Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 148,11 Kb.
bet9/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. tadqiqoda tаhlil
оb`еktigа tоrtilgаn аdаbiy mаtеriаl hаmdа bаyon etilgаn
ilmiy-nаzаriy хulоsаlаrdаn, umumlаshtiruvchi fikrlаrdаn оliy o'quv yurtlаrining filоlоgiya fаkultеti tаlаbаlаri, o'rtа mахsus tа`lim tizimi hаmdа аkаdеmik litsеylаrning yuqоri kurslаr tаlаbаlаri uchun tаnlоv vа iхtisоslik mаshg'ulоtlаri o'tishdа fоydаlаnish mumkin. Shuningdеk, tаdqiqоt mаtеriаllаri vа ilmiy kuzаtishlаr shоir ijоdigа bаg'ishlаngаn risоlа, qo'llаnmа hаmdа mоnоgrаfiyalаr yarаtishdа, аdаbiy pоrtrеtgа qo'shimchаlаr kiritishdа mаnbа bo'lib хizmаt qilаdi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Quyidagilarni ishning ilmiy yangiligi sifatida
ko'rsatish mumkin:
- M.Rofiyning shaxsi va ijodi haqidagi ma'lumotlar batafsil
o'rganildi;
-M.Rofiy she'riyatining o'ziga xos jihatlari aniqlandi;
- Shoir lirikasining jаnr tаbiаtini, yetakchi tаrаqqiyot tаmоyillаrini,
badiiy xususiyatlarini, bоqiy mаvzu-mаsаlаlаr yo'nаlishi tаhlil vа
tаdqiq etildi;
Mustaqim Rofiyning adabiyot, badiiy so'z, adabiy jarayon haqidagi
fikrlari o'rganildi;
- Shoir she'riyati yaхlit bаdiiy-estеtik hоdisа sifаtidа o'rganildi;
-Shоir she'rlarida bo'y ko'rsаtgаn lirik qаhrаmоnning o'zigа хоs bеtаkrоr fikrlаsh, fikr-muhоkаmаlаri tаbiаtini o'rgаnish оrqаli zamondosh insоn оbrаzining ko'rkаm qiyofаsi gаvdаlаntirildi;
Natijalarning joriy va e'lon qilinishi. Mavzu BuxDU o'zbek adabiyoti kafedrasi yig'ilishida tasdiqlanib universitet ilmiy kengashiga
tavsiya qilingan. Universitet ilmiy kengashining _____ majlisida tasdiqlangan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishning umumiy tavsifini
aks ettirgan kirish, ikki asosiy bob, besh fasl, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tarkib topgan bo'lib, 72 betni tashkil qiladi.


I BOB. Mustaqim Rofiy lirikasi mavzulari, janriy xususiyatlari.
1.1. Mavzular olami.
Mavzu(yun,thema. - asosida turuvchi) badiiy asarlarda ijtimoiy,axloqiy va boshqa muammolarni qo'yish hamda yoritishga xizmat qilgan, shu asarning hayotiy asosini tashkil etgan voqea -hodisalar doirasi.1 Umuman, mavzu shoir hayotdan tanlab olgan va tasvirlangan voqea-hodisalar doirasini, ikkinchidan, asarda qo'yilgan va yoritilgan hayotiy masalalarni tashkil qiladi .
Mavzu atamasi ikki ma'noda qo'llaniladi:2
1. Mavzu atamasi - asarda aks ettirish uchun san'atkor tomonidan olingan voqea-hodisalar . Mavzu badiiy asar bilan hayotni bir-biriga bog'lovchi vosita, shunga ko'ra badiiy asarning tahlili jarayonida san'atning voqelikka estetik munosabati haqida fikr yuritiladi.
2. Mavzu - san'at asarida qo'yilgan va yoritilgan asosiy va ijtimoiy masalalar tasviri. Mavzu atamasining ikkinchi ma'nosi juda muhimdir. Birinchi ma'nosida mavzuni hayotiy material sifatida tushinish natijasida shu tushunchani tasvir ob'yekti bilan tenglashtirib qo'yish shu nuqtayi nazaridan mushohada qiladigan bo'lsak, Mustaqim Rofiy ijodidan o'rin olgan mavzular olami rang-barangligi, olam va odam mavzusining ustuvorligi bilan ajralib turadi. Shoirlik har kimga nasib etavermaydi. Mumtoz adabiyotimizning mashur namoyondasi Muhammad Rizo Ogahiy aytgandek: Tangri taolo “…alar oradsida ba'zisining tilin fasohat va balog'at bobida nodir va so'z rishtasiga maoniy javohirin nazm etarga qodir qilib, ma'ni ahli orasida quyosh yanglig' ravshan va sarafroz etti”. Shu bois, chinakam shoirlik maqomiga shoirman deb yurganlarning hammasi ham erishavermaydi, mashhur bo'lavermaydi.

M.Rofiy milliy she'riatimizda o'z o'rniga ega ijodkor. Uning ijodidagi ruboiy -to'rtliklaridagi mavzu ko'lamini biz uchga bo'lib o'zganamiz. Bular: ijtimoiy, falsafiy va ilmiy mavzular. Shoir ruboiy-to'rtliklaridagi falsafiy mavzularda Haq taolloni bilish, iymon keltirish, sabr-qanoat qilib yashash kabi g'oyalar qalamga olingan bo'lsa, ijtimoiy muammolarda tabiatni asrash, kamtarlik muammolari ilgari surilgan . Ilmiy mavzularni qalamga olar egan, shoir ilm-fan bilan bog'liq muammolarni mahorat bilan tasvirlaydi. Shoir she'riyati shakl tomonlari qofiya, vazn jihatidan ham mukammal va go'zal. U o'z she'rlarini milliy tarovat , o'zbek xalqiga xos milliy xuxusiyatlar,timsollar bilan bezaydi. Shoir:


To'rt muchang omonmi , yasha ko'ngil shod,
Yaxshi ham yomonni aylamagin yod.
Bir necha lahzadir xotirjamliging ,
Bu charxi gardonni aylagin sayyod.
Ushbu rubiy-to'rtlikda o'tayotgan umrning g'animatligi haqida poetik fikr yuritilib, teran mazmunli falsafiy umumlashma yaratilgan. Har bir vaqtni e'zozlab, uning har bir lahzasidan unumli foydalanish, samarali mehnat qilib, xotirjamlikni g'animat bilish kerakligini uqtiradi.Shoir she'riyatida jamiyat va insoniyat tarixi, taqdiri va kelajagi mavzusida qayta-qayta murojaat etadi.
Dunyodan qo'l ochiq ketdi Iskandar,
Bobur shoh bo'lib ham chekdi g'am, qadar.
Hech kimning go'riga kirmas,bil, gavhar,
Mavjudik oxiri yo'qlik muqarrar.
Ushbu misrada ijodkor dunyoni larzaga keltirgan ikki buyuk shoh dunyodan g'am -anduh chekib , qo'llari ochiq holda bu olamni tark etdilar, sen ham abadiy emassan degan g'oyani ilgari surib , hayot haqiqatiga mos bo'lgan badiiy-falsafiy umumlashmalar chiqaradi. Olamning abadiyligi, insoniyat umrining qisqaligi, hamma narsa mustahkam tartib asosida rivojlanishi yuqoridagi misralar markazida turuvchi asosiy g'oyadir. M. Rofiy ijodining ko'lami keng. Buni biz ishimiz davomida o'rganib ijod mahsulining
yangidan- yangi qirralarini ochib boramiz . Mustaqim Rofiy ijodidan o'rin olgan ruboiy-to'rtklar poetik nuqtayi nazardan tavirlarning yorqin va teran ifodalanishi bilan ham ajralib turadi. Uning "Bil dunyo telbaxona", "Inson iqbolini bilmoq bo'ladi", "Ey inson, idrok-la o'yla bir nafas", "Dunyo parokanda adovat bo'lsa ", "Tangri hukmidadir serjilo olam", "O'ylab bilsang
san'atdir -fudbol" deb boshlanuvchi ruboiy-to'rtliklarida bu fazilat ochiq ko'rinadi. M.Rofiy xilma-xil mavzularda ko'plab rang-barang lirik to'rtliklar yaratdi. "Zarur vaqtda ortga qaytmoq ham kerak", "Odam tabiatga bo'lsa beparvo", "Bilaman dema , bor oyati Qur'on" kabi ruboiy-to'rtliklarida inson va uning fe'l-atvori ixcham va nafis tarzda ifodalangan.
Yaralgandan buyon Hazrati inson ,
Unga hamroh erur hamisha yolg'on.
Ammo chin yolg'onni ajratmoq mushkul,
Uni aniqlashni bilmaydi jahon.
Ushbu ruboiy-to'rtlikda inson hayoti va ruhiy olamida yuz bergan o'zgarishlar ixcham shakllarda aniq qilib ko'rsatib berilgan. Shoir misralarda voqea-hodisalar yoxud hayotdagi o'sish , o'zgarishlarni quruq bayon qilibgina qolmay, balki chuqur poetik mushohada yuritish, yorqin manzara va jonli obrazlar yaratish orqali masalaning tub mohiyatini aniq, lo'nda va jozibador shaklda qog'ozga tushiradi.
Oqibat bor joyda har dil bo'lar shod,
Bir-birin qadriga yetar odamzod.
Biz nafs kishanidin bo'lolsak ozod,
Millat ravnaq topar, yurt bo'lar ozod.
Ushbu misralarda mehr-oqibat mavzusi qalamga olingan bo'lib, unda lirik qahramon kishilar o'rtasida oqibat bo'lsa , bunday kishining qalbi doimo shod bo'ladi. Insonlar bir-birining qadriga yetadi. Buning uchun insonlar nafs kishanini parchalab tashlashlari lozim, demoqchi bo'ladi Qachonki kishan parchalansa, millat ham, yurt ham obod bo'lib, uning musaffo osmoniga qora bulut ko'lanka solmaydi. Bu yurtning quyoshi oqibatli insonlarning pok ko'nglidek nur sochadi. Bu yurtda qushlar baland parvoz qilib, faqat va faqat ozodlikdan, tinchlikdan kuyladi, deydi shoir.
M.Rofiy ijodidan o'rin olgan ruboiy-to'rtliklarda yaxlit bir voqea ixchamgina obrazli vositalar asosida tasvirlanib, to'rtliklar markazida
turuvchi g'oya o'z aksini topgan . Mustaqim Rofiy ijodidagi
ruboiy-to'rtliklarda inson,vatan, ilm o'rganish, tabiat, go'zallik, ilm-fan bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy mavzular yoritilgan.
Bizning shaydo ko'ngil bechora bo'lmish ,
Dil Zuhro ko'yida sayyora bo'lmish.
Har yoniq vujudga otash qalb kerak,
Uchqun paydo bo'lib, sharora bo'lmish.
Ruboiy-to'rtlikda ishq-muhabbat mavzusi qalamga olingan. Unda Oshiq ko'ngil ishqi yo'lida bechora bo'lib, qalbi otashga aylangani bayon qilingan. Shu ruhda yozilgan boshqa bir ruboiysida shoir yorning alifdek qaddi-qomatining asiriga aylaninib qolganini quyidagicha ifodalaydi:
Alif qaddi-qomatingga o'zim banda,
Jamolingga mahliyoman, ko'zim sanda.
Xalq dedikim: u jodugar aqling olar,
Dedim: jonon jon olmasa, ro'zim ganda.
Ruboiy- to'rtliklar bir-birini to'ldirgandek bo'ladi , ya'ni birinchi ruboiyda lirik qahramon -oshiq ishqi yo'lida "sayyorayi jahon"ga aylangan bo'lsa, ikkinchi ruboiyda oshiq ma'shuqaning alif qomatining asiriga aylanganini yozadi va endi uning ko'zi nigoridan boshqasini ko'rmaydi. Ishq-muhabbat shunchalik uni asir aylaganki, oshiq hech kimni eshitmaydi.Unga "U jodugar aqling olar "desalar ham oshiq ko'ngli bunga parvo qilmaydi. Chunki oshiqqa jonon qo'lidan o'lim topish usiz bor bo'lishdan yaxshiroqdir.
"Ko'rmoqni istasang, gar vasli jonon " deb boshlanuvchi ruboiy-to'rtligida ham muhabbat mavzusi tarannum etiladi. Oshiq yurak ko'ngil sohibasini hamma narsada, hatto ma'shuqa yurgan yo'lning changida ham ko'radi. Oshiq yurak ishqi yo'lida qanchalik azoblansa ham, unga parvo qilmaydi, chunki uning dilidagi tug'yon o'z yori xayoli bilan o'rtanadi. Bu o'rtanish oshiqni mulzam qilmaydi, balki, unga ruhiy quvvat baxsh etganday bo'ladi. Shoir oshiqni turli sinovlarga solsa ham, oshiq bu sinovlarni bosib o'tishga o'zida kuch topa biladi.
Haqiqiy muhabbat sohibigina nihoyasiz jafo chekishga qodir bo'ladi. M.Rofiy mana shunday oshiqlarni qalamga olgan. Uning qahramonlari qalbida haqiqiy ishq alangasi tug'yon uradi. "Dil, mahzun hoima foling sababdur" deb boshlanuvchi ruboyisi ham shu ruhda yozilgan bo'lib, unda lirik qahramon telba ahvolidan so'z ochilgan:
Dil, mahzun holima foling sababdur',
Telba ahvlima xoling sababdur.
Borlig'imga sabab - sening umiding,
Majnun iqboliga holing sababdur.
Lirik qahramon qalbida tug'yon urgan qalb kechinmalariga sabab axtarar ekan , uni telba qilgan ko'ngli ekaniga ishora qiladi . Ammo u o'z ahvolini bayon qilishda davom etar ekan, uni majnun ko'yiga solgan boshqa bir inson ekanligini anglab, uning visolidan umid qiladi va bu umid uni yashashga undaydi. Endi oshiqning qalbi shodlikka, quvonchga to'ladi. Oshiq ishining murakkabligi uning boshqa she`rlarida ham o'z ifodasini topgan .
Ishqni avj oldirar ey darvesh, firoq,
Surayyo sirlaridir gar bo'lsa yiroq.
Sen muxtasar fikr mazmuniga boq,
Yiroqlik oshirar istak ,ishtiyoq.
Inson bir-biridan yiroqda bo'lsa, shuncha intilganining diydorini ko'rmoqlikni istaydi, shu jumladan lirik qahramon oshiq ko'ngli uchun firoq alam keltirmaydi, balki oshiq ishqini alangalatuvchi mayoq bo'lib xizmat qiladi. Oshiq ko'ngli yiroqlikni pisand qilmaydi, chunki uning qalbida muhabbat alangasi bor. U bu alanga bilan Surayyo sirlarini-da yecha oladi. U yoridan qancha uzoqda bo'lsa, shuncha unga oshiqadi va yor vasliga yetishiga ishonadi. Shoir she'rlaridagi samimiyat falsafiylik bilan uyg'unlashgan va kishi qalbida muhabbat bilan birga hayot falsafasini olib kirganday bo'ladi.
Shoir o'z o'quvchisini ilm olishga chorlaydi va ruboiy -to'rtliklarida bu mavzuda ham jo`shqin ilhom bilan qalam tebratadi.
Ilm olmoqlikdur yo'lning maqbuli,
Bilishning albatta bo'lg'ay mahsuli.
Sen ilmdan boylik izlama zinhor,
Irfon sohibi bo'l - shu eng maqbuli.
Ilm insonni yuksakliklarga olib chiqadi. Ilmli kishi hech qachon xor bo'lmaydi, demoqchi bo'ladi M.Rofiy.Shoir ilmni boylik yoki martaba uchun o'rganishni qoralaydi u ilmni insonlarga yordam berish maqsadida o'rganishni o'z o'quvchisiga uqtiradi. Ilmli kishiga bir gap kifoya, chunki unda tafakkur ko'lami keng .
Ilmi borga yetar bir so'z ishora.
Iqtidot la topar har ishda chora,
Hech kim oqil- dono bo'lib tug'ulmas,
Fozillar ham qilar xato ming bora.
Kishi o'z baxtini o'zi yaratganidek, bilimli bo'lish ham insonning
sa`y-harakatlari mahsulidir. Shoir ushbu g'oyani she'r vositasida quyidagicha tasvirlaydi:
Hech kim oqil- dono bo'lib tug'ulmas,
Fozillar ham qilar xato ming bora.
Insonning bosib o'tgan yo'li uning tajribasini oshirgani kabi, bilim saviyasini ham kuchaytiradi. Qilingan xatodan to'g'ri xulosa chiqara olish kishining o'z qo'lida ekan, nega u bir xatoni qilib ortga chekinishi kerak? Shoir tili bilan aytganda, fozillar ham kunida ming bora xato qiladilar va undan to'g'ri xulosa chiqaradilar. Gap qilingan xatolarda emas, undan olinadigan ibratdadir.
M. Rofiy barcha bilimli kishini ham ilm egasi deyishdan yiroq ,negaki qo'lida kitob ko'targanlarning barchasi ham kitobxon bo'lmanidek, ilm o'rgangan kishilarning barchasi ham irfon egasi emas. Shu o'rinda Sa'diy Sheroziyning quyidagi misalari yodimizga keladi:
Ustida kitob ortilgan eshak,
Na shoir, na olimdir beshak.
Shoir Mustaqim Rofiy esa ilm ahlini quyidagicha darajalaydi:
Ko'p bo'lsa ham ayyuhannoz soluvchi ,
Juda ozdir fanni chindan biluvchi.
Baqirib hangrashlik hangilarga mos,
Duch kelgan qush bo'lmas parvoz qiluvchi.
Insonning har bir niyati ilm-u irfon vositasida amalga oshadi . Agar kishi bilimli bo'lmasa, orzu -istaklari sari olib boruvchi "yo'l "dan adashadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz: "Qunt bilan o'rgan hunar, hunardan risqing unar", - deydi. M.Rofiy ham xalqimizning purma'no so'zlarini badiiy mahorat bilan yangicha talqin etgan. Jumladan :
Insonda bo'lmasa ilm-e'tiqod,
Mushkuldir niyati topmog'i kushod.
Chin ilmdan panoh izla, odamzod,
Shunda bo'lar ikki dunyoying obod.
Shoir ilm ahlini qanchalik yuksaklikka ko'tarsa, takabbur, mag'rur kishilarni shunchlar qoralaydi va kitobxonni ,umuman, insoniyat ahlini bu yo'ldan qaytarishga da'vat etadi.
Boylik, nasling bilan g'ururlanma sen,
Ilm-u amaling-la kibirlanma sen.
Insonlikka ziddir g'urur va kibr,
Faqir bo'l, holingga mag'rurlanma sen .
Shoir she'rlari ijtimoiy -siyosiy voqelikning davr taraqqiyoti va inson, xalq taqdiri bilan bog'langan. Xalq taqdirining ma'naviy-psixologik hamda
falsafiy sintezini o'zida mujassamlashtirgan ruboiy-to'rtliklarida nodonlik uyqusida yotish , ya'ni o'z ahvoliga beparvolik ,taraqqiyotning omili bo'lmish ilmga intilmaslik qoralanadi. "Bilim chegarasiz bir jahon kondir" deb boshlanuvchi ruboiy- to'rtligida shoir ilm maydonini konga qiyoslaydiki, qancha ichkarilab borilsa, shuncha ajoyibotlarga duch kelinadi. Bu kondagi javohirlarda tilsimlar yashirilgan . Bu bilan g'ururlanish kerak emas , negaki
bilim "tilsim"larini hali hech kimga ochgan emas , ne-ne daholar bu tilsimni ochmoqchi bo'ldilar, ammo buning iloji yo'q. Shoir tili bilan aytganda :
Bilim chegarasiz bir jahon- kondir ,
Javohiri-tilsim , nihon ummondir.
Bilganlaring bilan kibirlanma sen,
U-hech daho bilas pinhon makondir.
Bu mavzu shoir ijodining yetakchi mavzulardan sanalib, shoir unda ilm egalarini ikki toifaga ajratadi:
1) haqiqiy ilm egalari;
2) ilmdan bexabar, ammo o'zlarini "dono"sanovchi kishilar.
Shoir bu kabi shaxslarni qoralaydi va qattiq tanqid ostiga olar ekan, bu kabi kishilarning "qora” ishlari bir kun kelib fosh bo'lishiga ishonadi .
Yog'on shoir-u olim unvonni baxt-u shon bilur,
Bir yorliq olmoq uchun haqiqatni qurbon qilur.
Aksarining o'z fikri yo'q, chin ilmdan bexabar,
Lek maxfiy qolmas yolg'on: bir kun zamon shoyon bo'lur .
Ruboiy-to'rtlikning so'nggi misrasida shoir bunday kishilarning "qilmishlari" bir kun kelib ayon bo'lishini bashorat qiladi. Inson hayoti
quvonch-u tashvishlardan iborat. Buni qalbdan his qilgan is'tedodli shoir M.Rofiy o'z ruboiy-to'rtliklarida insonning ko'ngil kechinmalariga murojaat etadi. Uning she'rlari ohandorligi, ravonligi, va badiiy xususiyatlari jihatidan mukammal. Shu bois ular o'quvchini befarq qoldirmaydi. Hayotning har bir hodisasi shoir e'tiborini tortadi .Undagi har bir o'zgarish qiziq, g'alati tuyuladi. O'rinli o'xshatish, favqulodda topilgan topilmalar daf'atan tuyg'u va hissiyotlarni to'lqinlantirib, hayot va tasavvur kengliklarini chaqmoq kabi yoritadi. M. Rofiy lirikasi mana shunday o'xshatishlarga boyligi, turli taqqoslashlarga to'laligi bilan kishini maftun etadi. Uning dunyo mavzusini tarannum etgan ruboiy-to'rtliklari buning yaqqol isbotidir. Shoir dunyo mavzusini har tomonlama mushohada qilar ekan, dunyoni "charx"ga," "telbaxona"ga, "bozor"ga,"to'rt tomoni ochiq yobon"ga o'xshatib go'zal tashbehlar yaratadi. Shoir borliqqa bezovtalik bilan qaraydigan , hayotni chin dildan sevadigan , unga talpinadigan, samimiy qalb tuyg'ulari jo'sh urib turgan kisilarni tasvirlaydi. Bu qalbga qarab har bir kishi kechinma -hissiyotlarning avval anglamagan ajib qirralarini kashf etadi. Ularda kishilararo munosabatning murakkabligi , inson olami ziddiyatlarga to'laligi aks etadi. Hayotning turfa hodisalarini shoirona tahlil etishga uringan shoir hayot haqiqatini dunyo manzaralari orqali ko'rsatib beradi. Shoir she'rlarining markazida olam va odam mavzusi turganligini ta`kidlash lozim. Ijodkorning ichki olami , ma'naviy qiyofasi ijodkor she'rlaridagi so'zlarda ko'rinadi. Ularda o'zak so'zlar alohida ajralib turadi. Bu tayanch so'zlarda shoirning mahzunligi, dilidagi achchiq alam , iztiroblari aks etadi. Ular siniq, dardli ohanglar bilan ko'ngilga kirib boradi. Shoir tuyg'ular g'alayonini she'rdagi o'zak so'zlarga yuklaydi va ularda alohida urg'u beradi. Ayni so'zlar hissiyotlarni jumbushga keltiradi. Tayanch so'zlar bir-biri bilan uzviy bog'lanib , she'rdagi ma'noni kuchaytiradi, ayni choqda unga betakrorlik baxsh etadi. Shoir ruboiylarida ma'noning teranligi ,tashbeh va o'xshatishlarning tiniqligi bir-biri bilan uzviy bog'lanib, yaxlit mazmunni ta'sirchan ifodalashi bilan diqqatni tortadi. Ularda shoir asosiy qahramon sifatida ko'rinadi va o'zining salmoqdor fikri bilan she'rxonni mamnun qiladi . Chunki u hayotning har bir hodisasidan hikmat topadi. Shoir hayot haqida falsafiy -ilmiy mushohada yuritadi va qalbining tub-tubidan joy olgan so'zlarni o'quvchilariga to'kib soladi .U shunchaki aytib qoluvchi bo'lmay, dunyo moliga berilgan insonlarning so'nggi taqdirini ham bashorat qiladi. Insoniyat ahlini to'g'ri yo'lga boshlovchi sarbon vazifasini o'taydi. Jumladan u:
Dunyo ko'rdi ne-ne zoti "donishmand",
Hatto xudoga ham bermoq bo'lib chap.
Lek oxir ular ham hech nima bilmay,
Yo'qlik dunyosiga band bo'ldilar, band.
Bu olam barcha narsaga guvoh bo'ldi. "donishmandman" deganni ham, Ollohga chap bermoqchi bo'lganlarni ham ko`rdi. Ammo ularning oxir qismati bu dunyoni tark etib yo'qlik olamiga asir bo'lish bo'ldi. Bu mavzuda yozmagan, uning rangin olamini tasvirlamagan ijodkor bo'lmasa kerak. Bu olam sir-asrorga to'la. M.Rofiy mana shu sir-asrorlar haqida o'ylar ekan aql kuchi ojizlik qiladi. va qalbida tug'yon urib kelayotgan hissiyotini ruboiy-to'rtliklarida singdiradi.
Dunyoda ko'z ochib o'ylab ko'rsam xo'p,
U haqda yozilgan ming bir doston ko'p.
Dunyo fojeasin sababi - riyo'
Unda ming asrlik ,cheksiz yolg'on ko'p.
Inson sarobga qancha intilsa, sarob undan shuncha uzoqlashadi. Dunyoni anglash esa mana shu sarob singaridir. U qanchalik dunyoni anglashga intilgani sayin olam sirlari undan uzoqlashadi. Ushbu mavzuning ming bir tafsilotlari ichida haqqoniy so'zni hech kim aytmagan, aytolmaydi ham. Bu olam talato'plarini shoir quyidagicha qalamga oladi:
Dunyoda kim yashadi bir umr beg'am ,
Tinch hayot kechirdi: ko'ngli xotirjam .
Olam sokin emas azal boshidan,
Unda tinim bo'lmas biror dam hech ham.
Dunyoda beg'am, betashvish ko'ngil xotirjamlikda yashagan inson yo'q. Bu dunyoni dengizga qiyoslaydigan bo'lsak ,undagi insonlar dengizchilardir. Dengiz chayqalsa, insonlar ham oromini yo'qotadi, u tinch oqsa, undagi dengizchilar ham bir maromda suzadi.Chinakam shoir esa mana shu olamning yangi bir qirralarini ochishga kirishgan g'avvosdir.
Shoir dunyo mavzusini shunday yoritadiki, unda insonni hayotdan bezdirish, dunyodan umidini uzish, uzlatga berilish g'oyalarrini emas, orzu qilish, bir so'z bilan aytganda, kurashuvchanlik, yashash hayotda o'z o'rnini topish g'oyasini uyg'otadi.
Hayotda yutqazish , zafar bo'lgusi,
Yuraging shodlig-u g'amga to'lgusi.
Ruhingni yoqotmay umid-la kurash,
Bir kuni sen kutgan dam ham kelgusi.
Dunyo falsafasini mushohada qilar ekan, bu dunyo g'ala-g'ovurlarini bozorga qiyoslab, insonni mana shu g'ala- g'ovurlarda sargardon yurganlarni bu yo'ldan qaytishi lozimligini uqtirardi, inson qismati borliqdan yo'qlikka mahkum bo'lish, ammo inson bunga qanoat qilmaydi, xuddi parvona alangada yonishini bilsa ham, o'zini o'tga otadi, inson zoti ham shunday, uning oxir qismati esa tayindir.
Bu dunyoning sir-asrorlari ko'p, me'yorga amal qilib yashash esa bu dunyoning mohiyati , shoir ijodidagi "Bil dunyo ko'hna qafas", "Dunyo parokanda adovat bo'lsa", "Dunyoda biror ish bo'lmas bexatar", " Dunyo bu aylanar ko'hna g'ildirak", "Dunyoda kishi yo'qki, mag'lub bo'lmas", " Dunyodan qo'li ochiq ketdi Iskandar" kabi o'nlab ruboiy-to'rtliklarida dunyo mavzusi qalamga olinadi...


Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish