«Millatimizning kelajakdagi baxtu saodati uchun shunday katta xizmatlaringizga
ko’pchilik tomondan rahmatlar aytaman, deb tashakkur bildirdi»
72
.
El murabbiysi Munavvar qori har bir xalqning millat sifatida shakllanishining
birinchi belgisi mazkur xalqning o’zligini tanish va o’zini himoya qilish tuyg’usining
uyg’onishi, milliy qadriyatlarini saqlash va taraqqiy ettirishida ekanligini qayta-qayta
ta’kidlaydi va bu yo’lda turli-tuman jamiyat hamda uyushmalarni vujudga keltirish
zarurligi haqida yozadi: «Madaniy millatlarning butun taraqqiyoti diniya va ehtiyoj
71 Сирожиддин Аҳмад. Мунаввар қори. «Шарқ юлдузи», 1992 йил, 5- сони.
72
Сирожиддин Аҳмад. Мунаввар қори. «Шарқ юлдизи», 1992 иил, 5- сон.
119
mayllari uchun eng ishonchli suyanchiq va mutakka attehoz (qabul – mualliflar)
o’linmish va ulardan madaniyat narvonining birinchi bosqichi maktab, ikkinchisi jamiyat
ekan»
73
. Demak, Munavvar qori har ikki bosqichga ham jiddiy e’tibor beradi. U mana
shu ikki tayanch bilan millat bolalarining ko’zini ochadi, chorhukumatiga qarshi kurash
olib boradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, u maktab va madrasalarda o’qish va o’qitish
ishlarini takomillashtirish, imtihonlar o’tkazish haqida yozar ekan, «maktab va
madrasalarda imtihon joriy bo’lsa, ko’p shogirdlarning va bir necha mudarrislarning
madrasadan chiqarmaqlari lozim kelur»
74
, deydi.
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan Munavvar qori 1918 yil may oyida
Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy-madaniy jamiyatini tuzadi. O’shbu jamiyat
Turkiston turklarini milliy tug’ ostiga to’plab, ularga milliy ruh, milliy g’oya va milliy
tarbiya berish, milliy urf-odatlar asosida ilm-ma’rifatli, tijorat, adabiyot va san’atni
rivojlantirib, chin bir turk madaniyatini vujudga keltirishni va shu tariqa millatimizning
ruhiy va jismoniy quvvatini orttirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Munavvar qori
ana shu g’oya asosida astoydil ish olib boradi.
Ma’lumki, 1918 yil boshida Toshkentda ovro’palik aholi uchun so’l eser, Turkiston
xalq maorif komissari K. Uspenskiy tashabbusi bilan xalq dorilfununi tashkil etiladi.
Ulka Sovetlarining IV qurultoyida (1918 yil yanvar) janob Uspenskiy: «O’rtoq
musulmonlar! Shuni bilingizki, biz sizlarning katta og’angizmiz. Siz kichiksiz.
Tushunarlikmi, bizga bo’ysunishingiz kerak», deya shovinistik mahoratini namoyish
qiladi
75
. Ammo bu janob tatar va o’zbeklar uchun milliy dorilfunun ochishga jon
kuydirmaydi. Bunga javoban 1918 yil 9 aprelda Munavvar qori uyida to’plangan jadidlar
Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan
iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar qori (rais), Burxon Habib,
Iso To’xtaboev, Sodiq Abdusattorov, Murodbek, Murodxo’ja, Muxtor Bakir, Ablusami
qori Ziyoboev va boshqalar kirgan edi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini
tuzadilar. Dorilfununning musulmon bo’limi hamda o’rus bo’limi kabi uch bosqichdan
iborat bo’lishi belgilanadi.
Yuqori bosqich – dorilmuallimin (o’qituvchilar kursi
g
keyinroq institut); o’rta
bosqich– o’rta hunar maktablari; quyi bosqich – boshlang’ich maktablarni o’z ichiga olar
edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitining o’zidan kelib chiqqan
holda zamonaviy bilim va savodxonlikka ehtiyojdan tug’ilgandi.
Shu yilning 3 mayida dorilfununning Musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov
bo’lib, unda Munavvar qori rais (rektor), Iso Tuxtaboev birinchi muovin, Burxon Habib
ikkinchi muovin, Abdusami qori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo’lib
saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentniig eski shahar qismida Vikula
Morozovning sobiq do’koni binosi (hozirgi A.Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat
bog’i o’rnida joylashgan sobiq o’zbek “Yosh tomoshabinlar” teatri (binosi)da musulmon
aholi uchun «xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim
maskaniga aylanadi. Dastlab 9 ta boshlang’ich maktab ochish mo’ljallangan bo’lsa-da,
aholi ehtiyojiga ko’ra, ularning soni 24 taga etadi. Dorilfununning musulmon bo’limi 15
demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi.
Undagi muallimlar soni 180 nafarga etadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o’zbeklar uchun
maxsus o’qituvchilar tayyorlov bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi. Unda Fitrat ona
73
“
Садои Туркистон” газетасиси, 1914 йил. 23 июнь.
74
Сирожиддин А ҳ м а д Мунаввар қори, «Шарқ юлдузи», 1992 йил, 5- сони
75
Сирожиддин Аҳмад Мунаввар қори, «Шарқ, юлдузи», 1992 йил, 5- сони
120
tilidan, Kamol Shams arifmetika va geo-metriyadan, Haydor Shavqiy gigiena, gimnastika
va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda san’atdan, Rizaev
madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona tilidan dars berishadi. Bu
bo’limning ochilish marosimida Munavvar qori nutq so’zlab, insonning ma’rifatli bo’lib,
ko’zi ochilmaguncha vijdon uyg’onmasligini, vijdon uyg’onmasa na o’zini, na xalqini
erkin muhofaza qila olishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda
etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |