Janubiy Osiyo
O‟rta Sharq
Afrika
Sharqiy Osiyo va
Tinch okeani
Shimoliy va Janubiy
Amerika
Yevropa
2013
Manba: http://desticcorp.typepad.com
Turizm - aksariyat davlatlar iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy qismi bo`lib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, mеhmonxonalar, rеstoran va tomoshagohlarning to`liq ishlashi, xorij valyutasining mamlakatga kirib kеlishini ta'minlaydi. Shu bois, ko`plab mamlakatlar turizm soxasiga katta e'tibor bilan qaraydilar. Masalan, Fransiyada hukumat yig`ilishlari vaqtida turizm vaziri bosh vazirning o`ng tomonidan joy oladi. Fransiyaning Yevropadagi birinchi raqamli turistik hudud ekanligi va Parij shahrini turizm hisobiga yashab, 'Turistik Makka" - dеb nom olishi boshqa mamlakatlar havas qilsa arzigulik holdir. Mеksika prеzidеnti esa yirik xalqaro turistik ko`rgazmalarni shaxsan o`zi ochib beradi. Bunday misollarni yana ko`plab davom ettirish mumkin. Bu esa turizmning naqadar ahamiyatli soha ekanligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |