Ushbu fenomenga qiziqish bildirgan, uning psixologik mohiyatini ochgan olimlar keyinchalik uning ijtimoiy xulqni muvofiqlashtiriga qaratilgan “ispozitsiyalar” nuqtai nazaridan o‘rganganlar. Masalan, rus olimi V.A.Yadov insondagi turli ehtiyojlar va turli ijtimoiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi muqarrar bo‘lgan xulqqa oid bir necha jabhani o‘z ichiga olgan dispozitsion nazariyani ilgari surgan. Uning fikricha, shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari va uni o‘rab turgan ijtimoiy borliqdagi faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular quyidagi jabhalarda namoyon bo‘ladi.
1
3
4
2
Birinchi jabha – bevosita oilaviy sharoit bo‘lib, unda insonning asosiy oddiy ehtiyojlari ilk yoshlikdan qondiriladi.
Ikkinchi jabha – bevosita muloqot amalga oshiriladigan kontakt, kichik guruhlar bo‘lib, individ bu muhitda o‘zini namoyon etadi.
Uchinchi jabha – individ hayot-faoliyatini amalga oshiradigan kengroq ijtimoiy borliq bo‘lib, unda u mehnat qiladi, dam oladi, maishiy muammolarini xal qiladi.
To‘rtinchi jabha – shaxsni bevosita o‘rab turgan milliy-madaniy borliq, undagi mafkuraviy i madaniy qadriyatlarning o‘zlashtirilishi tufayli namoyon bo‘ladigan hatti-harakat aktlarini qamrab oladi. Bu konkret geografik xudud, Vatan, yurti va undagi qadriyatlardir.
DISPOZITSION
NAZARIYA
- Demak, yuqorida ajratilgan har bir jabhada inson o‘ziga yarasha alohida ehtiyojlarini qondiradi va u mos ravishda muayyan ish-harakatlarga tayyor bo‘ladi.
- Yadov yuqoridagi jabhalarga mos keladigan konkret vaziyatlarni va ularning individga ta’sir ko‘rsatish darajalarini ham ajratadi. Masalan, birinchi, eng quyi bosqichdagi vaziyatlarda oddiy predmetli muloqot va tez o‘zgaruvchan ehtiyojlarga aloqador xolatlar namoyon bo‘ladi. Ikkinchisida ko‘proq guruh doirasidagi muloqot va undan orttirilgan tajriba nazarda tutiladi. Uchinchisida – nisbatan turg‘un bo‘lgan, xadeb o‘zgarvermaydigan ish faoliyat turlari, maishiy ehtiyojlar, profossional sohalarda ko‘zga tashlanadigan ijtimoiy xulq nazarda tutilgan. Nihoyat, to‘rtinchi vaziyatlar bosqichi muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy vaziyatlarda ko‘pchilikda shakllanadigan qadriyatlarning namoyon bo‘lishini taqozo etadi. Muallif yuqoridagi jabhalar, vaziyatlar va ularning shaxs individual va ijtimoiy tajribasida namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun ularga mos dispozitsiyalarni farqlaydi:
1.
Dispozitsiyalarning birinchi darajasi shaxsdagi elementar, oddiy ustanovkalarni tushuntirib beradi. Bu D.Uznadze sxemasiga mos keladigan predmetli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan oddiy qayd etiladigan ustanovkalardir;
Do'stlaringiz bilan baham: |