Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti Hojiyeva Nargiza Ulug’bekovnaning



Download 0,56 Mb.
bet24/33
Sana26.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#469664
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Sodda gaplarning uslubiy qo’llanishi

3.2. Rasmiy uslubda sodda gaplar
Rasmiy uslubning sintaktik qurilishi qat’iy va odatdagi so’z tartibiga rioya qiladi, ya’ni egà gapning boshida kelsa, kesim gapning oxirida keladi. Shuningdek, aniqlovchi bo’laklar aniqlanmishlardan oldin qo’llansa, to’ldiruvchi fe’l kesimga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi.
Rasmiy hujjatlar matni uchun asosan ikki bosh bo’lakli sodda gaplar va murakkablashgan sintaktik butunliklar xos bo’lib, bu gaplarning aksariyati darak hamda buyruq mazmunida bo’ladi. Bunday gaplarning kesimi, asosan, buyruq maylida, majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi. Uyushiq bo’lakli va turli murakkablashgan qurilmalar, olmoshli va bog’lovchi sintaktik aloqalar rasmiy-yuridik matnlarga xos: yoyiq aniqlovchilar, uyushiq bo’laklar bilan kengayib keladigan muvofiq,-ga asosan,- binoan kabi kiritmalar rasmiy uslub sintaksisining asosiy lisoniy belgilaridir.
O’zbek adabiy tilida rasmiy ish qog’ozlar uslubi mustaqillik davrida yanada takomillashdi, ishlatilish doirasi yanada kengaydi, lug’at tarkibi yangi so’z va atamalar bilan boyidi. Xususan, respublikaning markaziy matbuotida O’zbekistonning boshqa davlatlar bilan tuzgan shartnomalari matnining berib borilishi; yozuvchilarimizning harbiy mavzuda asar yozishi, har xil harbiy qonun, qo’llanma va memuarlarning o’zbek tiliga tarjimasi rasmiy uslubning taraqqiyotiga yordam berdi.
Rasmiy ish qog’ozlar uslubi namunasi bo’lgan buyruqlar sintaktik qurilishi jihatidan ham o’ziga xoslikka ega. Ularda ko’pincha, kesimi felning buyruq-istak mayli bilan ifodalangan sodda gaplar ishlatiladi. Murakkab qo’shma gaplar esa kamdan-kam holda uchraydi, deyarli uchramaydi, desa ham bo’ladi. Aytilayotgan fikr, buyruqlar qismlarga ajratilib, tartib raqami bilan beriladi.
(sana)
MA’LUMOTNOMA
Hakim Salimovich Olimov haqiqatan ham Xiva tumanidagi
10-maktabning 9-sinfida o’qiydi.
Ma’lumotnoma so’ralgan joyga ko’rsatish uchun berildi.
Maktab direktori: imzo S. Hoshimov

Rasmiy uslubning yana bir ko’rinishi bo’lgan ushbu ma’lumotnoma sodda gaplardan iborat. Sodda gapning minimal qolipi [WPm] ko’rinishida bo’lsa , maksimal qolipi esa [E–H–WPm] ko’rinishida bo’ladi.


Sodda gap ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplarga bo’linadi. Kengaytiruvchilarga ajralmaydigan gap yig’iq gap sanaladi va uning qolipi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:  .
Rasmiy uslub ko’rinishlari tarkibidagi gaplarning deyarli barchasi sodda gaplardan iborat bo’ladi. Buni yana bir misol tariqasida ko’ramiz.


M A ’ L U M O T N O M A
Bu ma’lumotnoma Javohir Mahkamovga maktabimizning 7-sinfida o’qiyotganligi haqida berildi.
Ma’lumotnoma Marg’ilon shahar birinchi sport maktabiga taqdim etish uchun berildi.

Maktab direktori: S . Abdullayeva
(muhr) (sana)

Ma’lumotnomadagi gaplar sodda gap bo’lib, har ikkalasi ham egasi muayyanlashgan ikki tarkibli sodda yoyiq gap sanaladi va uning qolipi quyidagicha ifodalanadi: [E+II WPm Yo] = SG


Rasmiy uslub ko’rinishidagi gaplarning deyarli barchasida ega muayyanlashgan bo’ladi. Quyida arizadan olingan parchada esa ega muayyanlashmagan:
“Arizaga bichish-tikish kasbini egallaganligim haqidagi guvohnomani ilova qilaman” . Ushbu gap egasi muayyanlashmagan ikki tarkibli sodda yoyiq gap sanaladi: [E-II WPm Yo]= SG.
Misollardagi gaplarning kesimidan ma’lum bo’ladiki, ular, asosan, majhul nisbatda bo’ladi.
Rasmiy uslubdagi sodda gaplar darak va, ba’zan, buyruq gap shaklida bo’lib kesimi esa, asosan, xabar maylida bo’ladi.
Tilda turli nutq uslublarining mavjudligi umumxalq tili birligini inkor etmaydi. Har qanday so’z qaysi uslubda qo’llanmasin, u umumxalq tili lug’atiga mansub bo’ladi. U yoki bu nutq uslubida ishlatiladigan har qanday grammatik qurilma til grammatik tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tilda so’zlashuvchilar vaziyat va aloqa xarakteriga qarab tilda mavjud bo’lgan nutq uslublarining birortasidan foydalanadi. Barcha nutq uslublari shu til egasining umumboyligi sanaladi. Masalan, rasmiy ishlar doirasida so’zlayotgan yoki yozayotgan kishi rasmiy uslub qoidalariga rioya qilishga harakat qiladi; ilmiy faoliyatda esa ilmiy uslub qoidalariga rioya qilishga intiladi.
Nutq uslublari o’zlariga xos belgi va farqlardan qat’i nazar, adabiy til me’yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy me’yor tilning tovush tizimini, grammatik qurilishi hamda uning lug’at tarkibidagi eng kichik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. U tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlashgan ko’rinishidir. Adabiy me’yor faqat yozma adabiy til uchungina taalluqli bo’lmay, u og’zaki adabiy til uchun ham zaruriy holatdir. Shuning uchun adabiy tilning og’zaki uslubida (rasmiy uslub ko’rinishi bo’lgan radio va televideniyadagi chiqishlar) ham adabiy me’yorga bo’ysuniladi, uning qonunlariga rioya qilinadi.
Nutq uslublari inson faoliyatining u yoki bu sohasiga mos keluvchi umumxalq adabiy tilining turli xil ko’rinishlaridir. Nutq uslublarining har birini nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Chunki har-xil narsa va hodisalar haqidagi fikrlar turli xil uslublarda birdek bayon qilinmaydi.
Biz yuqorida rasmiy uslub ko’rinishlari va ularning xususiyatlari bilan, ular tarkibidagi sodda gaplar va ularning qurilish qoliplari bilan qisman bo’lsa ham tanishib chiqdik. Rasmiy ish qog’ozlari uslubida gaplar sodda bo’ladi. Buni bildirish misolida ko’rishimiz mumkin.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish