Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 347.7 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2017
Hajmi347.7 Kb.
1   2   3

2.3. O`quv tarbiyaviy tadbirlarni tashkil va uni o`tkazish metodikasi.

O’quv-tarbiyaviy tadbirni tashkil іilishning

maіsad va vazifalari

Tarbiyaviy jarayon ongli, mas’uliyatli faoliyat hisoblanib, unda o’qituvchi-murabbiy tarbiyalanuvchilarni komil inson іilib etishtirishda har tomonlama, ya’ni pedagogik, psixologik, ma’naviy, ma’rifiy ta’sir ko’rsatishi lozim bo’ladi.



Komil inson Іoyasi – ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob Іoyadir1.

O’qituvchi-murabbiylar o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishida o’quvchilarni ma’naviy jixatdan yuksak fazilatlar egasi іilib tarbiyalashning turli іirralari, shakl va uslublarini bilishi, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak.



O’quv-tarbiyaviy tadbirlar deganda – ta’lim muassasalari, jumladan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, іo’shimcha ta’lim-tarbiya muassasalari, davlat, xususiy, ishlab chiіarish korxonalari, mahalla va jamoatchilik orasida o’quvchilar ishtirokida o’quv rejalari asosida bir necha fanlarga tayangan holda tashkil etilib, o’tkaziladigan ijtimoiy foydali mashg’ulotlar majmui nazarda tutiladi.

Shuningdek, o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish metodikasi ijtimoiy jarayon hisoblanib, u milliy ong va milliy istiіlol mafkurasini shakllantirishga xizmat іiladi hamda o’qituvchi-murabbiy uning іuyidagi maіsad va vazifalarini belgilab olishi lozim bo’ladi:



  • O’qituvchi-murabbiy o’tkaziladigan o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy іadriyatlardan keng foydalanishi;

  • O’quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish maxoratiga ega bo’lishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko’zlangan maіsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilishi;

  • Ilg’or tajribalarni kuzatib, taxlil іilib, undan ijodiy foydalanishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni o’quvchilarning ruhiyatiga іanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirishda o’z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi;

  • O’quvchilarning o’quv fanlaridan olgan nazariy bilimlarini har tomonlama kengaytirishi va chuіurlashtirishi;

  • O’quvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik hayot va ishlab chiіarish amaliyoti bilan boІlashi;

  • O’quvchilarni o’quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayonida boshіa o’quv fanlariga bo’lgan іiziіishlarini orttirishi;

  • O’quvchilarning o’zlarining mustaіil bilimlarini kengaytirishi hamda ularda ko’nikma va malakalar hosil іilishlarida yordam berishi;

  • O’quvchilar jamoasini o’zaro va kattalarga nisbatan xurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalashga xizmat іilishi lozim.

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda

pedagogik maxorat

Pedagogik san’at vaziyat bilan boІliі. Bu erda har gal hamma narsa go’yo yangidan sodir bo’lgandek tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining har bir іadamini oldindan ko’rishi, rivojlantirishi amalda mumkin bo’lmaydi. Pedagogning mehnati – bu behad izlanish, azob uіubatli kechinmalar, ilhom, betakror ishlar, hafsalaning pir bo’lishi, o’quvchilar bilan birgalikda boshdan kechirilgan іuvonchdan іanoat hosil qilish kabilardir. Pedagogik san’at – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan, faxm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayondir.

Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik іuruі joyda, faіat xissiy kechinmalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san’atida o’zining pedagogik mahorati, o’zining «bir іolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga іaratilishi kerak. Biroі, hali hech kim oliy o’quv yurtida o’qib yoki o’qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo’lib іolmagan. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi.

Xo’sh, pedagogik maxorat nima, u nimalardan tashkil topadi? Bu faxm-farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi іiyinchiliklarni engishga іodir bo’lgan pedagogning o’quvchilar іalbi qanday ekanligini xis іilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan o’quvchiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy taxlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan іobiliyat mujassamidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, faxm-farosat bilan bir іatorda pedagogikaning metodika soxasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroі kuch sarflab, ko’proі natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, pedagogning mahorati erishilgan narsalar chegarasidan tashіariga chiіishga doimo intilishni ham nazarda tutishi lozim.

Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi іalbini tushunishi, uning іiziіish va moyilliklarini xis іilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslaxatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil іilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maіsadga aniі va tez erishish mumkin.

O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta axamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi. Mazkur jarayonni o’quvchilarning muomalasiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb іarash mumkin.

Muomala – bu ma’lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo’nalishda, ya’ni boshіarish sub’ektidan (o’qituvchidan) boshіarish ob’ektiga (o’quvchiga) borishi yoki aksincha – ob’ektdan sub’ektga borishi mumkin. O’qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haіida, undagi ichki jarayonlar haіida Іoyat xilma-xil ma’lumotlarga ega bo’ladi va hokazo. O’z navbatida o’qituvchi muomala jarayonida o’z o’quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga іaratilgan ma’lumotlarni ma’lum іiladi. Bunda o’qituvchi o’tkazilishi kerak bo’lgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haіida o’z tarbiyalanuvchilariga ma’lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haіida ham tushuncha beradi.

«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasi

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish jarayoni ongli, mas’uliyatli, tashkiliy faoliyat bo’lib, unda o’qituvchi-murabbiy o’quvchilarni komil inson іilib etishtirishida har tomonlama unga ta’sir etishi lozim bo’ladi. Ular o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishida o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy, ma’rifiy jixatdan yuksak fazilatlar egasi іilib tarbiyalash san’atining іirralarini, shakl va yo’llarini bilishlari lozim.

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish orіali milliy ong va milliy istiіlol mafkurasini shakllantirishga xizmat іiladi. O’qituvchi-murabbiylar o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy іadriyatlardan shuningdek, ustoz-shogird odobidan keng foydalanishi hamda o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishga oid bo’lgan metodlarni bilishi kerak.

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning metodik asoslari ajdodlarimizdan іolgan xalі oІzaki ijodiyoti, yozma yodgorliklar, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va olimlarning boy merosidir. Shu bilan birga o’qituvchi o’zining pedagogik mahorati va tarbiyachilik san’atiga suyangan holda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning sharіona, milliy va o’ziga xosligiga asoslanadi va pedagogik ta’sir ko’rsatish orіali amalga oshiriladi.

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish va o’tkazish milliy istiіlol talablariga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga іaratilgan bo’lishi lozim. Barkamollikning birinchi namunasi Vatanga muxabbat, Vatan tuyg’usi, g’ururi va uni sajdagox sifatida ardoіlashdir. Vatanga muxabbat zaminida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyІulari shakllanadi.

Ustoz va shogird odobi an’analari o’quv-tarbiyaviy tadbirini tashkil іilishda avvalo, mutafakkirlarning boy ma’naviy merosidan unumli foydalanish lozim. Xususan, xalі pedagogikasidan, ya’ni rivoyatlar, xikmatli so’zlar, xikoyatlar, xalі maіollari kabilar shular jumlasiga misol bo’ladi. Masalan, o’quvchilar rivoyatlardan foydalanishlarida avvalo, rivoyatlarning mazmunini o’zlari saxnali ko’rinish sifatida tashkil etsalar maіsadga muvofiі bo’lar edi. Chunki, ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga oid tarbiyaviy tadbirning o’quvchilarga nechoІli ta’sir etishi ham mazkur jarayonda namoyon bo’ladi.



«Ustoz va shogird odobi an’analari» ga bag’ishlangan tadbirning taxminiy qisqacha mazmuni

Nizomiy nomidagi TDPUning professor-o’qituvchilari va talabalari hamkorligida іurilish va milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji o’quvchilari bilan «Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazildi. Kollej binosining peshtaxtasiga іuyidagi so’zlar yozilgan: «Inson zebi ziynati – bilim va odobidir» (A.Navoiy).

Kollejning katta majlislar zalida tadbirga oid shiorlar osilgan, o’quvchilarning qo’llari bilan yaratilgan buyumlar ko’rgazmasi tashkil іilingan va kollej hayotini yorituvchi turli stendlar devorlarga osiladi.

Kollej darvozasidan boshlab, to zalga kirgunga іadar o’quvchilar bayramona kiyinib, mehmonlarni kutib oladilar. O’quvchilarning ko’kraklarida tadbirga oid nishon taіiladi.

Zalga O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroІi olib kiriladi va O’zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasini barcha yiІilganlar ijro etadilar.

Boshlovchi tadbirni ochadi va kirish so’zini іurilish va milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji raxbari X.A.Yuldashev beradi. Quyidagi kirish so’zi bilan ochadi (masalan): - «Assalomu alaykum aziz mehmonlar va ustozlar! Kollejimizga xush kelibsizlar! Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan bunyod etilgan va shaxsan o’zlari ochib bergan, bizning xunarmandchilik kasb-hunar kollejimiz zamon talablariga mos hunarmand ustalarni tayyorlamoіda. Kollejimizning pedogogik jamoasi mehnat bozorida raіobatbardosh, bilimli, yuіori malakali va yuіori ma’naviyatga ega, ma’rifatli, o’z Vatani va xalіining ravnaіi yo’lida fidokorona xizmat qiladigan, bir so’z bilan aytganda, har tomonlama barkamol, xunarmand ustalarni tarbiyalab etkazish borasida mehnat іilmoіdalar.

Biz ajdodlarimizning ma’naviy merosi bo’lgan «Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi tarbiyaviy tadbirga yiІildik. Men pedogogik jamoamiz nomidan, sizlarga, aziz farzandlarimizga, sixat-salomatlik, o’lkan zafarlar hamda komil inson bo’lib etishishingizni tilab іolaman».

Boshlovchi navbatdagi so’zni Nizomiy nomidagi TDPU amaliy san’at kafedrasining mudiri, pedogogika fanlari doktori, professor S.S.Bulatovga beradi. Ular bizga «Etuk kadrlar tayyorlashda usta va shogird an’analari» mavzusida ma’ruza o’іiydilar. Shundan so’ng o’quvchilar tomonidan «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan chiіishlar іilinadi. Chiіishlar guruxlarga bo’lingan holda namoyish etiladi.

Tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish uchun іuyidagi ishlar amalga oshiriladi.

1. Tadbir sstenariysi yoziladi.

2. O’quvchilar guruxi: «Donishmandlar hunar haіida» mavzusida chiіish іiladilar.

3. «Ustoz va shogird» haіida rivoyatlar 2 ta kichik saxna ko’rinishda tashkil etiladi.

3.1) Hunar o’rgan, hunarda ko’p sir

(rivoyat)

3.2) Kekkaygan shogird

(rivoyat)

4. Ustozlar nasixati (2 o’quvchi o’qib beradi)

5. Ustoz va shogird odobi an’analariga oid maіollar.

5.1) Guruxlar o’rtasida maіollar bo’yicha musobaіa.

5.2) Maіollar mazmunini aytib berish (bir-biriga aytib)

6. Ustoz va shogird odobi an’analari va uning mezonlari

(Bir gurux o’quvchilar (6-10 ta) yoddan aytib beradilar.)

7. O’quvchilar o’zlari tayyorlagan konstert dasturini namoyish etadilar.

8. Har bir guruxlarni xay’at a’zolari baholaydilar.

9. Ғoliblarga іimmatbaho sovІalar topshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroІi olib chiіiladi.

Shunday іilib, Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikda o’tkaziladigan kollej bitiruvchilarining «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan tarbiyaviy tadbir yakunlanadi.

Ushbu tadbirni o’tkazishdan maіsad Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «-...kelajak avlod haіida іayІurish, soІlom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning xususiyatlarimizdir». Shu fikrga tayangan holda «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan tadbir. Milliy istiіlol Іoyalari asosida barkamol avlodni shakllantirish tamoyiliga іaratiladi.



«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusiga bag’ishlangan o’quv-tarbiyaviy tadbirning o’tkazilish bosqіchlari

«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusida o’quv-tarbiyaviy tadbirining bosіichlari іuyidagicha bo’lishi mumkin: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi:

Tayyorgarlik bosіichida:

- tadbir o’tkaziladigan kuni, joyi va vaqti aniіlanadi;

- reja va sstenariy tuziladi;

- asosiy bosіichga tayyorgarlik ko’riladi;

- mehmonlarga taklifnomalar tayyorlanadi va beriladi;

- xakamlar hay’atining tarkibi tuziladi;

- raІbatlantirish uchun sovІalar tashkil etiladi.

Tayyogarlik bosіichida іuyidagilarga amal іilinadi:

- e’lon yoziladi (tadbir o’tkazish kunidan 15-20 kun ilgari іatnashayotgan guruxlar; mavzu shartlari; kuni; vaqti; joyi belgilanadi va e’lonlar taxtasiga yozib іo’yiladi);

Mehmonlar taklif іilinadi (ota-onalar, faxriy o’qituvchilar va mehnat aіllari; universitet professor-o’qituvchilari; o’quvchilar va boshіalarga tadbirdan 5-6 kun oldin taklifnomalar beriladi);

- mavzuga oid tarbiyaviy tadbir qat’iy kun tartibi (renglament)ga rioya іilinishi shart;

- mikrofon, videokamera, fotoapparat, stol, stul va boshіa shu kabi kerakli jixozlar tayyorlanadi;

- tadbir o’tkaziladigan joy (zal, saxna, san’at saroyi, kollej hovlisi, sinf va boshіalar) bezaladi (bunda: mavzuga oid stendlar; rasmli devoriy gazetalar; shiorlar; chaіiriіlar; alloma va mutafakkirlarni mavzuga oid xikmatli so’zlari, o’gitlaridan namunalar oldindan tayyorlab, chiroyli harflar bilan yozilib, yog’och, daraxt yoki devorlarga ilib іo’yiladi).

Asosiy bosіichda: bajarilish izchilligi іuyidagi shartlar asosida: ifodali o’іish, mustaіil mavzu, nazariy іism, badiiy іism, amaliy mashg’ulot va shu kabilar bo’lishi tavsiya etiladi. Ular badiiy chiіishlar bilan uyІunlashtirib olib boriladi.

Asosiy bosіichda shartlarni izoxlaymiz: - ifodali o’іish jarayonida o’quvchilar tanlangan mavzuga oid she’r, tabriknoma, donishmand va mutafakkirlarning o’gitlari, pandnomalar, xikmatli so’zlar va boshіa shu kabilarni aytishlari mumkin. Ifodali o’іish inson іalbini to’lіinlantira oladigan, ta’sirchan, ifodali bayon eta oladigan nutі ma’daniyatiga ega bo’lishni tarbiyalaydi. Shuningdek, o’quvchilarning nutі madaniyati, o’zini tutishi, ifodali va ravon o’qishi, aytilayotgan she’r, xikmatli so’zlarning mavzuga oid ekanligi hamda ularning ma’nosi baholanadi.

- mustaіil mavzu shartida o’quvchilar, o’zlarining іiziіishlariga іarab tayyorlanadilar. Unda badiiy іism shartidagidek, xohlagan biror bir she’r o’qilishi, ashula ijro etishi, raіsga tushishi saxna ko’rinishi namoyish etishi, askiya aytishi, monolog o’qilishi, rivoyat aytishi yoki mustaіil amaliy ish bajarishi ham mumkin.

- nazariy іismida o’quvchilar olgan nazariy bilimlarining іanaіa darajada ekanligini, dunyoіarashi, fikrlash doirasi, muomala ma’daniyati kabilarni test anketalari va so’rovnoma savollariga javob berish orіali sinab ko’radilar;

- badiiy іismda esa o’quvchilar o’tkazilinayotgan o’quv-tarbiyaviy tadbirga oid ashula aytishib, raіsga tushishi, biror bir saxnali ko’rinish ko’rsatishlari, intermediyalar іo’yishi yoki biror yaxshi ko’rgan she’r, maіollar, monologni o’qib berishlari, askiya aytishi, so’zsiz ravishda ma’noli harakatlar (pantomimo) ko’rsatishlari va shu kabilar ijro etishi, ba’zi hollarda sport chiіishlari ham uyushtirilishi mumkin.

- amaliy mashg’ulotda: esa, o’quvchilar o’zlarining іiziіishlari (rasm chizishi, naіsh chizishi, biror narsa yasashlari kabi mashg’ulotlar bajarishlari mumkin). O’quvchilar shartlarni bajarishlari jarayonida, albatta tomoshabinlar uchun biror bir badiiy іism namoyish etishlari lozim.

- yakunlovchi bosіichda: o’tkazilinayotgan o’quv-tarbiyaviy tadbirning natijasi ko’rib chiіilib, ishtirok etuvchilarning qanday darajada іatnashganliklari haіidagi fikr-muloxazalar bildiriladi. Ularning nazariy va amaliy xato va kamchiliklari ko’rsatiladi, taxlil іilinadi hamda kerakli maslaxatlar beriladi, ko’rsatiladi. Shu bilan birga yutuіlari aniіlanib, Іoliblar e’lon іilinadi, moddiy va ma’naviy raІbatlantiriladi. Bunda; faxriy yorliіlar, іimmatbaho sovІalar, pul mukofotlari kabilar tantanali suratda topshiriladi.



XULOSA

O’zbekistonda kandakorlik san’ati juda keng rivojlangan va bu hunar haqida so’z yuritib, quyidagi jihatlarga e’tibor bersak, qo’yilgan maqsad mohiyatini anglaymiz.

O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. “Kandakorlik” deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rttirib naqsh ishlash tushuniladi. O’zbekiston xududida joylashgan O’rta Osiyo shaharlarida metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarishi qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at turi bo’lib, bu san’at o’zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyingi o’rinda turadi. Qadimda buyum yasash urf-odat tusiga kirib qolgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, temir, mis va boshqa metallardan jozibali buyumlar yasaganlar. Misgarlar tomonidan yasalgan antiqa oftoba, choynak, piyola, shamdon, chilimdon va hokazolar kandakor ustalar tomonidan chiroyli naqshlar bilan pardozlagan.

Biz Buxoro kandakorlik tarixida metallga, toshga, yog’ochga, marmarga va ganchga ishlov bergan ustalar ijodi haqida ko’p ma’lumotga egamiz. Bu ustalar asrlar davomida takrorlanmas naqsh kompozistiyalarini qoldirgan. Shunday ustalar vakili Hamidovlar sulolasi bo’lib, bu sulola ikki asr davomida metallga kandakorlik sohasida nom qoldirgan usto kandakor, naqqoshlar avlodidandir. Biz bugungi kunda xalq amaliy san’ati deb ataganimiz azaliy meros unda jaxon madaniyatining o’z uyg’onish va yana qayta uyg’onish davrlari bor. Hamidovlar sulolasi ana shu qayta uyg’onish davrining fidoiylaridandir.

Usto Abdusalom o’z davriga xos kandakorlikda oy-yulduz, qadimiy yodgorliklar, odam portretini kandakorlikka olib kirgan bo’lsa, usta Salimjon o’z zamonasiga xos uslubda ota-bobolari o’rgatgan xazinani o’z uslubi bilan boyitdi. U tarixda birinchi bo’lib qizlarga kandakorlik sirlarini o’rgatgan. Usto Abdusalom o’z davrga xos maktabini tashkil qilib, oddiy bolalardan shogird olib, ulardan etuk kandakor ustalar tayyorlagan. Usto Salimjon bajariladigan ishni boshidan oxirigacha sodda, ravon tilda tushuntirar edi. Usta sabr-toqat, matonatli murabbiy bo’lib har bir naqsh haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot berib, ishni sinchiklab kuzatar edi. Lali labidagi zanjira naqshini yaratilishiga 2500 yildan ko’proq bo’lgan. Zanjira naqshni o’zini olib qarasak, uning rivojlanish tarixi og’ir, mashaqqatli davrni eslatsa-da, hozirgi davrga kelib nafaqat misdan, temirdan tayyorlangan turli xil buyumlar ya’ni choynak, oftoba, samovar, choyjo’sh, piyolalarga ishlangan bu naqsh bulbul ko’zini eslatib, metall buyumlardan bulbul sayrashini eshitilayotgandek tuyuladi. Bu buyumlarni ko’rib muzika eshitayotgandek zavqlanasiz, madaniy dam olasiz. Go’yo temir buyumlar usto so’zi bilan gapiradigandek tuyuladi sizga!

Buxorolik kandakorlarning ish namunasini kuzatsangiz, u asosan oldingi asr kandakorlik ishlariga va ish uslubga o’xshab boradi.

Buxoro kandakor ustalarining ishlarini dunyoning qaysi bir burchagida ko’rsangiz, bir ko’rishda tanib olish mumkin. Angliya, Franstiya, Eron, Turkiya, Buxoro, Samarqand, Toshkent muzeylarida Buxoro ustalarining yaratgan nodir asarlari saqlanib kelinmoqda. Taniqli ustolar egallagan hunarlarini qizg’anmasdan o’z shogirdlariga to’laqonli o’rgshatishga harakat qiladilar. Shogirdlar esa o’z navbatida qobiliyati, iqtidorlariga yarasha ilm-hunarni o’rganadilar.

90-yillar boshida kandakorlar tomonidan yangiliklar yaratila boshlandi. Oldin ustalar faqat mis barkashlarda naqsh bajargan bo’lsalar, endilikda ular sirg’alar, dastponalar, uzuk,soch bandaklari, tufdon, mis tovoqchalarda kandakorlik ishlprini bajaradilar. Ish texnikasida lalichalarni va ayrim kandakorlik maxsulotlariga qayta ishlov berish va qalayi yurgizib (oqartirib) ishlov berish yo’lga qo’yilmoqda. Kandakorlik maxsulotlariga yangiliklar kiritildi. Ish uslubiyoti yanada boyib ish sifati ham yuksalishga erishildi. Hozirgi paytda ishlab kelayotgan yosh usta kandakorlarning ishlari bilan tanishsangiz kishi hayratda qolasiz. Shunday yoshustalardan biri Jo’rabek Sidiqov. Jo’rabekning ishlari hajmiga nisbatan katta bo’lsa ham, ishlash uslubi va naqsh kompozistiyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Usto Jo’rabek Buxoro kandakorlik maktabiga xos gul naqshlaridan foydalanib juda ajoyib kompozistiyalar tuzadi. Bu kompozistiyasida: zeb, zebcha gandumi, zanjira, zebish, mug’ja, shabarg, islimi, islimi bodai, islimi majnuni bodom, islimi gul, madoxiya, madoxili chaman va hokazo to’rt yuzdan ortiq gullar mavjud.

Kandakorlik hunari, bu shunchaki ermak emas, balki u juda nozik va murakkab hamda qadimiy hunardir.

Bu san’atning umri asrlardan-asrlarga ulanib kelingan. Chinakam san’at ustasi bo’lgan insongina ana shunday noyob asarlar yaratishi mumkin. Olmos iste’dod, xalq tafakkuri bilan yo’g’rilgan chinakkam san’at asari o’zining sehru-jodusi bilan ma’naviy dunyomizni boyitishda xizmat qilaveradi.



ILOVALAR







Kasb-hunar kollej o’quvchilarini «Ustoz-shogird odobi» an’analari asosida shakllantirish uchun xalq og’zaki ijodi

namunalaridan foydalanish tuzilmasi

Afsona


Rivoyat

Alla


Naql

Maqol


Ertak

Doston


Masal

Xikoya


Latifa

Askiya


Topishmoq

O`git-nasihat,

ma`ruza,

rahbatlantirish,

namuna, ishontirish, tajriba kuzatish, qiyoslash, tushuntirish

va boshqalar

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, oila, mahalla, marakalar, ommaviy axborot vositalari, an`anaviy udumlar, mehmondorchiliklar, badiiy adabiyotlar, pandnomalar va boshqalar

Tashkiliy shaklga ko`ra;

Mashg’ulot o`tkazish joyiga ko`ra;

Mashg’ulotning o`tkazilish vaqtiga ko`rà



Ustoz-shogird odobi an`analari asosida shakllangan kichik mutaxassis

SHakl


Vosita

Metod


O’QUVCHI

«Ustoz-shogird odobi» an’analari

xalq og’zaki ijodi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyoti poydevori. –T.: Sharq, 1997. -64 b.

  2. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O’zbekiston, 2001. -80 b.

  3. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998. -686 b.

  4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. -T.: O’zbekiston, 2000. -112 b.

  5. Bulatov S.S., Yuldashev X.A., Turdieva Sh.E. Odobnoma. (Akademik listey va kasb-hunar kollejlari uchun qo’llanma). –T.: Nizomiy nomli TDPU, 2002.

  6. Bulatov S.S., Yuldashev X.A., Tursunaliev N.Yu. Kulolchilik san’ati. /Qo’llanma. -T.: Nizomiy nomli TDPU, 2002. -31 b.

  7. Bulatov S.S., Yuldashev X.A. Kasb-hunar kollejlarida me’moriy bezak san’ati yo’nalishi bo’yicha «Ganch o’ymakorligi» fanidan eksperimental namunaviy o’quv dasturi. –T.: O’MKHTRI, 2003.- 15 b.

  8. Vorobyov A.I. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash metodikasi. –T.: O’qituvchi, 1980. -238 b.

  9. Zohidov P.Sh. Farg’ona naqshi (xalq ustasi Saidahmad Norqo’ziev albomidan). - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1960. -48 b.

  10. Zohidova D.A. «Hunarmandchilikka kirish» maxsus kursi bo’yicha dastur va uslubiy tavsiyanoma. -T.: O’MKHTRI, 2001. -17 b.

  11. Zohidova D.A. O’rta asrlarda Sharq hunarmandlar tayyorlash tajribalaridan kasb-hunar ta’limida foydalanish. Ped. fan.nom. … diss. avtoreferati –T.: O’MKHTRI, 2001. -15 b.

  12. Ismailova Z.K. Talabalarning kasbiy-pedagogik malakalarini shakllantirish. Ped. fan. nom. ... diss. -T.: O’MKHTRI. 2000. -133 s.

  13. Kasb-hunar risolalari (Tuzuvchi Hasanov B.) -T.: Yozuvchi, 1993.

  14. Mahkamov U. Yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. nom. … diss. avtoreferati. -T.: UzPFITI, 1998. -18 s.

  15. Ochilov M. Muallim - qalb me’mori. –T.: O’zbekiston, 2001. -432 b.

  16. Pedagogika tarixi (oliy o’quv yurtlari uchun darslik) A.Zunnunov, M.Xayrullaev va b. –T.: Sharq, 2000. -240 b.

  17. Sultanova G.A. Pedagogik mahorat //O’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. -150 b.

  18. Tursunov I.Y., Nishonaliev U.N. Pedagogika kursi. –T.: O’qituvchi, 1997.232b.

  19. Xvorostov A.S. Chekanka, inkurustastiya rezba po derevu: 2-e izd-vo dop. i perereb. – M.: Prosveщenie, 1985.

  20. Xoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. –T.: O’qituvchi, 1996. -447 b.

  21. Xrestomatiya po istorii zarubejnoy pedagogiki. –M.: Prosveщenie, 1981. -268 s.

  22. Shodiev N.Sh. Vneklassnaya i vneshkolnaya rabota proforientastii uchaщixsya. –T.: Pedagogika, 1981. -96 s.

  23. Yuldashev X.A. Ustoz va shogird odobi mavzusidagi o’quv tarbiyaviy tadbirlar o’tkazish metodikasi. /Metodik qo’llanma. -T.: O’MKXTKMO va UQTI, 2005. -71 b.

  24. Yuldashev X.A., Bulatov S.S. Kasb-hunar kollejlarida badiiy naqqoshlik yo’nalishi bo’yicha ashyolarga badiiy ishlov berish fanidan o’quv dasturi. -T.:O’MKHTRI, 2002. -15 b.

  25. Yuldashev X.A. Ustoz va shogird odobi. Maxsus kursidan o’quv dasturi.-T.: O’MKHTRI, 2002. -12 b.

  26. Yuldashev X.A. Hunarmandchilik odobi. //J. Maktab va hayot. 2003, № 5. 8-9 b.

  27. O’zbekiston milliy enstiklopediyasi I tom. –T.: «O’zbekiston milliy enstiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. -254 b.

  28. Qirg’izboev A., Bulatov S., Yuldashev X.A. Ma’naviy tarbiyada rivoyatlardan foydalanish. /Metodik qo’llanma. -T.: Nizomiy nomli TDPU, 2002. -45 b.

  29. G’oziev E.F. Muomala psixologiya. – T.: ToshGU. – 2001.

MUNDARIJA

Mavzu:

Kasb-hunar kollej amaliy san`at darslarida ko’rgazma tayyorlash”.

Kirish……………………………………………………………………….2-4 betlar

I BOB.

1.1 Amaliy san`at………………………………………………………5-8 betlar

1.2. O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilish

jarayonida milliy istiqlol g’oyasi………………………………………9-10 betlar

1.3. «Amaliy san’at »fanini o’qitishdan maqsad va vazifalar………11-14 betlar

1.4. Tasviriy san’atni tabaqalashtirib o’qitishda

amaliy san’at o’qituvchisining o’rni…………………………………..15-17 betlar

II BOB.

2.1. O’zbekiston xalq amaliy san’ati………………………………….18-28 betlar

2.2 O’rta Osiyoda ustoz va shogird

an’analari asosida kadrlar tayyor lash tarixidan…………………….29-40 betlar

2.3. O`quv tarbiyaviy tadbirlarni

tashkil va uni o`tkazish metodikasi. …………………………………..41-50 betlar

Xulosa……………………………………………………………………51-53 betlar

Ilovalar……………………………………………………………………54-70 betlar




1 Миллий истиілол Іояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.: Ўзбекистон, 2001. -80 б.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa