BOBOTOG` OKRUGI
Okrugni g`arbda Surxondaryo shimoldan Hisor, sharqdan Kofirnixon, janubdan Amudaryo vodiylari o`rab turadi. Biz okrugning sharqiy chegarasini shartli ravishda O`zbekistonning Tojikiston bilan bo`lgan ma'muriy chegarasi orqali o`tkazamiz.
Bobotog` okrugi bo`r, paleogen, neogen davr yotqiziqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular alp tektonikasi ta'sirida ko`tarilgan. O`zining geologik tuzilishi jihatidan eng yosh o`lka hisoblanadi. Bu yerdagi keksa tog` jinslari bo`r davriga xos bo`lib, Qizil gil, Qizilqumtosh, Qizil mergol konglomerat hamda ohaktoshlardan iborat. Tog`ning quyi qismlari esa paleogen va neogen davr ohaktoshlari mergellari, Qizilqumlari va konglomeratlar uchraydi. Okrugning tog` etaklaridagi daryo vodiy va botiqlarida antropogen davrning allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari, lyossli qumloq, shag`al va boshqa yotqiziqlar ko`p uchraydi.
Bobotog` okrugi relyefiga ko’ra ham Hisor - Zarafshon okrugidan farq qiladi.
Bobotog` Hisor tog`idan Hisor vodiysi orqali ajralgan bo`lib janubda to 37gr. 30 min. shimoliy kenglikkacha taxminan 100 km cho`zilgan. tog`ning janubiy qismi Tusuntog`, Turtog` so`ngra Kakitog` deb atalib, to Amudaryog`acha borib yetadi. Lekin okrug hududiga Bobotog`ning o`zi kiradi. Uning janubiy qismi Tojikistonga qaraydi.
Okrug hududida Bobotog`ning o`rtacha balandligi 1200-1500m. Eng baland qismi 38 gr. shk. Zarkosa cho`qqisidir. (2286m)
Okrug kuchli denudatsiyaga uchragan. Daryo va soylar kesib yuborgan. Uning ustiga karst jarayoni relyefni murakkablashtirgan.
Okrugning tog`li o`lka bo`lishiga qaramay qishi iliq, yozi esa issiq bo`ladi. Okrug shimoldan, sharqdan katta-katta tog`lar bilan o`ralgan va janubda joylashganligi bunga sabab. Okrugning hamma oylarida o`rtacha harorat 0 gr. dan yuqori bo`ladi. Faqat Zarkosa cho`qqisi atrofida yanvar - fevral oylarining harorati 0 gr. dan past.
Yoz oylari issiq quruq, iyulning o`rtacha harorati +20+28 gr. Yog`in miqdori 250-300 mmdan 500 mm gacha. Okrugda doimiy oqadigan daryo va soylar yo`q.
Okrugning lyossli jinslardan iborat 600m dan pastlik qismlarida och bo`z tuproqlar lyoss qavati yuvilib ketgan rayonlarda esa toshloq shag`al bo`z tuproqlar uchraydi.
600-900 m balandliklarda qumoq va qumloq jinsli yerlarda oddiy bo`z tuproq tarqalgan. 900m dan yuqorida esa toshloq yerlar ko`p bo`lib, kserofit butalar ko`p o`sadi. Ular tagida karbonatli jigarrang tuproqlar tarqalgan. O`simlik olamida ko`p yillik kserofit butalarni ko`p bo`lishi bilan farqlanadi.
Qizilquloq , mingbosh, pistazorlar, tikanli butalardan itburun ko`p uchraydi. Okrugning yuqori qismlarida archa, zarang, pista va bodom o`sadi. Okrugda sariq yurmonqoziq, sug`ur, Buxoro bug`usi, o`qilon, agama kaltakesagi, ko`zoynakli ilon, kaklik va kalxat uchraydi.
Okrug boshqa tog`lardan bodom va pistazorlarning ko`pligi bilan farq qiladi. Bobotog` okrugini rayonlarga ajratmasdan 4 ta landshaftga bo`lish orqali uning umumiy xususiyatlarini izoxlab berish mumkin.
MA’RUZA № 10 (19-ma’ruza)
Do'stlaringiz bilan baham: |