Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


O’zbekistonda geografik tasavvurlarning sho’rolar davrida rivojlanishi



Download 1,51 Mb.
bet6/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

O’zbekistonda geografik tasavvurlarning sho’rolar davrida rivojlanishi. O’zbekistonda sho’ro davrida geografiyaning rivojlanishi quyidagi o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi:

  1. 1917 yil oktyabr inqilobidan so’ng O’zbekistonning tabiiy boyliklarini talashni endi sho’rolar hukumati davom ettirdi. Mamalakatimiz boyligidan metropoliya manfaatlari uchun samarali foydalanish maqsadida O’zbekistonda geografik tadqiqotlar sur’ati oshirilib, ko’lami kengaytirildi.

  2. Umumiy geografik va maxsus hududiy tadqiqotlar ko’lami kengaydi. Ilmiy ekspedistiyalar marshrutlari mamlakatimiz hududida turli yo’nalishda kesib o’tib, uning tabiiy sharoitiga iqtisodiy jihatdan baho berish, tabiiy boyliklarni aniqlash va ulardan o’z maqsadlarida foydalanish yo’llari belgilandi. Sho’rolar o’z maqsadlariga erishishni tezlashtirish maqsadida O’zbekistonda mahalliy ilmiy tashkilot va muassasalar tashkil etdilar. Turkiston–O’rta Osiyo-Toshkent-(hozirda O’zbekiston Milliy) universiteti tabiatshunos va geograflar tayyorlash, geografik tadqiqotlarni uyushtirish va o’tkazish, shuningdek yangidan-yangi ilmiy yo’nalishlarni yaratishda katta rol o’ynadi. Keyinchalik O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (1943), shuningdek Respublikamizda oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari ham o’lka tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganishga o’z hissalarini qo’shdilar. Sho’rolar davrida O’zbekiston tabiatini o’rganish asosan 3 yo’nalishda: ekologo-geografik, qiyosiy-geografik va regional-landshaftshunoslik yo’nalishlarida rivojlandi.

Sho’rolar hokimiyatining dastlabki yillari O’zbekiston tabiiy sharoitini sovet hokimiyatining talablaridan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi nuqtai-nazaridan o’rganishga va sanoatini eng muhim mahalliy tabiiy xom ashyolar bilan ta’minlashga katta e’tibor berildi. Mamlakatimiz hududi umumiy geografik jihatdan etarli o’rganilmaganligi sababli inqilobdan oldin boshlangan geografik tadqiqotlar davom ettirildi, xalq xo’jaligi va ilmiy maqsadlar uchun geografik xaritalar yaratish ishlari olib borildi. Bu ishlarni amalga oshirishda Fanlar Akademiyasi va SAGU olimlarining xizmati katta bo’ldi. Fanlar Akademiyasi ekspedistiyalari ko’proq cho’llar va tog`lar yer bag`rida sanoat xom ashyosini izlab topish va zahirasini aniqlash bilan shug`ullangan bo’lsa, universitet olimlari tomonidan dala sharoitida tabiatning barcha komponentlari o’rganildi. Bunda universitet qoshida tashkil etilgan ilmiy-tekshirish institutlarining xizmati katta bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yilliklar (1929-1941 yy) davrida O’zbekiston tabiati komponentlari bo’yicha ham, tabiiy komplekslar bo’yicha ham keng chuqur o’rganildi, maxsus hamda umumiy geografik xaritalar tuzildi. Bu ishlarni amalga oshirishda markaz va erli olimlar samarali ish olib bordilar.

Geologik-geomorfologik umumlashma va g`oyalarga boy uch jiltli «O’zbekiston geologiyasi»ning bosilib chiqishi katta voqea bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston tabiatini o’rganish va tabiiy boyliklarni aniqlash borasida tadqiqotlar davom etdi. Kompleks va tarmoq geografik ekspedistiyalari uyushtirildi, aniq daliliy ma’lumotlar to’plandi.

Urush yillarining ehtiyojlari geologik va botanik tadqiqotlar mavzularini amaliy maqsadlarga moslashtirish va yanada jonlantirishni taqazo etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda (1946-1960 yy) O’zbekiston tabiati barcha komponentlar bo’yicha jadal o’rganildi, yangi ilmiy maktab va yo’nalishlar vujudga keldi. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarni o’rganish, ularni ishlab chiqarishga jalb qilish maqsadida yirik ilmiy ekspedistiyalar uyushtirildi. Bu sharoitda o’zbek olimlarining hissasi juda katta bo’ldi. Shular jumlasidan O’zbekiston tabiatini va boyliklarini o’rgangan yirik olimlardan ekolog-geogaflar N.A.Dimo, D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, R.I.Abolin, K.Z.Zokirov, T.Z.Zohidov, I.A.Raykova, geograflar N.L.Korjinevskiy, N.D.Dolimov. M.Q.Qoriev, L.N.Babushkin, Z.M.Akramov, H.H.Hasanovni alohida qayd qilib o’tish mumkin.

1960-1990 yillarda O’zbekistonda ham geografiya jahon geografiya fanining bir bo’lagi sifatida mazmunan chuqurlashib, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlikni tadqiq etuvchi, masalalarni konstruktiv (amaliy) hal qiladigan fan darajasiga ko’tarildi. Geografik tadqiqotlar geografik qobiq, va tabiiy-hududiy komplekslarda ro’y berayotgan va amalga oshirilayotgan tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni o’rganish, ularning o’zaro bog`liqlik qonuniyatlarini aniqlash va baholashga, istiqboldagi o’zgarishlarni bashorat qilishga qaratildi.

Toshkent davlat universiteti (hozirda O’zMU) tabiiy geograflari tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’siri va uning oqibatlarini, mamlakatimiz tekislik va tog`lik hududlari tabiiy xususiyatlari va boyliklarining barqarorligi hamda o’zgaruvchanligining bashoratlash, tabiatdan foydalanishning ekologik-geografik asoslarini ishlab chiqish bilan shug`ullandilar. Bu bilan O’zbekistonda amaliy geografiyaga asos solindi.

XX asrning 60-yillarida O’zbekistonda hududining tabiatidan va uning resurslaridan to’g`ri foydalanishga bag`ishlangan birinchi ish O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish monografiyasi nashr etildi. (L.N.Babushkin, N.A.Kogay, 1964). Bu ishda O’zbekiston hududi 40 ta tabiiy geografik rayonga ajratilib, ularning har biriga hududdan xo’jalikda oqilona foydalanish nuqtai nazaridan baho berildi. Shundan keyin o’zbek geograflaridan Sh.S.Zokirov Chirchiq-Ohangaron tabiiy rayoni landshaftlari va ulardan oqilona foydalanish, A.A.Rafikov Mirzacho’l meliorativ geografiyasi, P.N.G`ulomov Zarafshon vodiysi cho’l-voha chegarasidagi qishloq xo’jaligiga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy geografik jarayonlar, I.A.Hasanov Qarshi cho’li tabiiy sharoitiga qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baho berish, A.Zaynutdinov Toshkent atrof hududlari tabiatining tarkib topishi A.S.Soatov tabiiy sharoitni shahar qurilishi nuqtai nazaridan baholash mavzularida ilmiy ishlarni olib borishdi. Birqancha monografiya va ilmiy maqolalar nashr etildi. XX asrning 80- yillariga kelib O’zbekistonning ikki jildli kompleks geografik atlasi nashr etildi.

XX asrning 60-90 yillarida geografik tadqiqotlar amaliy geografik muammolar inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni, xususan tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni oqilona o’zlashtirish, tabiiy boyliklardan samarali foydalanish masalalarini tadqiq qilishga qaratildi. Chunki bu vaqtga kelib Orol, Orol bo’yi, atrof muhitning, hususan qishloq xo’jaligi hududlarida tabiatning ifloslanishi muammolari paydo bo’lgan edi.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish