2
Mundarija:
Kirish…
……………………………………………………………….
3 -6.
I BOB. Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati xususida
3
I.1. Beruniyning hayot yo’li……………………………………………
7 -16.
I.2. Abu Rayhon Beruniy asarlariga umumiy tasnif…………………..
17 -27.
II.BOB. Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy qarashlari
II.1. Yunon olimlari va allomaning falsafiy qarashlari………………
28
–
34.
II.2.Beruniy asarlarida shaxs va jamiyat muammolarining yoritilishi
35 – 41.
II.3.Beruniy va tarix fani……………………………………………
42 – 50.
Xulosa …………………………………………………………………..51 – 54.
Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
…………………………………
55 – 56.
KIRISH
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng xalqimiz ijtimoiy taraqqiyotida
katta burilish yasaldi. Shu munosabat bilan respublikamizning nafaqat iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy hayotida, balki ma’naviy hayotida ham keskin yangilanish
jarayoni ro’y bermoqda. Bu yangilanishda milliylikka, tariximizga, boy madaniy
4
merosimizga qiziqish, uni keng, har tomonlama ilmiy va haqqoniy o’rganishga
intilishning kuchaya borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon
ma’naviyatimizning turli sohalari, jumladan ijtimoiy fanlarni o’rganishda ham
o’zining yorqin ifodasini topmoqda.
Ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bu milliy tuyg‘udir. Milliy tuyg‘u –
insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning tarixi, xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi
ahvoli va qadriyatlarini tug‘ma, hissiy anglashidir. Insonda milliy ong, tuyg‘u va
g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, bunday inson
o‘zga millatlarning ham qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning
vatanparvarlik, jasorat, ishonch kabi shakllarini qaror toptirish to‘g‘risida gap ham
bo‘lishi mumkin emas. Prezdentimiz I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda,
“Xalqimizning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi
qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan
muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga
ega”
1
.deb ta’kidlab o’tadi. Shuning uchun ham Mustaqilligimizning dastlabki
yillaridan boshlab Xalqimizning boy Tarixiy-Madaniy o’tmishini qayta tiklashga,
Ajdodlarimizning Ilmiy – Ma’naviy merosini o’rganishga juda katta e’tibor berildi.
Buning isboti sifatida Shaharlar va Tarixiy shaxslarning yubeleylarini keng
miqyosda nishonlanishi, Buyuk allomalarimizning asarlarini qayta nashr etilishi va
bu nashrlarning kamunnistik mafkura bo’yoqlaridan holi bo’lishi alohida
ahamiyatga ega voqealar hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’tmishda
ajdodlar tomonidan qoldirilgan milliy meros haqida fikr yuritar ekan: “Tarix
millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning
ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini
shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda”
2
deb ta’kidlab
o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: