Uslubiy ko'rsatmalar
Tarbiyachi ketidan arqonni ushlab, ketma-ket yurish xuddi 7-mashg'ulotdagi
kabi o'tkaziladi. zal o'rtasida to'xtagach, tarbiyachi bolalarni doira ichiga qaratib,
to'xtatadi.
96
Mashqlar 2-8 mashqlar oldingi mashg'ulotlardagi kabi o'tkaziladi, faqatgina
mashq tempi va takrorlashlar soni ortadi. Harakat xarakteri va tempiga mos
holda, bolalar mashqni bajarish davomida u yoki bu bo'g'inni talaffuz qiladilar.
Tayoqchalar ustidan hatlash mashqini 5-mashg'ulotdagi kabi o'tkazadilar.
Harakatni bajarishda bolalar o'zlariga qulay usuldan foydalanishlari mumkin.
Tarbiyachi, avval tayoqchalar ustidan hatlashning eng to'g'ri usulini namoyish
qiladi, bolalar esa bu usuldan qeyinroq foydalanadilar. O'z namoyishi bilan
tarbiyachi bolalarni mashqni to'g'ri bajarishga chorlaydi. Bolalarni tayoqchalarni
toptamasliklari, buzmasliklari va juda tez harakat qilmasliklari muhim. Qorinda
yotib, skameykaga tirmashish mashqi ham o'tgan mashg'ulotlardagidek
o'tkaziladi. Tirmashish vaqtida bosh ko'tarilgan, oyoqlar birga bo'lgan holda ikki
qo'l bilan skameyka chetlarini ushlab, tez va sirg'alib tirmashishni nazorat qilish
muhim.
Koptok uzatish mashqidan avval tarbiyachi bolalar diqqatini koptokka
qaratadi. So'ngra “Ol” so'zi bilan uni birinchi bolaga uzatadi, keyin uni qo'llari
bilan keyingisiga uzatadi. Agar bolalar mashqni birinchi tushuntirishdan to'g'ri
anglagan bo'lsalar, mashqni qolganini mustaqil bajaradilar, aksi bo'lsa tarbiyachi
ularga ko'maklashadi. Qator oxiridagi bola koptokni tarbiyachiga uzatadi.
Tarbiyachi o'z vaqtida bolalar diqqatini yana koptokka qaratgan holda mashqni
takror bolalar bilan bajaradi.
Setkaga ilingan koptokni qo'llar bilan irg'itish mashqini har bir bola tik turib
bajaradi. Bunda qolgan bolalar stullarda o'tiradilar. 2 ta koptokdan foydalaniladi.
Har bir bola 6-8 marta koptokni irg'itish harakatini bajaradi.Yurishni yugurish
bilan almashtirish harakatini va uning aksini bolalar, eshitib mo'ljal olish
malakasiga o'rganish maqsadida, mustaqil amalga oshiradilar. Tarbiyachi baraban
bilan parda orqasiga yashirinib, qisqa tanaffusdan so'ng, yurish yoki yugurish
uchun baland signallar uzatadi. Hamma bolalar ham signalni to'g'ri tushunib
harakatlanmasligi sababli, tarbiyachi signal berishni to'xtatmay, parda orqasidan
chiqib, baraban chalishni davom etaveradi. Barabanni ko'rib, bolalar o'z xatolarini
tushunib, tuzatadilar. Shunday qilib, yurish va yugurish harakatlarini almashtirish
97
mashqi mashg'ulot davomida 2-3 marta takrorlanadi. Signal va harakat turining
mutanosibligini differensiya qilishga bolalar o'quv yili davomida o'rganib
boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |