O’rmak qo’shiqlari. Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha to’qish, ya’ni o’rmak o’rishdir. Shu jarayonda ijro etilgan qo’shiqlar o’rmak qo’shiqlari deb yuritiladi.
Gilam va sholcha to’qish bo’z to’qishdan ham og’ir va mashaqqatli bo’lgan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan.
O’rmagimni to’qiyman,
Kecha-kunduz to’qiyman.
Qachon tamom bo’lur deb,
Ashulalar to’qiyman…
O’rmak qo’shiqlarida to’quvchilarga g’ayrat tilash, ularni tezroq ishlashga da’vat etish motivlari etakchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |