O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
SERVIS SOHASI IQTISODIYOTI
KAFEDRASI
«IQTISODIYOT» fanidan
K U R S I S h I
Mavzu: _______________________________________________
_______________________________________________________
Bajardi: _________________ guruhi talabasi _________________
(imzo) (ismi sharifi)
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022 y.
Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Buxoro – 2022 yil
KURS IShI UChUN TAQRIZ IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI SERVIS SOHASI IQTISODIYOTI KAFEDRASI “Iqtisodiyot ” fani Guruh. 3-1 IQTKT - 21
Talaba familiyasi va ismi-sharifi. Rustamov Sharif Iso o’g’li Kurs ishi mavzusi. Bank tizimi –Moliya tizmimining asosiy qismi sifatida ......................................................................................................... Kurs ishinin tarkibi ............................................................................................. ……………………………………………………………………. Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:................ .......................................................................................................... .......................................................................................................... ……………………………………………………………………. ……………………………………………………………………. Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi)....................................................................................... Kurs ishining ijobiy tomonlari......................................................... .......................................................................................................... Kurs ishining kamchiliklari.............................................................. .......................................................................................................... Kurs ishiga qo'yilgan baho............................................................... Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi................................... ………………………………………………………………………
Mavzu; Bank tizimi – moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida.
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………4
1-bob , Bank – moliya infra tuzilmasining turi
Banklarning iqtisodiyotdagi o’rni , paydo bulishi va rivojlanish bosqichlari ………………………………………………………………..5
Asosiy bank turlari……………………………………………9
Bank operatsiyalari tavsifi …………………………………....14
2-bob , O’zbekistonda bank tizimini rivijlantirishning imkoniyatlari
2.1 Banklar faoliyatini muvofiqlashtirishning xuquqiy-iqtisodiy asoslari…18
2.2 Milliy valyuta tizimini tartiblashda Markaziy bankning roli…………...23
2.3’Mikrokireditbank’ Bankning iqtisodiy faoliyat taxlili xulosasi………...26
Xulosa …………...………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………………33
Kirish
Moliya tizimining asosiy omillaridan biri - bu bank tizimidir . Biz bu mavzuda banklarning paydo bo’lishi , kimlar tomonidan vujudga kelgan , bank tizimiga qachon asos solinganligi , va banklarning iqtisodiyotda tutgan o’rni haqida to’htalib o’tamiz . Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklar alohida o’rin egallaydi , chunki bankda tuplangan pul mablag’larni to’ to’g’i yo’naltirish ,va yangi beznes boshlaydigan beznesmenlarga , o’z beznesiga ega bo’lgan beznesmenlarga o’z beznesini yanada kengaytirshga imkon beradi . Hozirgi kunda << Kichik beznes va hususiy tadbir kororlik >>ni rivojlantirishda banklar tomonidan katta miqdorda kreditlar , supsediyalar , va bir qancha qulayliklar yaratilmoqda . Aholida bo’sh turgan pul mablag’larini banklar tomonidan jalb qilinishi , va tadbirkorlik bilan sho’g’illanmoqchi bo’lgan aholiga , banklar tomonidan kreditlar ajratiladi , bu banklarning asosiy vazifasi hisoblanadi .
Xorijiy va mahalliy ekis pertlarning qayd etishicha , so’ngi yillar davomida respublikada asosiy tamoil - ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida unversallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda . B u esa bank operatsiyalari mazmuni va krediy munosabatlari mohiyatlarini oldindan belgilab beradi .
Mazko’r yo’nalishda banklar o’z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar . Ya’ni , aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbir korlaning kreditlardan foydalanish keng keng imkoniyati bilan munosib holda rivojlantirildi . Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi , ilgari qabul qilingan “ is’temol krediti to’g’risida “gi va “ipoteka to’g’risida” gi qonunlar doirasini yanada kengaytirdi .
1-BOB; Bank- Moliya infra tuzilmasining turi
1.1.Banklarning iqtisodiyotdagi o’rni,paydo bulishi va rivojlanish bosqichlari.
Baniklarnining mohiyati va funksiyalari , shuningdek , bajaradigan operatsiyalari va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularni vujudga kelish omillari , rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim . Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma ‘ lum darajadagi xususiyatlarga egadir . Banklar mulkiy jihatdan qanday shakilda tashkil topgan bo’lishidan qa ‘ tiy nazar , iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan operatsiyalarni bajaradi . Shu bois ham banklar qanday mulkiy shakilda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo'lishidan qa’tiy nazar , ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi
Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so’z ketganda , dastlab jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari , shuningdek , xo’jalik yurutuvchu subeyikitlar va aholining ularga bulgan ehtiyoj doirasida so’z yuritish maqsadga muofiq . Bularning barchasi banklarning iqtisodiyoydagi ahamiyatini anglatadi .
Albatta , banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda kup qirrqli bulib , ularning asosiylari quidqgilardan iborat ;
Jamiyqtdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar
asosida o’ziga jalb etadi
Qushimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoj mavjo’d xo’jalik yurituvchi subektlar va aholiga qaytarishlik , to’lovlik muddatlik va ta’minlanganlik asosida mablag’lar beriladi ;
Millliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredeti siyosatini amalga oshiradi ;
Pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi ;
Iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o’rtasida hisobkitob va tulovlarni amalga oshirishda vositachilik qiladi ;
Bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komision va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi ;
Aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarni taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri,
Jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’ini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotga tegishli tarmoqlarga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi . Ma’lumki , jamiyatda faoliyat yurituvchi xujalik subyektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olshga qaratilgan .Shu bilan birga , ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda tyrlicha bo’lganligi bois , ma’lum davirda ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlanishi uchun qushimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’ilsa , ayrimlarida aksincha . Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi [ qishloq ho’jaligi , qayta ishlovchi korxonalar , qurilish sanoati va boshqalar]
Sababli , moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtuyojni keltirib chiqarsa , iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi .
Bu ikki tomonning iqtisidiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi . Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’ini tegishli shartlar asosida jalb etib , ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi gurux iqtisodiyot tarmoqlariga , ya’ni qo’shimcha moliyaviy resurislarga ehtiyoj sezgan xo’jalik subyektlarga qayta taqsimlab beriladi .
Bizningcha , ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy tashkilot samaraali va tez hal eta olmaydi . Banklarning ushbu uziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belilaydi .
Banklarning iqtisidiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan biri , bu ularning xo’jalik yurituvchi subyektlar aholi va davlat tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob - kitoblarni tashkil etishi va ularni ustida tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Ma’lumki , bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik xo’jalik subyektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o’tkazmalari amalga oshiriladi . Bularning barchasi bank tomonidan oshiriladi va tartibga solib turiladi .
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi . Ularning asosiylari quidagilardan iborat ;
A . Aholi va mijozlarning banklarga bulgan ishonchining mustahkamligi . Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o’tilgan qisqa davirda yig’ilgan tajribalarning natijasi shuni kursatmoqdaki , bozor iqtisodiyotining asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va halollikka tayanadi . Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo’gan ishonchi yo’qolishi bilan bog’lab ko’radigan bo’sak , banklarga nisbatan ishonch yo’qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi roli pasayishiga olib keladi .
Aholi va mijozlarning banklarga bo'lgan ishonchining zaifligiga quidagilar sabab bulishi mumkun ;
Aholi va mijozlarning kiriditga , ayniqsa naqt pulga bo’lgan talabi to’liq va o’z vaqtida qondirilmas ;
Mijozlarning pul o’tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o’tkazilmas ;
Banklarda omonatlarini saqlashning iqtisodiy manfaatdorlogi pasayib
va ketishi boshqalar ;
B .Malakat iqtisodiyotida bozor mexanizimi to’liq va barchaga barobar ravishda amal qilishi lozim . Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1991-yil mustaqillikka erishganimizdan so’ng iqtisodiyotni markazdan boshqarishning buyrokratik usullaridan voz kechib , iqtisodiyotni boshqarishning bozor mehanizimlariga o’tdik – deganimiz bilan amaliyotda buning ijobati to’liq namoyon bo’lmayapti . hususan tijorat banklarining xo’jalik subyektlariga keridetlarni berishda ayniqsa mijozlarning naqt pullarga bulgan talabini qondirilmasligi bu boradagi vaziyatning dolzarbligini anglatadi . Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimliginidan dalolat beradi .
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi – harakatlari , balki milliy iqtisodiyotning rivojlangalik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi . Chunki , banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda , subyekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkun emas . Masalan , banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishni oladigan bo’lsak , muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim . Aks holda , milliy valyutaning inflatsiya darajasi oshishi bilan birga , uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi.
Demak , muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim . Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovorlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
Demak , iqtisodiyotda tovor masasi va pul massai o’rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi , birinchidan bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa , ikkinchidan , milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi . Biroq bu muvozanatlikni ta’minlashga qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir qiladi .
Masalan, 90 – yillarning oxirida Rossiyada, shuningdak , qator sobiq ittifoq respublikalarida , shu jumladan mamlakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketadi .
Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzulishlari vujudga kelishiga , shuningdek , xo’jalik yurutuvchi subyektlar o’rtasida debitor-kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keladi.
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini , ya’ni ularning ro’lini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko’rishimiz mumkun . Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo’lib , ushbu ehtiyoj ayniqsa ,iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi . Inqiroz sharoitida iste’mol tovorlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi , davlat buyurtmalari hajmini qisqarishi , debitorlarning to’lovga layoqatsizligi korxonalarda qo’shimcha moliyaviy reseruslarga bo’lgan kuchli taklabni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Albatta ushbu talab to’lig’cha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishu , birinchidan , maqsadga muvofiq emas .
Ikkinchidan , banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurislarning taqchilligi paydo bo’ladi.
Bundan tashqari , eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to’liq qaytmaslik xavfi , ya’ni kredit riski vujudga keladi .
Shu bois , iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kriditiga talab yuqori bo’lsada , banklar kredit qo’yilmalari hajmini oshirishga moillik sezishmaydi.
Bu bankning iqtisodiyotdagi roli oasayishiga emas , balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborni iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini , eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan mablag’lari emas , balki chettan jalb qilingan boshqa shaxlarning mablag’lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unitmaslik lozim .
1.2. Asosiy bank turlari
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bo’lib , pul mablag’ini qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o’tkazish bilan bog’liq bulgan operatsiyalarni bajarishdan iborat . Banklar bilan bir qatorda pul mablag’lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari , investitsion fondlar , sug’urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar .
Tarixan olib qaraganda banklar paydo bo’lganda ular o’rtasida tijorat bankli va Matkaziy bank degan bo’linish mavjud bo’magan .
Chunki tijorat banklari o’zlai muomalaga banknotlar chiqargan , shu yo’l bilan kapital jalb qilganlar va o’z banknotlari bo’yicha majburiyatlani bajarish mas’uliyatini ham o’z zimmasiga olgan .
Kiridit tizimining rivojlaishi natijasida banknotlar yirik tijorat banklarida ko’p miqdorda yig’ilishi natijasida bazi banknotlarning banknotlar bo’yich ixtisoslashuvi , bamknotlar bo’yicha monopol huquqni qo’lga kiritishga imkon yaratgan . Ilk davirda bunday banklar emission banklar , milliy banklar , keyinchalik esa kredit tizimining yetakchi banki ekanligini inobatga olib Markaziy banklar deb atala boshlagan .
Birinchi Markaziy banklar bundan 300 yil oldin yevropa davlatlarida , aniqrog’i 1668- yilda Shevetsiyada tashkil etilgan Risk banki hisoblanadi .
Tarixan Markaziy banklarni tashkil etishning ikki yo’li mavjud .
Birinchi yo’li – banklar faoliyati rivojlanishi natijasida ( XIX asrning o’rtalari -XX asr boshlarida ) ular Markaziy bankga aylanga va unga taluqliy bo’lgan funksialarni bajara boshlagan . Masalan , aksionerlik asosida tashkil etilgan Angliya banki 1844- yilda , Fransiya banki ---1848 – yilda , Ispaniya banki --- 1874 – yilda emission bankga aylangan . Tarixan ko’pgina davlatlarning Markaziy banklari tijorat banklari sifatida tashkil etilgan . Bugungi kunda ham Avistiriya milliy banki , Italiya banki aksionerlik maqomini o’zida saqlab kelayotgan Markaziy banklar qatoriga kiradi .
Keyinchalik qator mamlakatlarning tijorat banklari milliylashtirilib ularga Markaziy bank maqomi berilgan . Ikkinchi jaxon urishi iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatning monapolistik rolini yanada oshirdi . 1938 – yilda Kanada banki , 1942 - yilda Yaponiya banki ,1946 – yilda Angliya banki va Fransiya banklari to’liq davlat banklariga aylantiriladi . Germaniya federativ resoublikasi emission banki –Bundesbank 1957 – yilda, Avstiriyaning Rezerv banki 1960 - yilda tashkil topgan .
Markaziy banklarni tashkil etishning ikkinchi yo’li – bu ularning boshidan Markaziy bank sifatida tashkil etilishi hisoblanadi . Masalan ,AQSHning 1913 – yilda tashkil etilgan Fediral banki va Lotin Amerikasining ko’pgina banklari tashkil etishadi Markaziy bank sifatida tashkil topganini ko’rishimiz mumkin .
Ba’zi davlatlarning Markaziy banklari davlatga qarashli bo’lmasa ham ular davlat banki maqomiga ega . Masalan ,Shevetsariya Milliy bankining faqatgina bir qism kapitali , Yaponiya bankining 55 % . Belgaiya milliy bankining 50 % kapitaligina davlatga tegishli bo’lishiga qaramasdan ular davlatning markaziy banki hisoblanadi .
Markaziy bank davlatning banki sifatida mustaqil bo’ishi 1920-yilda
Belgiyada o’tkazilgan Xalqaro milliy konferinsiyada belgilangan .
Markaziy bank har bir davlat moliya – kredit tizimining muhim elementi hisoblanadi va u mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi . Biz bilamizki , pul – kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda davlat tomonidan iqtisodiyotni muvofiqlashtirishning asosini tashkil etadi .
Ko’pgina davlatlarda Markaziy bank parlamentga bo’y so’nadi va uning oldida hisobdor hisoblaydi va boshqaruvchisi hukumat tarkibiga kirmaydi . Markaziy bank raisi parlament tomonidan tainlanadi . U odatda 5 yelga , 7 yelga - Irlandiya , Avstraliya , Kanada, Niderlandiyada , 8 yilga -- GFRda va ba’zi davlatlarda . Masalan , Daniya , Finlandiya , Norvegiyada cheklanmagan muddatga tayinlanishi mumkun .
AQSH banki tizimi quyidaki turdaki bank muassadalarini o’z ichiga oladi :
-federal Zaxirali tizim - AQSH Markaziy banki ;tijorat banklari;
-investitsiya banklari , jamg’arma banklari , ssuda yig’uvchi uyishmalar , pochta jamg’arma kassalari , moliyaviy kompaniyalar , kredit koperativlari , sug’urta kooperativlari , pensiya fondlari , ijtimoiy sug’urta fondlari, o’z aro kredit uyishmalari , depozitlarni sug’urtalash tashkilotlari va h.k .
AQSH federal zaxira tizimi ( federal ReserviSystem - FRS ) ( FZT ) - mustaqil federal agentlik bo’lib AQSH Markaziy banki funksiyasini bajaradi . FZT tashkiliy jihatdan mukammal tashkil etilgan maxsus mavqega ega bo’gan aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. FZTning kapitali aksionerlarning mablag’lariga asoslanganlikalri uchun FZTning mulkdorlari xususiy shaxslar hisoblanadi . Bu jihatdan AQSH Markaziy banki to’liq davlat mulkiga asoslangan Markaziy banklar ( Angliya va Kanada ) yoki davlat mulki ishtirokida tashkil etilgan (Belgiya , Yaponiya ) kabi davlatlarning Markaziy bankidan tubdan farq qiladi .
AQSH federal zaxir tizimi ( FZT ) 1913 – yilning 23dekabirida mustaqil agentlik sifatida - mamlakatda sog’lom iqtisodiy muhitda vujudga keltirish , banklar faoliyatini qo’llab – quvatlqsh va budjet faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan . U AQSH Markaziy bankining vazifasini bajaradi , yani , tijorat banklari hamda umum milliy manfaatlar muvozanatini ta’minlash , bank muassalari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni ta’minlash , iste’molchilarning kredit huquqlarini himoya qilish , pul emissiyasini boshqarib borish ( ishsizlikni kamaytirish , baolash barqarorligini ta’minlash , foiz stavkalarning mo’tadilligini ta’minlash ) , moliya tizimi barqarorligini ta’minlash , moliya bozorlaridagi tizimli risklarni nazorat qilishni depozitariylar , jumladan AQSH hukumati va rasmiy xalqaro tashkilotlarga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish , xalqaro va mamlakatdagi ( ichki ) to’lovlar faoliyatida ishtirok etish , likvidilik bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish , jahon iqtisodiyoti da AQSHning rolini mustahkamlash kabi vazifani amalaga oshiradi .
FZT uchun asosiy vosita orqali monitar siyosatini olib boradi . Bular ochiq bozor operatsiyalari , hisob stavkasi ( discountrate ) , a’zo banklar uchun zarur zaxiralar miqdorini belgilash hisoblanadi .
Faoliyatini tartibga solib turish nuqtaiy nazaridan Amerikaning barcha guruxlarning 4 ga bo’lish mumkin :
Milliy banklar;
FZT ga a’zo bo’gan Shtatlarda joylashgan banklar ;
FZT ga a’zo bo’lmagan , depozitlarni sug’urtalash federal korparatsiyasi ( DSFK ) tarkibiga kiradigan banklar
FZT ga a’zo bo’lmagan , omonatlari DSFKda sug’urtalanmagan banklar .
AQSH tijorat banklari mablag’larni depozitlarga qabul qiladilar ( talab qilib oling unga qadar omonatlari va muddatli omonatlar ) qisqa o’rta va uzoq muddatli qarzlar beradilar . moliyaviy va tirast xizmatlari ko’rsatadilar. Lekin Amerika bankalri , qonunchilikka ko’ra qimmatli qog’ozlarning egalari bo’la olmaydilar. Amerika banki xolding kampaniyalari ( Xolding - aksionerlik jamiyatlarn birlashtirib , ularni boshqaruvchi korxona ) orqali o’z mijozlariga elektiron hizmatlar , yo’l cheklari , brokerlik xizmatlarni taklif etadilar; xazina, munitsipal va boshqa rasmiy qarzga doir dastaklarni joylashtirish oldi – sotdisi bilan shug’ullanadilar , investitsiya bobida maslahat hizmatlari ko’rsatadilar .
Investitsiya faoliyati banklar ixtisoslashuvining muhim yo’nalishidir Investitsiya banklari uzoq muddatli ssuda kapitalini safarbar etib , obligatsiyalar yoki qarzga olingam majburiyatlarning boshqa turlarini chiqarish va joylashtirish yo’li bilan Mazkur kapitalni ishlab turgan subyektlar davalatga qarzga beradilar . Investitsiya banklarining kilassik tipi AQSHga mosdir . Bu mamlakatning qonunchiligi tijorat banklariga investitsiya faoliyati bilan shug’ullanishni taqiqlab qo’ygan ( davlat va munitsipal obligatsiyalar bilan bo'ladigan operatsiyalar bundan mustasno) . Hozirgi vaqtda AQSHda qaryib 70 ta investitsiya banki ishlab turibdi .
Moliyaviy kompaniyalar ham moliya – kredit muassasalarining bir turidir . Bu muassasalar ayrim tarmoqlarni kreditlash yoki kreditlarning ayrim tularini berishga ixtisoslashgan . Bularga iste’mol, investitsiya kreditlari va boshqalarni kiritish mumkun . Bular AQSH ,Kanada va Buyuk Biritaniyada keng tarqalgan .
Qurilish jamiyatlari deb atalmish kredit , qurilish kooperativlari alohida mavqeni egallaydi . Bular kapitalni o’z o’zlarining jamg’arma omonatlari evaziga shakillantiradilar va shu o’zlariga ipoteka krediti beradilar . Bu muassasalar kredit shirkatlari bilan birgalikda ishlaydilar va shaxsiy uylar qurishni moliyalashtiradilar.
Kredit muassasalarinign boshqa ko’pgina turlari ( pensiya fondlari , ishonchli pay fondlari , ixtisoslashgan moliya muassasalari va shu kabilar ) banklarning ayrim operatsiyalarini ado etadilar . Lekin ular o’zlarini bank deb atashlariga huquqlari yoq hamda banklar bilan ham o’zaro raqobat maydonoga tushishga majburdirlar .
Chakana banklar - Angliyadagi tijorat ( asosan depozit ) banklar bo’lib ular barch mijozlarga xizmat ko’rsatadi va bo’limlarning kengroq tarmog’iga ega . Ulgurji banklar esa yirik shartnomalar asosida ish yuritib , odatda alohida shaxslar bilan emas, balki savdo - sanoat korxonalari va moliaviy institutlar bilan hamkorlik qiladilar .
Buyuk Biritaniya bank tizimining birinchi bo’g’ini Angliya banki hisoblansa, ikkinchi bo’g’ini tijorat banklari va moliyaviy kompaniyalardan iborat . Angliya banki Angliyada faoliyat ko’rsatuvchi banklarni 3 ta katta guruxga bo’lib ko’rsatadi :
Depozit banklar ( chakana banklar ) :
Hisob – kitob uylari :
Aksept uylari , chet el banklari va boshqa banklar :
Depozit banklar . Angliyaning eng asosiy depozit banklariga kiliring banklari ham tegishli bo’lib , bu kiliring shartnomasi asosida tuzilgan eng yirik aksioner bank hisoblanadi . Barcha kiliring banklarni Barc lays , National Westminister , Mindland va Lloydslardan iborat bo’lgan “katta to’rtlik” boshqaradi . Kiliring banklarning asisiy vazifasi omonatlarni jalb qilish va kreditlarni berishdan iborart .
Depozit banklarining keyingi guruhu savdo banklari ( Merchant banks ) bo’lib , ular bank operatsiyalarni bajaruvchi savdo tashkilotlari asosida vujudga kelgan . Hozirgi paytda ayrim savdo banklari bank operatsiyalai bilan bir qatorda sanoat va savdo – sotiq funksiyalarini ham bajarmoqda . Savdo banklar o’zining uzoq vaqt davom etadigan faoliyati bilan ajralib turadi va ba’zilari 100 yillik tarixga ega . Savdo banklarining kiliring banklaridan ajraluvchi asosiy xususiyati va bir paytning o’zida imtiyozi bu ularning o’z moliyaviy ahvoli va bajaradigan operatsiyalari to’g’risidagi hisobotini e’lon qilish shart emasligidadir . Bu imtiyoz tufayli savdo banklar ko’p yillar davomida mustaqil ravishda taraqqiy etdi .
Angliya banklarining keyingi turi hisob – kitob uylari bo’lib hozirgi paytda London shahrida bir nechta hisob uylari va kichik ixtisoslashgan makler – fermalar faoliyat ko’rsatadi . Hisib – kitob uylari kafolatlangan muddat siz depozitlar orqali banklarning likvid fondlari realizatsiyasini amalga oshiradi . Bu fondlar turli xil aktivlarni (shu bilan birga, xazina obligatsiyalarini, tijorat veksellarini ) sotib olish uchun ishlatadi . Bundan tashqari , hisob uylari bu , veksellarning oldi - sotdi bozoroda .
Angliyaning keyingi bank guruxiga kosorsial banklar kiri , bu shun – day moliyaviy institutlarki , ulardan kamida ikita davalt qatnashib , ulardan hech biri kontirol paketga ega emas . Mazkur banklar rivojlangan davlatlar asosida tuzilganligi sababli, Yevropa bozorida yirik miqdordagi mablag’larni uzoq muddatga jalb qila oladilar . Shuningdek , Buyuk Biritaniyada jamg’arma institutlari ( ishonchli jamg’arma banklari , milliy jamg’arma banki , qurilish jamoalari ) , sug’urta kompaniyalari va nafaqa fondlari , investitsion trestlar ; badali ishonch fondlar , moliyaviy korparatsiyalar , venchurli moliyalashtirish firmalari ham banklar qatori faoliyat yuritadi .
Germaniya bank tizimi 4 mingdan ortiq mustaqil kredit muassasalarini o’zda mujassamlashtirgan . Shundan 1 mingdan ortig’i o’rta va kichik banklar hisoblanadi .
Germaniya bank tizimi dunyodagi eng rivijlangan bank tizimlaridan hisoblanib quidagi tartibda shakillantiriladi :
Douche Bundes bank ( Markaziy bank )
Tijorat banklar;
Jamg’arma banklar;
Kooperativ markaziy banklar ;
Kredit kooperativlar ;
Ixtisoslashgan banklar ( davlat va xususiy ipoteka banklar )
Pochta , komunal , jamg’arma banklar ;
Turli boshqa ixtisoslashgan banklar .
Tijorat banklari , Germaniyada unversal banklar bo’ib quidagi operatsiyalarni bajaradi :
Turli depozitlarni qabul qilish ;
Mahalliy , federal hukumat tashkilotlariga , kichik , va o’rta beznes sohasiga , yirik korparatsiyalarga qisqa , o’rta va uzoq muddatli kreditlar berish ;
Moliyaviy va trast xizmatlar ko’rsatish ;
Mijozlarga elektiron va brokerlik xizmatlai ko’rsatish ;
Mijozlarga hisob – kassa xizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.
Germaniyada tijorat banklari yurik korparatsiyalarning kapitalida ishtirik qilishi , uning salmoqli qismiga ega bo’lishi , qimmatli qog’ozlar chiqarishi va ularni joylasdhtirishi , investitsion fondlar tashkil etishi va ular faoliyatini boshqarish mumkun . Tijorat banklarini faoliyat turi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib:
-Yirik xususiy banklarga ;
-Jamg’armakassalar va yer banklarga ;
-Koorparativ banklarga bo’lish mumkun , Undan tashqari
Germaniyada bu banklar bilan bir qatorda maxsus banklar va kredit muassasalar ham faoliyat ko’satadi.
1.3.Bank operatsiyalari tavsifi .
Banklarning paydo bo'lishi , ular tomonidan amalga oshirilgan lik operatsiyalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish juda muhim . Dastlabgi banklar qachon paydo bo’lganligi to’g’risida turli manbalarda turlicha ma’lumotlarni uchratishimiz mumkun .
Bank deb , mablag’larni yig’uvchi , saqlab beruvchi , kredit – hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi .
Banklar paydo bo’lishining asosi tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi . Tovar – pul munosabatlartining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarda banklarning mavjud bo’lishini taqozo qiladi .
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat , shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan . Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga berishgan . Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan .
<> italyancha <> so’zidan olingan bo’lib , <>, aniqrog’I << pulli stol >> ma’nosini anglatadi . O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi , idishlardagi monetalarni stol ustiga qo’yib hisob – kitob qilishgan .
XII asrda Genuyada pul almashtiruvchilar << bancheri >> deb atalgan . Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga mas’ulyatsizlik qilsa , u o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni << banco rotto >>, ya’ni bankrot deb atashgan . Demak bizga ma’lum bo’lgan <> ham italyancha << banca >> so’zidan oliningan .
Banklar paydo po’lishining boshlang’ich bosqichi XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik ijrobanklar hisoblanadi . Keyinchalik shunday banklar Amesterdamda (1605 ) , Gamburgda ( 1618 ) , Milanda , Nyurnbergda , Genuyada vujudga kelgan . Bu banklar , asosan , o’z mijozlari --- savdogarlarga xizmat qilgan , ular o’rtasida naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borgan . Banklar o’z mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko’rishdan himoya qilgan . Ular hisoblarni ma’ lum summadagi qimmatbaho metalni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan .
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib , u 1694 – yilda aksiyadorlik banki sifatida tashkil topgan . Bu bank aksiador – emission bank bo’lib , unga davlat tomnidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan . Kiyinchalik, sanoat rivojlanioshi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan . Banklarning kelib chiqishi va rivijlanishi ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar va talablarning oshishi , savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan .
Natural xo’jalik munosabatining tugashi , savdo – sotiq munosabatlarining rivojlanishi pulli hisob – kitoblar olib borishga , kreditning rivojlanishiga yo’l ochadi . Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to’lanishi , doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi . Pul aylanishining esa bank tomonidan boshqarilishi zarur edi . Shunday qilib , banklar mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqa boshladi . Ssuda kapilastidan farqli o’laroq , bankir tadbirkor sifatida o’z ish faoliyatini olib borgan .
Qadimda Vavilonda ishlatilgan qarz uchun taxtachani arxeologlar tomonidan topilganiga qaramasdan , zamonaviy tijorat banklarini tashkil etilshiga Vavilon emas balki , Yevropa tashkilotlari tomonidan pul va boshqa qimmatliklarni saqlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatish sabab bo’lgan . O’rta asrlarda ko’pchilik zargarlar qimmatliklarni saqlash uchun alohida inshoatga ega bo’lgan joylarda o’z mahsulotlarni saqlagan bo’lsa ham qimmatliklarni ( oltin tanga ) saqlash orqali ular daromadga ega bo’lishgan . Bu daromad boshqa shaxslar hisobiga shakillana borgan . Daromadga ega bo’lish zargarlarni yanada ko’proq qimmatliklarni jalb qilishga undagan . Endi zargarlar mijozlarning boylik yoki qimmatliklarni saqlab berish bo’yicha ularga tasdiqlangan depozit tilxatlari bera boshlashgan . Bu bir tomondan , zargarning mablag’larini ko’proq jamlashga imkon bersa , ikkinchi tomondan , mijozlarga qimmatliklarni ishonchli saqlash bo’yicha kafolat bergan . Bular o’z navbatida qarz va depozit munosabotlarining rivojlanishiga olib kelgan .
Shu bilan birga mijoz qandaydir xaridni amalga oshirsa , u zargardan o’z qimmatliklarni olib o’sha tovarlar uchun sotuvchiga zarur mablag’ni shu zaxotiyoq to’lash imkoniga ham ega bo’lgan . Sotuvchilar ham o’z navbatida ortitirgan daromadi va qimmatliklarni o’sha zargarga yoki boshqasiga saqlash uchun topshirgan . Bu esa hisob – kitoblarni amalga oshirish , vaqt muvofiqligi bo’yicha bazi qiyinchiliklarni tug’dirgan .
Aynan shu usuldan boshqa usulga utish ( tranformatsiya ) usullari bugungi kunda mavjud zamonaviy bank tizimini shakillanishning asosi bo’lib hizmat qiladi .
Agar biz banklarning tarixini shakillanish bosqichlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak , banklar faoliyatining ilk operatsiyalari pullarni saqlab berish bo’yicha operatsiyalsr hisoblanadi . Ma’lumki , eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo’lgan . Ilk bor bunday ish bilan ma’lum obro’ga va ishonchga ega bo’lgan puldor shaxslar , Yevropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug’ullanganlar .
Qimmatlikni saqlovchilar kirim va chiqimlarni hisob – kitob qila boshlashi , ularda yozuvlar orqali ifoda qilishga kirishishlari banklar faoliyatining ilk operatsiyalari sifatida qarash mumkun .
Endi tovar sotuvchi xaridordan oltin tanga o’rniga depozit tilxatlarini be’malol qabul qilgan . Chunki u zarur vaqtda ushbu tilxatni zargarlardan erkin qimmatliklarga almashtira olish imkoniyatiga ega bo’lgan . Endi zargarlar ko’proq mijozlarni o’ziga jalib qilish maqsadida o’z tilxatlarini shunchaki ixtiyoriy qog’ozda emas , balki ma’lum rangdagi va shakildagi qog’ozda qimmatliklar miqdorini ko’rsatgan holda berishga odatlana boshlashgan . Bular mijozlarning zargarlarga bo’lgan ishonchini oshira borgan . Shunday qilib endi zargarlar nafaqat oltin tanga va boshqa qimmatliklarni saqlab bergan , balki endi ular depozit tilxatlarni chiqarishga ham moslasha borgan .
Banklarning paydo bo’lishi va faoliyat ko’rsatishining asosi – bu pul ayrboshlash bo’yicha ehtiyojning yuzaga kelganligidadir . Bunda Yevropani yorqin misol qilib ko’rsatish mumkun . Bunga o’xshash operatsiyalar nafaqat Rimda balki Gretsiya kabi Yevropaning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, qator Sharq mamlakatlarida ham amalga oshirilgan . Turli shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan qimmatliklari hamda pul mablag’larini nafaqat saqlab berish , balki ularni pul zarur bo’lgan shaxslarga ma’lum muddatga foydalanishga berish va undan foyda ko’rish ham mumkunligini bilgan pul saqlab beuvchilar ( zargarlar ) endi qimmatliklarni qarzga berish jarayonini o’zlashtira boshlashdi .
Bu o’z navbatida , bo’sh turgan qimmatliklar, keyinchalik pul mablag’larini pul mablag’iga ehtiyoj sezgan odamlarga garov asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz tulash shartlari bilan berish asosida ssuda ( kredit ) operatsiyalari paydo bo’lgan . Pul mablag’larini saqlab beruvchi shaxs xizmatlaridan biri – biri bilan o’zaro hisob – kitoblar bilan bog’langan bir necha shaxslar foydalanishi mumkun bo’lgani uchun , asta – sekin mijozlarga hisob – kitob xizmatini ko’rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo’la boshladi .
Agar sanoat sohasidagi puldor o’z kapitalini sanoatga , savdogar o’z mablag’ini savdoga qo’ysa , bankir o’z kapitalini bank ishiga qo’yadi . Ssuda kapitalisti , asosan , o’zining bo’sh kapitalini qarzga bersa , bankirlar chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi . Ssudaga mablag’ beruvchi puldorlarning daromadi ssuda foizi bo’lsa , bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi . Banklar korxona , tashkilot ,davlat muassasalari , aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta hajimdagi kapitalni o’z qo’llarida jamlashadi va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib borishadi . Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyati takomillashuvi , ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi .
Shunday qilib , bank faoliyati iqtisodiyotda mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o’z ichiga oladi . Bank o’z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi . Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo’naltirilgan foiz va joylashtirishgan resurslar bo’yicha oladigan foiz o’rtasidagifarqdan iborat bo’ladi .
2- BOB : O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirishning imkoniyatlari .
2.1. Banklarning faoliyatini muvofiqlashtirishning xuquqiy - iqtisodiy asoslari .
Do'stlaringiz bilan baham: |