Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


Mirzo Ulug’bekning ilm-fan va ijtimoiy-pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Mirzo Ulug’bekning ilm-fan va ijtimoiy-pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan 
hissasi 
Muhammad  Tarag’ay  –  Mirzo  Ulug’bek  (1394-1449)  Amir  Temur  sulolasiga 
mansub  ulug’  zot,  ulkan  davlat  arbobi  va  buyuk  dahodir.  Amaliy  faoliyatida  davlat 
arboblikni  olimlik,  olimlikni  esa  davlat  arboblik  bilan  qo’shib  olib  borish  Mirzo 
Ulug’bekka  xos  bo’lgan  nodir  fazilatdir.  Ulug’bek  –  podshohlar  ichra  donishmand, 
donishmandlar ichra podshohdir. U  – insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina uchraydigan 
noyob fenomen. 
Ulug’bekning  zamondoshi  Sakkokiy  qasidalaridan  birida  Ulug’bekning  ilmu 
kamolotini,  buyuklik  cho’qqisiga  ko’tarila  olganligi,  dunyoda  podshoh  va  olimlar  ko’p 
o’tganu, ammo unga tenglasha oladigani bo’lmaganligini shunday odil va orif misrlarda 
bayon etadi: 
Salotin dunyoda ko’p keldi-yu ketdi, seningdek bir,  
Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim qachon kelgan. 
Mirzo Ulug’bekning olam uzra mashhur bo’lishi va tarixda abadiy qolishida buyuk 
sohibqiron  bobomizning  ta’lim-tarbiyasi  va  shaxsan  unga  nisbatan  bo’lgan  mehr-
muhabbatining ahamiyati beqiyosdir. Amir Temur sevikli nabirasi  Muhammad Tarag’ay 
tarbiyasiga  alohida  e’tibor  bilan  qaragan.  Amir  Temur  nabirasi  Ulug’bekning  o’tkir 
zehnli,  aqlu  farosatli  bo’lganligi  uchun  juda  sevardi.  «Ko’zimning  nuri,  saltanatimning 
umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi, buning ustiga 
ko’p  vaqtini  kitob  mutolaa  qilish  bilan  o’tkazar,  davlat  ishlariga  rag’bati  yo’q  ko’rinar 
edi. 
Ulug’bekning  tarbiyasi  bilan  buvisi  Saroy  Mulk  xonim  shug’ullanib,  sevimli 
nabirasiga  o’quv-yozuvni  o’rgatgani,  tarixiy  mavzularda  hikoya  va  ertaklarni  so’ylab 
bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi. 
U  Amir  Temur  saroyida  bo’ladigan  maslahatlar,  olimlar,  sayyidlar,  ulamolar, 
shayxlar  bilan  bo’ladigan  kengash  va  mashvaratlarda,  chet  eldan  kelgan  elchi  va  davlat 
arboblarini  qabul  qilgan  paytlarda,  ziyo  fatlar  chog’ida,  shuningdek,  harbiy  mashqlar 
paytlari  va  yurishlarda  Ulug’bekni  ko’pincha  ishtirok  ettirgan.
44
  U  nabirasini  qilichboz 
sarkarda emas, balki buyuk donishmand olim bo’lib etishishini aniq bilgan va shu yo’lda 
unga rahnamolik qilgan. 
Ulug’bek yoshligidan ko’p kitoblarni mutolaa qilgan bo’lib, u ayniqsa, matematika, 
astronomiya  ilmlariga  qiziqdi.  U  bobosining  xos  munajjimi  mavlono  Badriddin  bilan 
ko’p  vaqtini  o’tkazar,  undan  hisob  va  taqvimdan  dars  olar,  ba’zi  kechalari,  qor  tinib 
osmon  yorishgan  paytlarida  yulduzlarning  o’rni  va  harakatini  kuzatish  bilan  mashg’ul 
bo’lar edi. 
Taniqli  olim  Bo’riboy  Ahmedovning  ma’lumotlariga  ko’ra,  mavlono  Badriddin 
Samarqandda  bo’lgan  vaqtda  Ulug’bekni  Qo’ksaroydagi  xos  kutubxonasiga  boshlab 
borib,  kutubxonaga  yangi  kelib  tushgan  Abulqosim  Firdavsiyning  «Shohnoma»sini 
ko’rsatadi.  Shu  erda  mavlono  Badriddin  Ulug’bekka  alloma  al-Farg’oniy  tarafidan 
                                                
43
К.Ҳошимов, С.Нишонова, М. Иномова, Р.Ҳасанов. Педагогика тарихи. –т.: “Ўқитувчи”, 1966, 165-бет. 
44
Қаранг: Б.Аҳмедов. Улуғбек. –Т.: “Ёш гвардия”, 1989, 21-бет. 


58 
 
bitilgan  «Kitob  fi  javome’  ilm  an-nujum  va  usul  al  harakat  as-samoviya»  («Yulduzlar 
haqidagi  ilm  bilan  osmon  yoritgichlari  harakatining  asosini  (bir-biriga),  qo’shuvchi 
kitob»)ni ko’rsatadilar. 
Shunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq  mavlono Badriddin Tusiy yordamida 
al-Xorazmiy,  al-Farg’oniy,  Nasriddin  Tusiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Umar  Xayyom 
kitoblari bilan hamda Oqsulot va Utrorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi. 
Fanga  bo’lgan  zo’r  muhabbati,  katta  qobiliyati  va  mehnatsevarligi  tufayligina 
Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga 
erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor 
bo’ldi. 
Zo’r  qobiliyat,  o’tkir  xotira  va  asta-sekin  bilimlarni  to’plash  shunga  olib  keldiki, 
Ulug’bekda  fanga  qiziqish  va  intilish  rivojlana  bordi.  Ulug’bek  bilimlarini  tinmay 
chuqurlashtirishi  va  o’z  ustida  muntazam  ravishda  ishlashi  natijasida  o’zining  ko’pgina 
zamondoshlaridan  o’zib  ketdi.  Shunday  qilib,  oldin  o’tgan  ajdodlar  –  Markaziy 
Osiyodagi  qadimgi  xalqlarning  madaniy  merosi  Ulug’bek  bilimlarining  asosiy  manbai 
bo’ldi. 
O’sha  davrda  aniq  fanlarning  rivojlanishi,  ana  shu  sohaga  oid  ajoyib  asarlarning 
yozilishi  va,  nihoyat,  buyuk  astronomlar  va  matematiklar  bilan  yaqin  munosabatda 
bo’lish Ulug’bek ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishini belgilab berdi. 
1411yilda  17yoshli  Ulug’bek  Mirzo  Movarounnahr  va  Turkistonning  hokimi  etib 
tayinlanishi  Temuriylar  xonadonida  uning  mavqei  naqadar  yuksak  ekanligidan  dalolat 
beradi.  Ulug’bek  hokim  bo’lgach,  bobosidan  farqli  o’laroq  harbiy  yurishlar  bilan 
kiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa xokimlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq 
ilm-fanga moyil edi. Lekin, afsuski, Ulug’bekning boshlang’ich  ma’lumoti  va  murabbiy 
hamda  ustozlari  haqida  to’liq  ma’lumotga  ega  emasmiz.  Shunday  bo’lsa-da,  munajjim 
Mavlono Ahmad Ulug’bekning dastlabki ustozlaridan biri bo’lsa kerak, deb taxmin qilish 
mumkin,  chunki  bu  kishi  Amir  Temur  saroyidagi  eng  yirik  olimlardan  bo’lib, 
sayyoralarning  kelajak  ikki  yuz  yillik  taqvimlari  jadvallarini  tuza  olgan.  Lekin 
Ulug’bekning  o’zi  keyinchalik  asosiy  asari  bo’lmish  «Ziji»da  faqat  Qozizoda  Rumiyni 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish