Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi «MINTAQAVIY iqtisodiyot» fanidan



Download 69,67 Kb.
bet3/5
Sana07.07.2022
Hajmi69,67 Kb.
#753201
1   2   3   4   5
Bog'liq
samarqand.mustaqil ish

Samarqand shahrida mashinasozlik.
Kommunal xo‘jaligi mashinasozligi. Bu sanoat tarmog‘ida «Samarqand liftsozlik zavodi» (1969) aksiyadorlik jamiyati ish olib boradi. «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 3dda respublika xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan passajir va yuk liftlari, xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqariladi. 1990 yildan zavod negizida Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi- «Vostoklift» («Sharklift») tashkil etildi. 2006 yilda Germaniyaning «Knauf» kompaniyasi korxonaning 75% aksiyalarini sotib oldi. Korxona rekonstruksiyasi uchun 27 mln. AQSh dollari mikdorida investisiyalar kiritildi va uning yillik quvvati yiliga turli rusumdagi 2000 donadan ortiq lift va 120 ming t kir yuvish vositalari ishlab chiqarishga yetkazildi. Madaniy-maishiy-ruzgor texnikasi mashinasozligi tarmog‘ida Samarqand shahridagi «Sino» aksiyadorlik jamiyati xolodilniklar zavodi 1973 yilda ishga tushirilgan. Korxonada maishiy muzlatgichlar, sovitkichlar, kondisionerlar ishlab chiqariladi. 1974 yildan «Samarqand» ro‘zg‘or sovitkichlari ishlab chiqargan. 1991 yildan «Sino» rusumli ro‘zg‘or sovitkichlarini ishlab chiqarishni boshladi. 1995 yildan zavod Germaniyaning «Foron» firmasi bilan hamkorlikda turli sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, kondisionerlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Samarqand kinoapparatlar zavodida («Kinap» aksiyadorlik jamiyati) turli markali kinoapparatlar, elektr kuch asboblari, universal kino va teatr ovoz texnika apparatlari, stadion va sport inshootlari uchun elektr tablolar, tibbiyot jihozlari va boshqalar ishlab chiqariladi.1 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan tashkil etilgan Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yoshlar mashinasozlik texnologiyalari, avtomobilsozlik, sanoat va xo‘jalik qurilishi, arxitektura va sanoat dizayni, sanoatda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlarida tahsil olmoqda. Shulardan ko‘rinib turibdiki, avtomobilsozlik mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sanoatning yuqori texnologiyali boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga ham xizmat qilayotgani ko‘rinib turibdi. Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan.

Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og‘ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 1999-yilda yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan 4 turdagi mashinalarni ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» zavodi ish boshlagan edi. Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi.



Samarqanddagi «SamAvto»­ zavodida «Isuzu» rusumli mikroavtobuslar hamda yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonasi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o‘simlik moyi, tamaki, sut va go‘sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq­ xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik
tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.
Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent–Turkmanboshi, Toshkent–Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakar-qand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari hamda keng iste’mol mollari oladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib topgan.

Download 69,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish