Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy mexanizmlarini chuqurlashtirishtirish yo’lida
Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Parlament quyi palatasining majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatining deputatlar guruhi yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan edi.
Deputatlar “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar.
Mazkur qonun loyihasi donorlarning bir marta olinadigan donorlik qoni hajmi me’yorini va qon topshirish davriyligini tartibga solish, shuningdek, tekinga qon topshirayotgan shaxslarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan mamlakatda donorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan normalarni ko‘zda tutadi.
Shundan so‘ng deputatlar muhokamasiga “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda taqdim etildi.
Majlisda qayd etilganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aynan inson omilini kuchaytirishga, uning manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Munosib mehnat sharoitlari yaratish, mehnatning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarining ajralmas qismidir.
Amaldagi qonun qabul qilinganidan buyon 22-yildan ziyod vaqt o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida mehnatni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi, ushbu sohada zamonaviy talablarni belgilovchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Hujjatning maqsadi qonun normalarini yangi qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirishdan, tashkilotlarda ish beruvchining va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha mas’uliyatini oshirishdan, maxsus vakolatli va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash borasidagi vazifalarini belgilashdan iboratdir.
Qonun loyihasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalarini, 20 dan ziyod chet el, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi normativ bazani takomillashtirishga qaratilgan.
Deputatlar mazkur qonun loyihasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
– Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada ayniqsa, xususiy sektorda ish beruvchilarning soni sezilarli darajada ko‘paydi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56 foizdan ziyodni tashkil etdi va hozirgi vaqtda bu sohada aholining 77 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi T.Karimov. –Liberal-demokratik partiyaning elektoratini asosan ish beruvchi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlar tashkil etishi hisobga olinsa, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi amaldagi qonunni qayta ko‘rib chiqish katta ahamiyatga ega bo‘lib, yangi tahrirdagi qonun ish beruvchining ham, tashkilotlar xodimlarining ham mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish borasidagi mas’uliyatini kuchaytiradi, davlat boshqaruvi organlari va idoralarning mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan lozim darajadagi nazoratni ta’minlashga doir funksiyalari va vazifalarini aniqlashtiradi.
– Qonun loyihasi fraksiyamiz yig‘ilishida batafsil ko‘rib chiqildi, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi K.Tojiyev. – Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnat muhofazasi jamiyat rivojini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biridir. Ishlab chiqarish, hunarmandchilik sohalarida amalga oshirilayotgan hozirgi islohotlarni, mehnat bozoridagi bugungi kundagi tendensiyalarni inobatga olgan holda, ushbu sohadagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish talab etiladi.
Mazkur qonun loyihasi mehnatkashlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash va mehnat uchun me’yoriy sharoitlar yaratishda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Fraksiya a’zolari tomonidan o‘tkazilgan muhokama chog‘ida qonun loyihasida maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa organlarning mehnat sharoitlariga rioya etish ustidan nazorat qilinishini ta’minlash borasidagi funksiyalari va vazifalari qonun loyihasida aniq belgilab qo‘yilgani ta’kidlab o‘tildi, shuningdek, ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida fraksiya a’zolarining qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh faoliyatida faol ishtirok etishiga doir qaror qabul qilindi.
– Qonun loyihasida ish beruvchining hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha huquq va majburiyatlari belgilangan, xotin-qizlar, voyaga yetmagan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar, shuningdek, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslarning mehnatini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi A.Ahmedov. – Bundan tashqari, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi jamoatchilik nazoratining mexanizmi qayta ko‘rib chiqilgan, xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining huquqlari kengaytirilgan, bu esa partiyamizning saylovoldi dasturi qoidalariga muvofiqdir. Biz ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida xodimlar, xususan, ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan xodimlarning huquqlari yanada kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ushbu qonun loyihasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olishga va ularning sonini kamaytirishga xizmat qiladi, bu esa xodimlarning, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy jihatdan himoyalanganligini kuchaytirishga olib keladi, bu O‘zXDP elektorati manfaatlariga mos keladi.
– “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro talablarni hisobga olgan va xorij tajribasini o‘rgangan holda ishlab chiqilgan, –deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi O‘.Xolov. – Qonun loyihasida mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, mehnat muhofazasi holatini ekspertizadan o‘tkazish tartiblarini, ish beruvchining hamda xodimlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi normalar nazarda tutilgan. Mazkur qonunning qabul qilinishi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, ish beruvchi hamda xodim uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha talablarni davlat nazorati organlarining qo‘shimcha aralashuvisiz bajarishga sharoit yaratadi.
Fraksiyamiz a’zolari mazkur qonun loyihasining birinchi o‘qishda qabul qilinishini konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va joylarda uning keng muhokama qilinishini tashkil etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Parlamentning quyi palatasi a’zolari “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilish bilan o‘z ishlarini davom ettirdilar.
Qonun loyihasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tadbirkorlik subektlari hamda xususiy mulk egalari, iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamoat birlashmalari tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organi va boshqa nazorat organlarining qarorini (ko‘rsatmasini) ijro etishni to‘xtatib turishni so‘rab nafaqat sud organlariga, balki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga ham shikoyat qilish huquqi ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi. Ushbu qonun loyihasi tadbirkorlik subektlari hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish orqali mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash imkonini beradi.
Shuningdek, deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Muhokamalardan so‘ng deputatlar qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qullab, birinchi o‘qishda qabul qildilar. Mas’ul qo‘mitalarga qonun loyihalarining deputatlar, mutaxassislar va ekspertlardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash vazifasi topshirildi. Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. I.i. larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. I.i. evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi I.i. umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda I.i. iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) I.i. 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.
I.i. bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — I.i. yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat.
Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi.
Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.
Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti.
Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |