Tayanch iboralar
Fundamental ilmiy tadqiqotlar - inson, jamiyat va atrof-muhit tuzilishi,
faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari haqida yangi bilimlar olishga
yo'naltirilgan eksperimental yoki nazariy faoliyat;
Amaliy ilmiy tadqiqotlar - asosan amaliy maqsadlarga erishish va muayyan
vazifalarni hal qilish uchun yangi bilimlar qo'llashga yo'naltirilgan tadqiqotlar.
Ilmiy-texnik faoliyat (ITF) - texnologik, muhandislik, iqtisodiy, ijtimoiy,
gumanitar va boshqa muammolarni hal qilish, fan, texnika va ishlab chiqarishning
umumiy (yaxlit) tizim sifatida faoliyat yuritishini ta'minlash uchun yo'naltirilgan
faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |