5-rasm. Sotuvchilar o’rtasidagi raqobat
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o’z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o’rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o’rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda tahmir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |