TARG’IL MUSHAK TOLASI MIKROSTRUKTURASI - Targ’il mushaklarning miofibrillalari o’rta hisobda 2500 protofibrillalardan (iplardan) tuzilgan. Protofibrillalar miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho’ziq molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar aktin iplarga nisbatan ikki marotaba yo’g’onroq (diametri taxminan 10 nm). Mushak tolasi tinch holatda turganida, ingichka uzun aktinlarining uchlari yo’g’onroq va kaltaroq miozin o’rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop disklar faqat aktin iplardan, anizotrop disklar esa miozin va aktin iplardan tashkil topgan. Anizotrop diskning o’rtasida aktin iplardan hosil bo’lgan H xoshiya joylashganligi ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |