3.
|
2. O‘quv savol Doimiy parkda mashinalarga xizmat ko‘rsatish texnologik jarayoni.
25
daqiqa
|
Parklarni jixozlash.
Park hududi bo‘laklarga bo‘linadi va bo‘linmalarga biriktirib qo’yiladi. Bo‘laklarning chegarasi ko‘rsatkichlar bilan ajratiladi.
Parklarni jihozlashda, mashinalarni joylashtirish, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qulay bo‘lishini xisobga olish kerak. Shuningdek, mashinalarning parkdan bemalol chiqishi, ishonchli qo‘riqlanishi va yong‘in xavfsizligi ham ta’minlanishi lozim. Park binolarining qurilishi yongin xavfsizligi hisobga olingan holda tasdiklangan. Bosh reja asosida namunaviy loyiha bo’yicha olib boriladi; Texnika saqlanadigan barcha binolar yong‘inga qarshi qurilma bilan jixozlanishi kerak. Qism bo’yicha buyruq bilan park binolari (inshootlari) ning yong‘inga qarshi holati uchun mas’ullar tayinlanadi. Parkda issiq suv bilan ta’minlangan dush, qo‘l yuvish xonasi, keraklicha xojatxona, shuningdek, qishda shaxsiy tarkib isinadigan, xona bo‘lishi kerak. Park ichida zanjirli va g‘ildirakli mashinalar uchun aloxida yo’l bo‘lishi kerak. Bu yo’llarda iloji boricha kesib o‘tuvchi yo’l va murakkab burilishlar kam bo‘lgani ma’qul. Xullas, yo’llar taxlika paytida mashinalarning tezda parkdan chiqib ketishini ta’minlashi lozim. Parklardagi yo’llar qattiq bo‘lishi kerak yozda, xavo issiq paytda suv sepiladi, qishda qordan, muzdan tozalanadi. Park hududida mashinalarning xarakat xavfsizligini ta’minlash uchun yo’llarga ko‘rsatkichlar va standart yo’l belgilari qo‘yiladi. Ayniqsa, taxlika va yong‘in paytida mashinalar chiqadigan yo‘l aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Park jihozlari va agregatlari (komplekslar, yuvish mashinalari yonilg‘i va moy filtrlarini yuvish uchun stendlar va x.k.) texnik xizmat ko‘rsatish joyiga xizmat ko‘rsatadigan maxsus postlarga joylashtirilishi, raqamlanib, bu jihozlarni ishlash prinsipini turgangan va undan to’g‘ri foydalana oladigan mas’ul kishilarga biriktirilishi kerak. Yonilg‘i kuyish shaxobchalari, kuyish to‘pponchalari «kuvur»lar, yonilg‘i kuyish kolonkalari bor joylarga statik elektr tokini yuqotish uchun yerga himoya simi o‘rnatish kerak. Shaxsiy tarkib parkda ishlayotgan paytda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal kilishi kerak. Mashinalarda ishlayotgan paytda bajarilayotgan ishlar texnologiyasini hisobga olgan holda yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomasiga amal qilish kerak. Maxsus sinflarda, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash joylari yoki maydonchalarda mashinalarga xizmat ko‘rsatadigan ekipaj (haydovchilar) yig‘iladigan va mashq qiladigan, taxlika, (dvigatelni isitish yoki qizdirish) paytida mashinalardagi xarakatlar, mashinaning texnik holatini ko‘rish va tekshirish buyicha bilimlarni egallash. Texnik tayyorgarlik buyicha belgilangan me’yorlarni puxta o‘rganish uchun ekipaj (haydovchilar) bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazishga moslashtirilgan bittadan kam bo‘lmagan joy jihozlanadi.
|