Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


haqida ko’rsatmali  qo’llanma», «Son to’g’risida  ko’rsatmali ta’lim»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

haqida ko’rsatmali  qo’llanma», «Son to’g’risida  ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari 
bosilib chiqdi, bu kitoblarda boshlang’ich ta’limining yangi usullari bayon qilindi. 
Pestalotstsi  hammani  tarbiya  va  ilm  olish  huquqiga  ega  bo’lishi  lozim,  deb  da’vo 
qilib,  maktablar  jamiyatni  ijtimoiy  jihatdan  o’zgartirishning  muhim  vositalaridan  biri 
bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari 
harakatga  kelib,  mustahkamlanganidagina  eng  muhim  ijtimoiy  masalalar  hal  qilinadi, 
tubdan ijtimoiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunga tarbiya yo’lli bilangina erishish mumkin. 
Pestalotstsining  fikricha,  mehnat  shaxsni  tarbiyalash  va  o’stirishning  zng  muhim 
vositasidir,  mehnat  shaxsning  jismoniy  kuchlarinigina  emas,  shu  bilan  birga,  aqlini  ham 
o’stiradi,  shuningdek,  unda  axloq  ham  tarkib  toptiradi.  Mehnat  bilan  shug’ullanastgan 
shaxsda  mehnatning  jamiyat  hayotida  juda  katta  ahamiyati  bor  degan  ishonch  tug’iladi, 
bunday  ishonch  esa  shaxslarni  ahil  va  mustahkam  ijtimoiy  ittifoq  qilib,  bir-biriga 
bog’lovchi eng muhim kuchdir. 
Pestalotstsining fikricha, bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va 
tasavvurlarni qayta ishlash yo’li bilan g’oyalar darajasiga ko’tariladi, g’oyalar esa, garchi 
ravshan bo’lmasa ham shaxsning ongida tarkib toptiruvchi kuch; tariqasida mavjud, lekin 
o’zining  namoyon  bo’lishi  va  jonlanishi  uchun  sezgilar  etkazib  beruvchi  materialga 
muhtojdir 


188 
 
Pestalotstsining fikricha, tarbiyaning maqsadi shaxsning barcha tabiiy kuchlarini va 
qobiliyatlarini  o’stirish,  o’stirganda  ham  har  tomonlama  va  bir-biriga  uyg’un  ravishda 
o’stirishdir.  Tarbiyaning  tarbiyalanuvchiga  ko’rsatayotgan  ta’siri  uning  tabiatiga  uyg’un 
bo’lishi lozim. 
Pestalotstsi  tarbiyaning  mohiyati  to’g’risidagi  tasavvuriga  asoslanib,  tarbiyaning 
yangi  metodlarini  shaxsning  kuchini  inson  tabiati  bilan  muvofiqlashtirib  o’stirishga 
yordam  beradigan  metodlarni  yaratishga  intiladi.  Bolani  tarbiyalashni  deydi  u,  uning 
tug’ilgan  kunidanoq  boshlash  lozim:  «Bola  tug’ilgan  soat  –  unga  ta’lim  berishning 
birinchi  soatidir».  Shu  sababli  chinakam  pedagogika  onani  to’g’ri  tarbiyalash  metodlari 
bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan, 
oddiy  dehqon  ayol  ham  egallab  oladigan  qilib  soddalashtirib  berishi  lozim.  Oilada 
tabiatga muvofiq qilib boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettirilishi lozim. 
Barcha  insoniy  kuchlar  va  imkoniyatlar  eng  oddiy  narsalardan  rivojlana  boshlaydi 
va sekin-asta murakkabroq darajaga jo’tarila beradi. Tarbiya ham ana shu yo’ldan borishi 
lozim. 
Har bir bolaga xos bo’lgan tug’ma  kuch  va qobiliyatlar kurtaklarini tabiiy tartibga 
muvofiq,  inson  kamolotining  abadiy  va  o’zgarmas  qonunlariga  muvofiq  holda 
muntazamlik bilan mashq qildirib, o’stirish kerak. 
Pestalotstsi  ta’lim    nazariyasiga  ko’ra  tarbiyalash  eng  oddiy  elementlardan 
boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim. 
Pestalotstsining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, 
axloqiy  va  estetik  tarbiyani  hamda  aqliy  tarbiya  va  o’qitishni  o’z  ichiga  oladi. 
Tarbiyaning  mana  shu  hamma  jihatlarini  Pestalotstsi  bir-biriga  bog’lab  olib  borishni 
taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga 
uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi. 
Pestalotstsi shaxsning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishni ularni 
jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda 
o’tirib  qolmaslikka,  hamisha  harakatda  bo’lishga  majbur  qiluvchi  tabiiy  intilishini 
jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi. 
Pestalotstsi  inson  shaxsini  kamolotga  etkazishda  jismoniy  tarbiyaga  juda  katta 
ahamiyat beradi va uni shaxsning o’sishiga oqilona ta’sir ko’rsatishning birinchi turi, deb 
hisobladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borish 
Pestalotstsining  pedagogik  tajribasi  va  nazariyasidagi  asosiy  qoidalardan  biri  bo’ldi. 
Pestalotstsining  «Lingard  va  Gertruda»  romanida  yozilishicha,  (maktabda  bolalar  kun 
bo’yi yigirish va to’qish dastgohlarida ishlash bilan vaqt o’tkazadilar; maktab huzurida er 
uchastkasi bo’lib, bu uchastkada har bir bola o’ziga ajratib qo’yilgan paykaldagi ekinlarni 
parvarish  qiladi,  chorva  mollarini  parvarish  qiladi.  Bolalar  zig’irpoya  tolasini  va  junni 
ishlashni  o’rganadilar,  qishloqning  eng  yaxshi  xo’jaliklari  bilan,  shuningdek, 
hunarmandchilik ustaxonalari bilan ham tanishadilar. O’qituvchi ish vaqtida, shuningdek, 
ishdan  bo’sh  vaqtlarida  bolalar  bilan  mashg’ulotlar  o’tkazadi,  ularga  savod,  hisob  va 
turmush  uchun  zarur  bo’lgan  boshqa  bilimlarni  o’rgatadi.  Pestalotstsi  shaxsning 
kamolotga etishi uchun mehnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib o’tdi. U ish 
vaqtida «bolalarning ko’nglini xushvaqt qilish va aqlini o’stirishga» intildi. 
Pestalotstsi axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib 
foyda etkaza oladigan va hamma jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan inson etishtirishdir, 
deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda muttasil mashq qildirish yo’li 
bilan  uning  axloqi  voyaga  etkaziladi.  Pestalotstsining  fikricha,  bola  organizmining 


189 
 
kundalik  ehtiyojlarini  qondirish  asosida  bolada  onaga  nisbatan  tug’ilayotgan  mehr-
muhabbat  axloqiy  tarbiyaning  eng  oddiy  elementidir.  Bolaning  axloqi  uchun  oilada 
zamin solinadi. Bolaning onaga bo’lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga 
ham o’tadi. 
Pestalotstsi axloqiy tarbiya diniy   tarbiya bilan   chambarchas bog’langandir, deydi. 
Pestalotstsi  rasmiy  dinni  tanqid  qiladi  va  tabiiy  din  to’g’risida  gapirib,  odamlarning 
yuksak ma’naviy xislatlarini o’stirishni tabiiy din deb tushunadi. Pestalotstsi «... xudoni 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish