3-bosqich: undalmalarni o’zlashtirish darajalarini aniqlash. Undalmalarni o’zlashtirishning uch darajasi mavjud: 1-daraja-undalmalarni ko’nikma darajasida o’zlashtirish. Bu erda bolalar o’quv materialining asosiy hususiyati bilan dastlabki tanishadi, bilimlarni mustaxkamlaydi; 2-daraja-undalmalarni malaka darajasiga o’zlashtirish. O’rganilgan bilimlarni esga tushirish va ularni turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish ko’nikmalarining malaka darajasiga ko’tarilishga olib keladi. Malaka-bu avtomatlashgan ko’nikmadir; 3-daraja-undalmaga oid bilimlarni, faoliyat usullari (berilgan undalmalarni topish, tayanch so’zlarni undalma vazifasida qatnashtirib nutq tuzish, undalmalarda tinish belgilarni ishlatish va shu kabilar)ni tushuncha darajasida o’zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |