Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Til va inson masalasiga dastlab V.fon Gumboldt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, Boduen de Kurtene, A.A.Potebnya, A.A.Shaxmatov kabi tilshunoslar e’tibor qaratdi. Dunyo tilshunosligida nutqni antropotsentrik paradigma asosida o‘rganish, psixosemantika, psixolingvistika, neyrolingvistika, pragmatik tilshunoslikka oid tadqiqotlarda ko‘zga tashlanadi. Xususan, N.Xomskiy, I.R.Galperin, N.I.Jinkin, A.A.Leontev, E.S.Kubryakova, V.P.Belyanin, M.Dridze, K.F.Sedov, A.Nurmonov, N.Mahmudov, E.Begmatov, SH.Safarov, S.Mo‘minov, S.Boymirzayeva, I.Azimova, D.Xudoyberganova kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida nutq jarayonidagi subyektiv faktorlarga e’tibor qaratilgan [1,7].
Do'stlaringiz bilan baham: |