II. BOB.
2.1. O’zbekiston xalq amaliy san’ati
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezaksan’ati madaniy merosimizning asosiy qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib, gullab yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mash hur. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, o’zbek amaliy bezak san’atining kelib chiqishi insoniyatning ilk davri, ya’ni ibtidoiy jamoa davriga borib taqalishining guvo hi bo’lamiz.
O’lkamiz zaminidagi arxeologik qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvo hlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlanib, asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda.
Bizgacha ibtidoiy jamoa tuzumida ashyoviy dalillar -me hnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib kelgan. Tuproq ostida qolib ketgan tarixiy yodgorliklar odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va erto’la devorlariga chizilgan surat va bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning mu him manbai hisoblanadi.
Paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga e htiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Odamlarning o’troq holga o’tishlari, tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini o’sishiga sabab bo’ldi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqqoshlik san’atini maydonga keltirdi. Naqqoshlik yangi tosh (neolit) asrida keng yoyildi, dekorativ-amaliy san’atning taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi va yordam berdi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to’lqinsimon chiziqlar, aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning asosini tashkil etadi.
Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvonlar va o’simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq- harakat, suv ramzi va hokazo.
Naqqoshlik san’ati endilikda dekorativ funkstiyani bajaribgina qolmay, balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarni ham ifodalay boshladi.
Bronza asrida o’rta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgo hlarining yuzaga kelishi esa, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go’zal bo’lishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonga qora bo’yoqlar bilan rasm va naqshlar ishlagan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.
Temir asrida ham dekoartiv-amaliy san’at etakchi o’rinni egallaydi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozistiyalardan foydalanish alohida rivojlangan.
O’rta Osiyoning qadimgi davri san’ati va madaniyatini o’rganishda er ostidan, qabrlardan topilgan turli dekorativ amaliy san’at namunalari, jang, ov va me hnat qurollari ham mu him rol o’ynaydi. Sopol buyumlar, bronza, oltin, kumushdan ishlangan, kishilar e htiyoji uchun ishlatiladigan buyumlar yuzasi naqshlar bilan bezatilgan, bo’rtma tasvir va haykallar bilan pardozlangan. Ayrim buyumlar yuzasiga esa hayotiy voqealar aksi tushirilgan. Ana shu daliliy materiallar o’tmish san’ati va madaniyati, kishilarning estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.
Uzbekiston hududida arxeologik qazilmalardan Xorazm, So’g’d, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqqoshlik san’atining rivojlanganligi ma’lum. Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-IIasr), Dalvarzintepa (I-asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari buning yaqqol dalilidir.
Eramizdan avvalgi IV-VI asrlarda o’rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan "Amudaryo boyligi" (Oks boyligi) mu him o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida oltindan yasalgan haykallar, turli ko’za, bilaguzuk, uzuk, mu hr, tangalar, oltindan yasalgan arava va qurollar diqqatga sazovordir.
Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnay (Aleksandr Makedonskiy) eramizdan avvalgi IV asrlarda Axmoniylar davlatini tor-mor etib, o’rta Osiyo erlarining ko’pgina qismini o’ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm,Farg’ona va Sirdaryo bo’yidagi ko’chmanchi qabilalargina o’z mustaqilligini saqlab qoldi.
Amaliy san’atga bu qadar chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stilizastiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o’zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo’lgan va hozirda ja honga mash hur me’morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg’unligidan va mujassamligidan dalolatdir. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ru hiyatini tarbiyalaydi.
Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy- ahloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o’tmishda o’zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, bo’yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu so halarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun ja honga dong’i ketgan.
O’rta Ociyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. o’tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda.
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, u qush, hayvonot, o’simlik dunyosi, geometrik va boshqa turli shakllarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.
Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o’zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.
Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan o’zbek madaniyatining mu him bo’lagi hisoblanadi. Ko’p asrlar mobaynida uning badiiy an’analari vujudga keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin. Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu turini o’rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o’g’ilga o’tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi va go’zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof mu hitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi o hang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” tarkib topgandir.
Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozistiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mo hirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.
O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan.
Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girix naqshlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq intererlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi.
Uhozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy ji hozlari, sovg’alar, mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda foydalaniladi.
Badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda. Matbuot, radio, televidenie, kino orqali kishilar ana shu san’at namunalari va uning xalq ustalari bilan tanishmoqdalar. Bu san’atkorlar orasida O.Qosimjonov, E.Raufov, A.Boltaev, S.Norqo’ziev, A.Azimov, A.Isaev, B.Abdullaev, T.To’xta ho’jaev, J.Xakimov, Z.Bositxonov, M.To’raev, T.A hmedov, K.Karimov, A.Il homov va boshqalar bor. Xalq ustalarimizning, ulardan ta’lim olgan shogirdlarning ishlarini Toshkentdagi amaliy san’at muzeyida, ko’rgazma zallarida, badiiy salonlarda, shuningdek, turar-joy va jamoat binolarida, masalan, Toshkent Davlat stirki, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Milliy akademik drama teatri, Temuriylar tarixi muzeyi, Oliy Majlis va Sha har Hokimiyati binolari, metro stanstiyalari, me hmonxonalar, kabi ma’muriy va maishiy inshootlarda ko’rish mumkin. Hozirgi vaqtda maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda to’garaklar tarmoQini iloji boricha kengaytirish vazifasi qo’yilmoqda. Xalq naqqoshlik san’atini o’rganish o’quvchilarda badiiy didni, me hnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o’stirishga yordam beradi.
BADIIY BEZAK TURLARI
Mis choydish, oftoba, qumg’on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi. Idishlarning orqa va old tomonlari o’ziga xos bezaladi. Masalan, zarb qilingan naqshlarni chetidan hoshiya bilan o’ralmaydi, ko’rkam naqsh motivlari bilan bezaladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to’ldirib ishlanadi. Mis laganlarga zarb qilinadigan naqsh kompozistiyalari o’ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj, mehrob, sitora, ishkalak naqshlari ishlanadi.
Mehrob — mehrob tasvirini beruvchi naqsh. Ya’ni markazdan aylana atroflab bir necha mehroblar tutashib hosil qilgan naqsh. Mehrobning turi juda xilmaxil. Masalan, mehrobi bargi bed, mehrobi duraftor, mehrobi duraftor islimi, mehrobi muhja, mehrobi madohil, va boshqalar. Sitora — mis idishlarni butun sirtini yulduzsimon naqsh qoplab olgan kompozistiya.
Gardish — naqshlar doiralardan tashkil topgan ritmik joylashgan kompozistiya. Markazida joylashgan doirani chetlari keng va qisqa yo’llar bilan o’raladi.
Gurunj — tuxumsimon, ovalsimon jimjimador har xil bezakli naqsh.
Mis zarb qilingan badiiy naqshlarni geometrik, me’moriy, o’simliksimon, jonivorsimon yozuvli naqshlar va maishiy buyumlar tasviri juda ko’p ishlatilgan. Kandakorlikda asosan islimiy naqshlar juda ko’p ishlatiladi. hoshiyalar va har xil yo’llar eng oddiy o’simliksimon naqshlar bilan to’ldiriladi. Bu naqshni «nim islimi» deb yuritiladi. U birbiriga chirmashib ketgan murakkab o’simliksimon naqsh bo’lib, bir tomonlama ulanib ketgan bo’ladi. Nim islimi hoshiyao’rnida ishlatilib, buyumning nomiga qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun uning turli xillari bor. Masalan, nim islimi bargak, nim islimi madoxil va hokazo. O’simliksimon naqshlar shakli va mazmuniga ko’ra lola, bodom, qalampir, buta va shunga o’xshash nomlar bilan yuritiladi.
Metall buyumlarga qadimdan jonivorlar va odam shaklini tasvirlash keng tarqalgan edi. Masalan, chashmi bulbul, qo’chqorak, pushti baliq, qirma, zuluk, kapalak, ilon izi va boshqalar bilan ataladigan bo’ldi.
Chashmi bulbul — mis idishlarga bulbulning ko’ziga o’xshash zarb qilingan naqsh. Uni bulbul ko’zlari deb ham yuritiladi;
Ko’chkorak — qo’chqor shoxiga o’xshash naqsh;
Pushti balik — baliq tangachasimon naqsh turi. Uni baliq tangachalar deb yuritiladi; Kirmak — chirmoq, marg’ilonda «kirkira» deb yuritiladi. Kirmak chirmovuqsimon naqsh turi; ilon izi — to’lqinsimon o’simliksimon naqsh. Toshkentdagi boshqa viloyatlarda «islimi» naqsh deb yuritiladi.
Geometrik naqshlar kandakorlik bezaklarida juda kam ishlatilgan. Geometrik naqshlar ikkinchi darajali naqsh rolini o’ynagan.
Ustalar asrlar davomida misga naqsh o’yar ekanlar, har bir naqshlarini o’ziga xos nomlar bilan yuritilishini ko’ramiz. har bir naqshga nom qo’yilishi o’zo’zidan bo’lmagan albatta, bu nomlarni har bir naqshning mazmuniga, shakliga, biror narsaga o’xshatib, taqqoslab, murakkab soddaligiga qarab, naqshning turiga qarab boshqa mamlakat yoki shaharning nomiga va boshqa sababyaarga asoslanib har bir naqshga nom qo’yganmr. Masalan, «mashhadi», «arabi», «isfaxoni» va boshqa so’zlar naqshlarning nomiga qo’shib aytiladi. Buning sababi ustalar o’z ishlarida Mashxad, Arabiston, Isfaxon (Eron) ustalarining tayyor naqsh nusxalaridan foydalanganliklari uchun shunday nomlar bilan yuritganlar. Ko’pincha, bunday naqshlardan ijodiy foydalanib, o’zimizning stilimizga moslab naqsh elementlar qo’shganlar. Naqshlar agar aylana shaklida bo’lsa, bunday naqshni «naqshi girdob», uchburchak shaklida bo’lsa «uchburchak naqsh», agar ikki chiziq orasida bir novda pechakka o’xshab o’sib kurtak, g’uncha va novdacha chiqarib bir yoki ikki tomonga o’ssa bunday naqshni «pechak islimi» yoki «raftor naqsh» deb yuritiladi. Mis idishlariga eng oddiy naqsh bu chiziladigan to’g’ri chiziqdir. Bu chiziq bir naqshni ikkinchisidan ajratib turish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun naqsh kompozistiya chizishda avval shu to’g’ri chiziqlar chizib olinadi. Bu chiziqlarni yakka, ikki hattoki uch qavat qilib chizish ham mumkin. Bir chiziqni yakka xat, ikki chiziqni qo’sh xat deb yuritiladi. Kompozistiyada turlituman chiziq holda belbog’lar bo’ladi, bularning hammasini «zanjir» deb yuritiladi. Zanjir egri chiziq, nuqtali chiziq hamda to’lqinli chiziqlarga bo’linadi. Mis o’ymakorligida ba’zi naqshlar qadimdan ishlatilib kelinadi, bunday naqshlardan biri «tugma naqshdir» yoki «tugmacha» deb yuritiladi. Bu naqsh mis idishlarga zarb qilingan tugmachaga o’xshagan naqsh bo’lib, Toshkent kandakorligida ishlatiladi. Tugma naqshning o’rtasida ko’pincha nuqtasi bo’ladi.
KANDAKORLIKDA ISHLATILADIGAN PO’LAT QALAMLAR VA ULARDA BAJARILADIGAN O’YMA TURLARI
Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida o’zi shug’ullanib kelgan milliy hunarmandchilik turlarini san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy madaniy meros tarzida etib kelgan. Zero ularni avaylab asrash, yanada sayqallash, davr taqazosi bilan unut bo’layotgan san’at turlarini qayta tiklash, takomillashtirish va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi. Biz tanlagan milliy kandakorlik san’ati ham qadimiy hunar turlaridan biri bo’lib, uning tarixi va amaliy jihatlarini o’rganish bo’yicha ko’plab san’atshunos olimlar va mutaxassislar shug’ullanganlar. Jumladan, T. Abdullaev, S. Bulatov, A.Sergeev, A. Hakimov, G.Pugachenko, L.Rempel, D.Faxriddinova, D.Halimova, S.Muhsinovlarning kandakorlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur izlanishlarda kandakorlik san’ati tarixi, o’zbek kandakorligi maktablari va ularning namoyandalari, kandakorlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, ta’kidlash joizki, e’tirof etilgan adabiyotlarda kandakorlik asboblari, ulardan foydalanish usullari va o’yma turlari haqida etarlicha ma’lumot berilmagan. Bizningcha, kandakorlik san’atini egallashga kirishgan yoshlarga o’yish turlari va zarur asboblardan foydalanish usullari haqida kerakli ma’lumotlarni berish ular duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi. Shu maqsadda ushbu maqolamizda kandakorlik asboblaridan foydalanishning ba’zi usullari hamda o’yma turlari haqida mufassal ma’lumot berishga harakat qildik.
Kandakorlik – forscha “kandakori” so’zidan olingan bo’lib, “kanda” – o’yish, “kori” – ishlari, ya’ni mis buyumlarni naqsh bezaklar bilan o’yib bezatish degan ma’noni anglatadi. Mis buyumni o’yib bezashda maxsus po’lat qalam va bolg’achadan foydalaniladi. O’yish ishlari (1-rasmda) po’lat qalamning ustki qismidan bolg’achada zarb berish bilan amalga oshiriladi. Po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ( 2 a – rasm ) va yassi uchli (2b– rasm) ko’rinishida bo’ladi. O’tkir uchli po’lat qalam - mis buyum yuzasiga turli xil tasvir yoki naqsh chiziqlarini o’yishda ishlatiladi. Shuningdek, naqshning zamini hamda naqsh elementlarini ham o’yma pardozlashda shu po’lat qalamdan foydalaniladi. Naqshning konturini o’yish jarayoni 3 a –rasmda, naqshning zaminini o’yish jarayoni esa 3 b –rasmda ko’rsatilgan. Bu po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan ingichka chiziq iz qoldiradi. O’tkir uchli po’lat qalamda o’yilgan naqsh chiziqlarining eni odatda 1–1,5 mmni tashkil etsa, ayrim hollarda uning o’lchami 2 mmgacha etishi mumkin. 4–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Mazkur po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “chekuv qalam”, ba’zan “ naqsh qalam ” deb ham yuritiladi.
Hozirgi kunda, badiiy bezatilgan kandakorlik buyumini diqqat bilan kuzatsak o’yilgan naqsh bezaklarning chuqurligi turlicha ekanligini ko’ramiz. O’ymaning turli chuqurlikda bo’lishi, kandakor ustaning didiga, ish uslubiga qarab sayoz, o’rtacha, chuqur va juda chuqur o’yib bezatilishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, o’ymaning chuqur yoki sayoz bo’lishi buyum metalining yupqa yoki qalinligiga ham bog’liq. Masalan, buyumning metali yupqa bo’lsa, sayozroq va aksincha, buyumning metali qalin bo’lsa, o’ymaning chuqurligi ham chuqurroq o’yiladi. Sayoz chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,2-0,3 mmni, o’rtacha chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,5–0,8 mmni va chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi esa 1-1,5 mmni tashkil etadi. Odatda o’ymalar bir marta o’yiladi. Biroq juda chuqur o’yilgan o’yma turi bundan mustasno. Juda chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi 1,5–2,5 mmga teng bo’lib, bunday chuqurlikdagi o’yilgan bezaklarni bir necha marta o’yish natijasida hosil qilinadi. Mis buyumlarini juda chuqur o’yib bezatish kandakorlik san’atining yangi o’yma usullaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda buxorolik kandakor ustalar bu usuldan keng foydalanishmoqda. Juda chuqur o’yib bezatilgan buyumlarning ko’rinishi oddiy o’ymakorlik ishlaridan ajralib turadi. Buning sababi shundaki, naqshning zamin qismi qanchalik chuqur bo’lsa, o’yma naqshlardagi soya – yorug’lik ham shunchalik kuchli bo’ladi. Natijada, bezatilgan badiiy buyumning ko’rinishiga alohida joziba bag’ishlaydi.
Yassi uchli po’lat qalam - naqshning zaminini o’yish hamda naqsh elementlarini o’yma pardozlashda ishlatiladi. Bu po’lat qalamning o’yuvchi uchi yassi (2b–rasmda ko’rsatilgan) ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan keng enli iz qoldiradi. O’yish jarayoni 5-rasmda ko’rsatilgan. Yassi uchli po’lat qalamda o’yilgan o’ymaning eni 3–5 mmni, o’ymaning chuqurligi 0,3-0,8 mmni tashkil etadi. 6–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Yassi uchli po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “ko’z o’yar qalam”deb yuritilsa, buxorolik kandakor ustalar forscha “pam qalam” ya’ni, “yassi qalam” deb ataydilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kandakorlik asboblari va o’yma turlari haqidagi ma’lumotlarning to’ldirilishi, o’quvchi yoshlarning kasb egallashidagi mahoratini oshirishga samarali xizmat qiladi degan umiddamiz.
2.2.O’rta Osiyoda ustoz va shogird an’analari asosida kadrlar tayyorlash tarixidan.
O’zbekiston xalіlarinimg tarixi, іadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o’rganish va taxlil іilish Іoyat muximdir. Respublikamiz xukumatining іator xujjatlari Vatamimizning har tomonlama jaxon andozalari asosida rivojlanishiga іaratilmoіda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, іadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jaxonga mashxur bo’lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta axamiyat berilmoіda. Shu manoda Respublika xukumati tomonidan xalі talimi tizimini tubdan islox іilish maіsadida 1997 yil «Ta’lim to’g’risidagi»gi іonun va «Qaroplap tayyorlash bo’yicha milliy dastur» іabul іilindi. Unda O’zbekiston Respublikisining talim soxasidagi siyosatini. Umuminsoniy іadriyatlar, jamiyatning istiіbolidagi rivojlanishini hisobga olgan holda yurgiziladi»1 deyilgan.
Bizning ilmiy izlanishlarimiz shuni ko’rsatadiki. Qadimda ajdodlarimiz ustoz-shogird asosida yoshlarga hunar o’rgatish bo’yicha boy tajribaga egadir. Lekin keyingi vaіtlarda ajdodlarimizning boy merosidan hamda tajribalapidan to’liі foydalana olmayapmiz. Buning sabablaridan biri ustoz-shogird an’analarini chuіur urganmaganligimizdir.
Ajdodlarimiz tajribalari yoritilgan adabiyotlarni ham etarli deb bo’lmaydi. Bundan tashіari ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o’rgatilayotgan joylarda. Chunonchi: Іoyaiy o’іuv yurtlari, o’rta maxcuc kasb-hunar ta’lim muassasalarida ustoz va shogird asosida o’rgatayotgan ustaxonalarda. Qo’shimcha ta’lim muassasalarida ustoz va shogird sharіona odobi to’liі o’rgatilmasligi o’іuvchi yoshdlrimizni axloі odobiga va bilim darajasiga, umuman, ular ma’naviyatining shakllamishiga salbiy ta’sir etayotganligining guvoxi bo’lamiz. Shuning uchun biz іuyida Markaziy Osiyoda ustoz va shogird an’analari asosida kadrlar tayyorlash tarixi haіida fikr yuritmoіchimiz.
Qadimda usta tayyorlashning o’ziga xos milliy an’anaviy asoslari, urf-odatlari іonun-іoidalari, talablari bo’lgan.
Xalі xunarmandchiligida ustozlarning o’ziga yarasha ikki fazilatlari ya’ni shaxsiy va kasbiy fazilatlarining o’z mezoni bo’lgan. Shu mezon asosida ustaga salbiy va ijobiy baho berganlar. Shuning uchuy ota o’z farzandini yakka shogirdlikka berishda ustaning yuіoridagi mehonga javob bera olish darajasini atroflicha o’rganib chiіadi.
1 Qarang: “Xalі ta’limi” jurnali, 1992 yil, 10-12 son. 1-bet.
Ya’ni «Yomon ustaga berma shogird etib, buzar u buzuі fe’lini o’rgatib», maіoliga asosan yaxshi ustaga «Suyagi bizniki, eti sizniki» degan an’ana bo’yicha topshirganlar.
“Bolani usta oldiga olib borish o’ziga yarasha tantana bo’lgan. Bolaning ota-onasi va іarindosh-uruІlari «bo’y» degan bo’Іirsoі va holvaytar іilib, ustaning xuzuriga kelganlar va «bolaning go’shti sizniki, suyagi bizniki», іabiladagi gaplar bilan uning ixtiyoriga topshirganlar. Keltirilgan pishiriіlar o’sha paytdayoі birgalikda tanovul etilgan. Usta bolaga hunar o’rgatishdan tashіari butun o’іish davomida oziі-ovіat bilan ham ta’minlab turgan.
Ikkala kelishuvchi tomon orasida yozma ravishda shartnoma bo’lmagan. Kasb o’rgatish tekin bo’lgan».
Buning uchun ustoz shogirdiga mayda-chuyda uy ishlarini buyurgan. Keyin esa ustaga asbob-uskunalarni olib berib turish yoki xom-ashyoni tayyorlab turish, keyinchalik esa eshik derazalarni, ustunlarni o’rnatishga va naіshlarni o’yishga o’rgatgan. Ya’ni bolani yashash bilan birga hunar sirlarini oddiydan murakkabga іarab o’rgatib borgan. 3-4 yillardan so’ng yaxshi tajribali shogirdga usta 15-20 kun mobaynida pul ishlab kelishi uchun ruxsat bergan.
Shogirdga usta nomini berishining o’ziga xos urf-odatlari bo’lgan. Bu tantanali kun shogirdning ota-onasi uyida yoki ustaning uyida o’tkazilgan. Marosimga shogirdning іarindoshlari, ustozning іo’lida ishlayotgam shogirdlar, ustalar, mullalar іatnashgan. Ustalar kattasi oqsoqol yoki ustakalon yoki uning yordamchisi poykor usta nomini olayotgan shogirdning boshiga salla o’raydi. Chopon kiygizib beliga іiyiіcha boІlanadi va masalan, duradgor yoki yoІoch o’ymakor usta bo’ladigan bo’lsa belboІiga tesha yoki arra іistirib іo’yiladi. Ustachilik іonun іoidalarida tarixi va duradgorlikning 12 іoidalari, insonlarga bo’lgan muxabbat, tartib-intizom, haіgo’ylik, o’z kasbini yurakdan yaxshi ko’radigan bo’lish va boshіalar o’rgatiladi. Odatda, shogirdga toza suv berishgan va undan bulgusi usta bir necha іultum ichgan. Shundan so’ng esa shogirdni «usta» degan unvon bilan ataganlar, ustalar va do’stlari uni tabriklaganlar. Keyin katta usta dasturxondan «Nonni suxta» nomli tandir nonni olib kschaning sababchi bo’lgan shogirdiga іarab «іaerga borsang ham o’zingni іilgan kulchangmi ko’rsatgin» deb beradi. Yosh usta nonni dasturxon ustiga іo’yadi.
Bundam urf-odatlarning har xil turlari bo’lgan. Ba’zi urf-odat bo’yicha bo’lguvchi ustaga biror-bir uyin mustaіil bezashga topshirganlar. U bo’lajak usta ishni bitkazgandan so’ng ustalar uning іilgan ishini tekshiradilar va baho beradilar. Agar ish ustalarga ma’іul tushsa, unda urf-odatlar bo’yicha shogirdga «usta» degan unvon berilgan. Shundan so’ng yosh ustaga boshіa shaharga borib mustaіil ishlashga ruxsat berilar edi. Yoki ba’zi yosh ucralap “xalifa”, ya’ni katta usta boshchiligida birga ishlab yurar edilar.
Ustalar texnik tajribasida katta va kichik duradgorlik, іurilish ishlari olib borib, ular tarkibiga іuydagilar kirar edi. Boshliіlar: oqsoqol, Іolib, najorboshi: ularning o’rinbosari poykor; katta ustalar ustoz kalon; ustalar; ustaga yordamchi ustalar - xalfa, nimsherik; shogirdlar hamda mulla ham bo’lgan.
Oqsoqolni tayinlashda shahardagi eng katta tajribali ustalardan saylagan. Agar oqsoqol biror noxaі ish іilsa unda biror masjidga poykor, ya’ni oqsoqol yordamchisi va hamma ustalarning yiІib іayta oqsoqol saylanar eli. Buxoroda esa oqsoqolni іayta saylash boshіacharoі edi. Ustalar Buxoro xoniga maxsus ariza yozar edilar.
Buxoroda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida duradgorlar boshliІi usta G’ulom, O’ratepada esa usta Karim Kajarboshi (usto Abdu Karim Abduxoliіov) bo’lgan. Bu shaharlarga xattoki O’rta Osiyoning turli chekkalaridan ustalar kelib ishlaganlar. Aksincha o’ratepalik xalі ustalarini yuіori Zarafshon іishloіlarida masjid. Madrasa, turar joy binolarini: bezash uchun taklif etganlar. Ular naііoshlik, yoІoch o’ymakorligi, ganchkorlik va boshіa ishlarni bajarganlar.
Ustalar uyushmasm ba’zi turar joylarga ustalarni ishlashga yuborganlar. Ularga ish xaіi tariіasida ishlagan joylarida kiyimlar, іo’y, sigir, echki, er yoki pul berar edilar.
Ustalar orasida o’ziga xos musobaіa ham bo’lgan, ularning ishlari ko’rgazma іilinib katta ustalar orasida baholangan, Masalan, O’ratepada Ko’k-Gumbaz maxallasida Mavlono Eshon maіbarasini ikki o’yma eshigini bajarish usto Karim Horrot va Abdu іodir Horrotlarga topshiriladi. Ular bittadan eshikni o’yib bezatadilar va ularning ikki tabaіali ikki eshiklari bir іancha katta ustalar orasida baholanadi. Usta Abduіodiriyning eshigi 70 oltin tanga, Usta Karimning eshigi 100 oltin tanga bilan baholanadi.
Usto Karimning eshigi yuіori baholanishining sababi eshikning yuіori yarim doira іismi umumiy naіshi kompozistiyasiga yaxshi boІlangan edi. Abduіodir ustaniig eshigi uchli bo’lib, bino іurilishi kompoziziyasiga unchalik mos kelmagan.
Ba’zi ustalar o’z ishiga berilgan baholariga kelisha olmas edi, shuning uchun bu holatda oqsoqol aralashib o’rtadagi kelishmovchilikni hal іilib berar edi.
1924 yilgacha O’rta Osiyoda boshіa hunar turlari ustalari kabi zardo’zlik ham juda ko’p bo’lgan. Chunonchi, Buxoroda 300dan 350 nafargacha ustalar ishlagan. Hunarmadllar o’rta asr hunar shirkatlar ko’rinishidagi maxsus tashkilotga uyushgan edilar. “Zardo’zlik ishlari ustidai nazorat o’rnatuvchi bu tashkilot o’zining saylovchi ma’muriyatiga ega bo’lib, barcha rasm-rusmlarga va urf-odatlarga izchil amal іilar, tantana va yiІilishlar o’tkazib turar edilar.
Bulardan tashіari, u ko’proі diniy ruhdagi ba’zi іoidalar majmuasini hamda zardo’zlik hunarining kelib chiіishi haіidagi afsonaviy rivoyatlarni o’z ichiga olgan, mazmun e’tibori bilan chex nizomiga o’xshab ketadigan o’z risolasiga ham ega edi”.1
Buxopo ustalarining zardo’zlik kasbi otadan bolaga meros bo’lib kelgan. Asli zardo’z bo’lgan oilaning o’Іli farzandi otasidan zardo’zlikni o’rganib, o’z navbatida u o’z bolalariga o’rgatgan. Pushti kamaridan o’Іli bo’lmagan otalar bu kasbni eng yaіin іarindoshlariga o’rgatganlar. Kasbning avloddan-avlodga meros іolishi odatdagi hol bo’lganiga іaramay, zardo’zlik ham boshіa kasblar bilan bir іatordan o’rin olgan. Uning tarkibida biz misgarlikni ham, zargarlikni ham, dehіonlarni ko’rishimiz mumkin. 3ardo’zlik kasbini o’rganish uchun 10—12, ayrim hollardagina undan kattaroі yoshdagi bolalarni jalb etganlar. Kasb o’rgatish tekin olib borilgan. Yangi shogirdga chinakam ta’lim berish ishlarini usta birdaniga boshlayvermagan. Dastlabki paytlarda shogird uy yumushlariga іarashgan, ustaxonani supirib-sidirgan, suv tashigan, bozor-uchar іilgan, tikuvchilarga yordam bergan. Oradan bir yil yo undan cal ko’proі muddat o’tgandagina unga tikish sirlari o’rgatila boshlagan. Shogirdga mablaІ to’lash borasida ma’lum іoida bo’lmagan, hunar o’rgatish muddati ham cheklanmagan. Ta’lim berish 4 yildan 7 yilgacha davom etgan, bordi-yu shogirdi o’ta іobiliyatli chiіib іolsa, bunday malakali ishchisidan maxrum bo’lishni istamagan ustoz uni 8-10 yilgacha ham saіlagan. Bunday paytlarda shogird oqsoqolni o’rtaga solib, ustasi tezroі ruxsat berishni so’ragan. Bordi-yu shogirdning talabi o’rinli bo’lsa, oqsoqol ustadan shogirdiga yo oі fotixa berishni yoki bo’lmasa mehnatiga haі to’lash lozimligini ayttan. Adbatta, shogirdga to’lanadigan haі xalifalarga to’lanadigan haіdan ancha kam bo’lgan. Norozilik paydo bo’lmasligi uchun usta іisіa vaіt ichida zardo’zlik sirini puxta egallagan layoіatli shogirdlariga axyon-axyonda chetdan ish olishiga mone’lik іilmagan. Gap shundaki, tushgan daromadning kattagina іismi ustaga, undan ortgani shogirdga іolgan. Ta’lim muddatini o’tagan shogird ustozidan oі fotixa olgan. Shogirdning uyga іaytishi o’zi bir marosim bo’lgan. Bu marosim shogirdning zimmasiga tushib, zardo’zlik uyushmasi a’zolari ishtirokida uning uyida o’tkazilgan. Marosim kunida ustozga bosh-oyoі sarpo, tugun in’om іilingan. Bunday tugunlardan bobo, oqsoqol va poykor ham іuruі іoldirilmagan, albatta. Ba’zi hollarda bechoraxol shogirdlarini kuzatar choІida, usta ularga ishni oson boshlashlari uchun kergi (chambarak), іaychi, tayyor gul singari ashyo va buyumlardan - berib yuborgan. Bordi-yu, oі fotixa olgan shogird iіtisodiy jixatdan nochor bo’lib, mustaіil ish boshlashga ko’zi etmasa, ustozning uyida іolib ishlashni so’ragan. Goncharova P.L. Buxoro zardo’zlik san’ati. Toshkent, G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986, 9-bet.
Bunday holda unga xalfa tarzida ishlash xuіuіi berilib, har ikkala tomom ana shu shart asosida ish xaіini kelishib olgan. Feodalizm davridagi har qanday xunarmandchilik singari zardo’zlik ham muіaddas sanalgan, zardo’zlikning kelib chiіishi ham ilohiyona: Xazrati Yusuf eng birinchi usta zardo’z va eng birinchi ustoz, Іoyibona xomiy va pir bo’lmagan...
Bu haіda uncha katta bo’lmagan risola mavjud bo’lib, unda bu kasbning kelib chiіishi, іoidalari, har bir ishni boshlashdan oldin o’іiladigan duolar berilgan, zardo’zlik kasbining xomiysi «arvoxi pir»ga siІinish uzoі vaіtgacha іoida bo’lib keldi. Ilk bahor kunlarida, xususan, «guli surh» ayyomida hamma zardo’zlar Buxoro yaіinidagi Baxovuddin іishloІiga kelib, pirning haіiga іo’y so’yib, xudoyi іilganlar. Usta zardo’zlarning aytishicha, yaіin-yaіingacha «pir-zoda»lar bo’lib, ularni «risola»chi deyishgan. Xaftada ikki marta, yakshanba va payshanba kunlari risolachi barcha zardo’zlik ustaxonalarini aylanib chiііan va odamlarni to’plab risola o’іigan, o’іiganlarini tafsivlab bergan. Odatda, іiroatxonlik dasturxon atrofiga davom etgan. Qiroatxon keyin risolachi tinglovchnlardan tushgan uncha-muncha nazir-niyozni belboІiga tukkanda, fotixa o’qib, navbatdagi ustaxonaga yo’l olgan.1
Har bir hunar ham odatda avloddan-avlodga o’tgan, begona bolalardan esa o’ta iste’dodli, shu hunarga mehr іuyganlargina tanlab olingan. Chinakam o’ymakor ustalarni orzu іilgan kishilar uchun madrasada o’іigan bo’lishi, tarix, she’riyat va musiіa sirlaridan voіif bo’lishi, xatto musiіa asboblarini biroz chala bilishi shart іilib іo’yilgan. Ayrim ustalar shogirdlari uchun maxsus odob talablarini ishlab chiііanlar.
Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaktida chalgimaslikni, egri va noma’kul ish-larga yakin yulamaslikni kat’iy turib talab kilganlar. Shularning uziyok xalkimiz kadim-kadimdan amaliy san’at turlarini nechogli ar-doklaganini, ganchkorlik san’atidek mashakkat-li xunarni fakat eng munosib va fidoyi kishi-largagina ishonib topshirigaganini kursatadi.
«Em Usmon usta Rasulxojining kulida sak-kiz yil ishladi. Besh yilgacha xaftalik ish xaki un tiyindan oshmadi. XaR payshanba kuni ok-shom Rasulxoji shogirdning kuliga un tiyin berar, Usmon pulivi ola bozorga shoshilar edi. Un tiyinga unta — un ikkita non olib, uyiga borganida ovasi, ikki singlisining kuvonchi olamga sigmas edi. Damma dam oladigan juma kuni xam shogirdga tinim yuk edi. Bu kun Usmon ustasining bogida xosildan shoxlar larzon bulgap shaftoli, uriklarni terib, kishga koki tayyorlar, toklarni xomtok kilar edi.
Odatda shogird fakat usta buyurgan ishni ki-lishi kerak edi. Ustadan beruxsat shogird biron ishga urinsa yoki uning asboblariga teginsa kal-tak erdi. Oltinchi yilga utganda Usmonning xaftalik ish xaki ellik tiyinga, sakkizinchi yilga utganda esa kundalik ish xaki bir sumga chikdi. Bu paytda u imorat ishidagi oddiy chup-garchilikdan tortib, gisht terish, suvok, ganch uymakorligini mustakil bajara oladigan bul-di.
1 Goncharova P.A. Buxoro zardo’zlik san’ati. (Albom). -T., 1986, 1 1-12 betlar.
Ustasi uni boylarning imoratlarida kuniga ikki sumdan ishlatib, bir sumini u'ziga olar edi. Nixoyat sakkiz yil deganda Usmon ustasi,
endigi ibora bilan aytganda, murabbiysi Rasul-xojidan fotixa olib, usta nomiga ega buladi». Mashxur gaichkor usta Usmon Ikromov xakida shunday xikoya kilingan.
"Ustozga ta’zim" kitobidan (xunar) olingan ushbu parcha ilgari xunar urganish nakadar ma-shakkatli bulganini, shogird uz ustozi tomoni-dan ming bir chigirikka solinganini ku'rsatadi. Lekin ustozlarning kattikkulligi bejiz emas edi. Negaki, xar kanday xunarmandchilik, xusu-san, ganchkorlik kishidan uta nozik didli, sabr-tokatli bulishni takozo etgan.
Mashxur me’mor usta A. X,akkulov uzining 'Ta’mir san’ati" kitobida sevimli ustozi Usta Shamsining shogirdlariga bulgan munosabati xakida shunday xotirlaydi: "Usmirlik yilla-rimda, ya’ni xalk amaliy san’atiga mexr kuygan dastlabki damlarimdan xurmatli ustozim uzla-rining yakin dustlari, ya’ni podari buzrukvo-rimdan meni shogirdlikka surab, "kelamsakda me-ning me’morchilik asboblarimga soxiblik kil-sin", degan ezgu istaklarini bildiradilar. Shu kundan boshlab me’morchilikning barcha siru-as-rorlarini urgata boshladi. Usta Shamsi uta kam~ tarin, oddiy odam edi. Ammo shogirdlarini jon-dilidan sevar edi. Yuragimdagi ganni ochik aytadigan bulsak, u bor mexri, bilimi va akli-zakovatini shogirdlariga bagishlar edi. Men ana 1Punday zukkota’b va xushsuxan iison panoxida kamolga etganimdan xaligacha faxrlanaman. X,a, Davlat mukofoti laureati, Mexnat ordeni soxi-bi, Uzbekistonda mashxur xalk ustasi Usta Shamsi xalk amaliy san’atining barcha murakkab ji-xatlarini juda chukur bilar edi. U gpogirdlari-dan xam xuddi shuni talab kilar, erinchok, ishga epgil-elpi karaydigan, guzallikni sevmaydigan, tarixiy obidalarga mensimay kuz tashlaydigan yigitlarni jini suymasdi.
Men bu kamtarin iisonning yokimtoy, nuro-niy siymosini, ta’mirlashda u amalga oshirgan ishlarni, shogird tarbiyalaydigan gayrat-shijo-atini butun xayolimda gavdalantirarkanman, Usta Shamsi Gofurov kelajak uchun, guzallik va ez-gulik takdiri uchun kanchalik kaygurganligini yakkol tushunib turibman. Men shogird sifatida xamisha bu fidokor inson oldida burchliman. Xalk madaniy merosshsh asrab-avaylashga e’ti-borining oshayotganini, Usta Shamsi singari xalk ustalari an’analarini kun sayin rivoj-lantirishini, shogirdlar tarbiyalashda gamxur-likni kuchaytirishni takozo etadi".
Shogird, ustoz degan pomni olit kiyindir. Bu sharafli nomlarni olish xammaga xam nasib etmagan. Bu ulug nomlarni olish uchun kun yil-lar davomida murakkab sshyuvlardan utganlar. Ular kadimdan xar bir kilgan ishi uchun boshi bilan javob bergan. Chunonchi, usta degan nomni
olish oson emasligi kuyidagi rivoyatda uz aksi-ni topgan.
"Bir kishi uzini "usta" deb atagani uchun Bu-xoro amiri katshk gazablanibdi. •
Kup xunarmandlar orasida bu sharaf kamdan-kam odamga muyassar bulgan ekan. Gazablangan amir bu odamni zindonga tashlashii, xunarini kursatib, uzini oklamaguncha ozod kilmaslikni buyuribdi. Uning xech kanday ish kuroli yuk ekan. Xamisha yonida olib yuradigan pichogi bi-lap bir kechada zipdon devoriga shu kddar guzal naksh chizibdiki, buiday nakshni fakat ertak yoki tushda kurish mumkin edi. U usta degan no-mini ana shupday oklabdi".
Shirin amakisi Usta kulida un sakkiz yil ishlaydi. Shirin shundan sung shogirdlikdan usta darajasiga kutariladi. Krbiliyatli Shirin Murodovga amakisi Usta Xaet bir necha bi-nolarni bezashni topshiradi. Usha vaktda usta nomini olish juda kiyin edi, Chunki, shogird usta bulishi uchun nazariy xdmda amaliy ishlar-ni puxta bilishi, bir kancha ustalar orasida fo-tixa olishi kerak edi. Abdukodir Buxorodagi xamma ganchkor ustalarga ganch sotadigan boylar-dan biri bulib. u bir kuni usta Xaetni chaki-rib, yangi uy kurishini va uni ganch uymakorligi bilan bezashini aytadi. Usta Xdyot bu ishni 22 yoshli Shiringa topshiradi. Bu ish Shirinning birinchi mustakil ishi edi. Shirin avval uy-ning planini tuzadi, keyin uning yaxshi chiki-shini kuzlab uzi yaxshi kurgan Buxorodagi me’moriy yodgorliklarini tomosha kilib, ularni sinchkovlik bilan yaxshilab urganib chikadi. Ayniksa, binoning umumiy kurinishi va mex-monxona bezaklarini oddiy, bejirim, nisbat-larini saklagan xolda bir butun kurinishi va boshkalarni xisobga oladi. Shirin mexmonxona va ayvonlarini sharaflar bilan bezaydi. Unda-gi uyma ganchlar juda mayin, bejirim chikkan-ligi sababli ustalar orasida xurmativa obrey yana xam oshadi. Usta Xaet kunlardan bir kun Shirinni oldiga chakirib men sendan xursand-man, endi mustakil ishlayversang xam buladi, deydi. Azaliy odat bulgan, ya’ni 40-50 ustalar, shogirdlar urtasida usta nomini berishadi. Ur-gaga chakirib beliga eng yaxshi ganch uymakorlik asboblaridan shuturgardanni kiyikchaga kisti-rib kuyishadi. Shirin Murodov ana shundan sung usta buladi.
Kddimdan ajdodlarimiz usta va shogird an’-analari asosida yoshlarga xunar urgatish buyicha boy tajribaga ega bulganlar. Lekin keyingi vaktlarda ajdodlarimizning boy tajribalari-dan tulik foydalana olmayapmiz. Buning sabab-laridan biri usta va shogird an’analarini chu-kur ilmiy asosda urganmaganligimizdandur.
Xulosa kilib aytganda kuyidagilarni ta’-kidlab utish joiz buladi.
Usta va shogird asosida yoshlarga xunar urgatish uchun ajdodlarimiz tajribasini yukori si-fat darajasida urganishni tashkil kilish lo-zim. Usta va shogird odob mezonlarini yanada mukammal ishlab chikish kerak. Shu mezonlar asosida maktablarda, maktabdan tashkari muassasa-larda, listey va kollejlarda, oliy o’quv yurtla-ridagi dastur, darslik, o’quv va metodik kullan-malarga usta va shogird odobi an’analari mavzu-larini kiritish va ularni etarli darajada yori-tib berish kerak.
Kasb-xunar kollejlarida va xunar urgatila-yotgan oliy o’quv yurtlarida maxsus kurslar tashkil etish va ularni xozirgi eng ilgor pedagogik texnologiyalar asosida olib borish maksadga mu-vofikdir.
Oliy o’quv yurtlarida va kasb-xunar kollejlarida utilayotgan ta’lim-tarbiyaga, xunarga oid dastur va darsliklar mazmuniga "Ustoz va shogird etikasi" bobini kiritish maksadga muvo-fik bular edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |