Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,52 Mb.
bet35/123
Sana26.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#466671
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan

Shamollar. O’zbekiston hududida asosiy shamollarning yo’nalishi fasllarga qarab farq qiladi. Respublikaning shimoliy tekislik qismida qish oylarida shamollar ko’proq shimoli-sharqdan esadi. Janubga tomon shamollar yo’nalishi o’zgarib, avval sharqdan, so’ngra janubi-sharqdan esadi. Bunga qishda yuqori bosim markazi-Markaziy Osiyo (Sibir) antistikloni sabab bo’ladi. Yozda asosiy shamollar yo’nalishi O’rta Osiyo janubi va Hindistonning shimoli-g`arbidagi past bosim markazlarining tarkib topishi natijasida o’zgaradi.
Yozda O’zbekiston hududi Turon termik depressiyasi ta’sirida bo’lganda shamol asosan shimoli-g`arbdan, g`arbdan va shimoli-sharq tomonlardan esadi. Respublikamizning sharqiy tog` oldi va tog`li hududlarida shamolning yo’nalishiga relef katta ta’sir ko’rsatadi. Bu erlarda asosan sharqiy, janubi-sharqiy shamollar ko’p esadi. Bu hududlarda tog`-vodiy, fyon kabi mahalliy shamollar ko’proq bo’ladi.
O’zbekistonda shamolning o’rtacha tezligi umuman olganda katta emas. Tekisliklarida shamol tezligi sekundiga 3-4 metr atrofida bo’lsa, tog` oldi va tog`larda sekundiga 3 metrdan kamroqdir. Shamolsiz kunlar ham ko’p, ayrim joylarida bu ko’rsatkich yilning yarmidan ko’prog`iga to’g`ri keladi. Kuchli shamollar respublikamizda tog` oraliq botiqlaridan tekislikka chiqish joylarida kuzatiladi. Farg`ona vodiysidan «Xo’jand darvozasi» orqali Mirzacho’l tomon «Bekobod» yoki «Hovos» shamoli esadi. U yiliga o’rta hiobda 52 kun kuzatiladi. Darvoza orqali Mirzacho’ldan Farg`ona vodiysi tomonga esuvchi shamolga «Qo’qon» shamoli deyiladi. Bu shamol yiliga o’rta hisobda 53 kun kuzatiladi. «Bekobod» shamoli asosan qishda, ya’ni darvozadan g`arbda bosim past, sharqda, Farg`ona vodiysida yuqori bo’lganda esadi, shamolning tezligi sekundiga 30-40 metrgacha etadi. Yozda shamolning tezligi kamroq, sekundiga 15-25 metr atrofida bo’ladi. Xo’jand darvozasining har ikkala tomonida yiliga o’rta hisobda 40-60 kun kuchli shamol esadi.
Tog`-vodiy shamoli respublikamizning barcha vodiylarida kuzatiladi, ayniqsa Chirchiq-Ohangaron vodiysida barqaror bo’ladi. Tog`-vodiy shamoli tekislik va tog`dagi havo bosimidagi farqdan kelib chiqib, kunduz kuni vodiy bo’ylab toqqa, tunda esa tog`dan pastga tomon esadi.
Respublikamizning tog` oldi hududlarida qish va bahor oylarida tog`dan pastga qarab esadigan iliq, quruq fyon shamoli xosdir. Stiklon past bosimli bo’lganidan havoning tog` vodiylari bo’ylab pastga tushishiga sabab bo’ladi. Pastga tushayotgan havo zichlashib, har 100 metrda o’rta hisobda 10 ga isiydi. Havoga ko’tarilgan chang zarrachalari Quyosh nurida qizib, ular ham havoning isishiga sabab bo’ladi. Bu hodisa «Voeykov effekti» deb ataladi. Qishda fyon shamoli esganda, masalan, Chirchiq vodiysida havo to’satdan isib ketib, harorat +200gacha ko’tariladi va bunday holat 3-4 kun davom etadi.
Yoz va bahorda esadigan kuchli, issiq, quruq shamol garmsel deyiladi. U Qizilqumda qizigan quruq havoning atrofga esishidan hosil bo’lib, bahor va yozda kuzatiladi. Tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Garmsel esganda havo harorati keskin ko’tarilib, 400 dan oshadi, nisbiy namlik 5-10 % gacha pasayadi, ba’zan quyuq to’zon ko’tariladi. Jazirama issiq va tuproqda nam etishmasligi natijasida ekinlar quriydi. Ayrim hollarda chang bo’ronlari ko’tarilib, havo xiralashadi, nafas olish qiyinlashadi. Bunday hodisa Farg`ona vodiysida, Samarqand va Buxoro viloyatlarida yiliga o’rta hisobda 10-15, boshqa erlarda 4-10 marta kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining eng janubida tez-tez kuzatiladigan g`arbiy va janubi-g`arbiy kuchli shamolni «Afg`on» shamoli deyiladi. Bu shamolning paydo bo’lishi sovuq havoning O’rta Osiyo tekislik qismiga bostirib kirishi va sovuq frontning yaqinlashishiga bog`liq. Shimoldan kelgan havo sovuq, zich va og`ir bo’lganligidan janubdagi Parapamiz tog`laridan o’ta olmay, tekisliklarda to’planib, yuqori bosim markazi vujudga keladi. Hisor va Ko’hitang tog`lari bilan to’silgan Surxondaryo, Kafirnihon, Vaxsh havzalarida esa havo iliq, bosim past bo’ladi. Shunga ko’ra, bu hududlarga qarab kuchli g`arbiy va janubi-g`arbiy shamollar esadi. Termiz yaqinida «Afg`on»shamoli yiliga o’rta hisobda 16 kun esadi. Bu shamol tog`lardan oshib tushib, qishda iliq havo, boshqa vaqtlarda esa issiq havo keltiradi. Uning tezligi ayrim vaqtlarda sekundiga 15-20 m ga etadi, qum va changni to’zitadi, ba’zan havoni shu qadar xiralashtiradiki, 100-200 metr naridagi xech narsani ko’rib bo’lmaydi. Bu shamol bahorda esganda qishloq xo’jaligiga juda katta zarar etkazadi.
O’zbekistnda kuzatiladigan iqlimning noqulay xususiyatlariga qishki qattiq sovuqlar, kuzda sovuqning erta tushishi, bahordagi kechki sovuqlar, jala yomg`irlar, do’llar, qalin qor yog`ishi va yaxmalaklik, yozgi jazirama issiqlar, kuchli shamollar, chang-to’zon ko’tarilishi, issiq shamol (garmsel) va boshqalar kiradi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish