Buxoro davlat universiteti pedаgogikа fаkulteti boshlаng`ich tа’lim аsoslаri kаfedrаsi


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi



Download 1,22 Mb.
bet15/39
Sana08.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#168437
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Birinchi sinf o’quvchilarining nutqiy faoliyatini rivojlantirishda fonetik o’yinlardan foydalanish metodikasi

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: ish kirish, ikki bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.

I BOB

TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA FONETIK O’YINLAR ORQALI NUTQ MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI

Ona tili o’quv dasturi tahlili.

O’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, "Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oily ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablami belgilaydi. Davlatta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir".

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom"ga binoan umumiy o'rta ta'lim, shu jumladan, boshlang'ich ta'lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta'lim standarti talablari va me'yoriy ko'rsatkichlari belgilab qo'yildi.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ta'kidlanganidek: "Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi"da e'tirof etilganidek, olti yoshga to'igan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o'qish uchun tayyor bo'iganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta'lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o'qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalami o'qitishga tayyor bo'iganda ulami maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti, yetti yoshli bolalar, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda o'qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat'iy diagnostika qilinishi shart".

"O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizomda ta'kidlanganidek: "Boshlang'ich ta'lim o'qish, yozish, sanash, o'quv faoliyatining asosiy malaka va ko'nikmalari, ijodiy fikrlash, o'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sag'lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishini ta'minlashga da'vat etilgan".2 Shu asosga ko'ra, boshlang'ich sinflarda o'quvchilaming umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.

Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlami o'zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadr.l

Boshlang'ich ta'lim bosqichi oldiga qo'yilgan vazifai'arnlng bajarilishini nazorat qilish ta'lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta'lim standarti asosida davlat boshlang'ich sinf O'quvchilaridan st;:lndartda belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o'z navbatida, bu ko'rsatkichlarga erishish uchtm zarur bo'igan ta'limiy xizmatlar va vositalar bilan ta'minlaydi.

Boshlang'ich ta'lim davlat standarti o'quv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilandi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta'lim mazmuni ko'lamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta'lim standartini belgilash boshlang'ich ta'lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko'zda tutadi.

Davlat ta'lim standarti boshlang'ich ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o'quvchilar egallashlari lozim bo'igan bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa, o'z navbatida, o'quvchilaming egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon yaratadi. Boshlang'ich ta'lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang'ich sinf o'quvchilarida ko'nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta'lim sohalarining mujassamlashgan parametrlari tashkil qiladi.

Boshlang'ich ta'lim standarti mazkur ta'lim bosqichining har bir ta'lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta'lim sohasining modernizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta'lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e'tibor boshlang'ich ta'lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to'laqonlilikni saqlab qolishga qaratiladi.

Boshlang'ich ta'lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo'yiladigan talabda ta'lim sohalari bo'yicha o'zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg'unlik to'la ta'minlangan bo'lmog'i kerak. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim standartini belgilash ta'lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang'ich ta'lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo'liash imkonini beradi. Quyidagi pedagogik omillar ta'lim jarayonida yangi texnologiyalami qo'llash mumkin:

- boshlang'ich ta'lim jarayoniga kiritilgan har bir ta'lim sohasi bo'yicha belgilanadigan ta'lim mazmuniga mos tarzda o'quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta'minlash;

- ta'lim jarayonini ta'lim sohalarining maqsadiga bo'ysundirish va ta'lim sohalararo maqsadlar mutanosibligini ta'minlash;

- har bir ta'lim sohasi bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarida hosil bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalaming aniq darajalarini hamda ta'lim natijasini baholash mezoniga qo'yiladigan talablami boshlang'ich ta'lim standartining asosiy parametrlari bo'yicha ish lab chiqish.

Boshlang'ich ta'lim standarti ta'lim sohalariga qo'yilgan standart ko'rsatkichlami mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta'lim sohalarida belgilab qo'yilgan ta'lim standartining ko'rsatkichlari tashkil etadi. Ta'lim sohalari bo'yicha ta'lim natijasining sifati xuddi mana shu ko'rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o'rinda, belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o'ichov birliklarida ifodalanadi.

Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta'lim tamoyillariga asoslanib, jahon tajribasiga tayangan holda O'zbekiston Respublikasidagi boshlang'ich ta'lim tayanch o'quv rejasi doirasiga Dna tili, matematika, labial hamda inson va jamiyat ta'limi sohalari kiritiladi.

Boshlang'ich ta'lim bosqichida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, arab kabi) tillami o'rganish ixtiyoriy bo'lib, u maktab komponentidagi soatlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. O'zbek maktablari uchun rus tili, o'qishlar boshqa tillarda (rus, qozoq, turkman, tojik, qirg'iz va boshqa) olib boriladigan maktablarda davlat tili (o'zbek tili}ni o'qitish konsepsiyasidan hamda "Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o'zbek tili davlat ta'lim standarti"da o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu sohalarda olib boriladigan ta'lim mazmuni mazkur standart talablariga tayangan holda belgilanishi lozim. Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini anglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakafarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki, butun ta'lim tiziminiuyushtiruvchita'limjarayoni sifatida qaraladi.



Ona tili ta'limi standarti ko'rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o'z fikrini savodli, mantiqiy izchiliikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o'rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.

Boshlang'ich ta'lim bosqichida o'quvchining ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o'qish texnikasi, o'zgalar fikrini va main mazmunini anglash hamda fikmi yozma shakida bayon etish malakasi.

O'qish texnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq belgilarini, talaffuzda ifodalash ko'nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan.

Bu parametr orqali o'quvchining notanish bo'lgan matnni ifodali o'qiy olish ko'ikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko'rsatkich sifatida ifodali o'qish tezligi, ya'ni berilgan matndan minutiga nechta so'z o'qiy olish ko'rsatkichi belgilangan. Sinfdan sinfga o'tish, miqdoriy ko'rsatkichdagi belgilarsoni oshishi bilan birga, berilgan matnni o'qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi.

Matn mazmunini anglash, o'zgalar nutqini eshitish va fikrini anglash malakasi o'quvchining og'zaki bayon qilayotgan o'zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini angiay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametrning ko'rsatkichlari o'quvchi 10 minutda qancha sahifa matnni o'qishi, o'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og'zaki qayta bayon qilish darajasini aniqlaydi.

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo'lib, ona tili ta'limirting maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o'quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo'yicha ta'lim sifatining natijasini baholashda o'qituvchi tomonidan quyidagi ko'nikmalarning darajasi aniqlanadi:

  • fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;

  • mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab,
    aniq va h.k.};

  • tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;

  • tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

  • imloviy (yozma) savodxonlik.

Mazkur standart mezonlarining o'zaro uzviy bogliqligi (integratsiyasi)ni nazarda tutib, o'qish ona till ta'limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omit hisoblanadi.

Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.

Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q ja­rangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni aj­ratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil ta­laffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy o’yinlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.

I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy o’yinlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek­sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.

So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.

So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish o’yinlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.

Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:

1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);

2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);

3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).

O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:

a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;

b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;

v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.

O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:

1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);

2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarang­li, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;

3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;

4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).

O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh­lar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul kul, dil til, zina – sina, joychoy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish