Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


Pedagogika tarixini yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganish



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

 Pedagogika tarixini yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganish 
  Pedagogika  fanining  tarmoqlaridan  biri  pedagogika  tarixidir.  U  har  bir  ijtimoiy  
tuzumda  insonning  ma’naviy  –  ma’rifiy  yuksalishini  ta’minlovchi    ta’lim-tarbiya, 
ma’naviyat  va  ma’rifat  tushunchalarini,  pedagogika  fanidagi  o’zgarishlarni  jamiyat 
taraqqiyoti  bilan  bog’liq  holda  atroflicha  o’rganishni  taqazo  etadi.  Pedagogika  fanini 
o’zlashtirish  –  ma’naviy,  ijtimoiy,  siyosiy    va  iqtisodiy  hayotning    harakatlantiruvchi 
kuchi  bo’lmish  inson  kamoloti    haqidagi  g’oyalarni,  pedagogik  nazariyalarni,  ta’lim-
tarbiyaning  mazmuni  va  metodlarini  nihoyatda  puxta  bilishni  talab  etadi.  Pedagogika 
tarixi  fanini  o’rganish  –  kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  yo’lidagi  ta’lim-tarbiya 


11 
 
bosqichlarining  iqtisodchi  –  o’qituvchida  pedagogik  va  tarixiy  asoslarni,  tahlil  qilish  va 
ularga munosabat bildirish kabi malaka va ko’nikmalarni shakllantiradi. 
  Pedagogika  tarixining  metodologik  asosi  va  yosh  avlodni  tarbiyalash 
an’analaridagi  o’qitish  va  kamol  toptirish  tizimlarini,  ularning  qonun-qoidalarini, 
qomusiy  mutafakkirlar,  ma’rifatparvar  shoirlar  va  pedagoglarning  ta’lim-tarbiya, 
ma’riftaga  doir  g’oyalarini  va  ularning  rivojlanishini  mukammal  o’rganadigan  fandir. 
Pedagogika  tarixi  fani  umumjahon,  shu  jumladan,  Turon,  Movarounnaxr,  Turkiston 
diyorida    va  mustaqillik  yillarida  O’zbekistondagi  pedagogik  fikrlar  taraqqiyotini 
o’rganar  ekan,  bu  fan  o’tmishda  mashhur  va  ilg’or  pedagoglar  qoldirgan  pedagogik 
asarlarni  va  ularda  ilgari  surilgan  pedagogik  nazariyalarning  milliy  asoslarini 
o’zlashtirishga  pedagogik  nazariyalarning  milliy  asoslarini  o’zlashtirishga  qaratilgan 
bo’lib, talabalarda milliy iftixor va g’urur hissini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, qomusiy 
mutafakkirlar, ma’rifatparvar shoirlar va ilg’or pedagoglarning yoshlarni barkamol inson 
qilib  tarbiyalashga  doir  ta’limotlari,  g’oyalari,  maktab  va  madrasalardagi  ta’lim-tarbiya 
masalalari  to’g’risidagi  fikrlarini  chuqur  tahlil  qilish,  ulardan  aniq  xulosalar  chiqarish 
talabalarning mustaqil fikrlashini kengaytiradi. 
Demak,  pedagogika  tarixi  pedagogikaning  mustaqil  sohasi  sifatida  tarixiy-
pedagogik  hodisalarga  davr  talabi  asosida  yondoshadi,  talim-tarbiya  nazariyasi  va 
amaliyotini turli bosqichlarda  xilma-xil bo’lganligini  va ilg’or pedagogik qarashlarning 
taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi. 
O’zbekiston Respublikasida milliy maktab va milliy pedagogikani yaratish, ta’lim-
tarbiya  ishlarini  zamonaviylashtirish,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun    va  “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan milliy kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim  tizimini 
tubdan  isloh  qilish  uchun  Ko’hna  Turon,  Movarounnahr,  Turkiston  va  mustaqil 
O’zbekistonda,  shuningdek,  jahonning  rivojlangan  mamlakatlarida  asrlar  davomida 
vujudga kelgan pedagogik bilim va tajribalarni o’rganish, undan ijodiy foydalanish zarur. 
Bu esa, ta’lim-tarbiya nazariyasi, o’qitish metodikalari sohasidagi hozirgi zamon fani va 
amaliyotining ahamiyatini anglash, to’g’ri baholashga imkon beradi. 
O’zbekiston Respublkasi  mustaqillikka erishgan hozirgi davrda  pedagogik fikrlar 
taraqqiyoti tarixini  ilmiy – nazariy jihatdan ob’ektiv haqqoniy yoritish maqsadida tarixiy 
hodisalarni  pedagogik  o’rganishda  zamonaviy    kontseptsiyalar  asosida  yangicha 
yondoshilmoqda.  O’zbekistonda  ta’lim-tarbiyaning,  ya’ni  pedagogik  fikrlarning 
rivojlanish  tarixini  xronologik  printsip  asosida,  jahon  xalqlari  pedagogik  –  tarixiy 
taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida yoritish shunday 
yondashuvlardan biridir. 
Shuningdek,  pedagogika  tarixi  o’quv  predmetining  qurilishi  va  tuzilishi  masalasi 
ham  juda  muhim,  chunki  pedagogik-tarixiy  xodisalar,  g’oyalar,  nazariyalar,  qarashlarni  
bayon  etish  mantiqi  va  harakteri  bu  fanni  talabalar  tomonidan  o’zlashtirilishini 
qulaylashtirishi  yoki  murakkablashtirishi  mumkin.  Bizningcha,  O’zbekistonda 
pedagogika  tarixini  o’rganishni  jahon  xalqlari  pedagogik  nazariyalari,  g’oyalari,  fikrlari 
taraqqiyoti    bilan  bog’liq  holda  yagona,  umuminsoniy  (jahoniy)  pedagogik  fikrlar 
rivojlanish  jarayoni  tarzida  bayon  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  yondashuvda 
O’zbekiston tarixini  va O’zbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishga asoslanib, har bir 
bosqchida,  davrda  Ko’hna  Turon,  Movarounnahr,  Turkiston  va  mustaqil  O’zbekistonda, 
shuningdek, jahonning boshqa mintaqalarida  pedagogik fikrlar  taraqqiyoti bayon etiladi. 
Bu pedagogika  tarixini talabalar oson o’zlashtirishiga imkon yaratadi. 
Ma’lumki,  “Jahon  xalqlari  tarixi”,  odatda  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davri,  qadimgi 
dunyo va o’rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga bo’lib o’rganiladi. “O’zbekiston 


12 
 
tarixini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi” (1996 y.)ga ko’ra, O’zbekiston 
xalqlari  tarixini:  ibtidoiy  jamoa  tuzumi;  sinfiy  jamiyat  va  O’rta  Osiyoda  Qadimgi 
davlatlarning  vujudga  kelishi; eftalitlar  va turk hoqonligi xukmronligi  (V-VII r); arablar 
bosqini,  islom  dinining  yoyilishi,  mo’g’illar  istilosi;  Amir  Temur    va  temuriylar  davri; 
Shayboniylar  Xukmronlig,  Xiva,  Buxoro  va  Qo’qon  xonliklari  davri;  O’rta  Osiyoni, 
Turkistonni  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olinishi,  O’rta  Osiyoda  Sho’rolar 
hukmronligi  davri;  O’zbekiston  Respublikasining  mustaqillik  davri  kabilarga  bo’lib 
o’rganish nazarda tutilgan. 
Pedagogika  tarixi  fanini  yaxlit,  yagona  madaniy-ma’rifiy,  pedagogik  tarixiy 
jarayoni sifatida yoritish uchun ongimizda mustahkam o’rnashib qolgan yana bir aqidani 
ta’lim-tarbiyaga  doir  tarixiy  materiallarni  ijtimoiy  tuzum,  formatsiyalar  bilan  bog’lab 
bayon etishdan voz  kechish lozim.  Bunday yondashuvning  murakkab tomoni shundaki, 
jahondagi turli mamlakatlarning ijtimoiy – iqtisodiy  rivojlanishi bir xil bo’lmaydi., balki 
turlicha kechadi.  Shu bilan birga bunday yondashuvda hanuzgacha jamiyat taraqqiyotida  
iqtisodiy  bazis  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi,  degan  aqidaga  asoslanib  kelinganligini  ham 
unutmaslik lozim. 
Ijtimoiy  rivojlanishda  inson  omili,  ayniqsa,  yoshlarning  ongliligi,  ma’naviyati, 
mafkurasi,  g’oyaviy  omillar  hal  qiluvchi  ekanligini  ta’kidlash  joiz.  Ayniqsa,  oliy  va  o’rta 
maxsus  ta’lim  muassasalarida, ta’lim-tarbiyaning  mazmuni, shakli, ta’siri  masalasida inson 
shaxsi (o’quvchi-talaba  va o’qituvchi) ustuvor ekanligiga e’tiborni qaratish lozim. O’quvchi-
talaba  shaxsining  barkamol  inson  bo’lib  shakllanishida  ota-ona  tarbiyasi,  ustoz-o’qituvchi 
shaxsining ta’siri hal qiluvchi ekanligi pedagogik qonuniyatdir. Shuning uchun ham bo’lajak 
iqtisodchi-o’qituvchi shaxsini barkamol inson sifatida, ma’naviyatli ustoz-mutaxassis sifatida 
shakllantirish  ustuvor  vazifa  hisoblanadi.  Bu  borada  pedagogika  tarixiga  doir  bilimlarni 
egallash katta ahamiyat kasb etadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  oliy  o’quv  yurtlarida  pedagogika  tarixidan  o’rgatiladigan 
bilimlar  umumbashariy  va  milliy  qadriyatlar  sifatida    o’qitilishi,  u  yoshlarda  milliy 
g’urur,  milliy  ma’naviyat,  o’zi  tug’ilib  o’sgan  joyni    (Vatanni)  sevish,  insonparvarlik 
ruhida tarbiyalashni nazarda tutishi lozim. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish