O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O‟ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI
IV KURS KUNDUZGI BO‟LIM BITIRUVCHISI
SOHIBOVA ZARNIGORNING
“SIFATLI BIRIKMALARNING BADIIY USLUBDA
QO‟LLANILISHI (A. ORIPOV SHE‟RIYATI MISOLIDA)”
mavzusidagi
5220100 – Filologiya (O‟zbek filologiyasi) yo‟nalishida
bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
(2009-2010-o‟quv yili)
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari
nomzodi, dotsent
Nazarova S.A.
Buxoro-2010
REJA:
Kirish. Ishning umumiy tavsifi .
I bob. O‟zbek tilida sifarli so‟z birikmalari.
1.1. Hokim a‟zosi sifat bilan ifodalangan so‟z birikmalari.
1.2. Sifatli birikmalarning qurilish qoliplari.
II bob. Sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi.
2.1. O‟zbek tilining vazifaviy uslublari va unda badiiy uslubning
o‟rni.
2.2. Sifatli birikmalar poetik nutq vositasi sifatida.
Xulosa.
KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning tadqiq darajasi.O
‟zbek tilshunosligida sintaktik sathning asosiy
birikmalaridan biri – so‟z birikmasi (SB) turli ilmiy yondashuvlar aossida tadqiq etilgan.
XX asrning o‟ttizinchi yillaridan boshlab hozirgi kungacha davom etib kelayotgan formal
grammatik tadqiqotlarda SB larining bevosita kuzatishda berilgan qirrlari tavsiflangan.
Jumladan, o‟zbek tilshunosligi fanining tamal toshlarini qo‟ygan buyuk tilshunoslar –
F.Abdurahmonov, F. Abdullayev, A.Abdullayev, M.Asqarova, A.K. Borovkov,
F.Ibrohimova, S.N. Ivanov, A.Koklyanova, X.Komilova, A.N.Kononov, I.Rasulov,
Sh.Raxmatullayev, V.V. Reshetov, A.Safoyev, X.Xolibrov , M.Sharipov, A.G‟ulomov,
A.Hojiyev va ularning izdoshlari yaratgan darslik, o‟quv qo‟llanma-yu ilmiy asarlarida SB
nutq bosqichida talqin etilgan.
SB larining tuzilishi soda va murakkab SB lariga bo‟linishi, tobelanishning
moslashuv, boshqaruv, bitishuv usullariga ko‟ra turlari, bosh so‟zning ma‟lum so‟z
turkumiga tegishliligiga ko‟ra turlari, SB larining gap qurilishining “xom ashyosi” (v.h.)
to‟g‟risidagi ilmiy dalillar to‟planib mazkur sintaktik hodisani bilishning fahm (hissiy,
sensual) bosqichida shakllangan sintaktik ta‟limotni keltirib chiqardi. Biroq shu bilan
o‟zbek tilida SB larining ilmiy tadqiqi o‟z yakuniga yetgani yo‟q. zero o‟tgan asrning
so‟nggida kurtak yozib, XXI asrning dastlabki yillaridayoq o‟zbek tilshunosligi
kelajagining nazariy poydevoriga aylangan formal-funksional (substansial, system-
struktur) tahlil yo‟nalishi Sb haqidagi empirik bilimlarga tayangan holda yangi ilmiy
g‟oyalarni ilgari surdi. Bugungi kunda o‟zbek substansial tilshunosligi tiltizimi va uning
birliklarini bilish jarayonining idrok bosqichida bir butun nazariy ta‟limotni shakllantirdi.
Bu ta‟limot o‟zbek tili lisoniy-sintaktik sathining tadqiq manbayi – lisoniy-sintaktik
qurilish qolipi (LSQ) bo‟lib, bevosita kuzatishda berilgan SB va gaplar LSQ hosilari
sanalishi, shunga ko‟ra, SB LSQ lari hamda gap LSQ lariga bo‟linishi, umuman, SB til
birligi sifatida lisoniy va nutqiy jihatlarning ichki ziddiyatidan iboratligi to‟g‟risidago
nazariy xulosalarni almashtirdi.
O‟zbek substansial sintaksisi nazariy asoslari ishlab chiqilgan bo‟lsa ham, SB larining
formal-funksional tadqiqi bilan bog‟liq muammolar talaygina. Xisusan, hokim a‟zosi sifat
leksemali SB larining lisoniy-sintaktik qurilishi hamda mazkur birikmalarning uslubiy
qo‟llanilishi masalasi hozirga qadar alohida tadqiq etilmagan. Malakaviy-bitiruv ishi ushbu
masalaning yechimani berishdagi ilk qadamdir.
MAVZUNING DOLZARBLIGI. Bugun davlat tili rutbasidagi o‟zbek tili
mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor
yo‟nalishi o‟laroq amalgam oshirilayotgan
ko‟lamli ma‟naviy-marifiy islohotlariga kamarbastalikning huzurini tatib erkin takomli va
taraqqiyot yo‟lidan bormoqda [12; 54]. Chunonchi, ona tilimizning milliy grammatik
talqini vauning natijalarini qamrab olgan lug‟atlar o‟quv adabiyotlari ta‟lim tizimining
barcha bog‟inlari hamda bosqichlari orasidagi uzluksizlikni ta‟milashga xizmat qilmoqda.
Ammo o‟zbek tilida sifatli birikmalarning formal-funksional tahlili masalasi bilan aloqador
ilmiy xulosalar o‟quv adabiyotlarida o‟z aksini topmagan. Bu esa hokim a‟zosi sifat
leksemali birikmalarning qurilish qoliplarini aniqlash va mazkur SB larining uslubiy
qo‟llanish xususiyatlarini o‟rganish zaruriyatini belgilaydi. Zotan sifatlarning hokim
vaziyattda biriktirish imkoniyatlarini ko‟rsatish va bunday birikmalarning lisoniy
faoliyatda qo‟llanilishini tavsiflash ham substansial tilshunoslik, ham uslubshunoslik, ham
kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyatlidi. Shunday ekan, mazkur masalaning
kun tartibiga qo‟yilishi malakaviy-bitiruv ishini shakllantirish uchun yetarlicha asos bo‟la
oladi.
ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. O‟zbek tilida sifatli birikmalarning lisoniy-
sintakti qurilishini va mazkur birikmalarning badiiy uslubda qo‟llanilishini talil qilish
malakaviy-bitiruv ishi oldida qo‟yilgan maqsaddir. Belgilangan maqsadga muvofiq
quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‟zda tutilgan:
1) hokim a‟zosi sifat leksemali birikmalarni ajratish;
2)
sifatli birikmalarning qurilish qoliplarini aniqlash:
3)
badiiy uslubning adbiy uslublardan farqli, o‟ziga xos xususiyatlarini tavsiflash;
4)
sifatli birikmalar poetik nutqni shakllantiruvchi vosita ekanligini isbotlash;
5) sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishiga xos xususiyatlarni umumlashtirish.
ISHNING TADQIQ MANBAYI. Malakaviy-bitiruv ishining tadqiq manbayi sifatida
nutqda cheklanmagan miqdorda ro‟yobga chiquvchi sifatli birikmalar tanlab olindi. Hokim
a‟zosi sifatlardan iborat SB larining badiiy uslubda qo‟llanilishini kuzatish maqsadida
A.Oripovning she‟riyatiga murojaat qilindi. Shoirning “Yillar armoni”, “Ishonch
ko‟priklari”, “Menga xush xabar ayt” to‟plamlaridagi poetik asarlar matnida qo‟llangan
sifatli birikmalar tahlilga tortildi. O‟zbek tili formal sitaksisi, struktural sintaksisi va
stilistikasiga tegishli ilmiy tadqiqotlar ishning nazariy asosini tashkil etadi.
ISHNING METODOLOGIK ASOSI VA TADQIQ USULLARI. Malakaviy-bitiruv
ishida substansial tilshunosligidagi til birligining mohiyatini lison-nutq qarama-
qarshiligidagi izchil farqlaydigan dialektik tabiatli umumiy-xususiylik, mohiyat-hodisa,
imkoniyat-voqelik ixtiloflari tadqiq usullari va metodologig asos vazifasini o‟tadi. Sifatli
birikmalarning lisoniy-sintaktik qutilishini belgilashda structural metodga tayanildi.
Mazkur SB larining lisoniy sintaktik qurilishini belgilovchi sintaktik qplolar paradigmasi
aniqlanadi va shu qoliplar pardigmasi SB LSQ larining o‟zaro paradigmatik munosabatini
o‟rganish hamda SB LSQ lari paradigmalarini chegaralash muammosini hal qilishga
yordam beradi. Shu bilan birga, sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanish imkoniyatlarini
aniqlash, adabiy til va uslubiy me‟yotlarning o‟zaro aloqadorligi hamda uslubiy me‟yordan
chekinish va me‟yoriy muvofiqlik orasidagi ziddiyat masalalarining yechimlarini topishda
uslubshunoslik sohasiga samarali hissa qo‟shadi. Aytish joizki, mazkur ishning
natijalaridan oily ta‟limda ham formal-funksional sintaksis, ham stilistika sohalarini
o‟rganosh, o‟qitish jarayonida foydalanish mumkin.
ISHNING JAMOATCHILIK E‟TIBORIDAN O‟TISHI. Mazkur malakaviy bitiruv
ishi mavzusi Buxoro davlat universiteti O‟zbek tilshunosligi kafedrasida muhokama
qilinib, tasdiqlangan.
ISHNING TUZILISHI VA HAJMI. Malakaviy-bitiruv ishi kirish, ishning umumiy
tavsifi, ikki bob, xi\ulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati kabi qismlardan iborat bo‟lib,
137 sahifada o‟z aksini topgan.
I BOB. O‟ZBEK TILIDA SIFATLI SO‟Z BIRIKMALARI
Milliy istiqlol ona tilimizning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi, ma‟naviy nufuzini oshirish
bilan birga tilshunosligimizni “o‟zbek tili hodisalarini rus tili qoliplariga solib
tushuntirish”, [40; 5] tutqunligidan ozod qildi. Unga mustaqil taraqiyot yo‟liga o‟tib, milliy
ong, milliy tafakkur va mafkuraning muhim suyanchiqlaridan, yosh avlodga ijodiy
tafakkur ko‟nikmalarini singdirishning asosiy vositalaridan biriga aylanishga imkon berdi.
Qisqa davr ichida fanimizda bir necha yangi yo‟nalish-u maktablar shakllandi va ular
jadallik bilan rivojlanmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda lisoniy qurilishning umumiy
qonuniyatlarini o‟zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq va tahlil qilishga qaratilgan
izlanishlar silsilasi yuzaga keldi va uning salmog‟i kundan kunga oshib bormoqda [53; 1].
Chunonchi, H.Ne‟matov, R.Rasulovlarning “O‟zbek tili system leksikalogoyasi
asoslari” (T., 1995) , O.Bozorovning “O‟zbek tilida darajalanish” (T., 1995),
N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning “O‟zbek tili nazariy grammatikasi” (T., 1995),
B.Qilichevning “O‟zbek tilida partonimiya” (T., 1996), H.Ne‟matov, R.Sayfullayeva, M.
Qurbonovalarning”O‟zbek tili struktural sintaksisi asoslari” (T., 1999), B.Mengliyevning
“O‟zbek tilining struktir sintaksisi” (Qarshi, 2003), M.Qurbonovaning “Hozirgi zamon
o‟zbek tili (soda gap sintaksisi uchun materiallar)” (T., 2002), R.Sayfullayeva,
B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalovalarning “Substansial
morfologiya valentlik va gap qurilishi talqini ” (T., 2009) kabi o‟quv adabiyotlari va ilmiy
tadqiqotlarida tilimizning turkona talqini o‟z aksini topgan.
Bu sirada sanab o‟tilgan ilmiy va o‟quv-usuliy ishlarda ularning mualliflari o‟zbek
tili grammatikasi, xususan, substansial (formal-funksional, struktural) sintaksisning nazariy
asoslarini bayon etishgan. Malakaviy-bitiruv ishimizda tahlil markaziga qo‟yilgan masala
SB sintaksisiga aloqador bo‟lganligi tufayli formal-funksional tadqiq yo‟nalishda ishlab
chiqilgan o‟zbek tili sintaksisining nazariy asoslari tayanch vazifasini o‟taydi. Dastavval
bu nazariy asoslar nimadan iboratligini aniqlab olish lozim. O‟zbek tilshunosligida formal-
funksinal yo‟nalish tadqiq usullari, tayanch tushunchalarini aniqlab, bu sohadagi ilmiy
ishlarni birma-bir tahlil qilib, bu tadqiq yo‟nalishining yaxlit ta‟limot darajasiga
ko‟tarilganligini ilmiy asoslagan [54;] tilshunos – olima M.Qurbonova: “Hozirgi o‟zbek
tilshunosligida tahlil usuli maqsadi, vazifasi, tayanch tushunchalariga ko‟ra o‟zaro
farqlanuvchi uch xil sintaktik yo‟nalish mavjud”, - deb yozadi [47; 73]. Bu sintaktik
yo‟nalishlarni quyidagicha tasniflaydi:
1) formal sintaksis yoki an‟anaviy sintaksis;
2) mazmuniy sintaksis;
3) formal-funksional sintaksis.
O‟tgan asrning 20-yillarida shakllana boshlagan 60-70-yillarga kelib mantiqiy
nihoyasiga yetgan formal sintaksis A.Shaxmatov, A.Peshkovskiy, V.Vinogradovlarning
ilmiy qarashlariga asoslanadi. XX asrning 40-yillarida sintaksisni shakily-tavsifiy tahlil
usullari asosida o‟rganish ham ilmiy , ham ijtimoiy an‟ana sifatida o‟zbek tilshunosligida
qabul qilinib, 60-yillarga qadar davom ettirildi. Ushbu ta‟limot fanda buyuk tilshunos
A.G‟ulomovning beqiyos xizmati o‟laroq yetuk ta‟limotga aylandi va uning nomi bilan
tilshunoslik tarixida alohida o‟rin tutadi. A.G‟ulomovning “Hozirgi zamon. I bo‟lim.
Sodda gap” (T., 1948), “Sodda gap” (T., 1955), “Hozirgi o‟zbek adabiy tili. Sintaksis” (T.,
1961, 1965, 1987) kabi darslik-u o‟quv qollanmalarida sintaktik birliklar, jumladan, SB
lari ham shakily-tavsifiy (ya‟ni formal) nuqtayi nazardan tahlil qilindi.
Fanimizda o‟tgan asrning 70-80-yillarda shakllana boshlagan keyingi ikki
yo‟nalish sistemaviy tahlil usuliga tayanadi. Sistemaviy tahlil usuli deganda yevropada XX
asrning boshlarida struktural (lison va nutq differensiatsiyasiga asoslanuvchi) tahlil metodi
tushuniladi[47;74].
Mazmuniy sintaksis structural tilshunoslikning bir yo‟nalishi bo‟lib, unda gapning
mantiqiy bo;laklari va mazmuniy unsurlari izchil farqlanadi. A.Nurmonov, N. Mahmudov,
A.Axmedov , S.Solixo‟jayevalarning “O‟zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (T., 1992)
nomli o‟quv qo‟llanmasida gapning mazmuni murakkab va serqirra tuzilishiga egaligi
asolab berildi. Demak, o‟zbek tilida sintaktik birliklarning semantik tahlil usullari va
tayanch tushunchalarini shakllantirgan mazmuniy sintaksis mustaqil ta‟limot maqomiga
erishgan.
Sintaksis yo‟nalishlarini tavsiflashdan maqsad shuki, malakaviy-bitiruv ishida tadqiq
manbayi sifatida tangan sifatli SB larining sintaktik qurilish qoliplari va ularning
paradigmalarini uchinchi yo‟nalish – formal-funksional yo‟nalish, H.Ne‟matov ta‟biri bilan
aytganda, substansial tadqiq usullari asosida aniqlash, tahlil qilish, davr talabiga
muvofiqligini ta‟kidlashdir. Negaki, o‟zbek tilida SB larining formal-funksional tadqiqi
muammosining tarkibiy qismi o‟laroq hokim a‟zosi sifat leksemalaridan iborat SB larining
struktural tahlili o‟rganish obyektining tabiatiga mos lisoniy qurilishni tekshirishni taqazo
etadi. Bu esa o‟z navbatida tahlilni formal-funksional sintaksisning tadqiq usullari asosida
olib boorish zarurligini tasdiqlaydi.
“Formal-funksional sintaksis ” atamasidan anglashiladiki, ma‟lum bir vazifaga
xoslangan lingvistik shakllarni (yoki ma‟lum bir shaklda ifodalanishi mumkin bo‟lgan
lisoniy mohiyat-imkoniyatlarni) tekshiradi. Shu sababdan bu tahlil usulida shakl va uning
vazifasi, vazifa (ya‟ni mazmun) va uning shakli tushunchalari ajralmasdir [54; 47; 74]. Shu
bilan birga, sintktik birliklarning ikki yoqlama ziddyatli xarakterga ega ekanligi, ularda
lisoniy imkoniyatlar va nutqiynvoqelnishlarning farqlanishi dialektik mantiqiy umumiylik-
xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat kategoriyalari (UMIS
vaYaHVO munosabati asosidagi tadqiq usullari) yordamida aniqlanadi. Boshqacha
aytganda, formal-funksional talqinda lisoniy sintaktik birlik substansiallik omili asosida
o‟rganiladi.
Lisoniy birlikning substansial (zotiy) tabiati uning mohiyati “majmui asmo va sifot”
(ismlar va belgilar yig‟indisi) ekanli, ya‟ni bevosita kuzatishda berilmagan bo‟lib, faqat
moddiy voqelanishlar uchun asos bo‟la oladigan imkoniyatlar majmuasidan iborat
ekanligida namoyon bo‟ladi [32; 8]. Substansial yondashuvda lisoniy birlik o‟zida barcha
belgi va xususiyatlarni, jihat va munosabatlarni tashuvchi, bularga ega butunlik sifatida
gavdalanadi. Shu jihatdan har bir lisoniy birlik o‟zbelgi-xususiyatlarining yaxlitligidan
iborat muayyan butunlikka, tarkibiy qismlarga, imkoniyatlarga ega bo‟lgan o‟ziga xos
tizimdir [54; 12].
Aytish joizki, zamonaviy tilshunoslik talab va ehtiyojlariga muvofiq ishnyuritilsa,
SB larining shakliy-tavsifiy (formal-logik), mazmuniy (semantik) tahlilidan ko‟ra
substansial (formal-fuksional ) talqini ko‟proq nazariy qiymatga egaligi bilan ustunlik
qiladi. Zero til tizimini substansial yondashuvda o‟rganish o‟zbek tilining barcha lisoniy
sathlariga tegishli bilimlarni ilmiy dunyoqarashning eng yuqori bosqichi – aqliy
umumlashmalar shakllanuvchi idrok bosqichida birlashtirdi. Demak, ilmiy bilish
jarayonida empirizmdan ratsionalizmga o‟tildi, pirovard natijada, ratsionalizm lingvistik
nazariyalarni dunyoga keltrirdi. Ilmiy bilishning falsafiy gnoseologik asoslari buni to‟la
to‟kis kafotlay olishiga to‟la to‟kis alohida dalil keltirishga zarurat yo‟q. shundayekan,
mavzu va tadqiq manbayini ilg‟or sintaktik nazarayaning tahlil usullar asosida o‟rganish
zamon talabidir. Tabiiyki, mazkur bobda sifat leksemalarining SB larida hokim a‟zo
mavqeyida voqelanishi hamda sifatli SB larining lisoniy sintaktik qurilishini yoritish
ko‟zda tutilgan bu esa dastavval hokim a‟zo mavqeyida sifatlar voqelashdigan SB larni
ko‟zdan kechirishni hamda sifatli birikmalar guruhini belgilashni taqazo etadi.
1.1. HOKIM A‟ZOSI SIFAT BILAN IFODALANGAN SO‟Z BIRIKMALARI
Ayonki, sifat predmetlarning belgi-xususiyatini bildirgan lug‟aviy birliklar turkumi
va alohida olingan belgi ma‟noli leksemalarini nomlaydi. O‟zbek formal tilshunosligida
olti mustaqil so‟z turkumidan biri sifat ekanligi o‟rta maktab darsligidanoq ma‟lum.
Sifatning nutq bosqichidagi talqinidan farqli o‟laroq, substansial tilshunoslik so‟zlarni
tasniflash masalasiga dialektik mantiqiy nuqtayi nazardan yondashdi. Substansial
morfologiyada ilk bora so‟zlar serqirralik xususiyatlari asosida I.Madrahimov tomonidan
ta‟riflandi[49]. Bu tasnifga ko‟ra, sifat ma‟noviy jihatdan “belgini nomlash orqali atovchi
mustaqil leksemalar ” va morfologik prinsipga muvofiq “darajalanuvchi, o‟zgaruvchi
so‟zlar “ turkumi sifatida belgilandi [49; 12-betdagi jadvalga qaralsin].
Sift predmetga xos belgi-xususiyatni bildirar ekan, uning lug‟aviy ma‟no
imkoniyatlari mazkur turkumidagi so‟zlarning boshqa so‟zlar bilan birikuvida namoyon
bo‟ladi‟ zero sifat leksemalari nutqda hech vaqt alohida yuzaga chiqmaydi. Ular asosan ot
va fe‟l leksemalari bilan birikib, muayyan predmet, narsa-hodisa, harakat vaholatning belgi
xususiyatini ifodalab keladi.
Jumladan, katta ko‟cha, moviy osmon, shirin qovun, eski hovli, zamonaviy ko‟ylak,
sermahsul ijod, nozik tuyg‟u, tez yurmoq, yaxshi yashamoq, soxta kulmoq, mufassal
tasvirlamoq, ma‟yus qaramoq, sekin gapirmoq, benuqson yozmoq, jiddiy o‟ylamoq kabi
SB larida sifatlar tobe a‟zo mavqeyida voqelangan. Mazkur birikmalarni ikki turga ajratish
mumkin. Birinchi turdagi hosilalar, ya‟ni katta ko‟cha, moviy osmon, shirin qovun, eski
hovli, go‟zal ayol, zamonaviy ko‟ylak, sermahsul ijod, nozik tuyg‟u birikmalarida sifatlar –
“katta”, “moviy”, “shirin”, “eski”, “go‟zal”, “zamonaviy”, “sermahsul”, “nozik”,
leksemalari predmet, narsa-hodisani nomlovchi leksemalar – “ko‟cha”, “osmon”, “qovun”,
“hovli”, “ayol”, “ko‟ylak”, “ijod”, “tuyg‟u” ning u yoki bu belgi xususiyatini
aniqlashtirganligi bois tobe vaziyatni egallaydi. Shuningdek, ikkinchi turdagi hosilalarda
“yurmoq”, “yashamoq”, “kulmoq”, “tasvirlamoq”, “qaramoq”, “gapirmoq”, “yozmoq”,
“o‟ylamoq” fe‟l leksemalari bilan bog‟langan “tez”, “yaxshi”, “soxta”, “mufassal”,
“ma‟yus”, “sekin”, “benuqson”, “jiddiy” sifat leksemalari harakat va holatning muayyan
belgi-xususiyatini bildirib,mazkur SB larida ham tobe mavqeyida reallashadi. Ko‟rinadiki,
bu ikki turdagi hosilalar sifat leksemalarining tobe vaziyatini egallashi tufayli yuzaga
keladi. Biroq hosilani bir-biridan farqlovchi jihat hokim vaziyatni egallagan
leksemalarning ot va fe‟l turkumiga mansubligi bilan bog‟liq.
Shuni alohoda ta‟kidlash lozimki, belgi-xususiyatni anglatish vazifasi (ma‟nosi)
sifatning ot hamda fe‟l bilan sintaktik aloqaga kirishuvida yaqqollashadi. Demak, sifatning
lug‟aviy ma‟nosi va semantik imkoniyatlari boshqa leksemalar bilan sintakmatik
munosabatida ko‟zga tashlanadi.
Ayni paytda, sifatga xos birikish imkponiyatlarini faqat bir tomonlama - uning ot va
fe‟lga tobelanishi misolida talqin etish mazkur leksemalarning sintaktik imkoniyatlarini
cheklash bilan barobardir. Zotan, o‟zbek tilida “Odam temirdan qattiq, guldan nozik”
gapida kuzatiganidek turli nutqiy shartsharoit bilan bog‟liq voqelanishlarda sifatning
hokim a‟zo mavqeyida reallashishini ko‟rish mumkin. Bu hol, tabiiyki, sifatning sintaktik
imkoniyatlarini ikkinchi tomondan, ya‟ni sintagmatik munosabatlarda hokimlik
pozitsiyasini egallashi nuqtayi nazaridan o‟rganish zaruratini bildiradi.
Modomiki, sifat nutqiy voqelikda goh tobe, goh hokim a‟zo mavqelarida reallasha
olar ekan, unda bunday voqelanishlar qanday sababiyat oqibati o‟laroq yuzaga chiqadi? Sb
larida sifatning tobe vaziyatda ham, hokim vaziyatda ham kela olishi qaysi lisoniy
qonuniyatga muvofiq amalgam oshadi? Mantiqiy javob izlab, “umuman, so‟zlar boshqa
so‟lar bilan qanday bog‟lanadi, bu bog‟lanishning mohiyatida nima yashiringan ?” degan
navbatdagi savollarga ro‟baro‟ kelamiz.
Barcha savollarning javobi lisoniy valentlik nazariyasi zaminidan izlanishi lozimligi
haqidagi mulohaza ilmiy dalillarni oydinlashtirish sari yo‟l boshlaydi. Chunonchi, valentlik
nazariyasiga ko‟ra til birligi (keng ma‟noda ) boshqa til birligini biriktirish va unga birikish
qobiliyatiga ega til birligining (tor ma‟noda leksemaning ham ) birikish va biriktira olish
qobiliyatlari bir butun holda birikuvchanlik imkoniyatida mujassamlashadi. So‟zlovchining
nutqiy ehtiyoji tufayli bu imkoniyat qulay nutqiy vaziyatda voqelashadi. Birikuvchanlik
(ayni paytda biriktiruvchanlik) imkoniyatlari barcha til birliklarida bo‟lganidek
leksemalarda ham mavjud. Demak, leksemalarga xos birikuvchanlik imkoniyatlari
valenylik tushunchasida yaxlitlashadi.
Valentlik tushunchasi funksional yoki dinamik sintaksis nazariyasi bilan bog‟liq
holda yuzaga keldi. Funksional (dinamik) sintaksis kategorial (statik) sintaksisga qarama-
qarshi qo‟yiladi. Bu g‟oya fransuz tilshunosi L.Tener tomonidan 1934-yilda aytilgan
[34;71].
“L. Tener o‟zining bu g‟oyalarini rivojlantirib, 1953-yilda “structural sintyaksiz
ocherki” (“Очерк структурального синтаксиса”) asarini yaratdi, bu asarda valentlik
tushunchasi har tomonlama asoslab berildi”, - deb yozadi professor E.Qo‟chqortotev
[34;71].
Turkiyshunos olim valentlikni sof sintaktik tushuncha emas balki semantik-
grammatik tushuncha deb hisoblaydi. So‟z valentligi uning gapda qanday bo‟lak bo‟lib
kelishi bilan emas, so‟zning leksik-semantik xususiyatlari bilan belgilanishini ta‟kidlaydi.
“Valentlikni o‟rganish birinchi navbatda, so‟z turkumlari xususiyatlarini o‟rganish
demakdir” degan xulosaga keladi. Bizningcha I.Qo‟chqortoyevning aynan shu xulosasi
sifatning turli-tuman birikmalarda voqelanish sababiyatini ochish nuqtayi nazaridan
ahamiyatlidir. Chunki sifatning goh tobe vaziyatda, goh hokim vaziyatda kelishi, ya‟ni SB
lar tarkibida voqelashuvi valentlik xususiyatlariga bo‟g‟liq. Sifat leksemalarining valentlik
xususyatlarini tahlil qilar ekanmiz, bu leksemalarning xususiy ma‟noviy va umumiy (sifat
so‟z turkumiga xos) ma‟noviy imkoniyatlarini aniqlashga ega bo‟lamiz. Shuning uchun
sifatning boshqa leksemalar bilan sintagmatik munosabati valentlik nazariyasi ko‟magida
tahlil qilinishi lozim.
Jumladan, “so‟zning semantik valentligi so‟zga tegishli potensial semantik
imkoniyat bo‟lib, uning leksik ma‟nosidan kelib chiqib, so‟zning boshqa til birliklaridan
farqlanishi, alohidaligi, konkretligini ko‟rsatuvchi asosiy kriteriy sanaladi” [22;13]. Shu
bois sifatning predmet, narsa-hodisa, harakat, holatning u yoki bu belgisini bildirishining ot
va fe‟l bilan sintakmatik munosabat hosil qilishida kuzatish mumkin.
Qiyoslang:
Shirin qovun va sekin gapirmoq
“shirin qovun ” SB sida “shirin” leksemasi o‟z lug‟aviy ma‟no strukturasida mavjud
istemol qilinuvchi predmet, ya‟ni oziq-ovqat meva turiga xos maza-ta‟m belgisini
ifodalash semasini qovun leksemaining lug‟aviy ma‟no tarkibidagi poliz mevasi (sabzovot
turi) ni ifodalovchi semaga muvofiqlashtirganligi uchun voqelashadi. Aynan shu semasi
asosida “shirin ” so‟zi “kulcha”, “non”, “taom”, “olma”, “anor”, “holva” kabi oziq-ovqat
nomlari sirasidagi ot leksemalari bilan birika oladi. Tabiiyki, mazkur oziq-ovqat nomlari
ham “qovun ” leksemasi kabi iste‟mol qilinuvchi taom yoki meva turini anglatish va
muayyan maza-ta‟mga ega bo‟la olish semalarining talabiga ko‟ra “shirin” leksemasini
biriktira oladi. “Shirin ” leksemasi o‟rnida “nordon”, “achchiq”, “taxir”, “chuchmal”,
“chuchuk”, “sho‟r”, “bbemaza ” kabi sifatlardan mosini tanlab biriktirish imkoniyatiga
egaligini ta‟kidlash kerak. Zero R>Rasulov buni valentlikning so‟z ma‟nolariga saylash va
saylanish imkonini berishi bilan asoslaydi. “U saylash imkoniga egaligi bilan mustaqil
bo‟ladi, so‟zlar orasidagi sintaktik aloqani ta‟minlaydi” ,- deb hisoblaydi olim [22; 13].
Shunday birikish va biriktirish jarayoni “sekin gapirmoq” birikmasining
shakllanishida ham kuzatiladi “Sekin” leksemasi ma‟no tarkibidagi harakat yoki holatning
yuzaga chiqish tezligini va uning me‟yoriy darajadan past (kam) ekanligini ifodalovchi
sema “gapirmoq” fe‟li tomonidan saylanadi, aksincha, u yoko bu harakat (holatga) ga xos
tezlik vauning me‟yoriy darajasidan kamligini ifodalovchi sema ham harakat ma‟noli
lug‟aviy birliklar turkumidan nutq fe‟llari LMG iga mansub “gapirmoq” so‟zidagi og‟zaki
nutq harakatini ifodalash semasini saylab oladi. Oqibatda, tobe vaziyatdagi sifat (sekin) va
hokim vaziyatdagi fe‟l (gapirmoq) orasida sintaktik aolqa hosil bo‟lganligi “sekin
gapirmoq” SB si vujudaga kelganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda tilshunoslikda quyidagi uch turi aniqlangan :
1) semantic valentlik (I.Qoochqortyev, R.Rasulov);
2) morfologik shakl valentligi (B.Mengliyev);
3) sintaktik valentlik (R.Rasulov) [qarang: 34, 22, 50].
Bizningcha, valentlikning mazkur uch turi bir butun holda ichki imkoniyatlar
sifatida so‟zda mujassamlashgan bo‟ladi. Valentlik nutq faoliyatida, so‟zlarning o‟zaro
bog‟lanishida yuzaga kelmaydi. R.Rasulov ta‟kidlaganidek, “nutqgacha, ya‟ni tilda – til
birligi sifatida so‟zda mavjud boladi, “yashaydi”, potensial imkoniyatlar tarzida saqlanadi”
[22; 13]. Nutqda esa mazkur lisoniy imkoniyatlar harakatga keladi, namoyon boladiki, turli
nutq birliklarida o‟zining aniq ifodasini topadi. Aytish joizki, valentlik bir tomondan jonli
nutqni – so‟zlar orasidagi sintaktik aloqani, so‟zlarning birikuvini ta‟minlaydi, ikkinchi
tomondan, valentlik so‟lar orasidagi sintaktik a‟loqada, so‟zlarning birikuvida reallashadi,
ta‟sir qiluvchi “kuch” ga aylanadi [22;13].
Demak, valentlik lisoniy imkoniyatlar, ya‟ni so‟ning ma‟noviy, morfologik (
Grammatik shakliga xos) sintaktik birikish imkoniyatlari majmuyi o‟laroq barcha sozlar
kabi sifatlarga ham nutqda turli sintakmatik munosabat hosil qilish uchun yetarlicha
imkon bera oladi.
Sifat ot va fe‟llar bilan sintaktik aloqaga kirishar ekan, predmet va harakatning
belgi xususiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Bu vazifa sifatning tobe vaziyatda
voqelanishini belgilab beradi ammo sifatning valentligi va u orqali belgilangan
birikuvchanlik imkoniyatlari mazkur leksimalarning faqat tobe a‟zo mavqeyida voqelanishi
bilan chaegaralanmaydi. Sifat leksimalari “guldan nozik”, “temirdan qattiq”, “nondek
aziz”, “moshdan yirik”, “osmon kabi bepoyon”, “husnda yagona”, “so‟zga chechan”,
“pulga o‟ch” kabi nutqiy hosilalarda hokim a‟zo mavqeyida gavdalanadi. Ko‟rinadiki sifat
nafaqat birikish, saylanish, balki biriktirish saylab olish imkoniyatiga ega bo‟lib bu
imkoniyat sifatida potensial holda mavjud ma‟noviy morfologik va sintaktik
valentliklarning ta‟sirida yuzaga chiqadi.
Sifat leksimalarini predmet yoki harakatning muayyan belgisini aniqlash vazifasi
tufayli tobelantirgan ot yoki fe‟lning ma‟nosini konkretlashtiradi. Qiyoslang: qovun –
shirin qovun – bemaza – qovun (sifat+ot)
gapirmoq – sekin gapirmoq – tez gapirmoq (sifat+fe‟l)
Biroq sifat leksimalari anglatuvchi belgi ma‟nosi ham o‟z novbatida, sifat
leksimalari tobelantiruvchi ot, sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmosh,
leksemalari tomonidan kankretlashtiriladi. Natijada turli ma‟noviy munosabatlarni
ifodalovchi sifatli birikmalar hosil bo‟ladi. Mazkur birikmalarda sifat hokim mavqeyida
voqelashib, o‟z lug‟aviy ma‟nosi, Grammatik shakli va sintaktik pozitsiyasini tobelanuvchi
so‟z yordamida aniqlashtiradi, qiyoslang:
Guldan nozik (ot+sifat)
Osmon kabi bepoyon (ot+sifat)
Oluvchidan ko‟p (sifatdosh+sifat)
Eshitmoqdan avzal (harakat nomi+sifat)
Gum-gumdan uzoq (taqlid+sifat)
Raxmatga zor (undov+sifat)
Yuzdan kichik (son+sifat)
O‟ziday chaqqon (olmosh+sifat)
Sifatning ma‟noviy, marfologik va sintaktik valentlikdagi unga tobelantirish,
saylash huquqini bergani boyiz ot, sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmosh
leksemalari kelishik ko‟makchi va o‟xshatish shakli (ko‟rsatkichi) yordamida sifat
leksemalariga tobelanadi. Tobelanuvchi so‟zlar hokim a‟zo mavqeyidagi sifatlar
ifodalayotgan belgi ma‟nosini boshqa predmet, narsa, hodisa, harakat va holat bilan
qiyoslaydi. Demak, hokim vaziyatda reallashgan sifatlar tobe vaziyatni egallagan ot,
sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmoshlarni boshqari, qiyoslash, chog‟ishtirish
ma‟noviy munosabatlarini shakllantiradi.
Bunday hokim a‟zo lug‟aviy asosidan anglashilgan belgi ma‟nosi qiyoslanayotgan
SB lari nutq bosqichida atroflicha o‟rganilgan. Chunonchi, SB lari komponentlarining
Grammatik tabiatiga ko‟ra tasnifida [16; 166] , ya‟ni:
1) otli birikmalar;
2) fe‟lli birikmalar;
3) ravishli birikmalar;
4) modal so‟zli birikmalar sirasida alohoda;
5) sifatli birikmalar tarzida ajratilgan.
Biroq A.G‟ulomov va M.Asqarova SB si tarkibidagi hokim komponentning qaysi
so‟z turkumiga kirishiga qarab, uch xil birikmani, jumladan, otli birikma, fe‟lli va ravishli
birikmalar farqlangada [37; 27] hokim vaziyatda sifat vooqelashgan birikmalarning
“ot+ravish” birikuviga kiritishgan .mualliflar “ravishli birirkma ” deb baholagan “ovozdan
tez” va “o‟qdan tez” SB larida “tez” sifati ravish turkumiga tegishli so‟z sifatida talqin
etilganligi bois, aslida, sifatli birikmalar “ravishli birikma” deb xulosalangan.
Buning sababi ravish turkumining leksik grammatik jihatdan noaniq, ziddiyatli
tadqiqida bo‟lib, hozirgi kunda so‟z turkumlarining substansial tahlili tufayli o‟zbek tilini
maktabda o‟qiyotgan o‟quvchilardan tortib, ona tilimizni xorijiy til sifatida
o‟zlashtirayotganlarga qadar – barchaga “tez”, “oz”, “ko‟p”, “kam” so‟zlari
darajalanuvchanligi demak, sifat ekanligi, aksincha ravishlar darajalana olmasligi,
umuman, morfologik jihatdan o‟zgarmas so‟zlar [6] ma‟lumdir. Shunday ekan, “mazkur
mualliflar ravishli birikmalar turini tasniflayotganda SB lari orasida otli va fe‟lli birikmalar
kabi salmoqli o‟rin tutgan sifatli birikmalarni nazarda tutishgan” , desak xato bo‟lmas. Bu
mulohazani bildirishdan maqsad shuki, ovozdan tez, o‟qdan tez singarisifatli so‟z
birikmalini har bir bobda bo‟limlararo izchillikda tahlil qilib ularning o‟zbek tili lisoniy
sintaksisi va nutqiy uslubiy qo‟llanishda tutgan salmoqli o‟rnini ko‟rsatishdir.
Darhaqiqat, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlarning tasnifida tavsiflanganidek
“bu tip SB larining hokim bo‟lagi sifat bilan ifodalanib, komponentlari boshqaruv yo‟li
bilan birikadi” [16; 167]. Demak, formol sintaksisda sifatli birikmalar atamasi ostida
hokim bo‟lagi (HB) sifat leksemalari bilan ifodalangan SB lari tushinilgan. Hozirgi kunda
ham formal-funksional sintaksisda SB lari o‟z tarkibidagi hokim a‟zoning qaysi so‟z
turkumiga kirishiga qarab ikki, ya‟ni :
1) ismli birikmalar (hokim a‟zosi ot, sifat, son, olmosh, turkumlariga tegishli
so‟zlar bilan ifodalangan SB lari );
2) fe‟lli birikmalar (hoikim a‟zo fe]l bilan ifodalangan SB lari ) ko‟rinishida
bo‟lishi e‟tirof etilgan [25; 43-44].
Anglashiladiki, formal-funksional sintaksisda sifatli birikmalar ismli birikmalar
tarkibiga kiritilgan. Sifatli birikmalar otli birikmalar kabi ismli birikmalar umumiyligiga
birlashtirilgan. Shunday ekan, ismli birikmalarning xususiy ko‟rinishi o‟laroq sifatli
birikmalar, o‟z navbatida, qanday lisoniy sintaktik qurilish xususiyatlari, demakki, qurilish
qoliplari bilan boshqa SB laridan farq qiladi? Hokim a‟zosi sifatlardan iborat SB lari o‟z
ichida qanday ma‟noviy guruhlarni qamrab olgan ? Bu kabi savollarga javoblarni izlash
mantiqan keyingi bo‟limni yoritishni belgilaydi.
1.2. SIFATLI BIRIKMALARNING QURILISH QOLIPLARI.
Nutqimizda “guldan nozik”, “no‟xatdan kichik”, “moshdan yirik”, “itdan past”,
“otdan baland”, “nurdan tez”, ”oydan go‟zal “, “toshdan qattiq”, “jondan aziz”, “shahardan
katta”, “sirga to‟la”, “go‟zallikka asir”, “pulga o‟ch”, “so‟zga chechan”, “oltinga boy”,
“ko‟ngilga yaqin”, “yordamga muhtoj”, “husnda tengsiz”, “olamda mahhur”, “go‟zallikda
yagona”, “qalbda yashirin”, “guldek nozik // gulday nozik”, “qordek oppoq // qorday
oppoq”, “nondek aziz // noonday aziz”, “aslday shirin // asaldek shirin”, “oy kabi // singari
// yanglig‟ // misoli yolg‟iz” , “samo kabi // singari // yanglig‟ // misoli bepoyon”, “qal‟a
kabi // singari // yanglig‟ // misoli mustahkam”, “dengiz kabi // singari // misoli // yanglig‟
sokin” birikmalari uchraydi.
Bu SB larning barchasida hokim a‟zo, ya‟ni tobe bo‟lak (TB) dan keyingi
pozitsiyani egallagan ma‟nosi aniqlanayotgan, to‟ldirilayotgan va izohlanayotgan so‟z sifat
turkumiga tegishli bu jihatdan mazkur SB lari hokim bo‟lagi (HB) ning sifat leksemari
bilan ifodalanishiga ko‟ra sifatli birikmalar hisoblanishi (yuqorida tahlil etilgani uchun )
isbot talab etmaydi. Ammo sanab o‟tilgan sifatli birikmalarning farqli xususiyatlari ularni
bir-biridan ajratish hamda guruhlashni taqazo etadi.
Negaki, “guldan nozik”, “no‟xatdan kichik”, “moshdan yirik”, “itdan past”, “otdan
baland”, “nurdan tez”, “oydan go‟zal “, “toshdan qattiq”, “jondan aziz”, “shahardan katta”
kabi SB larida TB mavqeyida yuzaga chiqqan ot leksemalari HB mavqeyidagi sifat
leksemalariga chiqish kelishigi [-dan] vositasida bog;langan demak, mazkur birikmalarda
HB mavqeyidagi sifat TB mavqeyidagi otni chiqish kelishigi yordamida boshqaradi. Nutq
sintaksisida bu tobelanishning boshqaruv usuliga xos bo‟li o‟zbek tili formal
grammatikasiga oid ilmiy va o‟quv-usuliy adabiyotlarda keng hamda mufassal sharhlangan
sifat boshqaruvining bir ko‟rinishi hisoblanadi [16;, 37, 29, 4].
Taniqli olim F.Abdullayev “So‟zlar o‟zaro qanday bog‟lanadi?” risolasida sifaq
boshqaruvi haqida shunday yozadi: “Siastlar jo‟nalish, chiqish, o‟rin-payt kelishiklardagi
so‟zlarni 9ot, olmosh yoki otlashgan so‟zlarni ) boshqarib keladi… o‟zbek tilida sifat
boshqaruvida yuzaga kelgan birikmalarning ko‟pchiligi tobe muchasi ( ya‟ni a‟zosi,
bo‟lagi – izoh bizniki) jo‟nalish kelishigi formasida bo‟lgan konstruksiyalar tashkil qiladi
[4; 34].
F.Abdullayevning ta‟kidlashicha, belgini qiyoslab ko‟rsatish xususiyatiga ega
bo‟lgan barcha sifatlar chiqish kelishigidagi so‟zni boshqara oladi [4; 38]. Tabiiyki, barcha
sifat leksemalari chiqish kelishigidagi ot leksemalarini boshqarayotganda o‟z ma‟no
tarkibidan ajralib chiqqan leksemaning muayyan obyektiga nisbatan qiyoslanishi yoki
chog‟iishtirilishini bildiradi. Shu bois TB mavqeyidagi so‟ (aksariyat hollarda otlar ) ning
chiqish kelihigida shakllanishini talab etadi. Bu eas chiqish kelishigining lisoniy-
morfologik tabiatidan kelib chiqadi. Sifatning chiqish kelishigidagi otlar bilan birikuvidan
hosil bo‟ladigan SBlarining lisoniy-sintaktik qurilishi va ma‟noviy xususiyatlarini bu xil
SB larining guruhlarini aniqlagach, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun
hozircha yuqorida tavsiflangan birikmalarni [ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari tarzida
umumlashtira olamiz va guruhlarni ajratishni davom ettiramiz. Demak, sifatli birikmalar
tarkibidagi birinchi guruhni “[ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari deb nomlash mumkin.
Ayni paytda, bilmga tashna, sirga to‟la, go‟zallikka asir, pulga o‟ch, so‟zga chechan,
yordamga muhtoj kabi nutqiy hosilalarda HB mavqeyidagi sifatlar TB mavqeyidagi otlarni
jo‟nalish kelishigi yordamida tobelantirishiga qiqqat qilaylik. Bunda ham HB mavqeyidagi
sifatning otlarni boshqaruvi hodisasi ko‟zga tashlanadi. Endi sifat otni jo‟nalish kelishigi
ko‟magida boshqaradi. Jo‟nalish kelishigi ko‟rsatkichi bilan shakllangan otlarni boshqarish
sifat boshqaruviga xos yana bir xususiyat bo‟;lib, o‟zbek tilida bunday birikmalar juda
ko‟p qo‟llanish imkoniyatiga ega. Biroq F.Abdullayevning “Semantika talabiga ko‟ra o‟rin
va chiqish kelishiklarini boshqarib keluvchi sifatlar jo‟nalish kelishigi formasiga nisbatan
ancha kam uchraydi” [4; 34] degan xulosasiga qo‟shila olmaymiz. Negaki, jo‟nalish
kelishigidagi otlarni ham, chiqish yoki o‟rin payt kelishigidagi otlarni ham sifatlar
so‟zlovchining shunday SB lariga bo‟lgan ehtiyoji tufayli boshqaradi. Bu esa mazkur SB
larining ko‟p yoki kam qollanilishi nutqiy ehtiyoj va nutqiy vaziyatga bog‟liqligini
ko‟rsatadi. Sanab o‟tilgan omillar qatorida nutqiy voqelikning cheksizligi ham inobatga
olinishini unutmaslik lozim.
Shunday qilib, jo;nalish kelishigi shaklidagi otlar va sifatlardan tuzilgan birikmalarni
[ot +[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lari tarzida umumlashtirish mumkin. Demak, sifatli
birikmalar tarkibidagi ikkinchi guruh [ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lar deb nomlanadi.
Hokim a‟zo mavqeyida reallashgan sifatlarni “husnda tengsiz”, “olamda mashhur”,
“go‟zallikda yagona”, “qalbda yashrin”, “elda aziz”, “zavodda ilg‟or” kabi hosilalarda
kuzatish mumkin. Bunday nutqiy hosillarda sifatlar o‟rin-payt kelishigidagi otlarni
boshqarib keladi. Sifatning o‟rin-payt kelishigidagi otlarni boshqarishi sifat boshqaruviga
xos yana bir xususiyat bo‟lib, bu birikmalar [ot+[-da] ~ sifat ] qurilmasiga ega. O‟rin payt
kelishigidagi otlarni tobelantiruvchi sifatli birikmalarni umumlashtirib, [ot+[-da] ~ sifat ]
qurilmali SB lar deb nomlash mumkin. Bu o‟z navbatida, sifatli birikmalarning uchinchi
guruhi sifatida ajratiladi.
HB sifat bilan ifodalangan SB lari sirasida “nondek // nonday // non kabi // non
singari aziz”, “samodek // samoday // kabi // singari // misoli // yanglig‟ bepoyon”,
“qal‟adek // qal‟aday // kabi // singari // misoli // yanglig‟ mustahkam” (v.h.) birikmalari
mavjud. Mazkur birikmalrda TB mavqeyida voqelanuvchi otlar [-dek // -day] o‟xshatish
shaklida, kabi // singari // misoli // yanglig‟ ko‟makchilari vositasida HB mavqeyidagi
sifatlarg tobelanadi. Sanab o‟tilgan vositalar – [-dek // -day] shakli va ko‟makchilarda
o‟xshatish, qiyoslash kabi grammatik ma‟no mujassam. Shuning uchun mazkur
morfologik vositalar bir-biri bilan almashinib, ayni paytda, parallel qo‟llana oladi. Buning
to‟liq tahlili va tavsifi bitiruv ishining keyingi bobida beriladi. O‟z navbatida, mazkur SB
larining hosil bo‟lish usulini boshqaruv usuliga tenglashtirib bo‟lmaydi. Zero boshqaruv
usulida TB mavqeyidagi so‟z kelishik yoki ko‟makchi vositasida HB mavqeyidagi so‟zga
tobelanadi [37, 29, 4, 25]. Boshqacha aytganda, boshqaruvda, xususan, sifat boshqaruvida
ham boshqariluvchi so‟z (ot) kelishik yoki shu kelishikka ma‟nodosh ko‟makchi shaklida
bo‟lishi kerak. Shunga ko‟ra kelishikli boshqaruv, ko‟makchili boshqaruvga ajratish
an‟anasi mavjud. So‟nggi yillarda bu an‟ana “ravishdoshli boshqaruv”, “sifatdoshli
boshqaruv” ko‟rinishlari bilan to‟ldirilib, davom ettirilayotganligini ta‟kidlash lozim [25;
38]. Biroq [-dek // -day] kelishik kategoriyasi tarkibidan o‟rin olmagan va unga
ma‟nodoshlik kasb etgan kabi // singari // yanglig‟ // misoli ko‟makchilari ham kelishik
paradigmasi a‟zolarini almashtira olmaydi. Tabiiyki, bu morfologik vositalar yordamida
shakllangan tobelanish usuli boshqaruvning mohiyatiga mos kelmaydi. Ayni chog‟da,
tavsiflanayotgan tobelanish usulini bitishuv yoxud moslashuv usuli deb baholash mushkul.
Ma‟lum boladiki, “SB lari nutq bosqichida har tomonlama o‟rganilgan” degan xulosa
nisbiy bo‟lib, hali SB larining fahmiy (empirik) bilish bosqichidagi tavsifi va tahlili
nihoyasiga yetmagan.
Ayni paytda, hokim a‟zo mavqeyidagi sifatlarga [-dek // -day] shakli, kabi // singari
// misoli // yanglig‟ ko‟makchilari vositasida birikkan otlar sifatli birikmalarning o‟ziga xos
turini belgilaydi. Bu turdagi SB larni [ot+[-day // -dek // ko‟makchi ~ sifat] qurilishli SB
lari tarzida umumlashtira olamiz. Binobarin bu sifatli birikmalarning 4-turi hisoblanadi.
Shunday qilib hokim a‟zosi sifat leksemaridan tuzilgan SB lari to‟rtta guruh asosida
birlashadi. Sifatli birikmalarning turlari quyidagi to‟rt guruhida o‟z aksini topadi:
1-guruh: [ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari.
2-guruh: [ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lari.
3-guruh: [ot+[-da] ~ sifat ]qurilmali SB lari.
4-guruh: [ot+[-day // dek] // ko‟makchi ~ sifat] qurimali SB lari
Nutqiy sintaktik birliklar sifatida bevosita kuzatishda berilgan, sezgi a‟zolarimizga
ta‟sir qiladigan o‟qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo‟lgan muayyan SB lar
tushuniladi. Biz tadqiq manbayi sifatida tanlagan sifatli birikmalar ham ana shunday
xususiyatlarga ega bo‟lgan nutqiy sintaktik birliklardir. Biroq substansial tadqiq natijasida
lisoniy-sintaktik birliklar, ya‟ni muayyan SB va gaplarni hosil qiluvchi qoliplar ajratildi.
Lisoniy bosqichda sintaksisning tadqiq manbayi SB va gaplarni yuzaga keltiruvchi lisoniy
sintaktik qolip LSQ lar ekanligi ma‟lum bo‟ldi [17,19, 4, 51, 25, 54].
Sintaksisning tadqiq manbayi SB va gap ekanligi tilshunoslikda bir necha asrdan
buyon tan olinadi. Substansial sintakis ham shu asosiy g‟oyag atayanadi. Lekin substansial
sintaksisda lison-nutq qarama-qarshiligiga izchil amal qilinganligi sababli moddiy shaklda
voqelangan SB lari va gaplar nutqiy sath birliklari sanaladi. O‟z-o‟zidan anglashiladiki,
substansial sintaksis lison sathida faqat SB va gaplarning qurilish chizmalarini,qoliplarini
qoldiradi. Demak, nutqda voqelanish imkonoyatiga ega bo‟lgan SB va gaplarning LSQ lari
substansial sintsksisning tadqiq manbayidir [19; 19].
Bizning ongimizda, ya‟ni lison sathida so‟zlash, nutqni shakllantirish uchun xilma-
xil maqsadlarga xizmat qiluvchi, leksemalarini SB sifatida bog‟lash, leksema yoki SB
larga gap shaklini berish qoliplari bor [19;6].
“LSQ lar bilan SB va gaplar orasida umumiylik-xususiylik dialektikasi mavjud. LSQ
lar bizning ongimizdagi yuksak darajadagi umumiylik bo‟lib, ular ongimizda imkoniyat
sifatda yashaydi”, - deya ta‟kidlaydi tilshunos M.Qurbonova [32; 12]. Shu bilan birga LSQ
lar lisoniy birlik mavqeyioda bo‟lganligi uchun bevosita kuzatishda berilmaydi. Ularni
empirik (hissiy) bilish bosqichida o‟rganib, ya‟ni ko‟rib, ushlab yoki eshitib bo‟lmaydi.
LSQ lar fonema, morfema, leksema kabi ratsional (aqliy) bilish bosqichida idrokiy usl
bilan tasavvur qilinadi. Shunday ekan, nutqiy voqelikda xilma xil ma‟naviy xususiyatlarni
yuzaga chiqaruvchi sifatli birikmalar qanday LSQ asosida hosil bo‟ladi?
Chunonchi, guldan nozik, no‟xatdan kichik, itdan past, temirdan qattiq kabi SB
larining qurilish qolipini aniqlamoqchi bo‟lsak, shu turdagi barcha SB larni tasavvurimizda
to‟plab, ulardagi umumiy jihatlarni ajratamiz. Buni bosqichma-bosqich chizma yordamida
amalgam oshiramiz.
I BOSQICH
Gul [o‟simlik nomi]
No‟xat [donli mahsulot nomi] [aniq ot ] + [-dan]
It [hayvon nomi] [ot] + [-dan]
Temir [ma‟dan]
Chizmadan ko‟rinib turibdiki, I bosqichda TB mavqeyida voqelashgan “ guldan”,
“no‟xatdan”, “itdan”, “temirdan” so‟zlari leksik morfologik jihatdan umumiy belgiga,
ya‟ni aniq otga mansuligiga ko‟ra birlashadi. Aniq ot ot so‟z turkumiga kiruvchi lug‟aviy-
ma‟noviy guruh bo‟lgaligi uchu ularni [ot ]+[-dan] shaklida umumlashtira olmiz.
II BOSQICH
Nozik [xususiyat]
Kichik [hajm-o‟lchov]
Past [shakl-ko‟rinish] [SIFAT]
Qattiq [xususiyat]
II bosqichda HB mavqeyidagi “nozik”, “kichik”, “past”, “qattiq” so‟zlari sifat so‟z
turkumiga mansublik belgisiga ko‟ra birlashadi. HB [sifat] ko‟rinishini oladi. Natijada,
[ot]+[-dan] ~ sifat] munosabatini ifodalovchi shakl hosil bo‟ladi.
SB larning umumlisoniy qolipi [TB~HB] = SB ko‟rinishida bo‟lishini, ammo
muayyan tilda SB larni hosil qiluvchi sintaktik qurilish qolipi aniq sintaktik shakl va
mazmun birligidan tashkil topganligini inobatga olishimiz kerak. Shuga ko‟ra, yuqorida
tavsiflangan chiqish kelishigidagi ot va sifat birikuvini [TB~HB] = SB qolipiga muvofiq
quyidagi ko‟rinishda ifodalay olamiz:
[ot
ch.k
~sifat] = SB
LSQ shakl va mazmun tomonlariga ega. LSQ ning shyakliy tomoni haqida fikr
yuritar ekanmiz, bu o‟rinda ikki xil umumiy (lisoniy) shaklni va xususiy (nutqiy) shaklni
farqlash lozim [19:14]. Manbalarida LSQ tub mohiyati bilan riyoziy tenglamaga
o‟sshashligi haqida ma‟lumot berilgan [19:25:32]. LSQ tenglama kabi ikki qismdan iborat,
tenglik belgisidan chap tomon va bu belgidan o‟ng tomon. Shu kihatdan yondashganda
chiqish kelishigidagi otlarning sifatlar bilan birikuvi [O
ch.k
~Sf] shaklida o‟z aksini topadi
va qolipning chap tomonida joylashadi. Tenglik belgisidan o‟ng tomonda esa mazkur
birikuvning natijasi bo‟lgan nutqiy hosila – SB ramzi ifodalanadi. Demak, [O
ch.k
~Sf] = SB
qolipida [O
ch.k
~Sf] xususiy shakli faqat chiqish kelishigidagi ot va sifat orasidagi sintaktik
munosabatni umumlashtirsa, Sb ramzi mazkurmunosabat asosida kelib chiqadigan
sintaktik ma‟noni mujassamlashtiradi. Muhimi, bu sintaktik ma‟no [O
ch.k
] ~ Sf]
birikuvidan hosil bo‟lgan SB larni boshqa sifatli birikmalar turlaridan farqlaydi. Chunki
mazkur birikuvdan qiyoslashlar, chog‟ishtirish ma‟noli SB lari vujudga keladi. Shunga
ko‟ra qolip yanada aniqroq ko‟rinishni oladi:
[O
ch.k
] ~ Sf] = [qiyoslash] SB. Bu qolip chiqish kelishigidagim otlar va sifatlarning
o‟zaro birikuvidan hosil bo‟lgan qiyoslash va chog‟ishtirish ma‟noli Sb larning qurilish
qolipidir [O
ch.k
] ~ Sf] = [qiyoslash] SB qolipi guldan nozik, no‟xatdan kichik, temirdan
qattiq tipidagi ko‟plab nutqiy hosilalarning hosil bo‟lishini leksik – morfologik jihatdan
umumlashtiradi. Biroq bu qolip sifatli birikmalarning barcha turlari uchun umumiy LSQi
bo‟la olmaydi. Chunki qolipda [O
ch.k
], yoki TB mavqeyida faqat chiqish kelishikli otlar
voqelanishini va ular qiyoslash predmetini anglatadi. Bu esa o‟z novbatida mazkur qolip
nutqiy hosilalar va LSQ oralig‟ida joylashgan oraliq shakllardan biri ekanligini ko‟rsatadi.
Negaki, nutqimizda qiyoslash obyktini ifodalab, TB mavqeyida reallashuvchi son, sifat,
sifatdosh, harakat nomi, undov, taqlid, olmoshlarning sifatlar bilan bikuvidan vujudga
keladigan SB larining sintaktik qurilishini leksik-morfologik jihatdan umumlashtiruvchi
oraliq shakllar anchagina. Bu oraliq shakllarni nutqiy hosilalari asosida keltirib chiqarish
qiyin emas. Lekin bitiruv ishimizda hokim a‟zo sifatdan va tobe a‟zosi otdan iborat SB
larini tahlil qilishni maqsad qilganligimiz bois TB mavqeyida son, sifat, sifatdosh, harakat
nomi, taqlid, undov, olmoshlar voqelashuvchi sifatli birikmalarning lisoniy-sintaktik
qurilishi masalasini e‟tibordan chetda qoldirishga majbuurmiz. Zero masala o‟z mohoyat
e‟tibori bilan alohida tadqiq etilishiga loyiq va bizningcha, boshqa ilmiy tadqiqotlar olib
borish uchun yetarlicha imkon bera oladi . demak, [O
ch.k
~ Sf ] = SB qolipi lison-nutq
qarama-qarshiligida eng quyi bosqich – muayyan nutqiy hosila (guldan nozik, no‟xatdan
kichik v.h) va mazkur sintaktik qurilishni umumlashtiruvchi LSQ ( [Ism
m.v
~ Ism] = Sb)
oralig‟ida faqat chiqish kelishigidagi otlar hamda sifatlarning birikish tarzini, ayni paytda,
bu birikuvning mahsulini ixchamgina ifodalovchi oraliq shakl sifatida joylashadi. Negaki,
mazkur qolip qiyoslash / chog‟ishtirish / o‟xshatish ma‟noli SB larini cheksiz miqdorda
voqelantira oladigan va lisoniy-sintaktik sathning eng yuqori bosqichida turgan [Ism
m. v
~
Ism] = Sb LSQ sidan quyi bosqichda, aksincha, o‟z hosolalariga nisbatan yuqori bosqichda
o‟rin oladi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, [Ism
m.v
~ Ism] = SB LSQ si o‟zbek tili
structural sintaksisida o‟z yechimini kutayotgan SB larining formal-funksional tadqiqi
muammosi bilan bevosita aloqador bo‟lganligi bois hozirgi kungacha yetarlicha ilmiy
asoslanmagan shuning uchun bitiruv ishida sifatli birikmalar lisoniy-sintaktik ierarxiyasida
[Ism
m.v
~ Ism ] = SB LSQ iga egaligini va [O
ch.k
~ Sf ] = SB qolipi uning xususiy shakli
ekanligini ta‟kidlash bilan cheklanamiz.
Maqsadimiz – sifatli birikmalarning [O
ch.k
~ Sf] = [qiyoslash] SB qolipi sirasida
o‟rin oladigan oraliq shakllarni aniqlash. Shunday ekan, yuqorida sifatli SB larining biz
ajratgan guruhlari asosida quyidagi oraliq shakllarni keltiri chiqarish mumkin:
1. [Ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB larining qolipi: [O
ch.k
~ Sf] = [qiyoslash] SB .
2. [Ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB larining qolipi: [O
j.k
~ Sf]= [qiyoslash] SB.
3. [Ot+[-da] ~ sifat] qurilmali SB lar qolipi: [O
o‟.-p.k
~ Sf] = [qiyoslash] SB.
4. [Ot+[-dek // -day // ko‟makchi] ~ sifat] qurilmali SB lari qolipi: [O
o‟xsh.
~ Sf] =
[o‟xshatish] SB.
Ko‟rinib turibdiki, TB ot leksemalaridan iborat sifatli birikmarning to‟rt guruhi
asosida kelib chiqadigan to‟rt oraliq shakli mavjud. Bular:
1. [O
ch.k
~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi.
2. [O
j.k
~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi.
3. [O
o‟.-p.k
~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi.
4. [O
o‟xsh
~ Sf] = [o‟xshatish] SB qolipi.
O‟z navbatida, berilgan qoliplar ma‟lum bir o‟xshash va farqli belgilariga egaligini
ta‟kidlash lozim. Bu qoliplardagi o‟xshashlik tobe a‟zoning ot turkumiga mansubligi,
asosan kelishik ko‟rsatkichi bilan shakllanganligi ([O
ch.k
], [O
j.k
], [O
o‟.-p.k
]) hamda
qiyoslash, o‟xshatish ma‟noli SB larini hosil qilishda ko‟zga tashlanadi. Bu o‟xshashlik,
birinchi, ikkinchi, uchinchi qoliplarni umumlashtirishga imkon beradi
[O
ch.k
~ Sf] [O
j.k
~ Sf] [O
o‟-.p.k
~ Sf]
[O
k.k
~ Sf] = SB
Chizmadan ma‟lumki, [O
k.k
~ Sf] = SB qolipidagi [O
k.k
] qismi qoliplarning TB
ko‟rinishlarini o‟z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun yuqoridagi birinchi, ikkinchi va
uchinchi qoliplarni bitta umumiy ko‟rinish orqali ifodalash mumkin. Natijada, ikki a‟zoli
paradigma hosil bo‟ladi:
1.[O
k.k
~ Sf] = [qiyoshlash] SB .
2.[O
o‟xsh
~ Sf] = [o‟xshatish] SB.
Berilgan paradigmaning 1-a‟zosi, yani [ O
k.k
Sf
] = [qiyoslash] SB qolipi TB
kelishik ( chiqish, jo‟nalish, o‟rin-payt ) ko‟rsatkichi bilan shakllangan otlardan iboratligi
va qiyoslash ma‟noli SB larni voqelantirish
kabi belgilariga ko‟ra keyingisidan farq qiladi.
Shunga ko‟ra 1-a‟zo 2-a‟zo bilan ziddiyatga kirishadi. Paradigmaning 2-a‟zosi mavqeyida
turgan [O
o‟xsh.
~ Sf ] = [o‟xshatish] SB qolipi esa TBning o‟xshatish grammatik ma‟nosini
ifodalovchi morfologik vositalar, ya‟ni [-dek // -day], kabi // singari (v.h) ko‟makchilar
bilan shakllangan otlardan tuzilganligi va o‟xshatish (chog‟ishtirish) ma‟noli SB larini
yuzaga chiqarishi kabi farqlovchi belgilari asosida birinchi a‟zo bilan ziddiyatni hosil
qiladi. Mazkur sintaktik paradigma a‟zolari sintaktik birikuvning lug‟aviy, morfologik va
ma‟noviy xususiyatlari asosida ziddiyatga kirishsa ham, qiyoslash, o‟xshatish ma‟nosini
bildiruvchi sifatli birikmalarni voqelantirishiga ko‟ra birlashadi. Natijada, [ O
k.k
~ Sf ] =
[qiyoslash] SB va [ O
o‟xsh.
~
Sf ] = [o‟xshatish] SB orasida lisoniy paradigmatik munosabat
mavjudligi tasdiqlanadi. Demak, o‟zbek tili sintaktik sathida sifatli birikmalarning lisoniy
qurilishiga xos TB ot leksemalari bilan ifodalanuvchi bir turini, shuningdek, sifatli
birikmalarning xilma-xil variantlarini birini umumlashtiruvchi [ O
k.k
~ Sf ] = [qiyoslash]
va [ O
o‟xsh.
~ Sf ] = [o‟xshatish] SB qoliplari alohida o‟rniga ega. Bu qurilish qoliplari
sifatli SB larning umumiy lisoniy-sintaktik
qurilishini faqat bir jihatdan, ya‟ni tobe
vaziyatdagi ot leksemalarining muayyan morfologik vositalar orqali hokim vaziyatdagi
sifat leksemalariga birikish tarzini qamrab oladigan variantlar, aniqrog‟i, qolip variantlari
hisoblanadi.
Sifatli SB larining qurilish qoliplari paradigmalarini ajratish, paradigmalar
orasidagi munosabatni tahlil qilish mazkur ishning maqsadi va vazifalari sirasiga kirmaydi.
Shuning uchun bu masalalarning tahlili alohida tadqiqotni talab etishini ta‟kidlagan holda,
bitiruv ishida belgilangan rejaga asosan sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi masalasi
kun tartibiga qo‟yilgan navbatdagi bobni yoritishga kirishamiz.
II bob. Sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi
Inson til orqali o‟z fikrini bayon qiladi, ya‟ni boshqalarga axborot beradi va shu
vosita bilan boshqalarning fikrini ham anglaydi. Shunday ekan, kishilar orasidagi aloqa
aralashuv jarayonini
uyushtiruvchi ijtimoiy hodisa bo‟lgan tilning ahamiyati benihoya
kattadir. Taniqli tilshunos olim Alibek Rustamiy “Adiblar odobidan adablar” kitobidagi “
Erdam boshi til “ nomli maqolasida shunday yozadi:
“ Til inson hayotida oddiy tus olganligi tufayli kishi uning qanchalik muhim
ekanligini yetarli darajada anglay olmaydi. Holbuki insonni inson qilgan ilm-u fan va
iqtisod-u madaniyatni rivojlantirgan hamda dunyoni obod qilgan vositalarning asosiysi
mana shu tildir. Kishilar til vositasida bir-biridan bilim va hunar deb atalgan haqiqiy
boylikni avlodan avlodga til xazinasi tufayli topshirib boradilar “ [23; 12].
Ayni paytda, til mohiyatan tabiiy hodisa ham, yakka shaxsga xos hodisa ham emas.
Til faqat bir jihati, ya‟ni tovush tomoni bilan tabiiy, yana bir jihati – nutqiy qobiliyat
tomoni bilan yakka shaxsga xos. Ammo mohiyat e‟tibori bilan jamiyat mahsuli bo‟lib,
ijtimoiy hodisadir. Tilning bir necha vazifasi bor, lekin bizga uning asosiysi, uning
ijtimoiyligi bilan bog‟liq vazifasi muhim. Kishilar biror hodisaga, fakir, istak, so‟roq yoki
hayajonni til bilan ifodalaydilar, ifodalanish narsani bir-biriga bildiradilar. Demak, til ifoda
va aloqa vositasi ekan [23;14]. Tilning aloqa vositasi bo‟lish vazifasi uning ijtimoiyligini
taqazo qiluvchi vazifadir. “Shunday qilib, tilning mohiyati uning ijtimoiyligi, ifoda va
aloqa vositasiligidan iborat”, - deb xulosalaydi A.Rustamiy.
Binobarin, “kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarda aloqa
qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, Grammatik va fonetik vositalarni tanlash va
ishlatishda bir-birlaridan ma‟lum darajada farq qiladilar [ 28; 9 ]. Hozirgi o‟zbek adabiy
tilida so‟zlovchi yoki yozuvchi odam nutqiy sharoit taqazosiga ( komunikativ ehtiyojiga )
ko‟ra bu tilda mavjud so‟zlarning Grammatik formalari, so‟z birikmalari va gap
tuzilishining ma‟lum qismidangina foydalanadi. Muayyan bir ma‟ruza yoki ma‟lum
maqola egasi yoxud ilmiy asar, shuningdek, biror bir badiiy asar yoki asarlar muallifi,
shu bilan birga, har qanday shaxs ham bu tilning barcha so‟z boyliklaridan, grammatik
vositalaridan, imloviy va talaffuz imkoniyatlaridan to‟lig‟icha foydalanmaydi.
Hatto eng
mashhur va ulkan yozuvchining ijodida ham o‟zbek tilining boy imkoniyatlari amalda
qisman ishga solinadi. Mana shu ma‟noda tilning potensial imkoniyatlari kollektiv
doirasida ham hech qachon to‟lig‟icha ishga solinadi, deb bo‟lmaydi [ 8; 11 ]
.
Tilning imkoniyatlari bu imkoniyatlarning amalda qo‟llanayotgan holatidan
doimo ortiq va keng bo‟ladi. Har bir tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning
vositalar sistemasini tashkil etadi. Jamiyat a‟zolarining til vositalaridan foydalanishi,
ya,ni nutq murakkab va ko‟p qirrali jarayondir. Shu bilan birga, nutq ko‟rinshlari konkret
sharoit va maqsad, ijtimoiy muhitga ko‟ra ham farqlanadi. Ayni paytda, nutq so‟zlovchi
shaxslarning turmush tarsi, kasb-kori, dunyoqarashi, aytmoqchi bo‟lgan fikri, maqsadi,
nutqiy sharoit, so‟zlovchining psixik, fziologik holati, adabiy tilni qanchalik egallaganligi
yoki egallamaganligi, ma‟lumoti va shunga o‟xshash juda ko‟p nomillar bilan
chambarchas bog‟liqdir [ 8; 12]. Individual nutqda ham, kollektiv nutqida ham til
vositalaridan sanab o‟tilgan ko‟p sonli omillarni hisobga olgan holda, ma‟lum ko‟nikma
va malakaga ko‟ra tanlab foydalaniladi. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday
tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko‟rinishlarining paydo bo‟lishiga olib keldi [ 28; 9].
Nutqning xilma-xil ko‟rinishlari, ularning uslubiy xususiyatlari, asosiysi, til
sistemasida nominativ birliklar kabi lisoniy qiymat kasb etgan SB lari, xususan, sifatli SB
larining uslubiy qo‟llanilish imkoniyatlarini tahlil qilish mazkur bob oldida turgan muhim
vazifadir. Shunday ekan, dastavval o‟zbek adabiy tiliga xos nutqiy uslublarni tavsiflash,
so‟ngra tanlangan SB larining ( muayyan ko‟rinishlarining ) badiiy uslubda
qo‟llanilishini kuzatish va shu asosda tahlil qilish lozim. Demak, navbatdagi vazifa
o‟zbek adabiy tiliga xos uslublar va ular orasida badiiy uslubning o‟rnini aniqlash bo‟lib,
bu vazifa mazkur bobning birinchi bo‟limida amalga oshiriladi.
2.1. O‟zbek tilining vazifaviy uslublari va unda badiiy
uslubning o‟rni.
Ushbu bobning ibtidosida umumxalq tili doirasida til vositalarining tanlab olinishi
va ulardan ma‟lum ko‟nikma-yu malakaga ko‟ra foydalanish nutqning xilma-xil
ko‟rinishlarini yuzaga keltirganligi haqida mulohaza bildirilgan edi. Buni eslashdan
maqsad shuki, nutqning xilma-xil ko‟rinishlari nutq stillari (bizningcha uslublari)
hisoblanishini, aslida, nutq uslublari ifoda vositalari sistemasining muayyan aloqa
doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko‟rinishlari
ekanligi [ 28; 9] ni ta‟kidlashdir. Negaki, til o‟z vazifasini alohida-alohida nutq ko‟rinish
larida, ma‟lum uslublar doirasida bajaradi.
Nutq uslublarining har biri alohida yagona bir sistemani tashkil qiladi. Nutq
uslubining bir-biriga aloqador elementlar sistemasini tashkil etishi tilning aloqa-aralashuv
quroli sifatida xizmat qilishi bilan bog‟liq ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. Tabiiyki,
tilning fonetik tuzilishi, lug‟aviy birliklar tarkibi va Grammatik qurilishi ham har biri
alohida bir tizimni tashkil etadi va yaxlit holda bir butun til tizimi ichda sistema-element
munosabati asosida joylashadi. Tilning vazifaviy uslublari mana shu fonetik, leksik,
grammatik tizimlarga xos barcha vositalarning ma‟lum kommunikativ maqsadga ko‟ra
birlashuvi tufayli vujudga keladi. Demak, nutq uslublari tilning vazifasi bilan bevosita
bog‟liq bo‟ladi. Shuning uchun ham ular “funksional stillar” deb nomlanadi [28; 11].
Bizningcha, “O‟zbek tili stilistikasi ” (T., 1983) o‟quv qo‟llanmasi mualliflari ishlatgan
“funksional stillar” atamasi o‟rnida “vazifaviy uslublar” atamasini ishlatgan ma‟qulroq.
Zero so‟nggi yillarda chop etilayotgan va tobora ommalashayotgan uslubiyatni tadqiq
etuvchi manbalarda mazkur atama “vazifaviy uslublar ”ko‟rinishida qo‟llanmoqda. Biz
ham shu atamadan foydalanamiz va uning ilmiy izohini davom ettiramiz.
“Stilistika – fikrni ifodalash yo‟llari, til vositalarini – materiallarini saylash
haqidagi ta‟limot – uslublar ilmi bo‟lib, tilning vazifalariga mos ravishda bir necha
vazifaviy uslublarga bo‟linadi ”, - deb yozadi professor Y.Tojiyev, N.Hasanova,
R.Saidova, O.Yo‟ldosheva bilan hammualliflikda e‟lon qilingan o‟quv qo‟llanmasida
[26; 90]. Ayni fikrga hamohanglik professor E.Qilichev va dotsent B.Qilichevlar
tomonidan yozilgan “Nutq madaniyati va uslubuyat asoslari ” o‟quv qo‟llanmasi (Buxoro
2002) da ham sezilib turadi. Buni quyidagi ilmiy mulohazani o‟qib anglash mumkin:
“ Uslubiyat fikr va emotsiyalarni bildirishda tilning turli vositalaridan saylab
foydalanish yo‟llarini o‟rgatadi. Demak uslub fikr va hodisalarni shunga mos vositalar
orqali ifodalash yo‟lidir “ [30; 31].
Aytish joizki, uslub til materiallarini nutqning mundarijasiga – mavzusiga, qaysi
sohaga xosligiga, so‟zlovchining maqsadiga aytilayotgan fikrga janriga qarab saylashning
umumlashtirishning natijasidir. Masalan ilmiy uslubda maxsus leksikaning qo‟llanilishi,
tarixiy romanlarda istorizm va arxaizmlarning ko‟proq uchrashi, badiiy asarlarda pietik
metaforalarning voqelanishi kabilar buning yorqin dalilidir. “Uslub tilning jamiyat
ijtimoiy faoliyatining ma‟lum tomoni bilan bog‟langan o‟ziga xos lug‟ati, frazeologik
birliklari, grammatik qurilmalari bilan nutqning xuddi shunday boshqa turlaridan o‟z
ichki xususiyatlari bilan tafovut qilib turuvchi kenja sistemasidir ” [26; 90] degan
xulosasini o‟qir ekanmiz, uslubga berilgan ta‟riflar xilma-xilligi hamda o‟ziga xosligi
haqida fikr yuritishga undaydi.
Chunonchi, “Uslub – bu ma‟lum so‟z, so‟z birikmasi yoki gapning (ko‟proq
frazeologiya, soda gapning so‟roq, buyruq, undov turlari, intonatsiya va morfologik
kategoriyalar va boshqalar) badiiy bo‟yoq olishi – tezkorligi, ta‟sirchanligi, shaxsiy
munosabat bildirishidir “,- deb yozadi akademik G‟.Abdurahmonov “Hozirgi zamon
o‟zbek tilining adabiy uslubi haqida” maqollasida [39;28]. Ushbu maqola shunisi bilan
diqqatga sazovorki, unda “ uslub – gapiruvchining, yozuvchining ifodalanayotgan fikrga,
xabarga, voqea- hodisaga, shax yoki predmetga shaxsiy yoki boshqa bir shaxs (yoki
predmet) ning munosabati, jumladan ifodalangan qo‟shimcha subyektiv fikrdir” degan
yana bir ta‟rif o‟z ifodasini topgan va uslub haqida ilmiy izohini to‟ldirgan.
Mashhur filolog olimlar qalamiga mansub “uslub filologiya fanining toji
tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining yuqori bosqichi (A.V.Stepanov) , “… har
bir taraqqiy etgan tilning qalbi” (R.A.Budagov) “ Uslub – bu talant” (V.G.Belinskiy) kabi
ta‟riflar ham ushbu maqola matnidan anglashiladi [39; 28].
Ko‟rinadiki, adabiy tilning uslubi haqidagi mavjud ilmiy ta‟rif-u tavsiflar
bu hodisaning serqirraligi bilan bo‟liq. Zero uslubni tor ma‟noda tushunish uni “biror
yozuvchi yoki shoirning yozish (ijod qilish) tarzini ifodalovchi hodisa” ga tenglashtirsa,
(masalan, Oybekning uslubi [30;31] buning yorqin dalili bo‟la oladi), bu hodisani keng
tushunish esa “uslub til ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasi”
[30;33] degan xulosani shakllantirdi.
O‟z navbatida, uslub tilning asosiy vazifalari (fikr bildirish,
ekspressivlikni `ifodalash va boshqalar) ga mos ravishda bir qancha turlarga bo‟linadi
[30;33]. Shunga ko‟ra, ular vazifaviy uslublar deb yuritiladi. Vazifaviy uslublar deganda,
tildan farq qiladigan qandaydir alohida narsa tushunilmaydi, balki shu aniq adabiy til
tizimining ichida qaraladigan, o‟ziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan bir-
biridan farq qilib turadigan kichik tizim anglashilishi [26;90] ni qayd etmoq zarur.
Negaki, vazifaviy uslublar tarixan shakllangan adabiy tilning turli ko‟rinishlari bo‟lib,
ular fikrni ifoda etish jarayonida nutq tuzilishining o‟ziga xosligi bilan farqlanadi.
Uslubiyatning katta bir tarmog‟i hisoblangan vazifaviy uslublar turli
oliumlar tomonidan har xil tasnif qilingan. Biroq ishimizda ularning tasniflanishi bilan
bog‟liq masalaning tahlilini chetlab o‟tib, lingvistik manbalarda qat‟iylashgan va keng
jamoatchilik orasida ommalashgan tasnifdan foydalanamiz. O‟zbek tilida neytral uslubga
oppozitiv holatda nutq uslublarining asosiy besh ko‟rinishi mavjud. Bular:
1)
so‟zlashuv uslubi;
2)
rasmiy uslub;
3)
ilmiy uslub;
4)
publisistik uslub;
5)
badiiy uslub [26;30;28].
Hozirgi o‟zbek tilining so‟zlashuv uslubi ikki asosiy turga ajratiladi:
a)
adabiy so‟zlashuv uslubi;
b)
oddiy so‟zlashuv uslubi.
Adabiy so‟zlashuv uslubi tilning adabiy me‟yorlariga mos, tartibga solingan
va ishlangan bo‟lishi bilan xarakterlanadi. U jargon va sheva elementlaridan xoli bo‟ladi.
Adabiy so‟zlashuv uslubi jamiyat a‟zolarining kundalik hayotida keng qo‟llanadigan
aloqa-aralashuv vositasi bo‟lib, ommaviy axborot tarmoqlari, ta‟lim sohasidagi ishlar shu
uslubda olib boriladi. Qisqasi, adabiy so‟zlashuv uslubi umum xalq adabiy tilining eng
keng va universal turidir [28;14]. O‟z navbatida, oddiy so‟zlashuv uslubi uchun
betakalluflik bilan erkin muomala qilish xarakterli xususiyatdir. Unda so‟zlashuv nutqiga
xos emotsionallik yaqqol sezilib turadi.
Bu uslub nutqi g‟ayri rasmiyligi, ekspressivligi, bayonning erkinligi va
asosan, dialogig xarakterdaligi bilan izohlanadi [30;36]. So‟zlashuv uslubida metaforik
so‟zlar, dialektizm, vulgarizm va frazeologik iboralar, shuningdek to‟liqsiz gaplar, so‟z-
gaplar, undov gaplar, ritorik so‟roq gaplar hamda bog‟lovchisiz qo‟shma gaplar ko‟proq
ishlatiladi.
Rasmiy uslub “O‟zbek tili stilistikasi” o‟quv qo‟llanmasida shunday
tavsiflanadi: “rasmiy yozishma va hujjatlar stili iqtisodiy, yuridik va diplomatic
munosabatlarda davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‟zaro muomalalarda aloqa qilish
uchun ishlatiladi. Shunga ko‟ra bu stilda yuridik qonun moddalari, diplomatik
murojatnomalar, hukumat idoralarining qarorlari instruksiyalar, buyruqlar, shartnomalar
rasmiy e‟lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi [28;20].
Fikrning sodda, qisqa, aniq ifoda etilishi rasmiy ish qog‟ozlari uslubining
asosiy talabidir. Mazkur uslubning xarakterli belgilari: u kitobiy uslubga kiradi,
ma‟muriy idoraning ish usuliga mos, maxsus (qisqa, ixcham) standart shakli, turg‟un
iboralari, qisqartma so‟zlar, maxsus sintaktik qurilmalarning “tayyor” qolipda bo‟lishi
bilan aloqa- arashuvga qulay keladi [26;93].
Rasmiy uslubdan farqli o‟laroq ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi
hodisalar aniq ta‟riflanadi. Bu uslub ilmiy terminologiya bilan bevosita aloqador
bo‟lganligi uchun atamalar ilmiy uslubning leksekasini tashkil qiladi. Ilmiy uslubning
grammatik qurilishi mantiqiy bog‟liqlikni, izchillikni, sintaktik aniqlikni talab etadi.
Muhim jihati shundaki, ilmiy uslubda yozilgan asarlar, odatda, ilm-fanga oid ma‟lumotlar
berish bilan mutaxassislarga mo‟ljallangan bo‟ladi [30;34].
Obrazlilik (emotsionallik) kategoriyasi agar ilmiy uslubda “so‟ngan,
nursiz” holda ko‟rinsa, badiiy adabiyotda esa “jonli” tarzda namoyon bo‟ladi. Masalan,
“uchar yulduz”, “somon yo‟li” astronom uchun, avvolo, atama vazifasini o‟taydi,
ytozuvchi uchun esa bu so‟z birikmalari o‟xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‟lishi
mumkin [28;25].
Shu bilan birga ilmiy uslubda murakkab sintaktik butunliklar (periodlar)
kenggaygan oborotlar va ergashgan qo‟shma gaplar ko‟proq ishlatiladi. Bu mazkur
uslubning o‟ziga xos sintaktik xususiyatlarni to‟la qamrab olmaydi. Sababi bu uslubdagi
matnlarda to‟liqsiz, vokativ, bir tarkibli gaolar deyarli qo‟llanmaydi, fikrlarni mantiqiy
izchilini ta‟minlash maqsadida kirish so‟z, kirish biriukmalar va qo‟shimcha dalil
keltirish uchun kiritmali gaplardan foydalaniladi.
Publisistik uslub o‟zbek adabiy tilining nutq uslublari sistemasida 19-
asrning oxiri 20- asrning boshlarida paydo bo‟la boshladi [28;26-27]. Vaqtli matbuot va
nashriyotda hozirgi zamonning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag‟ishlangan
materiallarning keng yoritilishi, radio va televideniya orqali siyisat hamda ijtimoiy hayot
masalalariga doir ma‟ruza, suhbatlarning muntazam eshittirib turilishi kabi vositalar
publisistik uslubning taraqqiyotiga kuchli ta‟sir o‟tkazdi. “Publisistik uslubda qisqalik
(lakonizm) markaziy o‟rinlardan birini egallaydi, ya‟ni qisqa, lo‟nda, tushunarli, yorqin,
ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi” , - deb yozadi professor Yormat
Tojiyev [26; 94].
Publisistik nutq mantiqiy asosli bo‟lishi bilan birga, jamoatchilikning fikri
va yuragiga hissiy ta‟sirli ham bo‟lishi lozim [30; 35]. “Bu uslubning xarakteriga ko‟ra
unda turli siyosiy atamalar, neologizmlar, professionalizmlar, so‟zlashuv nutqiga xos
elementlar (ozodlik, do‟stlik, tenglik,sharaf v.h) uchraydi”, - deya ta‟riflaydilar “Nutq
madaniyati va uslubiyat asoslari” qo‟llanmasining mualliflari [30; 35]. Bulardan tashqari
antiteza va nutqda ohangdorlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi ritorik so‟roq, ritorik
murojaat, teng bog‟lanishli va tobe tarkibli qo‟shma gaplar, sintaktik parallelizmlarning
ishlatilishi bu uslubni boshqalaridan ajratib turadi.
Izohlangan vazifaviy uslublarning har bir turi ijtimoiy hayotning u yoki
bu sohasi uchun xizmat qilishi va amaliy faoliyatining muayyan doirasiga mansubligi
bilan farqlanadi. Biroq vazifaviy uslublarning bir turi sifatida badiiy uslub inson amliy
sanati faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taalluqliligi,
jamiyatning barcha a‟zolariga bilan ajralib turadi. Jumladan zukko tilshunos
G‟.Abdurahmonov bu uslubni shunday ta‟riflaydi: “Badiiy uslub badiiy adabiyotda,
uning turli janrlarida qo‟llaniladigan o‟ziga xos til ifodasidir. So‟zni badiiy asar
g‟oyasiga, mazmuniga, yo‟nalishiga moslab ishlatish badiiy uslubni keltirib chiqaradi”
[39;33]. Darhaqiqat, badiiy uslub adabiy ijod namunalari (asarlari) ning tili, ya‟ni, til
vositalarining majmuyidir. Badiiy uslub badiiy adabiyot bilan chambarchas bog‟liq.
Badiiy adabiyot insonlar hayotining barcha qirralari bilan qamrab oladi. Shuning uchun
adabiyot turli xil kasb egalarining, har xil toifadagi kishilarning fikr-o‟ylari his-
hayajonlarini tasvirlabgina qolmay, ularning ichki dunyosini, jamiyatdagi faoliyatini ham
to‟la aks ettiradi.aynan shu sababli bu uslubda til vositalari boshqacharoq – o‟ziga xos
xarakterda qo‟llanadi: agar nutqning boshqa vazifaviy uslublari faqat u yoki bu
hodisaning mazmunini xabar qilish uchun xizmat qilsa, badiiy uslub esa bundan tashqari,
o‟quvchi yoxud tinglovchiga estetik va emotsional ta‟sir ko‟rsatishni ham maqsad qilib
qo‟yqdi. Demak, estetik ta‟sir etish vazifasi badiiy nutqning o‟ziga xos xususiyatidir [28;
30].
Badiiy uslub juda xilma-xil ko‟rinishlarda namoyon bo‟ladi. Mazkur
uslub ijodkorlarga asarning estetik ta‟sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va
Grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi
ifoda vositalar yaratish imkonini beradi. Binobarin, til badiiy nutq uslubida obraz,
xarakter va manzaralar yaratish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shunga ko‟ra badiiy uslub
o‟zining obrazliligi bilan adabiy tilning boshqa vazifaviy uslublaridan farq qiladi.
Obrazlilik so‟zlashuv uslubida ham kuzatiladi. Biroq so‟zlashuv uslubidagi obrazlilik
o‟ziga xos turg‟un; “shablonlashgan” holatda bo‟ladi. Badiiy uslubda esa har bir obrazli
ifoda, so‟z muayyan sharoitda induviduallik belgisiga, ya‟ni biror muallif takrorlamagan
ko‟rinishda birinchi marta qo‟llaganlik, “ohori ” ga ega bo‟ladi [28;31].
Umuman olganda obrazlilik nafaqat, adabiyotning, balki san‟atga xos
barcha turlar va butunlay san‟atning o‟ziga xos xususiyatidir. Shunday ekan, obrazlilikni
badiiy uslub orqali namoyon bo‟ladigan fikrlash vauninh mahsulini belgilaydigan asosiy
kriteriy, mezon, tamoyil sifatida baholash mumkin.
Badiiy uslubda obrazlilik tamoyili polisemantik so‟zlar, ko‟chma
ma‟noli so‟zlar, sinonim, omonim, antonimlar, eskirgan va yangi so‟zlar (neologizmlar),
jargon va vulgarizmlar, ibora, maqol va matallardan o‟rinli foydalanishni talab etadi.
Zero bu vositalar obraz yaratishga, hayotiy manzaralarni tasvirlashga xizmat qiladi.
Otlardagi ko‟plik shakli [-lar] ning turli semantik-uslubiy maqsadlar uchun
ishlatilishi, kichraytirish-erkalash shakllarining ko‟p qo‟llanilishi va fe‟lning nisbat,
zamon, shaxs-son shakllarining ishlatilishi badiiy uslubning morfologik xususiyatidir
[30; 37].
Uslubshunos olim E.Qilichev ta‟kidlaganidek, “Sintaktik jihatdn badiiy
uslub turli qurilishdagi gaplarning bo‟lishi, ko‟chirma va o‟zlashtirma gaplarning
chegaralanmaganligi, sinonimik gaplar, perefrazalarning ko‟p uchrashi, so‟zlarning
tartibi va inversiyadan istagancha foydalanish mumkinligi bilan xarakterlanadi” [30; 37].
Shunday qilib, badiiy uslub adabiy tilning boshqa vazifaviy uslublaridan
quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi:
1) o‟quvchi yoki tinglovchiga estetik ta‟sir etishni maqsad qilib qo‟yadi;
2) badiiy obraz yaratish vositasi bo‟lib xizmat qiladi;
3) unda adabiy tilning barcha uslublariga xos elementlar aralash holda
qo‟llanilishi mumkin;
4) til vositalaridan induvidual – ijodiy foydalanish, ularni tanlab ishlatish
imkoniyati mavjud va bu jihati uning o‟ziga xosligini ta‟milaydi.
Tabiiyki, sanab o‟tilgan xususiyatlar badiiy uslubning adabiy tilning
vazifaviy uslublari orasida alohida o‟rin tutganligini tasdiqlaydi.
2.2. Sifatli birikmalar poetik nutq vositasi sifatida
Badiiy nutq tili – hissiyotlarimizga yuksak darajada ta‟sir qiladigan, ularni
uyg‟otadigan va jumbushga keltiradigan, go‟zallik haqidagi tushunchalarimizni
tarbiyalaydigan va shakllantiradigan, fikrimiz va xayolimiz boyitadigan tildir. “Badiiy
nutq tili xuddi jonon raqs kabi chin o‟lmas zavqlarning manbayidir”, - deb ta‟riflaydi
I.G‟afurov. sakkizinchi asrda yashagan ulug‟ hind mutafakkiri Vamana “uslub nima?”
degan savolga: “So‟zlarning o‟ziga xos qurilishi – uslub. So‟zlarni eng yaxshi ma‟noda
saralash va yaxshi ravish bilan joylashtirish – bu uslub. So‟zlar qurilishining o‟ziga
xosliklari va mohiyati hamda nutqning fazilatlari tajassumi”, - deya javob bergan
[35; 277].
Modomiki, so‟larning o‟ziga xos qurilishi, ularni eng yaxshi ma‟noda
saralash, yaxshi ravish (ya‟ni eng muvofiq usul, tarz – izoh bizniki) bilan joylashtirish
asnosida hosil bo‟ladigan mohiyat va uni qamrab olgan nutqning fazilatlari uslub
hisoblanar ekan, badiiy uslubni shakllantiruvchi o‟ziga xos lisoniy imkoniyatlar manbayi
- til
vositalariga e‟tibor qaratilishi lozim.
Ma‟lumki, “so‟zlovchi yoki yozuvchi o‟zi bayon qilayotgan fikrni
tinglovchiga ixcham, aniq, ta‟sirchan va tushunarli qilib yetkazib berishga harakat qiladi.
Masalan ko‟pincha biror narsa, belgi, xususiyatni tinglovchi yoki o‟quvchiga tushunarli,
aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat
qilishiga to‟g‟ri keladi. Shunday vaqtlarda so‟zlovchi yoki yozuvchi ayni shu fikrni
bayon qilib berishda aytganimizdek, birdan ortiq uzundan-uzoq gaplarni qatorlashdan
qochadi-yu, ammo shu fikrni boshqa vositalardan (jumladan, o‟xshatish, sifatlash,
kinoya, allegoriya, ellipsis v.h) foydalangan holda lo‟nda va aniq qilib tushuntirishga
erisha oladi. Bunday vositalarni tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda tasviriy
vositalar deyiladi”, degan tavsif R.Qo‟g‟urov, E.Begmatov, Yo,Tojiyevlarning “Nutq
madaniyati va uslubiyat asoslari” nomli o‟quv qo‟llanmasida [33; 97].
Demak, tilning vazifaviy uslublari orasida aksari badiiy uslubda
qo‟llaniladigan, bu uslubning o‟ziga xosligini belgilovchi vositalar alohida bir tizimni
tashkil etadi. Tasviriy vositalar adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlari uchun birday
ahamiyatli va ayni paytda, mazkur fanlarni tadqiq manbayi sufatida birlashtiradi.
Tilning tasviriy vositalari, professor R.Doniyorov fikricha, “ifoda-tasviriy
vositalar” ta‟bir joiz bo‟lsa, adabiyotshunoslik va tilshunoslik sifatida shartli ravishda
ikkiga bo‟lingan, biroq bu ikki bo‟lakni birlashtiruvchi butunlik – filologiya fanining
o‟rganish obyekti bo‟lib, o‟zining funksional (nomlash, ifodalash, estetik zavq uyg‟otish)
qiymatiga ko‟ra maxsus tizimni hosil qiladi. Bu vositalar tizimi filologiya bag‟rida
mustaqil voyaga yetgan poetika sohasida o‟rganiladi. Shunday bo‟lsa ham, tasviriy
vositalar til sathlarining u yoki bu turiga mansubligi, lingvistik tuzilish, hosil bo‟lish,
qurilish xususiyatlariga egaligi, eng muhimi tilning nominativ va kommunikativ
vazifalarining muayyan nutq uslubiga xos va mos holda uyg‟unlashtiruvchi yuksak
ifodasi bo‟lgani uchun dastavval tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi lozim.
Buni tilshunoslikning uslubiyat sohasida ma‟lum va mashhur dalillar orqali isbotlash
qiyin emas. Chunonchi, G‟.Abdurahmonov, A.Rustamov, A.Shomaqsudov, I.Rasulov,
R.Qo‟ng‟urov, E.Begmatov, A.Boboyeva, M.Asomiddinova, I.Toshaliyev, Y.Tojiyev,
E.Qilichev, B.Qilichev kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o‟zbek tilining vazifaviy
uslublari, adabiy va uslubiy me‟yor, badiiy asar tili hamda badiiy tasvir vositalari
mufasssal o‟rganilgan [39, 23, 28, 8, 26, 33, 31, 30].
Bizning maqsadimiz badiiy tasvir vositalarining fanimizdagi ilmiy
tadqiqini baholash emas, balki tilning badiiy uslubiga xos tasvir vositalari orasida SB
larining, xususan, sifatli birikmalarning tutgan o‟rnini aniqlashdir. Tabiiyki, sifatli SB
larining tilning tasviriy vositalari sirasidagi o‟rni mazkur til bir5liklariningbadiiy nutqda
qo‟llanilishini kuzatish va uslubiy ahamiyat kasb etganligini dalillash orqali belgilanadi.
Shunday ekan, dastlab tasviriy vositalar tizimi qanday tashkil etuvchilardan iboratligini
ko‟zdan kechiraylik.
“ Mazkur tasviriy vositalar, - deb yozadi professor R. Qo‟ng‟urov, - troplar
va figuralar deb ikkiga bo‟linadi” [33; ]97 . ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni
ta‟minlash niyatida biron narsaning nomini, belgiaini ikkinchisiga ko‟chirish, o‟xshatish
yoki so‟zlarni shu maqsadda umuman, ko‟chma ma‟noda ishlatish troplar deyiladi.
Metafora, o‟xshatish, sifatlash, metanimiya, sinekdoxa, mubolag‟a,
kichraytirish, kinoya, allegoriya, jonlantirish, perefraza kabi usullar troplarning turlari
bo‟sa, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik so‟roq, bog‟lovchisizlik, ko‟p
bog‟lovchililik figuralar ( stilistik figuralar) ning ko‟rinishlari hisoblanadi [33; 98]. O‟z
navbatida, “tilda muayyan lisoniy- sintaktik qurilish qolipi hosilasi sifatida qaraladigan,
lison-nutq farqlanishi asosida yondashilganda nutq birligi maqomini egallaydigan SB lari
sanab o‟tilgan tasviriy vositalarning qaysi guruhiga tegishli?” degan savol tug;iladi.
Ta‟kidlab o‟tilganidek, troplar tilning badiiy tasvir vositalaridan bir turini
o‟z ichiga oladi. Shu bilan birga, trop nutqda so‟z yoki iboralarning ko‟chma ma‟noda
ishlatishdir [33; 98]. Basharti, troplar eng avval so‟zlarning uslubiy qo‟llanilishi, ya‟ni
ko‟chma ma‟no asosida obrazli nutqni shakllantirishidan hosil bo‟lar ekan, SB lari ham
troplarning u yoki bu ko‟rinishini yuzaga chiqara olishi, hech bo‟lmaganda, troplarning
bir turi ifatida xizmat qilishi mumkin. Negaki, SB lari ham so‟zlar kabi atash, nimlash
vazifasiga ega bo‟lib, tilning nominative birliklar tizimi tarkibiga kiradi.
Uslubshunos olim E.Qilichev ta‟biri bilan aytganda, “So‟z badiiy
tasvirning asosiy vositasi, obraz yaratishning , uni induviduallashtirishning muhim
omillaridan biri” sanalar ekan SB lari ham so‟lar singari badiiy tasvirning o‟ziga xos
vositasi, eng asosiysi, obraz va obrazli ifoda yaratish usuli hamda nutqiy omil bo‟la oladi.
Fikrimizning isboti uchun quyidagi dalillarga murojaat qilamiz.
“ Konnotativ ma‟noga nisbatan neytral bo‟lgan “po‟lat ” so‟zining “po‟lat
iroda” birikmasida kuchli konnotativ ma‟noga ega bo‟lishi uning denotative ma‟nosini
o‟zgartiradi ”, degan [31; 14] iqtibosni keltirar ekan, E.Qilichev “po‟lat iroda” SB sidagi
“po‟lat” so‟zining konnotativ ma‟nolari faqat nutqda, ma‟lum bir kontekstda
mavjudligini ichki konnotativ ma‟nodan farqli o‟laroq, nutqiy hodisa bo‟lib so‟zning
semantic strukturasiga, uning paradigmatik ma‟nosiga kirmasligini ta‟kidlaydi. Zero
“po‟lat iroda” birikmasida tobe so‟z (po‟lat) metalning bir turini ifodalashga xizmat
qilmaydi. Bu konteksdagi “po‟lat” so‟zi “mustahkam”, “bukilmas”, “sinmas”, “qattiq” va
“kuchli” so‟zlari qatorida teng huquqlidir. Shu sababdan nutqiy ehtiyoj va sharoitga
qarab “iroda” so‟zi mazkur so‟zlar qurshovidan birini tanlab birikadi va SB si
mazmunida mujassamlashgan tushuncha aniqlashdi. Biroq nutqiy ehtiyoj tufayli “po‟lat
iroda” birikmasi hosil qilinsa va tasvirlashning shu imkoniyati takrorlansa, unda
tushuncha nafaqat aniq, balki yorqin ta‟sirchan ifodalangan, ayni paytda, til sohibi ko‟z
o‟ngida yaqqol gavdalanadigan obrazga teng bo‟ladi.
Demak, SB lari so‟zga qaraganda tushunchani aniq, muayyan ifodalashi
barobarida tushuncha asosidagi obrazni ham yaqqol gavdalantira oladi.
Buni bitiruv ishi tadqiq manbayi sifatida tanlangan sifatli birikmalarning
badiiy uslubda qo‟llanilishi orqali kuzatish mumkin. Sifatli birikmalarning uslubiy
qiymatini aniqlash maqsadida badiiy nutqning eng yuksak, ayni choqda, sermashaqqat
ijodiy faoliyatning oily namunasi – poetik nutqni tanladik.mazkur bobning mazmunini
to‟ldiradigan ushbu bo‟lim o‟zbek tilining poetic qudratini o‟z ijodi orqali namoyon etgan
zabardast shoir A.Oripov she‟riyati, ya‟ni poetik nutqida qo‟llangan sifatli birikmalarning
tahliliga bag‟ishlanadi.
Sifatli birikmalarning badiiy uslubda qo‟llanilishini o‟rganish uchun
poetik nutq, asosiysi, A.Oripov she‟riyati bejiz tanlanmagan, albatta.
Negaki, “taqdir va tarix XX asrda turkiylarning chin shoirlaridan biri
sifatida A.Oripivni tanladi.u o‟zi mansub bo‟lgan elga ham, dunyoning jamiki xalqlariga
ham samimiy mehri va ehtiromi bilan; tarix yukini kiftida ko‟taradigan shaxslarga xos
isyon, kurash va dardlari bilan; So‟zning sehri va jilvalarini ilohiy bir sezim bilan his
etgani va namoyon eta olgani; So‟z dalasidagi ellik yillik zahmatlari bilan chin shoirdir”
[36; 4].
Zeroki, millatimizning chin shoiriga millatimiz rahnamosi, davlatimiz
rahbari I.Karimov bergan yuksak bahoda tahlil materiali bu shoir ijodidan bejiz
tanlanmaganligiga izoh yetarli: “ Abdulla Oripovday shoir yuz yilda bir marta tug‟iladi ”.
Ijod – bu kashfiyot, yaratish zavqi, o‟z-o‟zini anglash namoyon qila bilish,
o‟z haqiqatiga o‟zgalarni ishontirish va ergashtirish, butun bir muhitni o‟zgartirishga
intilish qudrati ilohiy ilm va zehn, olam va odamni ichdan chuqur bilish san‟ati hamda
mas‟uliyati. A.Oripovning o‟z ta‟biri bilan aytganda “ehtiyoj farzandi”, shundy ekan,
A.Oripov ijodi Doniyor Begimqulov ta‟riflaganidek, “uning tilga nisbatan zargarona
munosabatidan guvohlik berib turadi”.
Jumladan, shoirning “Asrimiz odami” she‟ridan olingan parchadan
qo‟llangan sifatli birikmalarga diqqat qilaylik:
Intilar yulduzlar tumaniga dam,
Dam oyning yonida bo‟lar parvona.
U nima istaydi? Shon-u shavkatmi –
Yulduzlardan baland, kundan purziyo?
She‟riy parchaning eng oxirgi misrasida “yulduzlardan baland ” “kundan
purziyo” birikmalari ko‟zga tashlanadi. Bu SB lari sintaktik qurilish xususiyatiga ko‟ra
umumiy o‟xshashlikka ega, ya‟ni bu nutqiy birliklar [O
ch.k
~ Sf ] = SB qolip
ko‟rinishining mahsulidir. Albatta, tobe so‟z tarkibidagi chiqish kelishigi birikish usulini
belgilovchi muhim morfologik omil bo‟lib, hokim vaziyadagi sifatlar ifodalayotgan
xususiyatlarni qiyoslash manbayi (obyekti) ni ko‟rsatib turadi. Aytish joizki, shoir
yaratgan har ikkala birikma ham umumiy qiyoslash ma‟nosidan tashqari yana bir
o‟xshashlik xususiyatiga egaligidan darak beradi. Umumiy qiyoslash ma‟nosi ularni
sifatli birikmalarning bir ma‟noviy tipiga birlashtiradi. Ammo “yulduzlardan baland” va
“kundan purziyo” birikmalari leksik-semantik xususiyatlariga ko‟ra bir-biridan farq
qiladi. Birinchidan, birikmalar tarkibidagi so‟zlar o‟z lug‟aviy m‟nolari, denotatlari
jihatidan o‟zaro tafovutlanadi. Ikkinchdan, “yulduzlardan baland ” birikmasida hajm-
o‟lchov sifati bilan, “kundan purziyo” birikmasida xusisiyat sifati (purziyo)mantiqan
qiyoslanish mumkin predmetlar bilan chog‟ishtirilgan ya‟ni “balandlik” o‟lchov belgisi
osmon yoki yulduzga nisbatan olinishi mukin. Biroq kontekstual qo‟llanishda osmonga
qaraganda yulduzlar yana ham yuksakroqda joylashishi tabiiy bo‟lgani holda, sifatli SB si
bog‟langan “shon-u shavkat” ning yulduzlardan ham baland sifatiga egaligi ham ishonarli
va obrazlidir. Qiyoslang:
Osmondan
Baland shon-u shavkat
Yulduzlardan
Shoir “yuksak” yoxud “buyuk” so‟laridan foydalangamda edi, badiiy
tasvir “yulduzlardan baland” birikmasi orqali reallashadigan jonli, ta‟sirchan, obrazli
ifodasini topa olmagan bo‟lar edi. Chindan ham, “yuksak shon-u shavkat” birikmasiga
qaraganda “yulduzlardan baland, shon-u shavkat” murakkab birikmasida sifatli, ya‟ni [ O
ch.k
~ Sf] qurilishli “yulduzlardan baland” birikmasining shoir tomonidan qo‟llanilishi
tufayli hissiy ta‟sirchanlik kuchayib, jonli manzara yuzaga kelgan.
Xuddi shunday obrazli ifoda “kundan purziyo” SB si orqali shakllangan
bu birikmada “purziyo” sifat leksemasi “yorug‟” , “ravshan”, “nurli” kabi leksemalar
qatoridan ataylab tanlab olingan. Chunki “ziyoga to‟la” xususiyatini ifdalovchi leksema
emotsional-ekspressiv bo‟yoqdorligi bilan leksik qatorni tashkil etuvchilardan farq qiladi.
Shu bilan birga, A.Oripov “kundan yoryg‟”, “kundan ravshanroq” tarzida ifodalash
imkoniyatiga ega edi. Bunday SB larni kundan, ya‟ni yorug‟lik, ravshanlik
mujassamlashgan manbaga nisbatan qiyoslanayotgan xususiyatlarni oddiy, odatiy va
beta‟sir ifodalovchisiga aylanishini so‟z tanlash va ishlatishda benihoya sezgirlik, jiddiy
mas‟uliyat yukini o‟z zimmasiga olgan shoir e‟tiborga olmasligi mumkin emas. Shuning
uchun A.Oripov qo‟llagan “kundan purziyo” birikmasini “kundan yorug‟(-roq)” yoki
“kundan ravshan(roq)” SB lari bilan garchand, har uchala nutqiy atov birligida
mazmunan umumiylik mavjud bo‟lsa-da, almashtirib bo‟lmaydi. Bu esa shoirning “so‟z
lashkarlari sarkardasi ” (O.Sharafiddinov ) ekanligidan, ayni paytda esa “yulduzlardan
baland ” , “kundan purziyo” misrasini shakllantirgan sifatli birikmalarining nechog‟li
uslubiy qiymatga egaligidan yetarlicha dalolat beradi.
A.Oripov sh‟riyatida shunday favqulodda, javohirday porlab turgan misra-
yu baytlar borki, ularni mubolag‟asiz shoh satrlar deyish mumkin. Ularni nogahoniy
obraz va muqoyasa, samimiyat va tabiiylik, hayotiylik va latiflik, Oybek domla ta‟biri
bilan aytganda ingichkalik ajratib turadi. Ular beixtiyor yodda qoladi [36; 89].
Chunonchi:
1.
Qizg‟aldoq bargidek uchar dildan g‟am…
2.
Bahor norasida go‟dakday shirin,
Qo‟ynida ezgulik, armon yashirin.
[55;129]
Qiyoslayotganimiz ikki she‟riy matnda diqqatimiz “qizg‟aldoq bargidek”
uchar (uni [-ar] bo‟lganligi uchun noaniq [-moq] shakli bilan ifodalaymiz) va “
go‟dakday shirin “ birikmalariga tortiladi. Tabiyki, bu ikki birikma, ya‟ni “ qizg‟aldoq
bargidek uchmoq” va “ go‟dakday shirin” da diqqat markazini [-dek// -day] shakli
egallaydi. Negaki, bu morfologik vosita badiiy tasvir vosital;aridan troplarning “
o‟xshatish” turini yuzaga chiqargan. O‟xshatish to‟rt asosiy qismdan, ya‟ni 1)
o‟xshatilgan narsa; 2) o‟xshatiladigan narsa; 3) o‟xshatish asosi – belgi; 4) o‟xshatish
vositasidan tarkib topadi [29;99]. O‟z-o‟zidan ma‟lum bo‟ladiki keltirilgan parchalardagi
birikmalarda [- dek// -day] – o‟xshatish vositasi bo‟lib, u ikki xil SB sini hosil qilishga
xizmat qilgan :
1) qizg‟aldoq bargidek uchmoq – fe‟lli SB si;
2) go‟dakday shirin – sifatli SB.
“Uchmoq” fe‟l asosli SB sida HB mavqeida bo‟lib, o‟xshatiladighan
harakatni “qizg‟aldoq bargi” (SB si shaklida) o‟xshatilgan narsani va [-dek] o‟xshatish
vositasini bildiradi. Mazkur SB si hajman murakkab (uch so‟zdan iborat), hokim a‟zosi
fe‟l asosli bo‟lganligi uchun uni mavzu doirasida qiyoslash maqsadida ko‟zdan
kechirishimiz mumkin, ammo to‟liq tahlil qila olmaymiz. Fe‟l asosli birikmaning sifat
asosli birikmadan farqli jihatlari ko‟p: birinchidan, bu SB si o‟xshatish shaklini olgan
otlar fe‟llarning o‟zaro birikuvidan hosil bo‟ladi; ikkinchidan, bunday SB larga xos
obyekt-harakat umumiy ma‟no munosabati tarkibida qiyoslash obyekti va qiyoslanuvchi
harakatni ifodalash ma‟nosi bilan alohida semantik guruhni tashkil etadi.
“Shirin ” sifat asosli SB sida HB mavqeyini egallab o‟xshatiladigan belgini
“go‟dak” o‟xshatilgan predmet (shaxsni ) ni va[-day] ta‟kidlanganidek, o‟xshatish
vositasini bildiradi.
Poetik nutqda “go‟dakday shirin ” kabi sifatli birikmalar turli-tuman, rang-
barang o‟xshatishlarning sintaktik usulda ifodalanish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
“Go‟dakday shirin ” so‟z birikmasi lisoniy jihatdan [O
o‟xsh
~ Sf ] = SB
qurilish qolipga tegishliligini nutqiy jihatdan badiiy tasvirning o‟xshatish turiga
mansubligini hisobga olsak, mazkur til birligi lisoniy va nutqiy jihatlarning ichki
ziddiyatidan iborat bo‟ladi. Nutqiy ifodalanish bu birlikning uslubiy qiymatini, lisoniy
tuzilish uning sintaktik qurilish mohiyatiga egaligini ko‟rsatadi. Biroq bu qarama-qarshi
jihatlarni bir-biridan uzib, alohida tavsiflash til birligining substansial mohiyatiga zid
xulosalarni keltirib chiqaradi.
Shunday ekan, sifatli birikmalar qanday lisoniy sintaktik qurilish qolipi
asosida yuzaga kelishidan qat‟iy nazar poetik nutqning qator tasviriy vositalari, jumladan,
o‟xshatish turlari, ko‟rinishlari sirasida faqat nutqiy qo‟llanish vazifasiga ko‟ra o‟z
o‟rniga ega bo‟ladi. Zero sifatli birikmalarning A.Oripov she‟riyatida “yulduzlardan
baland”, “kundan purziyo”, ”go‟dakday shirin” kabi nutqiy akkazional qo‟llanilishi
asosida o‟xshatishning birikmali turi hosil bo‟ladi. Bundagi o‟xshatish vositasi [-dan ] va
[-day] ko‟rinishida ikki turdagi o‟xshatishli birikmalani shakllantiradi .Ayni paytda,
sifatli SB larini shallantiruvchi morfologik vositalar nafaqat [-dan] va [-day]
qo‟shimchalaridan iborat ekanligini, balki ishimizda tavsiflangan [-ga], [-da] kelishik
ko‟rsatkichlari hamda “kabi / singari / yanglig‟ / misoli” ko‟makchilari ham bu siradan
o‟rin olganligini unutmaslik lozim. Aks holda, poetic nutq vositasi o‟laroq o‟xshatishli
birikmalarning [-dan] va [-dey] ko‟magida shakllangan ikki turidan boshqasi mavjud
emasligi haqida noto‟g‟ri tasavvur paydo bo‟lishi mumkin. Bunday tasavvur paydo
bo‟lmasligi uchun poetik nutq voqeligidagi sifatli birikmalarni kuzatishda davom etamiz.
Chunonchi:
1. Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo,
Shabnamday ma‟sum-u, ko‟klam kabi yosh. [55; 237]
A) shabnamday ma‟sum (-day);
B) ko‟klam kabi yosh (kabi).
2. Garchi zaminda ko‟p har xil xor-u xas,
Tog‟larga mengzashar dunyo tomini. [58; 90]
V) zaminda ko‟p (-da)
3. Ezgulik kimningdir mulki emasdir,
Quyosh ham barchaga barobar biroq.
G) barchaga barobar (-ga )
4. Lekin sen bu gapni yodda tut faqat,
Hammaga ayondur ushbu haqiqat. [58;122]
D) hammaga ayon (-ga)
5. Bu hol yuz beribdi qadim zamonda
Bir ayol jazoga mustahiq ermish [58; 15]
E) jazoga mustahiq (-ga )
6. Kezdim bu yerlarda tanho shodumon
Yulduzlarga yaqin, ko‟zlardan yiroq [55; 235].
F) yulduzlarga yaqin (-ga)
J) ko‟zlardan yiroq (-dan)
7. Dunyo bepoyondir turfadir inson,
Yulduzlar misoli beadad qismat [55; 290].
K) yulduzlar misoli beadad (misoli)
8. Lekin shaddot hayotning yulduzda bormi ishi,
Odamlar bor yulduzdan yulduzlar qadar yiroq [55; 229].
L) yulduzlar qadar yiroq (qadar)
9) Bamisli adashib yo‟lin topgan zot
O‟zini biz yanglig‟ shodumon sezar [58; 139]
M) biz yanglig‟ shodumon (yanglig‟ )
Keltirilgan to‟qqiz xil she‟riy parchada A.Oripiv sifatli birikmalarning rang-
barang ko‟rinishlaridan unumli foydalangan va ba‟zan poetik nutqqa xos ko‟tarinkilik,
pafosni ta‟minlash maqsadida turli lisoniy vositalardan yangi o‟xshatishli birikmalar hosil
qilgan. Jumladan, birgina “yulduz” leksemasi o‟xshatilgan predmet sifatida voqelashgan
o‟xshatishlarga e‟tibor qaratishning o‟zi kifoya. Negaki, “yulduzlar „ so‟zi ishtirokida
quyidagi o‟xshatishli birikmalarni qiyoslaganda shoirning so‟zni zargarona tanlash va
so‟zni dur kabi nozik did bilan tizish mahorati ko‟zga yaqqol tashlanadi.
Qiyoslang:
O‟xshatishli birikmalar:
1)
yulduzlarga yaqin (6-misol);
2)
yulduzlar misoli beadad (7-misol);
3)
yulduzkar qadar yiroq (8-misol).
Birikish imkoniyatlari:
-ga yaqin,
Yulduzlar misoli beadad,
qadar yiroq .
Ko‟rinib turibdiki, poetik nutqda “yulduzlar ” so‟zining [-ga] jo‟nalish kelishigi
hamda “misoli”, “qadar” ko‟makchi shaklidagi birikish imkoniyatlari mavjudligini
“yaqin”, “beadad”, “yiroq” so‟zlari yuzaga chiqarmoqda. Tobe so‟z (yulduzlar) ning
morfologik valentligi birikish, ya‟ni sintaktik imkoniyatning ikki – kelishikli,
ko‟makchili ko‟rinishini hosil qilgan. Bunday lisoniy imkoniyatlarni ichki sezim va
lisoniy shuur orqali anglagan shoir o‟z ijodiy mahsulida bir so‟zning, ya‟ni
“yulduzlar”ning lisoniy qimmatini jilolantiruvchi yorqin obrazli ifodalar yaratgan.
Qisqasi, so‟zning boshqa so‟zlar bilan nirikuvida badiiy jilolanishi, estetik jozibadorligini
ko‟rsata olgan
Chunonchi, oltinchi misolda “yulduzlarga yaqin ” birikmasi lirik qahramon
ruhiyatida samoga yaqin yuksaklikda ekanligini, 7-misolda “yulduzlar misoli beadad”
birikmasi inson qismati uning o‟zi kabi xilma-xil va ko‟pligini, 8-misolda esa “yulduzlar
qadar yiroq” birikmasi insonlar orasidagi ruhiy, ma‟naviy uzoqlashuvning masofasini
o‟ta ta‟sirchan, obrazli o‟xshatish asosida, hattoki, mubolag‟a yordamida (“yulduzlar
misoli beadad qismat” da ), demak, badiiy ifodalashga xizmat qiladi.
Aytish mumkinki, shoirning sifatli birikmalardan betakror, jozibador
o‟xshatishlar hosil qilishini tasdiqlovchi nutqiy dalillar biz kuzatgan she‟riy parchalar va
tahlil qilgan birikmalar bilan cheklanmaydi, aksincha, ular sifatiy va miqdoriy jihatdan
ko‟p va xilma-xildir. Biz bituruv ishi maqsadi va hajmi talablari asosida bu nutqiy
dalillarning ayrimlarinigina ko‟zdan kechirdik hamda baholi qudrat tahlil qildik . o‟zbek
she‟riyatining yorqin yulduzi, turkey so‟ san‟atkori, zargari buyuk shoir A.Oripov
nazmida sifatli birikmalar yordamida yaratilgan obrazli ifoda va timsollar salmog‟ini
hamda sifatli birikmalarning badiiy uslubiy qiymatini aniqlashga qanchlik urunmaylik,
bu ummondan bir qatra suv olish bilan barobardir. Zero o‟zbek tilida so‟z birikmalari,
xususan, sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi shunday cho‟ng ummonki, undan
uslubshunoslik ham, sotsiolingvistika ham, pragmalingvistika ham, adabiyotshunoslik
ham, hattki, poetik sintaksis ham o‟z htiyojini qondirish uchun foydalana oladi. Shunday
ekan, o‟zbek tili sintaktik sath birliklari, jumladan, so‟z birikmalarining nutqiy
voqelanish
imkoniyatlarini
o‟zida
mujassamlashtirgan,
ammo
bu
mavjud
imkoniyatlardan birgina - hokim a‟zosi sifatli SB larning A.Oripov she‟riyati misolida
voqelanishini o‟rganish natijasida sifatli birikmalar poetik nutq vositasi ekanligiga
ishonch hosil qildik. Basharti sifatli birikmalar poetik nutq yaratish vositasi hisoblanar
ekan, so‟z birikmalari so‟z singari obraz yaratishning muhim omillaridan biri sanalishiga
zarracha shubha qolmaydi.
Xulosa
Malakaviy-bitiruv ishida “Sifatli birikmalarning badiiy uslubda
qo‟llanilishi (A.Oripov sheriyati misolida)” mavzuyi bilan uzviy aloqador masalalarning
tahlili natijasi quyidagi xulosalarda o‟z aksini topadi:
1. O‟zbek formal tilshunosligida so‟z birikmalari hokim kompanentining
morfologik xususiyatiga ko‟ra tasnifida sifatli birikmalar sifatida ajratilgan nutqiy
hosilalarning lisoniy-sintaktik qurilishi va uslubiy qo‟llanishi masalasi fanimizdagi
sintaktik sathning substansial tadqiqiy muammolari bilan chambarchas bog‟liq. Ushbu
masala ilk marta o‟zbek substansional tilshunosligi tadqiq usullari yordamida, uslubiyat,
tilshunoslik va adabiyotshunoslik kesishgan nuqtalarida, poetik nutq talablari asosida
tahlil qilindi.
2. Jamiyatimiz a‟zolari nutqida turli kommunikativ ehtiyojlarni qondirish
(v. k) kibi birikmalarning hokim a‟zosi sifat leksimalaridan iborat. Shuning uchun bu
so‟z birikmalari sifatli birikmalar hisoblanadi.maqsadida reallashuvchi va faqat nutq
jarayonida muvaqqat qo‟llanish tabiatini namoyon etadigan guldan nozik, toshdan qattiq,
so‟zga chechan, husnda tanho, noonday aziz, osmon kabi bepoyon, dengiz yang‟lig‟
sokin
3.
Tobe a‟zo mavqeyidagi otlarning jo‟nalish, o‟rin-payt, chiqish
kelishigi, o‟xshatish shakli va ko‟makchilar yordamida hokim a‟zo mavqeyidagi
sifatlarga birikish tarsi hamda mazkur birikish maxsulini umumlashtiruvchi [O
k.k
~ Ss] =
SB hamda [O‟
o‟xsh
~Sf] = SB qoliblari “qiyoslash” va “o‟xshatish” ma‟noli so‟z
birikmalarini yuzaga chiqaradi. Sifatli birikmalarning tobe a‟zosi ot leksemalari bilann
ifodalanuvchi bir turini, shuningdek sifatli birikmalarining xilma xil ko‟rinishlaridan
birini umumlashtiruvchi bu qurilmalar qolib variantlari hisoblanadi. Demak, sifatli
birikmalar lisoniy-sintaktik iyerarxiyasida ular oraliq shakllar mavqeyida turadi.
4.
Uslubiyatning katta tarmog‟I hisoblangan vazifaviy uslublar orasida
badiiy uslub o‟quvchi yoki tinglovchiga estetik ta‟sir etishi, badiiy obraz yaratishga va til
vositalaridan individual ijobiy foydalanishga xizmat qilishi ham,da adabiy tilning barcha
uslublariga xos elementlarni qamrab olish bilan alohida o‟rin egallaydi.
5.
Badiiy uslubda qo‟llaniladigan va bu uslubning o‟ziga xosligini
belgilovchi vasitalar, ya‟ni badiiy tasvior vositalari alohida bir tizimni tashkil etadi.
Sufatli birikmalar badiiy tasvir vositalaridan biri – troplar sirasida o‟xshatishlarni
shakllantirishga xzmat qiladi.
6.
sifatli birikmalarni uslubiy qiymati badiiy nutqning eng yuksak va
ijodiy faoliyatning oily namunasi bo‟lmish poetik nutq orqali hamda o‟zbek tilining
poetik cho‟qqisi hisoblangan A. Oripov she‟riy asarlarida qo‟llangan “o‟xshatish”,
“qiyoslash” ma‟noli birikmalarni tahlil qilish asosida aniqlandi. Poetik nutqda sifatli
birikmalar turli – tuman, rang-baran o‟xshatishlarning sintaktik usulda ifodalanish
imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
7.
Ma‟lum bo‟ldiki sifatli birikmalar qanday lisoniy-sintaktik qurilish
qolipi asosida yuzaga kelishidan qat‟iy nazar, poetik nutqning tasviriy vositalari, xususan,
o‟xshatish turlari, ko‟rinishlari sirasida faqat nutqiy qo‟llanish vazifasiga ko‟ra o‟z
o‟rniga ega bo‟ladi. A. Oripovning “Yillar armoni”, “Ishonch ko‟priklari”, “Menga xush
xabar ayt” to‟plamlarini tahlil qilish asosida yig‟ilgan 60 xil sifatli birikma buning yorqin
dalilidir. Bu esa sifatli birikmalar poetik nutq vositasi ekanligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar ro‟yxati
I. Ijtimoiy-metodologik adabiyotlar:
1.Karimov Islom. O‟zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T. : o‟zbekiston, 1999.
2.Karimov Islom. Barkamol avlod orzusi. – T. : O‟zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2000.
3. Karimov Islom. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‟naviyat, 2008.
– 176 b.
II. ILmiy risola, darslik va o‟quv qo‟llanmari:
4.Abdullayev F. So‟zlar o‟zaro qanday bog‟lanadi. – T.: Fan, 1978. -75 b.
5. Abdurahmonov F. , Sulaymonov A. , Xoliyorov X. , Omonturdiyev J. Hozirgi
o‟zbek adabiy tili. Sintaksis. – T. : O‟qituvchi, 1979. – 208 b.
6. Asadov T. So‟z turkumlari tizimada ravish. – T.: Muharrir, 2010. – 132 b.
7. Baskakov N.A. , Sodiqov A., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – T.:
O‟qituvchi, 1979. – 192 b.
8. Begmatov E., Boboyeva A. , Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq
madaniyati. – T.:Fan, 1983. – 151 b.
9. Bozorov O. O‟zbek tilida darajalanish. – T.: Fan, 1995. -132 b.
10. Barovkov A.K., G‟ulomov A., Ma‟murov Z., Shermuhammedov T. O‟zbek tili
grammatikasi. II qism. Sintaksis. – T.: O‟zdavnashr, 1956. – 132 b.
11. Komilova X. Gapda so‟zlarning bog‟lanishi. – T.: Fan, 1955. – 27 b.
12. Mahmudov N. Ma‟rifat manzillari. – T.: Ma‟naviyat, 1999. – 64 b.
13. mahmudov N., Nurmonov A. O‟zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis.
– T.: O‟qituvchi, 1995. – 232 b.
14. Mengliyev B. o‟zbek tilining struktur sintaksisi. – Qarshi: Nasaf, 2003.
15. Mengliyev B. , Abuzalova M. Hozirgi o‟zbek adabiy tili. – Qarshi : Nasaf,
2005. – 184 b.
16. Mirzayev M. , Usmonov S. , Rasulov I. O‟zbek tili. – T.: O‟qituvch, 1978. –
256 b.
17. Ne‟matov H. , Bozorov. O. Til va nutq. – T.: O‟qituvchi, 1993. – 32 b.
18. Ne‟matov H. , Rasulov R. , O‟zbek tili system leksikalogiyasi asolari. – T.:
O‟qituvchi, 1995. – 128 b.
19. Nematov H., Sayfullayeva R., Qurbonova M. O‟zbek tili structural sintaksisi
asoslari. – T.: Universitet, 1999.
20. Nurmonov a. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. – T.: Fan, 1982. – 100 b.
21. Rasulov R. , Narziyeva M. Leksikalogiyani o‟rganish – T.: O‟qituvchi,1992. -
24 b.
22. Rasulov R. O‟zbek tilidagi holat fe‟llari va ularning obligtor valentliklari. – T.:
Fan, 1989.
23. Rustamiy A. Adibla odobidan adablar. – T.: Ma‟naviyat, 2003. – 112 b.
24. Safarova R. Leksik semantic munosabatlarning turlari. – T.: O‟qituvchi, 1996.
– 48 b.
25. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z.,
Abuzalova M. Hozirgi o‟zbek adabiy tili. Sntaksis. – T.: O‟z MI bosmaxonasi, 2006. –
171 b.
26.Tojiyev Yo., Hasanova N., Saidova R., Yo‟ldosheva O. O‟zbek nutqi
madaniyati va uslubiyat asoslari amaliyoti. – T.: 1994. – 115 b.
27. Sharipov M. Hozirgi o‟zbek tilida so‟z birikmasi masalasi. – T.: Fan, 1978. -
88 b.
28. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‟g‟urov R., Rustamov H. O‟zbek tili
sitilistikasi. – T.: O‟qituvchi, 1983. – 248 b.
29. O‟zbek tili grammatikasi. II tom – T.: Fan, 1976. - 560 b.
30. Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro
“Buxoro universiteti nashriyoti” 2002. – 114 b.
31. Qilichev E. Badiiy tasvirning leksik vositalari. – T.: Fan, 1982. – 87 b.
32. Qurbonova M. Hozirgi zamon o‟zbek tili (soda gap sintksisi uchun
materiallar). – T.:
O‟z MU bosmaxonasi, 2002. – 117 b.
33. Qo‟ng‟urov R. , Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madniyati va uslubiyat
asoslari. – T.: O‟qituvchi, 1992. – 160 b.
34. Qo‟chqortoyev I. So‟z ma‟nosi va uning valentligi. – T.: Fan, 1977. – 168 b.
35. G‟afurov U. O‟ttiz yil izhori: adabiy o‟ylar, maqolalar. – T.: Adabiyot va
san‟at, 1987. – 400 b.
36. G‟aniyev I. Afoqova N. Ozod ruh Fflsafasi. – T.: Fan, 2006. -151 b.
37. G‟ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‟zbek adabiy tili. Sintaksis. – T.:
O‟qituvchi, 1987. – 256 b.
III. Ilmiy maqolalar:
38. Abdullayev F. So‟z birikmalari sintaksisining ayrim masalalari // “o‟zbek tili
va adabiyoti ” jurnali, 1969. 1-son, 41-46-b.
39. Abdurahmonov G‟. Hozirgi zamon o‟zbek tilining adbiy uslubi haqida //
“O‟zbek tili va adibiyoti” 1992. 5-6-son, 28-36-b.
40. Mahmudov N. O‟zbek tilshunosligining taraqqiyoti // “O‟zbek tili va adbiyoti”
, 2001. 4-son, 5-b.
41. Nazarova S. So‟z birikmalarini formal-funksional tahlili muammolari //
“O‟zbek tili va adabiyoti” ,2002. 6-son, 55-57-b.
42. Nazarova S. Izohlovchili birikmalar // Ayyub G‟ulom va o‟zbek tilshunosligi
(ilmiy maqolalar to‟plami) . – T.: O‟z MU bosmaxonasi, 2004. 97-100-b.
43. Narziyeva M. Shaxsni yosh belgisiga ko‟ra atovchi so‟zlar gruppasining ichki
klassifikatsiyasi haqida // “O‟zbek tilini sinxron o‟rganish masalalari” ( ilmiy asarlar
to‟plami) – T.: 1987. 30- 33 b.
44. Ne‟matov H. Tajalli tasavvuf bilish nazariyasi va tilshunoslikda sintasisni
o‟rganish masalalari // “o‟zbek tili va adabiyiti” , 1993. 2-son 27-30-b.
45. Rasulov R. So‟z valentligi va sintaktik aloqa // “O‟zbek tili va adabiyoti”
, 1992. 5-6-son, 36-40-b.
46. Qurbonova M. Shakl-vazifaviy talqinda sustansiallik omil // “O‟zbek tili va
adabiyoti” , 1999. 1-son, 42-45-bet.
47. Qurbonova M., Ochilova M. Raximov A. O‟zbek tilshunosligida sintaktik
nazariyalar // “Ayyub G‟ulom va o‟zbek tilshunoisligi” (ilmiy to‟plam) – T.: 2004, 73-
76-b.
IV. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari:
48. Abuzalova M. O‟zbek tilida soda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning
nutqda voqelanishi. Nom. zod. disser. … avtoref. – T., 1994, - 21 b.
49. Madrahimov I. O‟zbek tilida so‟zning serqirraligi va uni tasniflash asoslari.
Nom.disser. … avtoref. – T., 1994, - 25 b.
50. Mengliyev B. Morfologik vositalarning ma‟naviy xususiyatlari va sintaktik
imkoniyatlari. Nom.disser. … avtoref. – T., 1996. – 19 b.
51. Nazarova S. Birikmalarda so‟zlarning erkin bog‟lanish omillari. Nom. disser.
…avtoref. – T., 1997. – 21 b.
52. Negmatova L. o‟zbek tilida privativlik. Nom.disser. .. avtoref. – T., 2004. – 18
b.
53. Qurbonova M. O‟zbek tilshunosligida formal-funksional yo‟nalish va soda gap
qurilishining talqini. Dok.disser. … avtoref. – T., 2001. – 51 b.
V. Badiiy adabiyotlar:
54. Oripov Abdulla. Yillar armoni. – T.: G‟afur G‟ulom nomidagi adabiyot va
san‟at nashriyoti, 1984. – 567 b.
55. Oripov Abdulla. Yillar armini. – T.: Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1987. – 592
b.
56. Oripov Abdulla. Ishonch ko‟priklari. – T.: G‟. G‟ulom nomidagi adabiyot va
san‟at nashriyoti, 1989. – 240 b.
57. Oripov Abdulla. Menga xush xabar ayt. – T.: Ma‟naviyat, 2009. – 128 b.
A.
Oripovning “Yillar armoni”, “Ishonch ko‟priklari”,
“Menga xush xabar ayt ” to‟plamlari matnida qo‟llangan sifatli
birikmalar ro‟yxati
I “Yillar armoni” to‟plami asosida (T., 1984):
1)
tabiatday baravj (542-b.);
2)
tabiatday hur (542-b.);
3)
har narsadan oily (510-b.);
4)
noming kabi mustahkam (460-b.);
5)
quyoshdek porloq (278-b.);
6)
oftobday baland (244-b.);
7)
munajjiming misoli bedor (236-b.);
8)
qirg‟iz xaiqin qalbiday beg‟ubor (239-b.);
9)
boladay xushhol (212-b.);
10) fazodan teranroq (134-b.);
11) sevgiday abadiy (202-b.);
12) yulduzlar bazmidan porloq (134-b.);
13) sendan yiroq (66-b.);
14) oppoq tolasidek oydin(327-b.);
15) qor kabi pokiza (373-b.);
16) tog‟dek sarbland (373-b.);
17) sizdan buyukroq (352-b.);
18) haqiqat qadarli ulug‟ (399-b.);
19) yulduzlar misoli beadad (290-b.);
20) shabnamday ma‟sum (237-b.);
21) ko‟klam kabi yosh (237-b.);
22) she‟rdan ham ulug‟ (129-b.);
23) nondan azizroq (129-b.);
24) xayolday bepoyon (266-b.);
25) nurdan pok (278-b.);
26) ishqday bezavol (278-b.);
27) yulduzlarga yaqin (235-b.);
28) ko‟zlardan yiroq (235-b.);
29) yulduzlar qadar yiroq (229-b.);
30) go‟dakday shirin (465-b.).
II. “Ishonch ko‟priklari” to‟plami asosida ( T.,
1989):
1)
osmon kabi keng (7-b.);
2)
onam kabi yolg‟iz (35-b.);
3)
shaharlardan uzoq (106-b.);
4)
kentlardan yiroq (106-b.);
5)
sharqning zumradidek quvonchbaxsh (135-b.);
6)
olam tubi qadar tiniq (135-b.);
7)
biz yanglig‟ shodumon (139-b.);
III. “Menga xush xabar ayt” to‟plami asosida ( T., 2009):
1)
so‟zana yanglig‟ tugal (88-b. );
2)
maktab bolasiday saf-saf (88-b.);
3)
zaminda ko‟p (90-b.);
4)
nondek arzanda (118-b.);
5)
hammaga ayon (122-b.);
6)
himoyaga muhtoj (16-b.);
7)
padar kabi ulug‟ (14-b.);
8)
jazoga mustahiq (15-b.);
9)
boladay xushhol (27-b.);
10)
nomingdan ulug‟roq (28-b.);
11)
menda bisyor (40-b.);
12)
iymonga poydor (41-b.);
13)
baridan ortiq (44-b.);
14)
menga ta‟alluqli (49-b.);
15)
tinchlikka mas‟ul (50-b.);
16)
samovatga tegishli (78-b.);
17)
yulduzlar misoli bedor (79-b.);
18)
tog‟larning qoridek bokira (79-b.);
19)
durdek nihon (86-b.);
20)
xayol kabi chigal (88-b.);
21)
askiyaga barobar (78-b.);
22)
sukutdan yaxshiroq (54-b.);
23)
daftar chizig‟iday taram-taram (89-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |