Qo‘llanish sohalari. Odatda ishbilarmon o‘yini hech qanday fanni chetlamaydi, turli fanlar orasida hamkorlikni talab qiladi, chunki o‘yinning o‘zida turli maxsus sohalar metodlari bilan ishlash kerak bo‘ladi. Bunda turli sohalar o‘qituvchilari orasidagi hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmon o‘yinni ish faoliyatlariga ruxsat yo‘q bo‘lgan yoki imkoniyati cheklangan holatlarda, ish faoliyatlarini ko‘rsatish xavfdan uzoq bo‘lgan yoki murakkab bo‘lgan holatlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ishbilarmon o‘yin bu erda turlicha ifodalanishi mumkin: ishtirokchi o‘ziga biron rolni olib, bu rol bilan bog‘liq yechimni esa butun guruh qabul qiladigan umumiy o‘yinlardan boshlab, ishtirokchi boshqa istalgan ishtirokchi bilan aloqa qilishi mumkin bo‘lgan interaktiv o‘yinlargacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |