Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

«Biz  musulmonlarg’a,  alalxusus,  bu  zamonda  ikki  sinf  ulamo  kerakdir:  biri  ilmi 
diniy,  digari  olimi  zamoniy,  olimi  diniy;  imon,  xatib,  mudarris,  muallim,  qozi,  mufti 
bo’lib, (ular) xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar. 
Olimi  zamoniy  bo’lmoq  uchun  bolalarni  avvaldan  musulmoncha  xat  va  savodini 
chiqarib,  zarurati  diniya  va  millatimiz  tilini  bildirgan  so’ngra,  hukumatimizni  nizomli 
maktablariga  bermoq  kerakdir,  ya’ni  gimnaziya  va  shahar  maktablarini  o’qib  tamom 
qilganlaridan so’ng Peterburg, Moskva dorilfununlariga yuborib, doktorlik, zakonchilik, 
injenerlik, sudyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni 
o’qitmoq lozimdir. 
Rusiya  vataniga  va  davlatini  bilfe’l  (amalda)  sherik  bo’lmoq  kerakdir  va  davlat 
mansablariga  kirmoq  lozim.  Toki  maishat  va  ehtiyoj  zamoniyasi  to’g’risida  vatan  va 
millati islomga xizmat qilinsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa, hattoki shu tariqa 
                                                
59
 Қосимов Б. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. –Т.: “Маънавият”, 1997, 5-6-бетлар. 


111 
 
Farangiston  (Frantsiya),  Amerika  va  Istanbul  dorilfununlariga  tajriba  uchun  yubormoq 
kerakdir. Hazrat payg’ambarimiz: ilm Xitoyga ham bo’lsa talab qilingiz, demadularmu? 
(Boy  uyquda)  Bu  ishlar  bo’lmas,  magar  pul  ila  va  sizdek  katta  boylarni  himoyatisiz. 
Chunonchi Kavkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli g’ayrati ilm yo’liga 
ko’p  pul  sarf  etarlar  va  kambag’al  bolalarini  o’qitdirarlar.  (Boyga  qarab:)  Albatta, 
so’zlarimga tushungansiz, janobi boy! Boy bobo!».
60
 
Umuman,  Behbudiyning  “Padarkush”  dramatik  asarining  asosini  ma’rifatparfarlik 
g’oyasi  tashkil  etadi.  Chunki  Behbudiy    xalq  ta’limi,  yoshlar  va  kattalar  o’rtasidagi 
munosabatlarni o’ziga xos yo’l bilan badiiy ifoda etgan. Mazkur asarda ota-onalar bilan 
bolalar  o’rtasidagi  g’oyat  jiddiy,  nozik,  qaltis  munosabatlar  ta’lim-tarbiyadagi  bosh  
masala tarzida talqin etiladi. 
Behbudiyning  “Padarkush”  asari  Turkiston  xalqlarining  qalbini  muttasil 
hayajonlantirib  kelayotgan  muammolarga  bag’ishlanganligi  va  milliy  o’ziga  xos  eng 
muhim  xususiyatlarini  o’z  ichiga  olganligi  bilan  jamoatchilik  e’tiborini  tortadi.  Bunda 
oila  tarbiyasida  ota-onalarning  o’rni  haqida  gap  boradi.  Behbudiyning  pedagogik 
qarashlarida,  maktab  tarbiyasi  bilan  oila  tarbiyasi  uzviy  birgalikda  olib  borilishi  lozim, 
aks  holda  fojialar  ruy  beradi,  degan  g’oyani  oldinga  suradi.  Maktab  har  qancha  to’g’ri 
yo’l  qo’rsatsa-yu,  ota-onalar    bolasini  boshqa  tomonga  tortadigan  bo’lsa,  bola  tarbiyasi 
tamoman  izdan  chiqadi,  degan  fikr-mulohazalar  asardagi  obrazlar  faoliyatida  ifoda 
etiladi. 
“Padarkush”  asaridagi  voqea  Boy  bilan  uning  o’g’li  Toshmurod  (ota-bola) 
o’rtasidagi  oddiy  bir  muloqotdan  boshlanadi.  Toshmurod:“Tomoshaga  boraman,  pul 
bering!”  –  deb  otasi  huzuriga  kiradi.  Boy  o’g’liga  pul  beraturib,  barvaqtroq  kelishini 
aytib,  kimlar  bilan  borayotganini  so’raydi  va  “yomon  joylarga”  bormasligini  ham 
ta’kidlab  qo’yadi.  Toshmurod  otasidan  va  oldida  o’tirgan  “yangi  fikrli  domladan  ham 
uyalmay  –  netmay:  -  “Xayr,  xov  ko’p  gapurasiz-da”  –  deb  otasini  siltab  chiqib  ketadi. 
Toshmurodning  otaga  qilgan  bunday  odobsizligi  Domla  ta’bini  xira  qilib  yuboradi. 
Domla  Toshmurodning  bu  noo’rin  xatti-harakatini  ilmsizlik,  ma’rifatsizlik  oqibati  deb 
biladi. 
Behbudiy o’z davridagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalasi o’ylantiradi. U yomon 
tarbiyali bola butun oilani halokatga olib kelishini, bunga, avvalo, ota-onalarning o’zlari 
sabab  bo’layotganini  aytadi.  Toshmurodning  odobsiz  bo’lib  o’sishiga  Boyning  o’zi 
sababchi:  uning  odobsizligi,  maqtanchoqligi,    o’jarligi,  mol-dunyoga  o’chligi  o’g’lini 
ham  shu  ko’yga  soladi.  Toshmurod  o’n    olti  yoshga  kirgan  bo’lsa  ham  eski  maktabga 
ham,  yangi  maktabga  ham  bormaydi,  takasaltanglik,  buzuqilik  va  maishat  bilan  kun 
kechiradi.  Asarning  ichiga  chuqurroq  kira  borgan  sari,  bolaning  otaga,  otaning  bolaga 
o’zaro juda mos, bir-biriga juda mutanosib, bir olamning ikki pallasiday o’xshash ekanini 
idrok etamiz. 
“Padarkush” asarida biz ta’lim-tarbiyaning bosh maskani oila, ota-ona ekani haqida 
g’oyat  muhim  fikr  borlig’ini  sezamiz.  Behbudiy  bu  asarda  o’z  g’oyalarini,  ya’nita’lim-
tarbiyaning  buzilib  ketishiga  oilaning  o’zi  sabab  bo’layotganini  tomoshabin  qalbiga 
chuqur  singdirishga  intiladi.  Behbudiy  aslida  Turkiston  halqining  hammasini    boy  va 
badavlat  qilish  yo’llarini  o’ylaydi.  Ammo  ommaviy  farovonlikka  erishmoq  uchun  ilm-
ma’rifat  va  ta’lim-tarbiyani  to’g’ri  yo’lga  qo’yish  zarurligini  tushunadi,  fuqarolarning 
ma’naviy dunyosini boyitmay turib, moddiy boyligini oshirib bo’lmasligini tushunadi. 
                                                
60
Маҳмудхўжа  Беҳбудий.  Падаркуш   «Шарқ юлдузи» журнали, 1989, 7-сони, 112-бет.
 


112 
 
Buni  biz  Domla  obrazida  ko’ramiz  Domla  kuyib-pishib  o’g’lini  o’qishga  berishga 
da’vat etsa-da, Boyga  uning so’zlari ta’sir etmaydi, aksincha, Domlaning so’zini kesib, 
haqorat  qilib,  uyidan  chiqarib  yuboradi.  Boy  o’z  davlatiga  mahliyo  bo’lib,  odob-ahloq, 
ta’lim-tarbiya, jamiyat, fuqaro taqdiri, vatan, millat kelajagi to’g’risidagi tushunchalardan 
yiroq  yuradi.  “Ey  Domla  –  deydi  nihoyat  g’azablanib  Boy  –  Siz  menga  tahqiqchimi? 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish