Mavzuning dolzarbligi: Tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligi yana shundan iboratki, Milliy dasturni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limiga, shuningdek, talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o’tishni to’liq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirib, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish ko’zda tutilgan. Biroq ushbu vazifalarni amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilishni talab etmoqda.
Mazkur yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda umumiy o’rta ta’limda noan’anaviy darslarni amalga oshirishning maxsus metodlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |