Buxoro davlat universiteti pedаgogikа fаkulteti boshlаng`ich tа’lim аsoslаri kаfedrаsi


II BOB TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA FONETIK O’YINLAR ORQALI NUTQ MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI



Download 1,22 Mb.
bet28/39
Sana08.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#168437
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Birinchi sinf o’quvchilarining nutqiy faoliyatini rivojlantirishda fonetik o’yinlardan foydalanish metodikasi

II BOB

TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA FONETIK O’YINLAR ORQALI NUTQ MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI

2.1 Sinflarda ona tili darslarida fonetik o’yinlar tizimini ta’limga tadbiq etish

Ona tili ta’limi samaradorligini oshirish shartlaridan biri ta’lim vositalarining, jumladan, fonetik o’yinlar tizimi o’yinlarning, o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlariga mosligidir. Bundan fonetik o’yinlar tizimio’yinlarni ta’lim jarayoni bosqichlariga ko’ra tahlil etish, har bir bosqichga mos keladigan mashq tipini belgilash ehtiyoji tug’iladi.

Ta’lim jarayoni bosqichlari mohiyatini xisobga olib, fonetik o’yinlar tizimio’yinlarning quyidagi tiplari belgilanadi.

Tayyorlovchi o’yinlar–bu tipdagi o’yinlardan yangi mavzuni o’rganishga kirish yasash, oldin o’rganilgan va bugun o’rganiladigan mavzular o’rtasida mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash, bolalar nutqidagi shu mavzuga oid dalillarni faollashtirish maqsadida foydalaniladi. Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o’tkazilgan o’yinlar faol ta’lim uchun ruxiyaviy xolat yaratadi, ta’limning muammoli tashkil etilishini ta’minlaydi, o’rganilayotgan dalillarning o’quvchilar nutqida faollashishiga olib keladi.

Hamrox o’yinlar–yangi o’quv materialini bayon qilish (tushuntirish) paytida, shuningdek, yangi mavzuni o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’rganayotganda o’tkaziladigan mashqdir. Bunday mashqning moxiyati yangi mavzuga oid bilimlarni idrok etish jarayoni bilan bog’langanligidir. O’qituvchi “Ot” mavzusiga oid bilimlarni tushuntiryapti deb tasavvur qiling. Bilimlarni tushuntirish paytida o’quvchilarga shunday topshiriqlarni berish mumkin: oldin ish qurollarining, keyin o’quv qurollarining nomini eslab yozing; qarindoshlikni bildiradigan so’zlarni yoddan yozing. Bu hil topshiriqlar asosida o’tkaziladigan o’yinlarning mohiyati yangi mavzuga oid bilimlarni tushunish jarayoniga hamoxangligidadir.

Mustahkamlash o’yinlari–bu tipdagi o’yinlar ona tili darsliklarida yetarlicha berilgan, ulardan maktab o’qituvchilari unumli foydalanishadi. Mustahkamlash o’yinlaridan yangi mavzu o’rganilgach, o’sha o’quv soatning o’zida foydalaniladi. Ular vositasida o’quvchilar ongida yangi mavzuga oid bog’lanishlar hosil qilinadi. Ongda xosil bo’lgan dastlabki bog’lanishlar ko’nikmalarning shakllanish nuqtasidir.

Takrorlash o’yinlari-bunday o’yinlardan yangi mavzu tushuntirilgandan keyin tashkil etiladigan darslarda foydalaniladi. Takrorlash tipidagi o’yinlar ko’nikmalarni malaka darajasida shakllantirish vazifasini bajaradi. Mashq vositasida takrorlanadigan ahborot qancha kichik hajmda bo’lib, tadbiq qilinadigan xolatlar qancha rang-barang bo’lsa, malakalar shuncha takomillashib, odatga aylanadi. Demak, bilimlarning rivojlanib, tarbiya darajasiga ko’tarilishida takrorlash o’yinlari alohida ahamiyatga ega.

Umumlashtirishga oid o’yinlar – bu tipdagi o’yinlardan ona tilidan katta bo’lim, mavzu o’tilgach foydalaniladi. Ular vositasida bilimlar umumlashtiriladi. Masalan, “Ot” so’z turkumi o’rganilgach, quyidagicha mashq o’tkazish mumkin.

Topshiriq. Gaplarni o’qing. Otlarni topib, namunadagidek taxlil qiling.

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Namuna: Odam bahtni mehnatdan topadi.



Odam-bosh kelishikda, turdosh ot, shahs bildiradi, birlikda, kim? so’rog’iga javob bo’ladi, sodda, tub ot, gapda ega vazifasida kelgan.

Yuqoridagi topshiriq asosida mashq o’tkazilganda, bolalar atoqli va turdosh otlar, shaxs, qurol, joy otlari, otning so’roqlari, egalik qo’shimchalari, son qo’shimchasi, kelishik qo’shimchasi, sodda, qo’shma, juft otlar, otlarning gapdagi vazifalari to’g’risidagi tasavvurga tayanib ishni bajarishadi. Bu bilimlarni umumlashtirish, malakalarni odatlar darajasiga ko’tarish uchun asos bo’ladi.

Ta’lim maqsadi bir yoki bir necha mashq vositasida emas, aksincha, ilmiy asoslangan o’yinlar tizimini o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’yinlar to’plami ochiq tizim bo’lib, o’zidan oldin o’tkazilgan o’yinlarning tabiiy davomi, bundan keyin bajariladigan o’yinlarning poydevori sanaladi. Binobarin, o’tkaziladigan o’yinlar o’rtasida vorislikni ta’minlash fonetik o’yinlar tizimio’yinlar tizimini tuzishda rioya qilinadigan etakchi printsip hisoblanadi.

Vorislik prinsipiga tayanib, o’yinlar tizimini shakllantirishda qator talablar nazarda tutiladi. O’yinlarni tizim shakliga olib kelishda uch hil faoliyat hususiyatlari va ularga oid uch hil jarayon xisobga olinadi: o’yinlarni tizimga keltirish faoliyati-bu darslik mualliflari yoki o’qituvchining o’yinlar tizimini tuzishga oid faoliyati. O’yinlarni tizimga keltirish konstruktiv jarayon bo’lib, uning natijasi-o’yinlar tizimining optimalligi darslik muallifi yoki o’qituvchining maxoratiga bog’liq; o’yinlarni ta’limga tatbiq etish faoliyati. Bunday faoliyat o’qitish jarayoni bo’lib, unda mashqdan ta’limning qaysi bosqichlarida foydalanish zarurligi o’z aksini topadi. Ko’rinadiki, o’yinlar tizimini shakllantirishda o’qitish faoliyati hususiyatlari ham inobatga olinadi; mashq qilish jarayoni-bu o’quvchining aqliy va amaliy faoliyati bo’lib, uning amal qilishi natijasida bilimlar takomillashadi, ko’nikma va malakalar rivojlanib, tilga munosabatlar, ijodiy faoliyatlar taraqqiy etadi. Tuzilajak didaktik loyixada-o’yinlar tizimida bolalarning mashq qilish faoliyati hususiyatlari ham xisobga olinadi. Didaktik loyixalash jarayoni va loyixalash faoliyati o’yinlarni ta’limga tatbiq etish jarayoni va o’qituvchi faoliyati, o’qish jarayoni va o’quvchi faoliyati hususiyatlari asosida fonetik o’yinlar tizimio’yinlar tizimi yaratiladi. Bu jarayonlar va ularga oid faoliyatlarning moxiyatini bilmasdan turib, fonetik o’yinlar tizimio’yinlar tizimini asoslash mumkin emas. SHu tufayli ularni aloxida-aloxida taxlil etish zarur.

Didaktik loyixalash jarayoni o’rganiladigan o’quv materiallarini bolal
arbop qilib qayta qurishdir. Didaktik loyixalash boshqa jarayonlarga o’hshab uch elementdan iborat: loyixalashga oid faoliyat, loyixalash vositasi, loyixalash predmeti. Shu elementlarning o’zaro ta’siri natijasi o’laroq loyixalovchi istagan (ko’zda tutilgan) didaktik loyixa-o’yinlar tizimi shakllanadi.

Didaktik loyixalash, avvalo, inson ongining antitsipirik-oldindan ko’ra bilish, payqay olish qobiliyati bilan bog’liq. Shu tufayli loyixada-o’yinlar tizimida uch hil belgi ajratamiz: tadqiq qilish, ta’limni amalga oshirish, ta’limni boshqarish. Yanada ommaboproq aytganda, loyixa vositasida ta’lim jarayonining qonuniyatlari o’rganiladi, ta’limning maqsadi amalga oshiriladi, bolalarning faoliyati tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.

Loyihada-o’yinlar tizimida o’quvchi va o’qituvchi faoliyati moddiylashtiriladi. O’qituvchi va o’quvchi faoliyatining tashqi va ichki hususiyatlarini xisobga olish loyixalovchining maxoratiga bog’liq.

Ona tilidan o’quv materiallarini o’yinlar tizimi shakliga olib kelishda qator talablarga rioya qilinadi: o’yinlar to’plamining o’quv materiallari mazmuniga tengligi-adekvatligi (1); to’plamga kiritilgan o’yinlarning bir-birini to’ldirish (2); o’yinlarning murakkabligi, qiyinligini oshira borish (3); to’plamda ijodiy va standart o’yinlar miqdorining etarliligi (4); o’yinlar to’plamining bilim, ko’nikma, malaka, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yaroqliligi (5); o’yinlar miqdorining etarliligi (6).




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish