2.2 GOOGLE DOKUMENTЫ (HUJJATLAR) BILAN ISHLASH.
Google Dokumentы (Hujjatlar) ni ochish va hujjat yaratish.
Google Dokumentы (Hujjatlar) interfeysi bilan tanishish.
Google Dokumentы (Hujjatlarda) loyiha ishlari.
Google Tablitsы (Jadval) yaratish.
Google documents ni ochish va hujjat yaratish
1. Brauzerda Googlening asosiy menyusiga kiring. O‘ng tepa burchakdagi kvadratchalar tugmasini bosing va Dokumentы (Hujjatlar) tugmasini tanlang.
2.Yangi hujjat yaratish uchun o‘ng pastki burchakdagi plyus tugmasini bosing.
1-Hujjatlarni egasi bo‘yicha saralash; 2-Hujjatlarni ro‘yhat ko‘rinishida namoyish etish; 3-Hujjatlarni alifbo bo‘yicha saralash; 4-Hujjatlarni kompyuterdan yoki Google diskdan yuklash;
5 -yangi hujjat yaratish.
Google Dokumentы (hujjatlar) interfeysi bilan tanishing1. Google hujjatlar interfeysi bilan tanishing. Google Dokumentы (Hujjatlar) va MS Office interfeysi deyarli bir xil.
1-Hujjatnomi; 2-uskunalar paneli; 3-menyu paneli; 4-kommentariyalarni ko‘rsatish; 5-hujjat bilan ishlash rejimi; 6-foydalanish uskunalari.
2. Notanish so‘zning ma’nosini ko‘rish uchun Instrumentы (Uskunalar) menyusiga kiringva Nayti v slovare (Lug‘atdan topish) tugmasini bosing.
3. Google uskunalari orqali hujjatning bir qismi yoki butunlay tarjima qilish uchun Instrumentы (Uskunalar) panelida Perevesti dokument (Hujjatni tarjima qilish) tugmasini bosing.
Google Dokumentы (hujjatlarda) loyiha ishi qilish
1. Nastroyki (Sozlash) tugmasini bosing. Ekranda yangi oyna paydo bo‘ladi. Sizning hujjatingizga ishotr Ssыlka dlya sovmestnogo dostupa (Umumiy ishlash uchun ishora) bo‘limida joylashgan, bu ishotr orqali siz hujjatni boshqalarga internet orqali jo‘natishingiz mumkun. Urovni dostupa (Foydalanish darajalari) bo‘limida hujjatdan foydalanish rejimini o‘zgartiring. Pastki oynadagi matn maydonida hujjatdan foydalanishi mumkun bo‘lgan foydalanuvchilarning manzilini kiriting. Matn maydonining o‘ng tomonida joylashgan Izmenit (O‘zgartirish) tugmasini bosing va foydalanuvchining hujjatdan foydalanish parametrlarini kiriting: o‘zgartirish (foydalanuvchi hujjatga o‘zgartirish kiritishi mumkun), fikrbildirish (foydalanuvchi o‘z fikrini bildirishi mumkun), ko‘rish (foydalanuvchi faylni faqat ko‘rishi mumkun). Matn maydoni pasida bayroqcha o‘rnatish orqali hujjatdan foydalanishga ruxsat berilgan foydalanuvchilarga yangi loyiha ishlarini qo‘shish, ko‘chirish va chop etishni taqiqlash mumkun.
2.Agar sizga hujjatdan foydalanishga ruxsat bo‘lsa sizga Gmailga taklif xabari keladi. Ishotr bo‘yicha hujjatga o‘ting. Agar siz ko‘rish rejimida bo‘lsangiz siz hech qanday o‘zgartirish kirita olmaysiz. Boshqa barcha rejimlarda (fikr bildirish va o‘zgartirish) siz umumiy loyiha ishida ishtirok etishingiz mumkun.
3. Qayerda fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz o‘sha yerga kursorni olib borib bosing yoki matndan parchani belgilang. Uskunalar panelida Kommentarii (Izohlar) tugmasini tanlang. Shundan so‘ng hujjatning o‘ng tomonida yangi oyna paydo bo‘ladi. Matn maydoniga matnni kiriting va Kommentirovat (Izoh bildirish) tugmasini bosing.
4. Barcha fikrlarni ko‘rish uchun o‘ng tepa burchakdagi Kommentarii (Izohlar) tugmasini bosing.
5. Online-muloqot uchun o‘ng pastki burchakdagi CHat (Chat) tugmasini bosing. Matn maydoniga matnni kiriting va Enter ni bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |