Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o



Download 148,11 Kb.
bet24/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

Mubolag'a (giperbola) - tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisalarning muayyan jihatlarini bo'rttiirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik she'riyatida mubolag'a san'atiga she'r ziynati sifatida qarab,"Eng yaxshi she'r - eng yolg'on she'rdir " naqliga amal qilganlar:
Gul bo'ldi jonona qo'ygan har qadam,
Kul bo'ldi mehmona kelmagan har dam.
She`rda mubolag'aning g'uluv turidan foydalanilgan bo'lib, jonona qo'ygan har qadam gulga aylanishini tasavvur qilish mushkul .

Tabiatda turfa gullar muhayyo,


Har biri dilingni qilar mahliyo.
Zahri qotili bor gullar ham mavjud,
Gar hidlasang, umring topar intiho.
Bunda mubolag'aning tablig' turi qo`llanilgan .


Bob bo`yicha xulosaviy fikrlar:
1.Biz M.Rofiy ijodidagi badiiy vositalarga murojaat qilib shunga amin bo'ldikki, bir qarashda jo'n va sodda tuyulgan satrlar tizmasiga teran nigoh tashlasangiz, yangidan yangi ma'no qirralari kashf etila boradi. To'g'ri, ba'zi o'rinlarda shoir ko'zlagan maqsad va g'oyani, tafakkur qirrasini tezda ilg'ash mushkul.
2.Ijodkor yuksak badiiy nafosat sohibi sifatida shunday poetik topilmalar qo'llaydiki, poetik ko'chimlardan nihoyatda ustalik bilan foydalanadiki, lirik qahramonning aynan nima demoqchi ekanligini, shorining aynan nimani nazarda tutganligi sirli holatda o'quvchini ancha o'ylantirib qo'yadi, falsafiy mushohadaga chorlaydi. Bu bir tomondan, ijodkorning nozik dilini, o'tkir nigohi, badiiy mukammal tarbiyasini namoyon qilsa, ikkinchi jihatdan, she'rning mazmuniy ko'lamdorligini, rang-barangligini ta'minlashga, badiiy-estetik ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.


Umumiy xulosalar
Badiiy tafakkurga yangilik olib kirish, har bir she'rda fikr va tuyg'ular yangiligiga erishish, xalqona soddalik, ma'no jihatidan shaffoflikni ta`nta'minlash M.Rofiy she'riyatining asosiy xususiyatidir.
Mazkur tadqiqot ishimiz nihoyasida quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
1. Mustaqim Rofiy adabiyotimiz xazinasini boyituvchi, komil shaxs tarbiyasi uchun xizmat qiluvchi iste'dodli asarlari bilan badiiy madaniyatimizda o`ziga xos o'ringa ega.
2. Davr o'z ijodkorlari oldiga hamisha muhim muammolarni ko'ndalang qo'yadi. Shular orasida ma'naviyat ekologiyasi eng muhim, kechiktirib bo'lmas vazifalardan biridir. Bu ruhan va fikran komil shaxsni kamol toptirish, shakllantirish masalasidir. Shoirning lirik qahramoni mana shu mas`uliyatni ado etish uchun bor imkoniyatini sarflaydi.
3. Shoirning poetik izlanishlari fikrni timsol darajasiga ko'taradi. Bunda hayotiy faktlar falsafiy mushohadalar yuritish uchun keng imkoniyat beradi.Uning ruboiy-to'rtliklarida ilgari surilgan bosh ma'noga ko'ra jamiyat ham, inson ham komillik maqomiga yetishi kerak. Lirik qahramon zamondoshlari ma'naviyatidan mana shu komillik belgilarini axtaradi. Unda jamiyat oldidagi mas`uliyatini yuksak darajada bajara olmayotgandek o'z-o'zidan qoniqmaslik tuyg'ulari hamish sezilib turadi.
4. M.Rofiyning o'ziga xos uslubi, ijodiy manerasi uni boshqa shoirlardan ajratib turadi. Uning she'riyatida milliy o'ziga xoslik, xalqchillik bo'rtib turganini ko`rish mumkin.
5. M.Rofiy ijodi xalqimizning milliy uyg'onishiga xizmat qiladi. Shoirning badiiy iste'dodi uning ruhiy olamidagi qudratli kuchlar - xalqchil, insonparvarlik, adolat va haqiqatga xizmat qilish istagi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va fidoyiligida yaqqol ko'rinadi.
6.Shoirning yangi mazmunga ega bo'lgan lirikasining maydonga kelishi bir qator ob'yektiv omillar bilan xarakterlanadi. Xususan, bashariy qadriyatlar manfaatiga qaratilgan Sharq falsafasi, ming yillik xarakterga ega bo'lgan mumtoz she'riyatimizdagi umumgumanistik g'oyalar talqini , xalq hikmatlari ,Bedil , Umar Hayyom, Navoiy tajribasini, olam va odam sir-sinoatlarini o'rganadi hamda tushuntirishga tirishadi.

Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish