Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Oliy ta’lim 
Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  oliy  ta’lim  4  asosiy  bosqichda  amalga  oshiriladi: 
kichik  mutaxassis,  bakalavr,  magistr,  doktor.  Oliy  ta’limdagi  bosqichlar  o’z  oldiga 
qo’ygan maqsadi va o’quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi 
bosqich garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsa-da, ularni vazifasiga ko’ra bizdagi 
maxsus o’rta o’quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej shaklida 
amalga  oshirilib,  bitiruvchilarining  uchdan  ikki  qismi  4  yillik  kollejlarning  III  kursiga 
qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik 
kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir. 
Bunday  kollejlarga  o’rta  maktabni  tugatganlar  o’z  iqtidori,  qiziqishi  va  maktabda 
olgan kasb yo’nalishiga ko’ra turli yo’nalishdagi ixtisoslik bo’limlariga qabul qilinadilar. 
Bu o’quv yurtlarida o’qish eng yuqori saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o’quv 
asosan dorilfununlar qoshida tashkil etilgan. Ikki yillik kollsjlar deyarli barcha shtatlarda 
bo’lib,  tayyorlangan  mutaxassislar  o’sha  shtatlardagi  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojni 
qondiradi.  Bunday  kollejlar  asosan  kam  ta’minlangan,  nochor  oilalarning  farzandlari 
uchun  mo’ljallangandir.  Shuningdek,  bunday  kollejlar  yoshlar  o’rtasida  ishsizlikni 
kamaytirishga xizmat qiladi. 
I  bosqich  oliy  ta’limni  tugallagan  talabalarga  II  bosqichdagi  to’rt  yillik  kollej  va 
universitetlarga  kirish  imkoniyati  beriladi.  Bunday  oliy  o’quv  dargohini  bitirganlarga  1 
darajali bakalavr unvoni beriladi. II bosqich oliy o’quv yurtini bitirganlarning bir qismi 
nazariy  bilimlarni  amaliyotda  mustahkamlash  uchun  to’rt  yil  ishlab  chiqarishga  borib 
ishlaydilar.  Chunki  bunday  kollejlarda  talabalar  uchun  amaliy  ko’nikma  ko’zda 
tutilmagan.  Bitiruvchilarning  eng  layoqatlilari  aspirantura  va  doktoranturada  o’qiydilar. 
III  bosqich  –  magistr  maktabi  hisoblanib,  unda  o’qish  muddati  1-2  yildan  iborat.  IV 
bosqich doktorantura bosqichidir. Tinglovchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar. 
Oliy ta’lim saviyasining yuqori bo’lishida o’quvchilarni tanlab olish «Iqtidorlilarni 
izlash»  harakatining  ahamiyati  katta.  Bolalarni  saralash  bilan  nafaqat  ta’lim 
boshqarmalari,  balki  katta-katta  ishlab  chiqarish  korporatsiyalari  ham  shug’ullanadilar. 


204 
 
Ular  iqtidorli  bolalar,  ularning  ota-onalariga  katta  miqdorda  mablag’  sarf  qiladilar.  Bu 
borada «Vestixauz» firmasining faoliyati jahonga ma’lum va mashhurdir. Mamlakatdagi 
«Nobel»  mukofoti  sovrindorlarining  uchdan  bir  qismini  aynan  shu  firma  tanlagan 
iqtidorli kishilar tashkil etadi. 
Ko’rinib  turibdiki,  oliy  ta’lim  zamini  o’rta  maktablarda  tayyorlanadi.  Shuning 
uchun  ham  AQSh  maktablarida  o’quvchilarning  boshlang’ich  ta’lim  bosqichidayoq 
tabaqalashtirish keng rusumga kirgan. 
AQSh  ta’lim  tizmmining  oliy  bosqichi  to’g’risida  gap  ketar  ekan,  uning  ikki 
an’anaviy  yo’nalishi  mavjudligini  qayd  etmoq  kerak.  Birinchisi,  bu  ta’limni 
individuallashtirish  bo’lsa,  ikkinchisi,  talabalarning  mustaqil  ishlashlarini  amalga 
oshirishdir.  Ta’lim  individualligining  ma’nosi  shuki,  bunda  u  yoki  bu  mavzuni 
o’zlashtirishda  qat’iy  o’lchov  yo’q.  Masalan,  talaba  mavzuni  o’z  layoqatiga  ko’ra 
boshqalardan  tezroq  o’zlashtirishi  mumkinligi;  berilgan  mavzuni  o’zlashtirmay  turib 
keyingisiga  o’tmaslik;  talabaning  kompyuter  yordamida  mustaqil  ta’limiy  dasturlarni 
tuza  olishi;  ma’ruzani  to’liq  axborot  berish  vositasi  sifatida  emas,  balki  ta’limga 
yo’naltiruvchi  usul  sifatida  qo’llash;  yozma  ishlar  ahamiyatini  oshirish;  bilimni 
tekshirishning  ko’p  tarmoqli  uslublarini  joriy  etishdan  iboratdir.  Bunda  o’qituvchi 
talabaning mavzularni o’zlashtirish sifatidan doimo xabardor bo’lib turadi. Bundan kelib 
chiqadigan  amaliy  xulosa  shuki,  Amerika  pedagogikasida  ta’limning  bosh  maqsadi 
intellektni  mashq  qildirish,  xulosalash,  mantiqan  fikrlash  qobiliyatini  o’stirishdan 
iboratdir.  Mustaqil  shug’ullanish,  esa,  ta’lim  olish  erkinligini,  xohishiga  ko’ra  uslub 
tanlashni ta’minlaydi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish