1- teorema: Mulohazalar mantig’ining aynan yolg’on bo’lmagan har
qanday
F( A1 , A2,.., An )
formulasi yagona MDNSHga teng kuchlidir.
natija: Teng kuchli formulalar bir xil MDNSH ga ega bo’ladi.
natija: Tarkibida n ta har xil o’zgaruvchilar qatnashgan formula aynan rost bo’lishi uchun uning MDNSH si rosa 2n ta har xil to’liq konyunksiyalar dizyunksiyasidan iborat bo’lishi zarur va yetarlidir.
natija: Mulohazalar algebrasini har qanday formulasining inkori, shu formula MDNSH siga kirmaydigan to’liq konyunksiyalarning va faqat shularning dizyunksiyasidan iboratdir.
Mulohazalar algebrasini formulalari MKNSH si uchun ham xuddi yuqoridagi kabi ushbu teoremaning o’rinli bo’lishini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |