbarlik  rolini  o’ynaganidagina 
mumkin  bo’ladigan  ishdir.  U  ta’limning  muvaffaqiyatli  bo’lishi  oqibat  natijada  darslik 
yoki  metodga  emas,  balki  o’kituvchiga  bog’liq  deb  ta’kidlaydi.  Uning  fikricha,  yaxshi 
o’qituvchi  o’z  fanini  mukammal  egallab  olgan  bo’lishi  hamda  o’z  kasbini  va  bolalarni 
sevishi  kerak.  Dars  chog’ida  hamma  ta’lim  oluvchilar  tetik  bo’lib  turishi,  o’qituvchi 
g’ayrat  bplan  dars  berib,  o’quvchi-talabalarning  aqliy  kuchini  uyg’otishi,  ularning 
irodasini mustahkamlashi, ularning xarakterini tarkib toptirishi kerak. O’quvchi-talabalar 
o’zlarining olg’a borayotganliklarnni hamisha sezib turishlari lozim. Yaxshi o’qituvchi, – 
deydi  Disterveg,  –  o’zining  tarbiya  printsiplarini  qat’iyat  bilan  og’ishmay  o’tkazib 
boradi, bu printsiplardan hech qaytmaydi. O’qituvchi  muttasil o’z ustida ishlashi lozim. 
Shundagina u o’quvchi-talabalarni bilimlarni egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi va 
ularni  o’z  yo’llarida  uchraydigan  qiyinchiliklarni  enga  oladigan  qilib  tarbiyalaydi. 
Disterveg o’qituvchining mustahkam xarakteri va o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlaydi.  O’qituvchi  qattiqqo’l  va  talabchan  bo’lish  bilan 
birga,  adolatli  bo’lishi  ham  kerak,  faqat  shundagina  u  o’z  o’quvchi-talabalari  orasida 
obro’ qozonishi mumkin. O’qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli bo’lishi lozim, 
deydi. 
Distervegning  fikricha,  «yomon  o’qituvchi  haqiqatni  aytib  berib  qo’ya  qoladi, 
yaxshi  o’qituvchi  esa  haqiqatni  topishga  o’rgatadi».  U  o’qituvchilarga  o’z  bilimlarini 
qanday  qilib  oshirishlari  to’g’risida  bir  qancha  qimmatli  maslahatlar  beradi, 
o’qituvchilarga  o’zlari  o’qitayotgan  fanga  taalluqli  asarlarni  birinchi  navbatda  o’qishni 
tavsiya  qiladi,  shunipgdek,  o’qituvchi  tarix  va  adabiyotni  bilishi,  shuningdek, 
pedagogika, psixologiya va metodikaga doir chiqayotgan yangn asarlarni kuzatib borishi 
kerak,  deb  ta’kidlaydi.  Disterveg  o’qituvchilarni  amaliy  pedagoglik  mahorati  va 
malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish