Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi Ashurova Nigora


Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari



Download 468 Kb.
bet10/12
Sana19.01.2022
Hajmi468 Kb.
#392277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari

2.2. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari

Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o`zgarishlarga uchramoqda. Millatning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda o`zbek oilalari taraqqiyotini umumiy va xususiy taraqqiyotlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatning oilada yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jarayoniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan biridir.

Oilaviy tarbiya deganda ota– onalarning o`z hayotlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida dunyoqarash asoslari, siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam, izchil, g`oyaviy va ma’naviy ta’sir ko`rsatish jarayoni tushuniladi. O`zbek olimlari tomonidan olib borilgan ko`p yillik ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, O`zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya, uning mazmuni va tashkil etilishi, oila va o`quv muassasalarining boshqa bo`g`inlariga ta’sir etuvchi o`ziga xos bir qancha ijtimoiy hamda tarbiyalash shart – sharoitlari mavjud bo`lib, ularni hisobga olmay ilojimiz yo`q.

Bulardan biri respublikamizning iqtisodiy sharoiti, iqlimi, tabiatning o`ziga xos xususiyatlari har bir o`zbek oilasining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga, oilaviy hayot sharoitining o`zgarishiga, binobarin, oiladagi bolalar tarbiyasiga sezilarli ta’sir etmoqda. Ikkinchidan, respublikamiz o`zining demografik, etnik, milliy shart – sharoitlari jihatdan ham o`ziga xos xususiyatlarga ega, bular aholining zich joylashishi va uning intensiv ko`payishidir. Uchinchidan, respublikamizning ma’naviy hayoti va uning o`ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmoqda, ularning oilaviy tarbiyaga ta’siri kuchaymoqda.

Ahloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhiti g`oyat muhim rol o`ynaydi. Inson ahloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo`yiladi. SHuning uchun ham mashhur allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda shu masalaga bag`ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz «Bola — boshidan, nihol — yoshidan» degan naqlni bejiz aytmagan. Modomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oiladan boshlash kerak. Bi-nobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo`ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko`pgina qiyinchiliklarga duch keladilar. Axir, noto`g`ri tarbiya tufayli nafs balosi o`qiga giriftor bo`lgan o`n gulidan bir guli ham ochilmay turib umri hazon bo`lgan yoshlar kammi? Donishmand tili bilan aytganda, «Qapg`a ochlik, tashnalikning qiyinchiligini sezsa, muzni teshadi; bekinib turgan ovchini ko`rmay, uning tuzog`idagi donlar uchun parvo qilmay kiravsradi» (M.Qoshg`ariy. Devonu lug`otit turk, Toshkent, 1960, 401-bet.).

O`zbek xalqining ko`p asrlik boy madaniyati va tarixi bor. Mazkur madaniy meros jamiyatdagi jamiki ma’naviy boyliklarni o`z ichiga qamrab oladi. Ayniqsa, O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi, ma’naviy-madaniy tarixi boy merosga ega bo`lib, ularning mohiyati, mazmuni xalq ijodiyotida, ilg`or mutafakkirlarning asarlarida aks yetgat. Xususan, jumhuriyatimiz xalqlarining pedagogika va ruhshunoslik fanlari buyicha merosini o`rganish ishlari hali o`zining ko`pgina tadqiqotchilarini kutib turibdi. Hatto bir necha asrlar ilgari At-Termiziy, Ismoil Buhoriy kabi allomalarning inson ma’naviy olamini boyitadigan durdona yodgorliklari, xususan, «Qur’oni karim» mazmunini yoritadigan hadislar majmuasi musulmon olamining hayotbahsh oftobidir.

Ma’lumki, yosh avlodga maqsadga muvofiq tarbiya berish uchun ota-onalar ham tarbiyaning vazifasi, maqsadi, vositalari, shart-sharoitlari yuzasidan har tomonlama bilimga ega bo`lishlari, farzandlarining yoshi va o`ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ish yuritishlari lozim.

O`zbek oilasida bola tarbiyalashning ishontirish, tushuntirish, nasihat, ibrat-namuna ko`rsatish, yaxshi fazilatlarni mashq qilish, rag`batlantirish, tanbeh berish, ogohlantirish, jazolash kabi usullari qo`llaniladi.



Oilada bola tarbiyasining o`ziga xos qoidalari mavjud bo`lib ota-onalar ulardan o`rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:

1) oilada hissiy moslik, ruhiy hotirjamlik va iliq iqlim yaratish;

2) ota-ona obro`sini saqlash;

  1. tarbiyada ota-ona, kattalar o`rtasida talabchanlik birligi;

  2. bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;

  3. oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi;

  4. bolani sevish va izzat qilish;

  5. oilada qat’iy rejim va kun tartibi o`rnatish;

  6. tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;

  7. bola tarakqiyotini aniqlab borish;

10) bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini xosil etish va boshqalar.

Oilaning ma’naviy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy hotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o`zaro totuvlik yaratilgan bo`lishi zarur. Ota-onalar o`rtasidagi o`zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-oqibat, o`zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g`amho`rlik mavjud bo`lsa, bunday muomala, munosabat bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ular o`z farzandlariga chinakam baxt, quvonch hadya etadilar.



Oila a’zolarining did-farosati, qiziqishi, mayllari, ehtiyojlari, intilishlari o`zaro bir-biriga munosib bo`lsa, onaning inoq, axil turmush kechirishlariga, oilaviy munosabatlarning mustahkam bo`lishiga puhta zamin hozirlaydi. Muayyan darajada shart-sharoitlarning mavjudligi, ota-onaning o`zaro bir-birlarini tushunib turmush kechirishlari, maqsad va vazifalardagi birlik, yuzaga keladigai ziddiyatlarni birgalikda
bartaraf eta olishlari mustahkam oila muhitini shakllantiradi.

O`zbek oilalarining aksariyati o`zining serfarzandligi bilan ajralib turadi. Shunga ko`ra, ota-onaning xoh o`g`il, xoh qiz, xoh to`ng`ich, xoh kenja farzand bo`lmasin, ularga teng va odil munosabatda bo`lishi, erkalatmasligi, kattalar namunasi orqali kichiklarni tarbiyalash ijobiy hodisadir.

Kam bolali oilalarda ota-onalar farzandlarini ortiqcha erkalaydilar — bola oilaning tanho ovunchog`iga aylanib qoladi. Natijada shunday o`g`il yoki qizlar erka, o`jar, tantiq, shaxsiyatparast bo`lib voyaga etishi mumkin.

Oilada qat’iy intizom va kun tartibining bo`lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Bolalarning bilim olishdagi yutug`i, ahloqi, salomatlik darajasi ko`p jihatdan oilada qaror toptirilgan oqilona rejimga bog`liq. Shuning uchun ota-onalarning o`zlari ham bu borada ibrat ko`rsatishlari, oqilona tuzilgan oila rejimiga qat’iy amal qilishlari, farzandlarga ham o`rgatishlari darkor. Bu narsa, ayniqsa, qiz bolalar tarbiyasi uchun juda zarurdir. Chunki u katta bo`lgach, nihol kabi boshqa uyga ko`chib o`tadi — oila quradi.

Oila — bu o`ziga xos ho`jalik bo`lib, uning turmush kechirish, muammolari mavjud. Ota-onalar oila a’zolarining amaliy faoliyatlarini uyushtiradi, ularning ovqatlanish, ta’lim olish, ishlash, dam olish, kiyim-bosh bilan ta’minlash kabi kundalik rejimini tashkil qiladi; farzandni bolaligidan boshlab mehnatga, mustaqillikka, shaxslararo ibratli munosabatga o`rgata boradi.

Bola tarbiyasi ota-onalardan maxsus pedagogika va psixologiya bo`yicha bilimlar, alohida ko`nikmalar bo`lishini qatiy ravishda talab qilmasada, doimiy yuz berayotgan tarbiya muammolarini to`g`ri hal qilish ustida fikr yuritishni taqozo etadi.

Murg`ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o`zbek pedagogi Abdulla Avloniy o`zining «Turkiy guliston yohud Ahloq» kitobida quyidagi ibratli ugitlarni aytgan edi: «Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim»

Bola ota-onaning og`ushidan, iliq nafasidan, qalb haroratidan bahra olib o`sadi. Olam sirlarini farzand dastavval o`zining nuri-diydalaridan o`rganadi. SHuning uchun ota-onani birinchi tarbiyachi muallim deyishadi.

Oilada farzand tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirishdir. Bunga bolani faqat ishontirish yo`li bilan erishish mumkin. Shuning uchun ota-ona o`g`il-qizlarni tarbiyalashda ularni qo`rqitishda yoki asossiz buyruq berishga tayanmasdan ish tutishi kerak. Xo`sh, ota-ona obro`si bolada qachon paydo bo`ladi?

Turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning obro`si davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan boshlanadi. Agar ota-ona o`z ishi, o`z burchi uchun javobgar ekanligini his qilsa va unga amal qila olsa, bu ularning obro`sidir. Ular o`zlarining xulqida, xatti-harakatlarida bularga rioya qilsalar, yetarli obro` qozona oladilar.

Ota va ona obro`si butun hayot davomida kundalik ibratli xulqi, ahloqi, intizomi, kamtarligi, ishbilarmonligi bilangina qo`lga kiritiladi. Ibrat-namuna, zahmat, chin ezgu-niyat evaziga yuzaga kelgan obro` haqiqiy obro` hisoblanadi. U farzandlar diqqat-e’tiboriga mehr-muhabbat bilan yo`g`riladi. Natijada oila a’zolari totuv, osoyishta, inoq, hayot kechiradilar; oilada farzandlar orzu qilguday, zamona ruhiga mos tarbiya oladilar. Ular ota-onalari bilan behad fahrlanadilar va shu tuyg`u bilan yashaydilar. Bu o`z navbatida, yoshlarda kelajak hayoti uchun, turmush uchun ibratli ahloq ko`nikmalarini tarkib toptiradi.

Ba’zi ota-onalar borki, ular bolalar, oila a’zolari o`rtasida kalondimog`lik, serzardalik, badjahllik, o`zini o`ta og`irkarvon tutish, «donishmand» qilib ko`rsatish yo`li bilan obro` orttirmoqchi bo`ladilar.

Oilada ayrim ota-onalar tazyiq etish yuli bilan farzandlari o`rtasida obro` orttirishni xohlaydilar. Bunda ular qo`rqitish, noo`rin buyruq berish, tazyiq o`tkazish usullarini qo`llashadi. Ular zaharhandalik va badjahllikni tarbiya vositasi dsb hisoblaydilar. Qo`rqinch asosida bolada vujudga kelgan «bo`ysunish»ni ular o`zlaricha obro` deb tushunadilar.

Ba’zi ota-onalar farzandlari bilan kamroq muloqotda bo`lish, ulardan o`zlarini nariroq olib yurish bilan obro` orttirishni o`ylashadi. Ularning nazarida, guyo farzand bilan qancha kam uchrashilsa, shuncha ko`proq obro` qozonish mumkin. Bu mutlaqo noto`g`ri tushuncha, ota-ona o`z farzandi bilan qancha kam muloqotda bo`lsa, ular o`rtasida begonalashish, loqayd bo`lish holatlari kelib chiqadi.

Ayrim ota-onalar bola bilan faqat rasmiyatchilik orqali obro` orttirishga harakat qilishadi, holos. Bunda ular qildan qiyik, qidirishadi, bolaga tanbeh, berishadi, uning barcha xatti-harakatlarini cheklab qo`yishadi, bo`lar-bo`lmasga jerkib, siltalab tashlashadi.

Ota-onalarning farzandlariga ortiqcha pand-nasihat qilaverishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, ba’zi ota-onalar arzimagan mayda-chuyda masala bo`yicha ham uzundan-uzoq ugit-nasihat qiladilar, o`zlarining nasihatguyligini burch deb hisoblaydilar. Maydagaplik, ezmalik bilan o`g`il-qizlar o`rtasida obro` qozonib bo`lmaydi.

Turmushda shunday ota va onalar ham uchraydiki, ular sohta yaxshilik qilish orqali farzandlari oldida obro` orttirmoqchi bo`ladilar. Bunday ota-onalar o`zlarining yumshoq muomalaligi, beozorligi, kechiruvchanligi, yon beruvchanligi, kam talabchanligi bilan farzandlarni o`zlariga rom qilib olishni istaydilar. Ularda na qat’iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud. Unutmaylikki, tilyog`lamalik, sohtalik, sun’iylik bilan bolani yaxshi yo`lga solib va uning oldida obro` qozonib bo`lmaydi.

Ota-ona obro`sini orttirishda, eng avvalo, ibrat-namuna muhim rol o`ynaydi. Oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ota-ona tinmay o`zlarini tarbiyalab borishlari kerak. O`zlarida etishmaydigan sifat va fazilatlarni to`ldirib, mavjud illatlarni batamom tugatishlari lozim. Chunki ota-onalarning tarbiya jarayonidagi ists’dodi — bu farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir.

Ota-ona farzandlar o`rtasida obro`ga ega bo`lishlari uchun qator chora va tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Dastavval ular turli yoshdagi farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor. Kichik, o`rta va katta yoshdagi o`g`il-qizlar bilan muloqotda ularning yosh xususiyatlariga mos muomalada bo`lish shart.

Ota-onalar farzandlari davrasida obro` orttirish uchun ular­ning ruhiy dunyosiga asta-sekin kirib borishlari ayni muddaodir. Chunki bolalar ota-onalar qalbiga yaqinlashish uchun kichkintoylar «ot-ot» o`ynashni, o`rta yoshdagilar musobaqalashishni yoki bellashishni, kichik yoshdagi o`quvchi bolalar esa ertaklar olamiga kirishni, o`spirinlar oilaviy, ijtimoiy masalalar yuzasidan munozara yuritishni yoqtiradilar. Chin obro`ga ega bo`lmoqchi bo`lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtlarini o`z farzandlaridan hech ayamasliklari kerak. Bolalar ruhiy dunyosiga kirish bachkanalik emas, balki tarbiya vositasidir. Farzandlarning talab va ehtiyojlarini oqilona qondirib borish ularni bir-birlariga tobora yaqinlashtiradi, obro`lariga obro` qo`shadi.



Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, sezgirligi va hozirjavobligi muhim ahamiyatga ega. Mayda-chuyda narsalar ham diqqat-e’tibordan chetda qolmasligi, ularga shaxsiy fikr-mulohazalar bildirishlari farzandni xushyor torttiradi. Ular o`zlarining nuridiydalarida bunday ajoyib xislatlarning mavjudligidan cheksiz quvonadilar.
Ota-onalarning odilona me’yorli talabchanligi obro` orttirishning eng muhim yullaridan biridir. Farzandlarning kuchiga, qobiliyatiga, qiziqishiga binoan aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi va o`z vaqtida ularning natijasini tekshirish bolalarda qat’iyatlikni vujudga keltiradi, natijada katta yoshdagilarga nisbatan ularda ihlos ortadi. Ihlos, hurmat, obro`ning uzviy zanjiri bo`lib hisoblanadi. SHuning uchun unga alohida e’tibor berish farzand kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, ota-onalarning samimiyligi va g`amho`rligi ularga katta obru keltirishi mumkin. Ulardagi samimiylik, g`amho`rlik fazilatlari farzandlar yuragida uchmas iz qoldirib, to`g`ri yo`l topa oladi. Ularning ibratli xarakter xislatlari bolalar qalbida kelgusi orzu-umidlari gulshani sifatida katta rol o`ynaydi; binobarin, ularga nisbatan ishonch, intilish, moyillik kabi istiqbol sifatlari vujudga kela boshlaydi. Ota-ona obro`si ortishi uchun ularda ma’naviy qiyofa, ahloqiy baynalmilallik, go`zallikka qarashlari, barqaror e’tiqod bo`lmog`i zarur.

Oilada totuvlikning mavjud bo`lishi barcha muvaffaqiyatlarning garovidir. Chunki oila a’zolarining bir-biriga bo`lgan munosabatlari kelajak avlodning qanday shaxs bo`lib voyaga etishiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Xo`sh, oila quchog`ida qanday munosabat vujudga kelganda unda totuvlik, bir-birlarini tushunish holati hukm suradi?

Farzandlarning ruhiy xususiyatlaridan qariyalar, tajribali ota-onalar o`z turmush tajribalari orqali bir oz bo`lsada habardorlar. Lekin ulardagi bilimlar ruhiyat qonuniyatlariga, bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga asoslanmagan bo`ladi. Shu tufayli qariyalar yoki katta yoshdagi kishilar bilan bolalar o`rtasida «anglashilmovchilik g`ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o`zgartirish lozim. Bu narsani o`zgartirish uchun ularni psixologiya va pedagogika hakidagi bi­limlar bilan muayyan darajada qurollantirish kerak.

O`z-o`zidan ma’lumki, bolalarning ruhiy xususiyatlarini qariyalarga hamda katta yoshdagilarga tanishtirish oilada totuvlik, hamjihatlik, iliq ruhiy iqlimni barpo qiladi. Bolalar­ning katta yoshdagilarga va qariyalarga bo`lgan iliq munosabati, mehr-muhabbati, namuna-timsol yoki maslak sifatida qarashi va boshqa jarayonlar orqali o`zaro tushunuv namoyon bo`ladi. Farzandlarga nisbatan qilingan yumshoq yoki qo`pol muomala ularning ruhiy dunyosida ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Kishi kayfiyati yo ko`tariladi yoki mutlaqo buziladi.

Qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvori va xulqini, qobiliyati va qiziqishini, umuman olganda, ularning ruhiy dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada normal (mu’tadil) ruhiy iliq iqlim mavjud bo`lishi mumkin.

Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonasiga oyoq bosishi bilan o`yin faoliyati o`rnini o`qish faoliyati egallay boshlaydi. Ba’zan ular qiyinchiliklar oldida bardosh bera olmay injiqlik qiladilar. Bunday holatning oldini olish uchun uni erkalatmaslik, hamisha qo`ygan talabini qattiqqo`llik bilan amalga oshiravermaslik darkor. Uning o`rniga yo`l-yo`riq ko`rsatish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Faqat ana shundagina unda irodaviy sifatlar shakllanadi.

Bunday yoshdagi bolalarga oilada talab bir xil bo`lishi yaxshi natija beradi. Ularning talab va istaklarini dalillar asosida tushuntirishga harakat qilish, noto`g`ri yoki qalbaki ahborotlar berishdan saqlanish kerak. Yolg`on javob berish orqali ota-onalarning farzand oldida obro`si pasayadi, chunki ular uyda olingan javob bilan o`qituvchisining javobini solishtiradilar va shu asnoda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlaydilar. Ular uchun boshlang`ich sinf o`qituvchisi donishmand, bilimdon, ishbilarmon shaxs rolida namoyon bo`ladi.

Oilada kattalar obro`si qo`rqitish asosida vujudga kelmasdan, balki samimiylik ila hurmat zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, xatti-harakati, kiyinishi, mehnat faoliyati, o`zga kishilar to`g`risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg`ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Kichik yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan hamda kattalarga ishonuvchan bo`ladilar. Ota-onalar ularning bu xususiyatlarini inobatga olgan holda muloqotda bo`lsalar, oilada totuvlik qaror topadi. SHu fazilatlar bola ongiga singib boradi va u kelajakda ahloqan sog`lom o`smir bo`lib etishadi.

O`smirlik davrida (11—15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o`zgarishlar yuz beradi. Bu o`zgarishlarga qator sabablar ta’sir qiladi. Jumladan, uning biologik jihatdan taraqqiyoti, jinsiy o`sishi, pedagogik jamoa ko`lamining kengayishi, qurshab olgan muhit ta’siri va boshqa omillar. Ana shu omillar ta’siri natijasida uning ruhiyatida keskin burilish yasaladi. Shuning uchun maktabda, oilada va kucha-kuyda o`zini tutishi o`zgaradi; ahloqiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi. Xuddi shu davrda o`smirlarda shaxsiy fikrini ma’qullash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo`lish, kamchiliklariga o`z vaqtida iqror bo`lmaslik, o`jarlik, o`zbilarmonlik, o`zini kattalardek his etish kabi xususiyatlar ko`zga tashlana boshlaydi.



Ota-onalar o`smirlar bilan muloqotga kirishishda ularning izzat-nafsiga tegmasligi hamda kalaka qilmasligi zarur. U holda ota-onaga bo`lgan mehr-muhabbat, samimiy hurmat o`rnini nafrat, hasad egallashi mumkin. Hamisha ularga haqiqatni silliq muomala orqali tushuntirish darkor: «O`g`lim, ugit-kengashimni qulogingga ol, bilimsizlikni tashla. Kimning talqoni bo`lsa, shinniga qoradi. SHuningdek, aqlli kishi nasihatni qabul qiladi» (M. Koshg`ariy, Devonu lug`atit turk, I tom, Toshkent, 1960, 413-bet.) qabilida gapiriladi.

O`smirlarning jinsiy tarbiyasiga rahnamolik qilishi ota-onalarni farzandlarga yanada yaqinlashtiradi. Ota-onalar ularning murabbiysi, maslahatgo`yi, sirdoshi rolida hayot maydoniga otilib chiqadilar. O`smirlarning yurish-turishi, mehr-oqibati, aqliy kamoloti turlicha bo`ladi. Shuning uchun ular bilan muomala qilishda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutilsa, oilada o`zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, ruhiy moslik vujudga keladi. Bu erda otaning onaga yoki aksincha, bir-birlariga qilgan munosabatlari ham shu iqlim shart-sharoitlariga tubdan mos tushishi shart. Chunki ota-onaning o`zaro totuv hayot kechirishi oilaning tarkib topishi borasidagi asosiy omildir. Xalqimiz shuning uchun ham «eru xotin qo`sh ho`kiz» deb aytishgan.

O`spirinlar (16—18 yoshlar) o`zlarining ruhiy xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan voyaga yetgat, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o`z-o`zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo`ladi. SHu tufayli ular vazmin, mulohazali bo`ladilar, katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko`zlaydigan, kelajak uchun qayg`uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. Shuning uchun ota-onalar o`spirin farzandlari bilan maslahatlashib ish tutishlari, didlariga, mulohazalzriga quloq solishlari, umuman ularning ra’yiga qarashlari, ko`p o`rinda hisoblashishlari lozim.



Ba’zan o`spirinlar ichida tarbiyasi qiyinlar ham uchraydi. Ota-onalar ularga nisbatan boshqacharoq yo`l tutishlari, nopok yo`llarga boshlovchi sabablarni aniqlashi hamda unday illatlarga qarshi kurash olib borishlari shart. Agar oiladagi ruhiy iqlimga hadeb salbiy ta’sir etaversa, u holda pedagogika jamoasiga va jamoatchilikka murojaat qilgan ma’qul. Vaholanki, o`zbek xalqida, bir bolaga etti mahalla otalik qiladi degan gan bor, bu bejiz emas.

O`spirinlarda insoniyat uchun eng muqaddas, nozik tuyg`u — muhabbat kurtagi paydo bo`ladi. SHu tuyg`u qalbini qamrab olishi tufayli uning ruhiy dunyosida ayrim o`zgarishlar yuz beradi. Ota-ona farzandlarining bunday tuyg`usidan habardor bo`lishi, ruhan tetiklashishi, maslahatlar berishi, namunalar keltirishi zarur. Ular bilan muomala qilish davomida sevgi, muhabbat, oshiqlik kabi so`zlarni ehtiyot bo`lib ishlatishlari, endigina o`sib kelayotgan tuyg`usiga bolta urmasliklari lozim.



Odatda o`spirinlarda kiyinish, yurish-turishda haddan tashqari bachkanalik hollari uchrab turadi. Bunday paytda ota-onalar majbur qilish, haqoratlash, izzat-nafsiga tegish yuli bilan emas, balki ularga samimiy suhbat orqali tushuntirishlari, ta’sir etishlari, «Satang sovuqda qotibdi» kabi iboralarning mag`zini chaqib berishlari yaxshi samara beradi.

O`spirinlarga kasb tanlashda to`g`ri yo`llanma berish ularning qiziqishlarini e’tiborga olishlari lozim. Ayrim ota-onalar farzandlarining mayliga, intilishiga, ra’yiga qaramasdan oliy o`quv yurtlariga majburan kirib o`qishni tavsiya qiladilar. Ko`pincha o`z kasbini seva olmagan yigit yoki qiz o`quv dargohini tashlab ketadi. Bunday ko`ngilsiz hol oila tinchligini buzadi, farzandlar bilan katta yoshdagilar o`rtasida ko`ngilsiz voqealar sodir bo`ladi. Shuning uchun, takror aytamizki, ota-onalar far­zandlarining kasb tanlashida hisoblashishni sira unutmasliklari kerak.



Oiladagi ruhiy iqlim, totuvlik hamisha barqaror bo`lishi uchun qariyalar, ota-onalar o`z farzandlarining ruhiy dunyosini bilishlari va ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ish tutishlari maqsadga muvofiqdir. Farzandlar har qachongi vaqtda ham oilada o`zidan kattalarga hurmat bilan qarashi kerak.

Shu o`rinda aytish kerakki, ota-ona bolaga hunar tanlashida yordam berib, shu hunarda obro` topgan, barakali mehnat qilgan kishining qo`liga shogirdlikka berishi kerak. Bizga ustoz-shogirdlikning natijasi ma’lum. Ustoz otangdan ulug`, deydi dono xalqimiz.

Oila tarbiyasi jarayonida bolalar ongiga singdiriladigan ahloqiy qoidalar, urf-odatlar, an’analarga rioya qilish yo`l-yo`rig`i zerikarli, quruq nasihatguylikdan iborat bo`lib qolmasligi lozim. Aksincha, eng yaxshi omillardan biri—aniq hayotiy omillarni tahlil qilish orqali to`g`ri tushuncha va tasavvurlarni xosil qilishdir. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hayotiy misollardan, badiiy adabiyot materiallari, mashhur kishilar haqidagi, hotiralar, esdaliklar va ularning tarjimai hollaridan foydalanish yaxshi natija beradi.

Oilada mehnat taqsimotini to`g`ri va adolatli amalga oshirish farzandlarda har xil ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish mehnatsevarlik xislatini vujudga keltiradi. Mehnat ulushlarini o`g`il-qizlarning yoshiga, kuchiga, didiga, qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda taqsimlash ularda kundalik ehtiyoj, zaruriyat hissini tug`dirish bilan birga mas’uliyat degan odob xislatini ham barqarorlashtiradi.

Oilada bolalar faoliyatini tashkil etishda nimalarga ahamiyat berish zarurligi haqida gapirganda, avvalo, atoqli pedagoglarning bu masaladagi qimmatli fikrlariga to`htalib o`tish zarur deb o`ylaymiz. Bunda atoqli pedagoglar: N.K.Krupskaya, A.S.Makarenko, V.A.Suhomlinskiylarning ta’limotidan hamda Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, H.H.Niyoziy, Abdulla Avloniy, T.N.Qori-Niyoziy kabi ma’rifatparvarlarning g`oyalaridan foydalanadi.

Pedagog N.K.Krupskaya 1898 yilda nashr ettirgan «Ishchi ayol» degan asaridayoq jamiyatda bolalarni oilada va ijtimoiy yo`sinda qanday tarbiyalash yo`llarini nazariy jihatdan asoslab bergan edi.

N.K.Krupskaya jamiyatimiz uchun yangi insonni tarbiyalab etishtirish vazifasini ilgari surar ekan, xoh oilada bo`lsin, xoh ijtimoiy tarbiya muassasalari va maktabda bo`lsin tarbiyaning asosiy maqsadi haqikiy mehnat kishisini tarbiyalab etishtirishdan iboratligini uqtirgan edi. «Biz mehnat respublikasida yashayotganligimizni zarracha bo`lsa ham unutmasligimiz kerak. Bizga mehnatdan kochuvchi oyimtillalar emas, balki mohir qadoq qo`llar kerak»,—deb ta’kidlagan edi N.K.Krupskaya. Demak, bu ulug` pedagogning fikricha, oilada bolalarni birinchi galda mehnatsevarlik ruhida tarbiyalab, voyaga etkazish lozim.

A.S.Makarenkoning oilada bolalarni tarbiyalash haqidagi qimmatli fikrlari uning bir qator kitoblarida, ayniqsa, «Ota-onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi haqida lektsiyalar» degan asarlarida to`la bayon etilgan.

Novator-pedagog «Ota-onalar kitobi»da: «Hozirgi ota-onalar bolalarni tarbiyalab o`stirish bilan mamlakatimizning kelajak tarixini va demak, dunyo tarixini ham tarbiyalab etishtiradilar» deb ta’kidlaydi.

Bolalarni tarbiyalash ishida eng muhim shart — oilaning mustahkam, ma’naviy sog`lom asosga qurilganligi, avvalo, ota-onalarning o`zlari tarbiyalangan bo`lishlari, ular o`rtasida totuvlik, axillik, chin do`stlik barqaror bo`lishi, bolalarni kelajak hayotga tayyorlash — ularning kundalik e’tiqod tarzida mas’uliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda qo`llashlari kerak. Aks holda, «Qamishni bo`sh ushlasang, qo`lingni qiyadi» degan ran bor. Bir donishmand «bir bolani tarbiya qilish, bir davlatni idora qilishdan ko`ra qiyin kechadi», degan edi. Modomiki shunday ekan, farzandlarimiz tarbiyasini, barcha ishlardan ustun qo`ya bilishimiz kerak.

A.S.Makarenko “Ota-onalar kitobi”da bolalar tarbiyasi xususida har xil oilalarni misol qilib keltiradi, ularning qanday asosga qurilganini aytib, undagi salbiy tomonlarni ham, ijobiy tomonlarni ham ko`rsatib o`tadi.

A.S.Makarenko oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalashda ota-ona namunasi, ularning obro`si muhim rol o`ynashini birinchi o`ringa qo`yadi. Tashqi ko`rinishdan dilkash, o`z farzandlariga g`amxo`r bo`lib ko`ringan, ammo ota-onalik ma’naviy qiyofasini butunlay yo`qotgan, jahl-g`azab o`tini sochib o`z farzandining yosh murg`ak qalbini kuydirayotgan, uning kelajagini bugayotgan, salomatligini izdan chiqarayotgan, hayotdan bezdirayotgan, uning jamiyat uchun ham, o`z hayoti, kelajagi uchun ham mutlaqo yaroqsiz bo`lib qolishiga sabab bo`lgan kishilar, yaramas oila muhiti, kaltabin, jaholatparast ota-onalar xususida atoqli pedagogning kuyunib gapirishlarida jon bor.

U ota-onalarga qarata: «Siz bolangiz bilan yonma-yon bo`lganingizda emas, balki uyda yo`q paytingizda ham tarbiyalay oling. Sizning tarbiyaviy ta’siringizni bolangiz doimo his qilib tursin», deydi. Bunga, albatta, ota-onalar o`z farzandlari oldidagi yuksak obro`si orqali erishishlari mumkin.



Oilada bolalarning o`zlari bajaradigan yumushlari bo`lishi lozim. Bolalarning o`z topshiriqlarini a’lo darajada bajarishlarini, boshlagan ishlarini ohiriga etkazishlarini, ishdagi saranjom-sarishtaligini, mas’uliyatni sezish tuyg`usini, tashabbuskorligini, ijodkorligini ota-ona qattiq nazorat ostiga olishlari yaxshi natijalar beradi.

Kichik yoshdagi bolalar hayotida o`yinning ahamiyati katta. Atoqli pedagoglar «bola kichikligida o`yin faoliyatiga qanday munosabatda bo`lsa, katta bo`lganida ham mehnat faoliyatiga huddi shunday muno­sabatda bo`ladi», deb ta’kidlaydilar. Krupskayaning fikricha, 5—6 nafar bolaning boshini qovushtirib, ularni o`yin faoliyatiga jalb eta olgan, o`yinning borishini muvaffaqiyatli tashkil etib, o`z tengdoshlari faoliyatini to`g`ri uyushtirayotgan bolalardan kelgusida davlat arboblari etishib chiqishi ehtimoldan holi emas. Bunga misol tariqasida jahongir Amir Temurni olishimiz mumkin.

Ertaklar, badiiy adabiyot va san’at asarlari kichik yoshdagi bola­larning murg`ak qalblarini to`lqinlantirib, ularning estetik va ahloqiy jihatdan shakllanishlarida g`oyat muhim rol o`ynashi hammaga ma’lum.

Atoqli pedagog V.A.Suhomlinskiy insoniyat baxti uchun tug`ilgan kishilardan biri edi. Uning 30 dan ortiq asarlari, 300 dan ortiq maqolalari bolalar tarbiyasiga bag`ishlangan. Xususan, V.A.Suhomlinskiyning «Tarbiya haqida», «O`g`limga hat», «Bolalarga jonim fido» kabi asarlari g`oyatda mashhur bo`lib, ularda bolalarni tarbiyalash yo`llari har tomonlama ko`rsatilgan. Bu kitoblarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va nafosat tarbiyasi berish orqali haqiqiy fuqaroni voyaga etkazish mumkinligi aytilgan.

Ayniqsa, V.A.Suhomlinskiyning bolalarni ilk davridan sog`lom o`stirish zarurligini qayd yetgat g`oyalari «Bolalarga jonim fido» kitobida bayon etilgan. Bu kitobning boblaridan biri «Sog`lomlik, sog`lomlik va yana bir karra sog`lomlik» deb ataladi. Binobarin, «Suhomlinskiy bolalarning sog`lomligi haqida g`amho`rlik qilish sistemasini ishlab chiqqan bo`lib, bu sistema o`quvchining hayotini oqilona tashkil etishga, gimnastikaga, to`g`ri ovqatlanish tartibiga asoslangan edi va bu sistsmada asosiy narsa — sof havoda bajariladigan har xil mehnat turlari edi».

V.A.Suhomlinskiy inson shaxsi kamolga etishining murakkab yullarini sinchiklab, qadam-baqadam ochib beradi, uning uchun mehnat eng birinchi quvonch, insonning eng zarur ehtiyoji bo`lib qoladi. U tadqiqotlar asosida bolalar kasalliklarining, bolalar dangasaligi, zaifligining sabablari oilaviy tarbiyaning nuqsonlarida yashiringanligiga ishonch xosil qiladi. U bolalarni tarbiyalashni ota-onalardan, ahloqan tarbiyani esa bolaning sog`ligi haqida g`amho`rlik qilishdan boshlaydi».

Bolaning faoliyatini to`g`ri tashkil etishda oilaning roli nihoyatda katta ekanligi to`g`risida o`zbek ma’rifatparvarlari g`oyatda qimmatli fikrlarni bayon yetgatlarki, o`qituvchi bu to`g`ridagi zarur fikrlarni Abu Rayhon Beruniyning «Minerologiya», Ibn Sinoning «Tib qonunlari», I. Husanxo`jaevning «Alisher Navoiy ta’lim va tarbiya haqida», Abdulla Avloniyning «Toshkent tongi», T.N.Qori Niyoziyning «Hayot maktabi» kitoblaridan, Abu Nasr Forobiyning mulohazalaridan olishi mumkin.

Abu Nasr Forobiyning e’tiqodiga ko`ra, «O`zida o`n ikki tug`ma xislatni birlashtirgan kishigina ahloqli odam bo`la oladi». «Birinchidan bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy yetgat bo`lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo`lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin; (ikkinchidan) barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to`g`ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so`zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo`lsin; (uchinchidan) hotirjam, juda baquvvat bo`lsin, ko`rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo`lsin; (to`rtinchidan) zehni shu darajada tez va o`tkir ishlasinki, biron narsaning alomatini sezishi bilan, bu alomat nimani bildirishini tez bilib olsin; (beshinchidan) so`zlari aniq bo`lsin, fikrlarini va aytmoqchi bo`lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin; (oltinchidan) bilish va o`qishga muhabbati bo`lsin, o`rganmoqchi bo`lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o`zlashtira olsin; (ettinchidan) ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko`z bo`lmasin, tabiati qimor o`yinlarini o`ynashdan uzoq bo`lsin va ular keltiradigan hursandchilikdan jirkanadigan bo`lsin; (sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo`lsin, yolg`on va yolg`onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo`lsin; (to`qqizinchidan) ruhi g`ururli va o`z vijdonini qadrlaydigan bo`lsin, uning ruhi o`z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo`lsin; (o`ninchidan) dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin; (o`n birinchidan) o`z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilirni sevadigan, adolatsizlik va jabr-zulmga hamda jabr-zulm o`tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo`lsin, o`z odamlari va boshqalarga adolatli bo`lsin, go`zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga taqdim yetgat holda, odamlarni adolatga targ`ib etadigan va adolatsizlik natijalarini yo`qotadigan va ularga yo`l qo`ymaydigan bo`lsin; (o`n ikkinchidan) adolatli bo`lsin, ammo qaysar bo`lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o`zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik va pastkashlik oldida qat’iy bo`lsin, o`zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko`rsatish va qo`rqmas, jasur bo`lsin, qo`rqish va ojizlikni bilmasin».

O`qituvchi Forobiyning hayotga, odamlarga, ijtimoiy muhitga bo`lgan holis, sog`lom qarashlarini alohida ta’kidlab, bu to`g`rida o`z fikrini qo`yidagi so`zlar orqali asoslaydi: “Forobiy razil, iflos xislatlarni qoralash, ahloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob ahloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo`yish bilan ham jismoniy, ham ahloqiy, har jihatdan yetuk va mukammal bo`lgan inson idealini yaratadi va uni har qanday ta’lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo`yadi» (Xayrullayev M. Forobiy ruhiy protsesslar va ta’lim-tarbiya to`g`risida. T. «O`qituvchi», 1967, 87-bet).

Alisher Navoiy yosh avlodni voyaga etkazishda ta’limni tarbiya bilan birga uzviy bog`lab olib borish zarurligini qayd etadi. Ota-onaning hamda o`qituvchining jamiyat oldidagi vijdoniy burchi, vazifasi bolaga ilm o`rgatish va uning ma’naviy qiyofasini xush-xulq, xushodob bilan bezashdir, deb uqtiradi.

Shoir, yozuvchi, tarjimon, pedagog, davlat arbobi Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik g`oyalari farzandlarni voyaga etkazishda har bir oila, ota-ona uchun dasturulamal ta’limotdir. Ayniqsa, uning didaktik (ta’limiy) mazmunda yozgan va ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan «Turkiy guliston yohud Ahloq» asari g`oyat mashhur bo`lib, Abdulla Avloniy umrini abadiylashtiruvchi mangu obidadir.

Tajriba va kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, oilada bolalar faoliyatini to`g`ri tashkil etish ularning kelajagini yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsada, biroq, ota-onalar bunga yetarlicha ahamiyat bermaydilar. Ota-onalarning beparvoligi, beg`amligi, loqaydligi tufay­li bolaning qimmatli vaqti ko`pincha behuda o`tadi.

Kun tartibiga amal qilmaslik vaqtdan unumli foydalana bilmaslikni keltirib chiqaradi. Hatto uyda dars tayyorlash uchun ma’lum tartib-qoidalar borki, bola bu tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi, o`z navbatida, ota-onalar bu faoliyatni nazorat qilishlari lozim. Mutahassislarning fikricha, bola dars tayerlashi uchun mustaqil ish stoliga ega bo`lishi va dars qilayotganida bu stolda tegishli daftar-kitoblardan bo`lak ortiqcha narsalar bo`lmasligi zarur. Hatto qaysi o`quv fanlari bo`yicha uy vazifalarini qachon, qay tarzda bajarish shartlari mavjud bo`lib, bunda:



a) dars tayyorlashni o`rtacha qiyinchilikdagi o`quv fanidan boshlash;

b) keyin qiyin o`quv fanlarini (matematika, fizika va h. k.) tayyorlash;

v) ohirida esa oson o`quv fanlari bilan shug`ullanish maqsadga muvofiqdir.



Har bir 45 minutlik dars tayyorlash faoliyatidan so`ng 10-15 minut tanaffus qilish kerak. Atoqli pedagog A.S.Makarenko tavsiya yetgat bu tartib metodik tomondan hamon ahamiyatlidir.

Uy sharoitida o`g`il bolalar bilan qiz bolalar bajaradigan ishlar, turli yumushlarda ma’lum darajada farq bor, albatta. Biroq o`rni kelganda har ikkala jinsdagi bolalarning duch kelgan yumushlarni bajarishlari foydadan holi emas. Bu to`g`rida N.K.Krupskaya «Ayollar bajaradigan ishlarni o`g`il bolalarga o`rgatish kerakmi?» degan maqolasida ham yozgan edi.

Bolalarni ozodalikka, saranjom-sarishtalikka, mehnatni qadrlashga, kattalarni, ayniqsa, keksalarni hurmat qilish va mehribonlik, kichiklarga g`amho`rlik ko`rsatishga o`rgatish g`oyatda muhimdir, ota-onalar buni farzandlariga uqtirib, ular faoliyatiga katta e’tibor bilan qarashlari lozim. Ular o`g`il-qizlarining xatti-harakatlaridan ogoh bo`lib turishlari, hatto kichik bo`lib ko`ringan hato va kamchilik uchun ham murosasiz bo`lib, ularni tez orada bartaraf etish choralarini ko`rishlari lozim. Chunki bugun arzimas bo`lib ko`ringan kichik hato ertaga katta hatolarga yo`l ochib beradi buning oqibati yomon bo`ladi.



Oilada to`ng`ich farzand boshqa farzandlarga g`amxo`r, mehribon bo`lishi lozim. Xalqimizda «Katta arava qayerdan yursa, kichik arava ham shu yoqda yuradi» degan naql bor. Zero, to`ng`ich farzand o`zining barcha yaxshi fazilatlari bilan boshqa kichik bolalarga namuna bo`lishi kerak.

Atoqli cheh pedagogi Yan Amos Komenskiy «Oila - ahloq maskanidir» deb qayd qilar ekan, onaning farzandga beradigan mehri uning qalbida butun insoniyatga bo`lgan mehr-muhabbatni paydo qiladi, deb aytgan edi.

«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, ahloq-odobini ham yaxshilangizlar»,- deyiladi Muhammad payg`ambar hadislaridan birida.

Farzand hayotning guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayot fayzlidir. Biroq, farzandlar xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko`zga tashlanadi, ularni o`z vaqtida oldini olib, bartaraf etmaslik gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun oilada farzandlarga hadis namunalarini uqtirib borish kerak.

Pedagogika fani atamasida «tarbiyasi qiyin» degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha odatda sho`h va qaysar o`quvchilarga nisbatan ishlatiladi. SHuningdek, tarbiyasi og`ir bolalar qatoriga o`zboshimcha, hatto bezori va zararkunanda darajasiga tushib qolgan o`smirlar ham kiradi; ularni tarbiyalash, hayotda haqiqiy to`g`ri yo`lga solib yuborish oson ish emas, albatta. Biroq astoydil, e’tiqod va fidoyilik ko`rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og`ir va mashaqqatli ishda muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo`q emas. CHunki atoqli pedagog V.A.Suhomlinskiy aytganidsk, yomon bola yo`q, faqat yomon tarbiyachi bor, holos. Xalqimiz «onasini ko`rib, qizini ol» deb bejiz aytmagan.

Bola ruhiyati va madaniyatidagi nuqsonlarni o`z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta’sir o`tkazish orqali, shubhasiz, samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlariga asoslangan holda ish yuritish ko`zlagan maqsad sari etaklaydi.

Tarbiya ishining zargarning mehnatidek nozik ish ekanligini unutmagan holda, bolani eng kichik yosh davridan boshlab xulq-odob, yurish-turish malakalariga o`rgatib borish, buning uchun, avvalo, mashq qildirish, suhbat, tushuntirish, ishontirish, ibrat-namuna kabi ilmiy-amaliy metodlardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Inson mashq qilish, ayrim odatlarni egallash orqali har qanday mo`’jizalar yarata oladigan darajadagi qudratli kuchga ega. Dorbozu polvonlarning mahorati-yu, kosmonavt-uchuvchilarning jasorati tinimsiz mashq natijasi ekanligini to`g`ri tushuntira olmasak, kelajakda «Sab’ai sayyor»dagi Bahromdek o`z mahoratlariga qandaydir rag`batlantirishni talab qilishlarining guvohi bo`lamiz.

Vaqt-vaqti bilan ahloqiy mavzularda suhbat o`tkazib, bolaning ongiga ta’sir etish ham ahamiyatlidir. Bunday suhbatni badiiy asar qahramonlari, Vatanimizning ajoyib kishilari hayoti va faoliyati to`g`risida, tabiat olami haqida qiziqarli qilib o`tkazish mumkin. Bunda o`g`il va qizlarning yosh xususiyatlari, bilim saviyalari, aqliy imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari e’tiborga olingan holda tarbiyaviy tadbirni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shu xususda bolalarning din ahllari bilan muloqotda bo`lishi ham maqsadimizni oydinlashtiradi. Islom hadislarida «Din — nasihatdir» deyilgan. Darhaqiqat, yomon gapga pichoq qinidan, yaxshi gapga ilon inidan chiqadi.

Shaxsning rivojlanib, tarkib topishida asosan uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga molikdir: biologik omil, ijtimoiy shart-sharoit (muhit) va tarbiya. Binobarin, kishining ma’naviy qiyofasi, uning fe’l-atvori, voqelikka munosabati, ilg`or dunyoqarashi huddi ana shu uchta omil tufayli qaror topadi. Zotan insonning haqiqiy komil inson darajasiga o`sib etishishida mazkur uchta omilning roli birdek ahamiyat kasb etadi. Muayyan sabablarga ko`ra, bu omillarlan birortasi marom darajasida bo`lmay, shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy ko`rinishlarni keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs ma’naviy qiyofasida chekinish yuz beradi — uning tarbiyasi buzila boshlaydi.

Binobarin, «bolani boshidan, niholni yoshidan asra» degan hikmatga amal qilgan holda, yosh bug`inni eng kichik yosh davridan boshlab g`oyatda e’tibor bilan tarbiyalab borilsa, zarur xulq-atvor ko`nikmalarini shakllantirilsa, farzandlarning kelajagi haqida qayg`urib, vatan oldidagi mas’uliyatimizni doimo his yetgat holda ota-onalik burchimizni sharaf bilan ado yetgat bo`lamiz. Ana o`shanda bolalarimiz muhim xarakter xislatlarini egallab, ular oilaninggina farzandi bo`lib qolmasdan, vatanga va xalqiga munosib farzand bo`lib voyaga etadilar.

Bola yoshligida hamma narsaga havas qiluvchi, o`zidan kattalarga taqlid qiluvchi bo`ladi. Ba’zan kattalarning yomon qiliqlarini o`zlashtirishga ulgurgan bo`ladilar. Bola xarakteriga xos bunday xususiyatlar tarbiyada ksng ildiz otgan, uni ko`proq oiladagi to`g`ri tarbiya va o`rinli, asosli tanbehlar, ibratomuz ugitlar zamirida ulg`aytirsak, bu illatni asta-sekin yo`qotish mumkin. Ammo biz kattalar ba’zida erkalanib yolg`on gapirib kelgan bolalarga befarq qaraymiz: bunday qusurlarga «shunchaki kamchilik» yoki «hali bola-ku» degan tushuncha bilan yondashmasligimiz kerak. Aks holda ana shu yuqoridagi «shunchaki kamchilik»lar qimmatga tushadi.

Har bir millatning tarixiy an’ana va urf-odatlari, udumlari, hullas hayot tarzini ko`z-ko`zlovchi madaniyatiga g`amho`rlik qilish, shu asosda ularni yangi-yangi mazmun bilan boyitish millatning tafakkur, fikrlash qobiliyatini qayraydi, boyitadi. Shogirdning ustozdan o`rganadigani ham shu masalalar bo`lgan, shuning uchun ham xalqimiz «ta’lim bergan ustozingdan ayrilma», deydi.

«Navro`z» — o`zbek xalqining juda katta milliy bayramidir. Uning mazmunida xalqimizning yashash tarzidagi bahorni iliq qarshi olish, erga birinchi urug` qadash, sumalak, non ulashish, kurash, hashar, uloq, arqon tortish, dor o`yin, aytishuv, topishmoq sahnasi, quloq-cho`zma, o`tganlarni eslash kabi yuzlab an’ana, urf-odat va udumlari bor. Tabiiyki, ushbu marosimlarni bajarish, ijro etishda til bilan tafakkur ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, bu jarayonda millatning idroki, tafakkuri natijalari so`z, jumla va gaplarda voqea bo`ladi.

Olimlar fikricha, oilada bolalar kitobxonligini mohirona tashkil etish ahloqiy go`zallik tarbiyasida katta rol yo`naydi. Shunga ko`ra, bolalar kitobxonligini tashkil etishda oila va maktab hamkorligini o`rnatish, bunda maktabning etakchilik rolini oshirish maqsadga muvofiqdir. Keyingi paytda Yassaviyning «Hikmat»lari, hadis namunalari kabi qator kitoblar ko`p nushada nashr etildi.

Oilada bolalarning kitobxonligini uyushtirishni qo`yidagicha amalga oshirish mumkin:


  1. Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlarni to`g`ri tanlash.

  2. Ma’lum tartib asosida badiiy kitoblarni o`qish uchun vaqt hamda sharoitni to`g`ri belgilash.

  3. Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomondan ta’sir etadiganlarini tanlash va kerakli adabiyotlarni to`plab, oila kitobxonasini tashkil etilishi; kattalar va bolalar kitoblari alohida javonlarda tartibli saqlashnishi kerak.

  4. Bolalar kitobxonligini bog`cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda metodistlar va sinf rahbarlari, mutahassislar bilan doimiy aloqa o`rnatish.

  5. Oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda turli usullarni topish.

Tajriba va kuzatishlar oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda suhbat, ifodali o`qish, hikoya, bahs-munozara metod va usullaridan foydalanish yaxshi samara berishini ko`rsatadi.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish