Ochiq havoda chiniqish. Ochiq havoda chiniqish–bu xavfsiz chiniqish tadbiridir. Muntazam chiniqishning boshqa turlariga o‘tishda ishni mana shu havo vannasi olishdan boshlash tavsiya etiladi.
Havoning chiniqtiruvchi ta’siri uning haroratiga bog‘liqdir. Biroq, havoning namligi va harakat tezligini hisobga olmoq kerak. Badanning issiqlik sezish xususiyatiga qarab turib, havo vannasi bir necha turga bo‘linadi. Issiq havo vannasi, salqin havo vannasi va sovuq havo vannasi. Bunday bo‘linish shartli bo‘lib, hamma uchun hisoblangan oddiy me’yoriylardir. Tabiiyki, sovuqni sezish chiniqqan kishilarda bundan ancha past haroratda bilinadi.
Havo vannasi qabul qilishni oldindan shamollatib qo‘yilgan xona ichida boshlash tavsiya etiladi. Shundan keyin, chiniqa borish darajasiga qarab, bu tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazish mumkin. Vanna uchun eng qulay joy-havosi chang va zararli gazlardan holi bo‘lgan, ko‘kalamzor, soya-salqin joylardir. Vanna qabul qilganda yotib, o‘tirib yoki harakat qilib, yurib turish kerak. Nam havoda va shamol bo‘lib turgan paytda vanna olish muddati qisqartiriladi. Yomg‘ir yog‘ib turganda, tuman tushganda va shamolning harakati sekundiga 3 m|s dan oshganda bu tadbir amalga oshirilmaydi.
Havo vannasining me’yori ikki yo‘l bilan belgilanadi va amalga oshiriladi, birinchidan, havo harakatining asta-sekin pasaytirib borish yo‘li bilan yoki, ikkinchidan, bir xildagi harakatda tadbir o‘tkaziladigan vaqtni asta-sekin uzaytirish yo‘li bilan bajariladi. Dastlabki havo vannalari sog‘lom kishlar uchun 20-30 minut davom etishi kerak. Bunda havoning harorati 15-20 bo‘lmog‘i zarur. Shundan keyin tadbirni o‘tkazish vaqti har kuni 10 minutdan oshirib boriladi, shu tariqa u ikki soatga yetkaziladi. Ikkinchi bosqich-bu havo vannasini 15-10 haroratda, 15-20 minut davomida qabul qilishdan boshlanadi. Bu vaqt ichida albatta qo‘lni, oyoqni siltab bajariladigan shaxdam, jadal harakatlarni bajarib turish kerak.
Sovuq vannani yaxshi chiniqqan kishilargina, ular ham shifokor nazoratidan o‘tgandan keyingina qabul qilishi mumkin. Qabul qilish vaqti-5-10 minutdan oshmasligi kerak. Sovuq vanna qabul bo‘lingach, badanni artib qizdirish va iliq dush qabul qilish kerak. Havo bilan chiniqish paytida kishi o‘zini-o‘zi qiynab sovuq qotish darajasigacha bormasligi lozim. Qattiq sovuq qotishning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq bir oz yugurish zarur va bir nechta gimnastika mashqlarini bajarish darkor.
Ko‘pincha shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni keltirib chiqaradigan yelvizakda chiniqish muhim ahamiyatga ega, ular kutilmaganda gavdaning uncha katta bo‘lmagan uchastkalariga ta’sir ko‘rsatib, uni sovutadi. Bu narsa darhol sezilmaydi va organizmda yetarli darajada himoya reaqsiyalari uyg‘otmaydi. Bunda yelvizak gavdaning butun sirtiga baravar ta’sir qilishiga erishmoq kerak.
Maxsus havo vannalaridan tashqari har qanday iqlim sharoitida ochiq havoda sayr qiilb yurish, butun yil davomida fortochkani ochib uxlashga odatlanish organizmga g‘oyat foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bu tadbirlarning har ikkalasi ham yuqori nafas olish yo‘llarini sovuqqa chidamlilik, barqarorlik darajasini oshiradi. Badanga havo kirib turadigan yengilroq kiymlar kiyib yurish ham muayyan darajada chiniqtiruvchi samara berishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |