Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Geoekologik muhitning landshaft tahlili



Download 1,52 Mb.
bet84/123
Sana26.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#466671
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan

Geoekologik muhitning landshaft tahlili. Hozirgi kunda hududiy tabiiy geografik tahlil xalq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda va samarali amaliy natijalar bermoqda. Ayniqsa qishloq xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish masalalarini echishda hududiy tahlilni keng va to’liq qo’llanish yaxshi natija beradi. Landshaftlar asos qilib olingan tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi qishloq xo’jalik ishlab chiqishi uchun tabiiy muhitga oid zaruriy ma’lumotlarni beradi. Tabiiy muhitning biror xo’jalik maqsadi uchun yaroqliligini aniqlashda asosiy mezon tabiat komponentlari emas, balki bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan va tabiiy geografik hududlarning mazmunini tashkil etuvchi landshaftlarning tipologik komplekslaridir. Ular tabiiy geografik sharoiti jihatidan nisbatan bir xil bo’lgan joylardir. Binobarin, bunday joylar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tog` jinslari, relef, tuproq va o’simlik qoplami, suvlari, iqlimiga, ya’ni muayyan tabiat komponentlariga asoslanib ham ajratiladi.
Landshaftlar qishloq xo’jaligi ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholanganda ularning mazkur joylarning o’zlashtirish imkoniyatlarini chegaralab turadigan xususiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi. Landshaftlarning bu jihatlari tuproq qoplami (rivojlanishi, sho’rlanish, botqoqlanish darajasi, toshloqli yoki gilli, qumli ekanligi), geomorfologiyasi (relefning xususiyatlari, yer yuzasining notekisligi, yonbag`irlarning qiyaligi) bilan o’zaro bog`liqdir.
N.A.Kogay (1971) yuqorida aytilganlarni hisobga olib landshaftlarni dehqonchilik nuqtai nazaridan guruhlashtiradi va ularni juda past sifatli, past sifatli, o’rtachadan past sifatli, o’rtacha sifatli, o’rtachadan yuqori sifatli, yuqori sifatli tabiiy komplekslarga birlashtiradi (11-jadval)

11-Jadval


Turon provinstiyasi landshaftlarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan guruhlashtirilishi
(N.A.Kogay 1971, 1990 y.)

Landshaftlarni baholash sinfi

Landshaftlar

Landshaftlarning sifati

1

2

3

Juda past sifatli



I. Glyastial-nival landshaftlar

Tuproq qoplamining yo’qligi va tik yonbag`irli (300 dan katta), relefning juda notekisligi tufayli dehqonchilikda yaroqsiz.

II. Baland tog`-cho’l va cho’l-dasht landshaftlari. Baland tog` o’tloq-dasht va cho’l landshaftlari

Toshloq tuproqli va qoyali tik yonbag`irli (300 dan katta), notekis relef sababli dehqonchilikda yaroqsiz.

III. O’rtacha balandlikdagi tog` o’rmon-o’tloq-cho’l landshaftlari

Tuproq qoplamining yuvilganligi va tik yonbag`irli (200 dan katta), parchalangan, o’yiq relef sababli dehqonchilikka yaroqsiz.

IV. Past tog`lar, adir va tog` etagi landshaftlari

Yonbag`irlari juda parchalangan, qiyaligi 8-120 dan 400 gacha bo’lgan relef va toshloq tuproq bo’lganligidan dehqonchilikda juda kam imkoniyatga ega.




V. Sho’rxok erlar va qadimda dengiz qoplagan tekisliklar landshaftlari

Tuproqda tuz miqdori yuqori bo’lganligidan dexqonchilikka deyarli yaroqsiz.

VI. Shamol keltirgan qumli tekislik landshaftlari

Qumli mikrorelef shakllari va qumlarning deflyastiya hamda akkumlyastiya jarayoni keng tarqalganligi uchun dehqonchilikda yaroqsiz.

Past sifatli

VII. Shamol faoliyati ta’sirida kuchli o’zgargan delta tekisligi landshaftlari

Dehqonchilikda oralatib, tanlab foydalaniladi. Qumlarni fitome liorastiyalash talab etiladi.

O’rtachadan past sifatli

VIII. Arid denudastiyali tekislik landshaftlari

Tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning yupqaligi va tuproq qoplamining gipsli bo’lganligidan dehqonchilikda chegaralangan imkoniyatga ega.

O’rtacha sifatli

IX. Tog` vodiylarining tag qismi, tog` etagi tekisliklari, tog` oldidagi parchalangan tekisliklar landshaftlari

Tuproqning toshloqligi va tekislikning notekis mikrorelefli ekanligi sababli dehqonchilikda qisman chegaralangan imkoniyatga ega.

O’rtachadan yuqori sifatli

X. Qayir, ko’l, delta va terassa tekisliklari landshaftlari

Dehqonchilikda yaroqli. Yaxob suvi berish, zovurlar qazish, qisman nivelirlash (tekislash) zarur.




XI. Tog`oldi prolyuvial va prolyuvial-allyuvial tekisliklar landshaftlari

Dehqonchilikda eng yaxshi (juda qulay) sharoitga ega.

Yuqori sifatli

XII. Vohalar landshaftlari

Antropogen o’zgartirilgan madaniy vohalar, juda qulay.

Tekislikdagi cho’l zonasidan to baland tog`larning glyastial-nival zonalarigacha bo’lgan hududlardagi past sifatli landshaftlar dehqonchilikka yaroqsiz bo’lsa-da, yaylov chorvachiligi uchun yaroqli landshaftlardir. Allyuvial, allyuvial-delta, prolyuvial-allyuvial tekisliklarning tabiiy komplekslari o’rtachadan yuqori sifatli landshaft sifatini tashkil etib, qishloq xo’jaligida o’zlashtirish uchun eng qulay sharoitga ega. Landshaft komplekslarini o’rganishda va ularni sinf va kichik sinflarga, guruhlarga ajratishda qiyosiy tabiiy geografik asos bo’lgan bunday yondoshuv o’z mohiyatiga ko’ra komplekslik xususiyatiga ega.
O’zbekistonning tabiiy geografik regionlarida turli sifatga ega bo’lgan landshaftlarni ajratish katta amaliy ahamiyatga molik. Shuningdek, respublikamizning ma’muriy birliklari-viloyat va tumanlarida ham landshaftlarni qishloq xo’jalik nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish mumkin.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish