O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«MINTAQAVIY IQTISODIYOT» FANIDAN
Mavzu: Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoati rivojlanishi:
holati va hududiy jihalari
MUSTAQIL ISHI
Tuzuvchi: Baxtiyorov Jahongir
Tekshirdi:
Reja:
Mustaqillikning dastlabki yillarida mashinasozlik sanoati.
Samarqand shahrida mashinasozlik.
Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish omillari.
KIRISH
Mustaqil O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, uning barcha sohalardagi xavfsizligi va mustaqilligini ta‘minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yaxshilab borish ko‘p jihatdan uning ichki geosiyosiy tuzil-masi – viloyatlar (mintaqalar) salohiyatidan har tomonlama foydalanishga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi davrda mamlakatimiz oldida turgan ustivor vazifalar qatorida ―Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan og‘ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta‘minlash, uni diversifikasiya va modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur‖, deb ta‘kidlaydi.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta‘sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi.
O‘zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanishi ma‘lum bir bos-qichni bosib o‘tgan, o‘z tarixiga ega bo‘lgan sohalardan biri. Sobiq sho‘rolar davrida o‘lkamizda qishloq xo‘jaligi mashina-lari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O‘zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tom ma‘nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
Sobiq Ittifoqning o‘nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O‘zbekistonda yig‘ilar edi, xolos. Bu O‘zbekiston mashinasozlik industriyasini rivojlantirishga emas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar edi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek haqiqiy o‘zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo‘lib, u 1993 yilning mart oyida «O‘zDEU-avto» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik keng rivojlanish yo‘lida borishni davom etmoqda.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta‘kidlash joizdir. Jahon mamlakatlari tarixi guvoxdik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlargina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSh, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh berish o‘ta mushkul ish bo‘layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O‘zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo‘lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib kirib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |