M.Rofiy ijodida quyidagi qarshilantirishlar uchraydi:
Odamzodga najot ma'rifatdadir,
Uning tanazzuli jaholatdadir.
Bu misradagi ma'rifat-ilm ahli bo'lib, jaholat ilmdan yiroq kishilardir. Shoir odamlarni ilm olishga chaqirar ekan, u senga najot baxsh etadi desa, ikkinchi misrada ilmdan yiroq bo'lish seni jaholat botqog'iga eltadi, demoqchi bo'ladi.
Olddagi ko'rsatar ortdagiga yo'l,
Shu sabab yo'l bossang,o'ta ziyrak bo'l.
Ushbu misradagi old-ort so'zlari tazodni vujudga keltirgan bo'lib, shoir katta qaysi yo'ldan borsa, kichik ham shu yo'ldan boradi. Oldinda yurgan yo'l ko'rsatar ekan ,orqadagi unga ergashadi, shuning uchun ham har bir qadamingni o'ylab bos, demoqda.
Quyidagi misrada esa zamin va koinot so'zlari tazod bo'lib keladi.
Zamin ayro emas koinot , oydan,
Odam paydo bo'lmas ,bil, "hoyu-hoy"dan.
Bu misradagi foniy va boqiy so'zlari tazod bo'lib kelmoqda:
Bil, foniy boqiyni o'zgartirolmas,
Inson yaratolmas charxi ilovash.
Quyidagi ruboiy-to'rtlikda yaxshilik so'zi yomonlikka qarshi qo'yilib, yaxshilik albatta o'z mukofotini oladi.Yomonlik ham jazosiz qolmasligini bayon etadi.
Har bir yaxshilikning bordir bahosi.
Yomon qilg'ilikning bordir jazosi.
Quyidagi misralarda ham tazod bor:
Hamma chap yon boqsa, sen boq o'ng tomon,
Har ishda rost ko'zla qaragil, inson.
Ushbu misrada chap va o'ng so'zlari tazod san'atini vujudga keltiradi. Bu o'rinda shoirning mahorati shundaki, “ rost” so'zini iyhom san'ati sifatida qo'llagan. Bunda rost so'zi to'g'ri degan ma'noni beradi, aslida. Lekin she'rda ko'ngli egri kishidan to'g'ri fikr hech qachon chiqmaydi, degan fikr bor.
Samoga yetsa ham gar hatto boshing,
Yerdan uzilmasin aslo oyog'ing.
Ushbu misrada samo - yer, bosh-oyoq so'zlari tazod bo'lib kelgan.
Quyidagi misralarda insoniyatni yaxshi-yomoni, do'st-dushmanni ajratishga undar ekan, ular o'rtasida qarshilantirishni vujudga keltiradi:
Bilmoqni istasang siri ilm-u fan,
Ajratmoqni o'rgan sen do'st-u dushman.
Bil: do'st-kim sotmasa hech vaqt haqq-u shan,
Dushmandir kim sotsa odam-u vatan.
Ushbu ruboiy-to'rtlikda do'st- dushman so'zlari tazod bo'lib keladi.
Shoir ijodidagi ruboiy-to'rtliklarda tashbeh san'ati ham juda ko'p uchraydi. "Tashbeh"ning lug'aviy ma'nosi -biror obraz yoki voqealarni qiyoslash orqali o'xshatishdir . Bunda so'zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisalar, xususiyatlar o'rtasida mavjud bo'lgan o'xshashlik, sifat belgidagi umumiylik qiyoslanadi . O'zaro solishtiriladi , ta'sirliroq shaklda ochib beriladi. Tashbehda o'xshatilgan narsa mushabbah, o'shagan narsa mushabbihun bih, bir predmetning ikkinchisiga o'xshatish sababi (asosi) vajhu sabob deyiladi. O'xshatish vositalari: -day,-dek,- cha,-simon,- vor,-saro,-vash,-oso,- iy,-misli, kabi, go'yo , xuddi, yanlig', kabi qo'shimcha va so'zlardir.
Shoir ijodidagi ayrim tashbehlardan misollar keltiramiz:
Men tangridan aslo qilmasman ta'ma,
U berganin qilmam hech muhokama.
Bil: xudo berguchi hamda olguchi ,
Haq dargohi oliy, odil mahkama.
Ushbu misralarda Ollonning cheksiz qudrati haqida fikr yuritilar ekan, Haq taollo dargohi oliy, odil mahkamaga qiyoslaydi. Mahkamada haqiqat, adolat qaror topsa ,Olloh dargohi undan-da keng, u hamma ishni adolat tarozisiga solib ish qiladi deyilyapti .Tashbehning ma'no jihatdan bir necha turi majud bo'lib, biz yuqorida tahlil qilgan ruboiy- to'rtligikda tashbehi mutlaq, ya'ni ochiq o'xshtaishdan foydalanilgan.
Vujudumga soldi otash bir sirli boqib ohu,
Zori dilim aytmoq uchu bor na til, na hol yohu.
Ushu misrada yor go'zalligi, uning sirli qarashi ohuga qiyoslangan. Bu borada shoir o'z salaflarining yo'lidan borgan . Shoirlarimiz yorning hurkakligini jayronga o'xshatsalar, uning nigohini, ko'z qarashiniohuga qiyoslashadi. M.Rofiy ham yorning sirli boqishida ohu ko'zlarining aksini ko'radi va shuni badiiy mahorat bilan qalamga oladi.
Shoir dunyo mavzusiga qayta-qayta murojaat etadi va uni turlicha tasvirlaydi:
Quyidagi misrada dunyoni bozorga, undagi insonlarni esa xaridorga o'xshatar ekan, shoir tashbehi mutlaq orqali fikrini bayon etadi :
Yolg'ondan iborat dunyoyi bozor,
Unda barcha erur ahmoq xaridor.
Bilim chegara bilmaydi. Bu yo'lda o'z yo'lini topgan ham, yoqotib sarson bo'lgan ham bor. Sen ham o'z yo'lingni top. "To'ti"dek birovni takror qilgandan ko`ra o'z yo'lingda sobit turib Haq taolloni yod et, deyilgan:
Odamzod o'rganar ilm-fan bisyor,
Unda yo'lin topgan adashgan ham bor.
"To'ti"dek o'zgani qilgandan takror,
Sobit bo'lib Haqni o'ylagan - hushyor.
Ushbu roboiy-to'rtlikda shoir ikkita badiiy san'at qo'llagan. Birinchisi, yo'lini topgan yo'ldan adashgan so'zlarida qarshilantirish bo'lsa, ilm yo'lga o'xshtilib tashbehi mutlaq va "to'ti" so'zi kinoya tarzida ishlatilib kinoyali tashbeh istifoda etilgan.
Bil,dunyodir -telbaxona,
Hamma es-hushdan begona.
Hech bir oxir manzil bilmas,
Aqli ko'pkam yo devona.
Bu misrada ham ko'p-kam, so'zlari tazod badiiy san'atini vujudga keltirgan bo'lsa, dunyoni telbaxonaga o'xshatib mutlaq tashbeh shakllantirilgan. Quyidagi misralarda ham dunyo mavzusi qalamga olinib, dunyoni bir tuzoqqa o'xshatadi:
Bu dunyo bir tuzoq , azaliy qafas,
Unda ilojsizdir olmoq hur nafas.
Shoir nafsni jilovlash haqida fikr yuritar ekan, tazod va tashbehni qo'llaydi:
Agar o'z nafsiga chek qo'ysa odam,
Ho'kizdek oxurga boshi bo'lmas xam.
Kim qanoat qilsa rizqi ko'pmi, kam,
Shoh-gado minnatin eshitmas hecham.
Ushbu misradagi ko'p kam, shoh va gado so'zlari tazod bo'lib kelgan bo'lsa, ho'kizdek so'zi tashbehni yuzaga keltirishga xizmat qilgan.
Quyidagi misrada kinoyali tashbeh qo'llanilgan:
Kimki da'vo qilsa "Men -zo'ri zamon",
Bu so'z oxirida bo'ladi yomon.
Cunki hech zo'ravon abadiy qolmas,
Sher ham vaqti kelib bo'lar ustixon.
"Sher" zo'ravon kishilar obrazidir. Inson qanchalik zo'ravon bo'lsa ham, bir kun hech narsasiz qolishi mumkin. Yana bir boshqa misolda lirik qahramon o'z ahvolidan so'z ochar ekan, o'zini devonaga o'xshatadi:
Dunyoda meningdek devona yo'qdir,
Borardim, bir makon, ostona yo'qdir.
Quyidagi misrada tashbehi tavsiya, ya'ni barobar o'xshatishdan foydalangan:
Xuddi bedanaga o'xshaydi odam,
Bo'lsa jufti bilan, unutar olam.
Yori yiroq bo'lsa sayrar chunonam,
Yig'lar: yor mahbubsiz yig'lar chunonam.
Ushbu misrada inson bedanaga o'xshatilgan. Ya'ni ikkisi ham oshiq bo'lsa, yori tomon talpinadi. Biri ayriliqdan dod solsa , ikkinchisi chunonam saydaydiki, go'yo ikki bir-biridan yiroq ko'ngil bir nuqtada birlik hosil qilganday bo'ladi.
Quyidagi misrada ham tashbehi mutlaqdan foydalangan:
Miskin oqsuyakni xush ko'rmas mutlaq,
Boy esa faqirni der yalangayoq.
Ushbu misradagi oqsuyak, yalangayoq so'zlari mutlaq tashbeh bo'lib kelgan bo'lsa, boy-faqir so'zlari tazod bo'lib kelyapti.
Quyidagi misrada kinoyali tashbeh qo'llangan:
Qadrdon do'st bo'lsa it bilan bo'ri,
Qo'ylar podasining quriydi sho'ri.
Shoir ruboiy-to'rtliklarida talmeh san'ati ham uchraydi. T.Boboyev talmeh haqida shunday yozadi: "Talmeh (ar. nazar solmoq, ishora qilmoq ) --she'rda mashhur qissa , mashhur bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilish usuli. Bu san'at mumtoz adabiyotimizda keng qo'llanilgan.
Meni rasvo qildi ishqi mohsuvor ,
Yuribman el aro Majnun - telbavor.
Lirik qahramonni muhabbat telba holiga solib qo'yganini aytar ekan, o'zini "Layli va Majnun" dostonidagi Majnun bilan solishtirib, men ham Layli ko'yida telba bo'lgan Majnun singari telbaman. El ichida telbalarcha yuraman, deb o`z holini bayon etadi.
Er-xotin bo'lishgach Odam va Havo,
Ayon bo'ldi kimdir noraso.
Mazkur misrada Odam Ato va Momo havoga ishora bor . Ular oila qurishgani va butun insoniyat ularning avlodi ekanligi haqida rivoyat
eslatilgan. Shoir shu rivoyatga ishora qilgan holda talmeh badiiy san'atidan foydalangan.
Quyidagi misrada Hizr alayhisalom va hazrati Qorun tilga olingan:
Ketsang gar bir lahza, yomon bo'lmas kun,
Bo'lsang-la Hizr yo Hazrati Qorun.
Tarixda Iskandar Zulqarnayn tarixiy shaxs bo'lib, u haqda el orasida ko'plab afsona va rivoyatlar uchraydi . Shoirlarimiz ijodida ham bu rivoyatlar o'z ifodasini topgan. Ulardan birida "Iskandarning shoxi bor"ligi talqin qilinsa, boshqasida Iskandar dunyodan o'tgach , qo'li tobutdan chiqarib qo'yilgani haqida hikoya qilinadi. Quyidagi misrada mana shu rivoyatga ishora qilingan:
Iskandar qo'l ochiq ketti dunyodan ,
Deya: odamzodga tekkani kafan.
Quyidagi misrada ham talmeh san'atidan foydalanilgan:
Hofiz totgan hasaddan zaрar,
Pushkin bitgan hasrat bir daftar.
Ushbu misrada Hofiz, A.S.Pushkinlar nomi talmeh bo'lib kelgan.
O'zni bildim Suqrot singari,
Ayon bo'ldi olam sirlari.
Bu baytda esa " O'zni bildim Suqrot singari," jumlasi Suqrotning
" O'z,o'zingni agla va bilgin" mashhur iborasiga ishora qilyapti.
Quyidagi misralarda Abu Ali ibn Sino va Umar Hayyom nomlari talmeh bo'lib kelgan:
Bu misralar ,asli , Hayyomnikimas,
Dardga davo esa Sinonikimas.
Quyidagi misralarda Hotami toyga ishora qilinadi:
Senga homiy bo'lsa hattokki Hotam,
Sen uchun borini to'kib sochsa ham…
Tubandagi misralarda "Layli va Majnun” dostonidagi qahramonlar tilga olinadi:
Bu sahroda sargardon ko'p, Layli izin topmoq uchun,
Yor yo'lida nigoron ko'p, Layli yuzin ko'rmoq uchun.
Kimki bo'lmas holi junun, anglamas holati Majnun,
Ul kabi xati jonon ko'p,asli o'zin bilmoq uchun.
Shoir ruboiy-to'rtliklarini mazmundorligini oshirish maqsadida xalq maqollaridan ham unumli foydalanadiki, bu irsioli masal badiiy san'atini vujudga keltiradi.
She'riyatimiz tarixida juda ko'p ishlatiladigan bu san'at haqida poetikaga doir deyarli hamma asarlarda ma'lumot berilgan . Irsioli masal gapda yoki she'rda maqol,matal,hikmatli so'zlarni muayyan maqsadda tamsil yo'li bilan ishlatish san'atidir. M,Rofiy ijodidagi ruboiy-to'rtliklarda ham bundan keng foydalanilgan .
Har og'izga tutib bo'lmasdir elak,
Degan mashhhur gapga xato bor andak.
Ushbu misrada "Og'izga elak tutib bo'lmaydi" maqoli yashirin tarzda ifodalangan.
Quyidagi misrada ham "Bo'ladigan bola boshidan ma'lum" maqolidan foydalanilgan:
Bo'ladigan bola boshidan ma'lum,
Bo'lmag'uri qanday bo'lar noma'lum,
Quyidagi misrada ham irsioli masaldan foydalangan holda badiiy umumlashma yaratilgan:
Aldagani yaxshidir bola,
Sen bu gapdan qil istihola.
Misradagi" Aldagani bola yaxshi" maqolidan o'rinli foydalanilgan.
Quyidagi ijod namunasida "Qovun qovundan rang olar", "Bemaza qovunning urug'i ko'p bo'ladi" maqollarini va "Anqoning urug'i" iborasi keltirilgan:
Bil, qovun qovundan olsa agar rang,
Ularning farqlolmay holing bo'lar tang.
Ko'pdir yomon urug'i biroq,
Yaxshisi topilmas anqodir, attang.
"Kasalni yashirsang og'rig'i qilar oshkora" deb boshlanuchi ruboiysida "Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi" maqolidan foydalanilgan:
Kasalni og'rig'i qilar oshkora,
Yashirmoqchi bo'lsang ham ming bora.
Quyidagi baytda irsioli masal san'ati qo`llanilgan:
Xalqda bir hikmat bor: so'z korki maqol,
Aqli yo'qdir kimda bo'lmasa kamol.
Quyidagi she`riy parchada "Aql yoshdamas, boshda " maqoli ruboiy-to'rtlik ma'nosiga singdirilgan:
Aqlni belgilar bosh erur, yoshmas,
Oqil kishi zinhor hech ishda shoshmas.
“Yuragimga hech narsa sig'mas"deb boshlanuvchi she`rida xalq maqollaridan biri "Tig' yarasi bitadi , til yarasi bitmaydi " maqoli ruboiy-to'rtlik mazmuniga mos:
Yuragimga hech narsa sig'mas,
Dardim zamon, olamga sig'mas.
Qalbimga nish urguncha , tanga xanjar ur,
Tig' zahri tuzalar ,tig' zahri bitmas.
Umuman , shoir ijodining ko'lami keng, mavzular dunyosi rang-baramg, u har bir mavzuga o'ziga xos yondashgan. Shoir she'rlari badiiyatini oshirgan yana bir narsa ruboiy -to'rtliklarda qo'llangan badiiy san'atlardir . Shoir ruboiy-to'rtliklarida jonlantirish san'atidan ham mahorat bilan foydalana olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |