Jismoniy tarbiya daqiqalari. Bu mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. Bunda dars davomida o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotidan to‘xtatilib, o‘rindiqlar yo‘lkasida saflanadi va bo‘yin, gavda, bel, qo‘l va oyoq uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Bu mashg‘ulotlarning maqsadi uzoq vaqt bir xil holatda gavdani tutishga o‘tganmagan yosh bolalar qomatini to‘g‘ri shakllantirishdir. Dars davomida yosh bolalar bir xil holatda uzoq muddat qolib umurtqa pog‘onasi va tayanch harakat apparatida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Jismoniy tarbiya daqiqalari shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari bir xil holatda uzoq muddat faoliyat ko‘rsatadigan kasb egalari bilan ham o‘tkaziladi.
Tanaffuslardagi harakatli o‘yinlar. Tanaffuslar kollej o‘quvchilarining dam olishlari va navbatdagi darsga juda samarali tayyorlana olishlari uchun foydalanilishi zarur. Tanaffuslardagi o‘yinlarni uyushgan xolda o‘tkazish tadbirlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Ular bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi va bolalarni juda toliqtirmasligi xam kuchli qo‘zg‘atmasligi kerak. Tanaffusdagi o‘yinlar qish vaqtida ham ochiq havoda o‘tkazilgani ma’qul. Tanaffusdagi o‘yinlarga jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yoki tarbiyachi rahbarlik qilishlari kerak. Ular o‘quvchilarni to‘g‘ri va qiziqarli o‘ynashlarini, jarohatlanmasliklarini, hammani jismoniy harakatlarni shug‘ullanayotganligini nazorat qilib boradilar. Tanaffusda harakatli o‘yinlarni uyushgan holda o‘tkazish o‘quvchilar tartib intizomni mutahkamlaydi. Tanaffuslarda sportchi faol o‘quvchilar va yoshlar uyushmalari a’zolari bolalar o‘yinlari va mashg‘ulotlari boshqaradilar. O‘yinlar va mashg‘ulotlar dars boshlanishga 5 minut qolganda to‘xtatilib o‘quvchilar yuvinib, kiyinib darsga tayyorgarlik ko‘radilar. Tanaffusdagi mashg‘ulotlar o‘quvchilar yoshi, jismoniy rivojlanishi va jinsiga muvofiq takomillashib boradi. Kollej o‘quvchilari bilan harakatli o‘yinlar tashkil etilsa, o‘quvchilari bilan sport o‘yinlari, estafetalar o‘tkazish mumkin.
Kollejda darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishidir. Kollejda darsdan tashqari ishning vazifalari quyidagilardan iborat. Kollej oldida turgan o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish; O‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlashga, organizmni chiniqtirishga, ularning xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga yordam berish; O‘quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish xamda kengaytirish; O‘quvchilarida tashkilotchi malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish; O‘quvchilarni yaxshi dam olishlarini tashkil etish; o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ishtiyoq uyg‘otish. Darsdan tashqari ishlarga o‘quvchilarni yoppasiga jalb qilish uchun mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishning xilma-xil shakllaridan foydalanish lozim. Bunda ularning yoshi, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi. O‘quvchilar bilan amaliy ish olib borish uchun to‘garaklar tuziladi. Birinchi navbatda butun yil davomida ishlaydigan umumiy jismoniy tayyorgarlik to‘garaklari tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |